26.09.2017 yildagi 767-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek ichki ishlar organlari uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga aylantiriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari roʻyxati tasdiqlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga va Harbiy-texnika institutiga oʻqishga kirishda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining bitiruvchilari uchun ularning test sinovlari davomida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar tatbiq etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Yongʻin xavfsizligi instituti yoki Harbiy-texnika institutiga oʻqishga kirolmagan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarning bitiruvchilarini ustunlik asosida ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarda ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur boʻlgan fazilatlar va dastlabki kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan huquqiy va boshqa umumkasbiy fanlardan seminar va amaliy-oʻquv mashgʻulotlari hududiy ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning koʻp yillik boy amaliy tajribaga ega xodimlari jalb etilgan holda oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida yuqori sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini taʼminlashda, shuningdek pedagoglar malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan tizimli ravishda har tomonlama metodik va amaliy yordam koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz tizimidagi akademik litseylarda taʼlim yoʻnalishlarini ichki ishlar organlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib mustaqil belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻquvchilarni oʻz tizimidagi akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish imtihonlarini shaffof va xolisona oʻtkazilishini taʼminlasin hamda har qanday korrupsiyaviy holatlarning oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 26-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
767-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining (keyingi oʻrinlarda IIV akademik litseylari deb ataladi) maqomi, asosiy maqsadi va vazifalari, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, boshqarish, shuningdek ularni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlashni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. IIV akademik litseyi davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga va oʻz ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. IIV akademik litseyida oʻquv-tarbiya jarayoni oʻquvchilarni ichki ishlar organlariga kasbiy yoʻnaltirishni hamda ularni Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini nazarda tutadigan davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi IIV akademik litseylariga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi hamda ularning hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi IIV akademik litseylarining oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtiradi va ularga axborot-resurs taʼminotida amaliy jihatdan yordam koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. IIV akademik litseyi yuridik shaxs hisoblanadi hamda banklarda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. IIV akademik litseylarining maqsadi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish, intellektual rivojlanishini taʼminlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash IIV akademik litseylari faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar IIV akademik litseylarining vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq sifatli oʻqitishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni Vatanga, yuksak fuqarolik hamda demokratiya, mustaqillik gʻoyalariga, oʻz xalqining maʼnaviy va tarixiy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarga qonunchilikni toʻgʻri tushunishni va ularga rioya qilishni taʼminlaydigan yuksak madaniyatni, kasbiy koʻnikmalarni, faol ijtimoiy-fuqarolik xulq-atvorni singdirish va ularda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hurmat va himoya qilish, ular bilan xushmuomala boʻlish madaniyatini shakllantirish, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish vazifalarini vijdonan bajarishga qodir boʻlgan professional xodimlarni tayyorlashni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarda jismoniy chidamlilik, kuch, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarda keng dunyoqarash, sogʻlom fikrlash, alohida sharoitlarda vaziyatga toʻgʻri baho berish koʻnikmalarini va turli yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarda jinoyatchilikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati boʻyicha tasavvurlarni hosil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarda ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur boʻlgan kasbiy-psixologik bilim va koʻnikmalarni shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. IIV akademik litseyida oʻquv jarayoni davlat taʼlim standartlariga asosan hamda oʻquvchilarni ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash va Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseylarining taʼlim yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. IIV akademik litseylarida oʻqish davlat va rus tilida olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻquv rejasi, oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashgʻulotining turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiyaviy ishlar, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqib, IIV akademik litseyining oʻziga xosligi hisobga olingan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari IIV akademik litseylarining samarali faoliyat koʻrsatishi, oʻquv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida ularga zarur amaliy yordam koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻquvchilarni tarbiyalash va oʻqitish jarayonida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazishning turli zamonaviy shakllari va interfaol usullaridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻquv mashgʻulotlari davlat va nodavlat tashkilotlarining mutaxassislari, oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tomonidan belgilangan tartibda soatbay haq toʻlash asosida oʻtkazilishi hamda mashgʻulotlarga ichki ishlar organlarining boy amaliy tajribaga ega amaliyot xodimlari jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. IIV akademik litseylarida oʻquv mashgʻulotlariga ilgʻor pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, taʼlim berishda oʻquv jarayonini ichki ishlar organlarining amaliy faoliyati bilan bogʻlashga qaratilgan ilmiy-metodik ishlar olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻquv jarayoni davomida oʻquvchilarning jamlovchi ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlarida, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida amaliyot oʻtashlari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻquv amaliyotini oʻtash tartibi va muddatlari ichki ishlar vazirligining alohida ishlab chiqilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari talablari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻqitish, jismoniy va jangovar tayyorgarlikni oshirish, mehnat, dam olish va turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni birgalikda olib borishning tibbiy-pedagogik asoslanishini taʼminlaydigan kun tartibi oʻquvchilarning IIV akademik litseyidan boshqa akademik litseylarida belgilangan taʼlim olishining umumiy tartib-qoidalarini hisobga olgan holda tuziladi va IIV akademik litseylari pedagogik kengashlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. IIV akademik litseyining mansabdor shaxslari va oʻquvchilarining vazifalari va funksional majburiyatlari IIV akademik litseyining ustavida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. IIV akademik litseylarida oʻquvchilar bilimini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilangan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv yili yakunlangandan keyin IIV akademik litseyi oʻquvchilarini har bir bosqichda oʻzlashtirish va attestatsiya natijalari boʻyicha navbatdagi bosqichga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarning bir bosqichdan keyingi bosqichga oʻtishi IIV akademik litseyi direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. IIV akademik litseyi oʻquvchilari va ularni oʻqishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. IIV akademik litseylariga qabul Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadigan har yilgi kvotalar boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. IIV akademik litseylariga umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlgan, sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqli deb topilgan, tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar oʻqishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseylariga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Muntazam ravishda fanlarni oʻzlashtirmaslik, oʻqishni xohlamaslik, ichki tartibni qoʻpol ravishda va bir necha marta buzish, kasallikka chalingan holatlarida yoki tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarda oʻquvchilarni IIV akademik litseyidan oʻquvchilar tarkibidan chiqarish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseylaridan chetlashtirilgan oʻquvchilarni boshqa turdosh taʼlim muassasalariga koʻchirish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. IIV akademik litseyiga oʻqishga qabul qilinadigan shaxslar oʻquvchilar deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi oʻquvchi bileti va oʻzlashtirish daftarchasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. IIV akademik litseylari oʻquvchilarining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan IIV akademik litseyi ustavida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. IIV akademik litseyida oʻqish muddati uch yildan iborat boʻladi. Guruhlardagi oʻquvchilar soni esa — 26 kishidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. IIV akademik litseyini tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Rahbar va pedagog kadrlar, IIV akademik litseyini boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar IIV akademik litseyida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseylariga oʻqituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseylariga ichki ishlar organlarida xizmat qilgan, malaka talablariga toʻgʻri kelgan va pedagogik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar oʻqituvchilik lavozimiga tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. IIV akademik litseyi oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. IIV akademik litseyi rahbariyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻquvchilarning oʻqish, mehnat va dam olish sharoitlariga rioya etishi yuzasidan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. IIV akademik litseyiga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. IIV akademik litseylari direktorlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda IIV akademik litseyi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Direktor:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseyi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning sifatli oʻqitilishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlarining bajarilishi, IIV akademik litseyining oʻquv-metodik va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar va oʻqituvchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan shtatlar jadvaliga asosan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida pedagog xodimlarning tarifikatsiya boʻyicha roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Moliya va moddiy-texnika taʼminoti bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Oʻquv bosqichlarda akademik guruhlarga guruh sardorlari IIV akademik litseyi direktorining buyrugʻi bilan vatanparvar, yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan tashkilotchi hamda faol oʻquvchilar orasidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. IIV akademik litseyida direktor huzurida oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va takomillashtirishga koʻmaklashadigan kollegial organ hisoblanadigan pedagogik kengash tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagogik kengashning vazifalari va funksiyalari IIV akademik litseyi ustavida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. IIV akademik litseyining direktori va oʻrinbosarlari, shuningdek boshqa mansabdor shaxslari malaka talablarida, mehnat shartnomasi (kontrakti)da va IIV akademik litseyi ustavida nazarda tutilgan oʻz funksional vazifalarini bajarishi yuzasidan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Davlat organlarining IIV akademik litseylarini boshqarish boʻyicha vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohaga oid oliy taʼlim muassasalari bazasida va malaka oshirish muassasalarida oʻqituvchilar malakasini psixologik-pedagogik jihatdan oshirishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlariga hamda oʻquv jarayoniga joriy etish boʻyicha ilmiy-metodik yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqish, nashr ettirish hamda IIV akademik litseylarining oʻquv-metodik taʼminlanishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oʻquvchilarni yuksak vatanparvarlik ruhida, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni taʼminlaydigan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy kompleks ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oʻquvchilarni aniq maqsadni koʻzlagan holda kasbga yoʻnaltirish va Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorlash, ularda IIV akademik litseyidagi oʻqitish yoʻnalishlariga muvofiq kiritilgan maxsus fanlar boʻyicha kasbiy mahorat va koʻnikmalarni shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseylarining faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlariga muvofiq IIV akademik litseylarining oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, oʻquvchilarga global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari xizmatiga yoʻnaltirilgan mavzudagi mashgʻulotlarni oʻtkazishda zarur yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarning IIV akademik litseylari oʻquvchilarini Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun sifatli tayyorlashdagi roli va masʼuliyatini oshirish, shuningdek bevosita ishtirokini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishgacha dastlabki tayyorlash dasturini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseylariga oʻqishga qabul qilish komissiyalari faoliyatini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va IIV akademik litseylari bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomlar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi IIV akademik litseylarining oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirishni hamda ularga amaliy jihatdan va axborot resurslari orqali koʻmaklashishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. IIV akademik litseyi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va IIV akademik litseyining ustavidagi vazifalariga muvofiq boʻlgan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlar davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. IIV akademik litseylari moliyaviy mablagʻlardan qonun hujjatlariga hamda oʻzining ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. IIV akademik litseylarining mol-mulki asosiy fondlar, aylanma mablagʻlar, moliyaviy resurslar va akademik litseyning mustaqil balansida aks etgan boshqa moddiy qiymatliklardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. IIV akademik litseyining oʻquv, laboratoriya xonalari va boshqa obyektlarini jihozlash davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi jarayonini moddiy-texnik taʼminlashning namunaviy normativlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. IIV akademik litseyi oʻquvchilari akademik litseylarining mavjud yotoqxonasidan qonun hujjatlarida belgilangan umumiy talablar asosida foydalanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. IIV akademik litseyi oʻquvchilari taʼlim olish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda taʼlim muassasasining oʻziga xosligini aks ettiruvchi ramziy belgilari mavjud boʻlgan namunadagi kiyimda yuradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. IIV akademik litseyining maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari va oʻqituvchilariga akademik litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. IIV akademik litseyi direktorining pul taʼminoti ichki ishlar organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va normalarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. IIV akademik litseyi belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. IIV akademik litseyida xoʻjalik va moliyaviy intizomga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlarining vakolatli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. IIV akademik litseylarini tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan bogʻliq yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq, umumtaʼlim muassasalarining 9-sinflarini tamomlagan oʻquvchilarni (keyingi oʻrinlarda nomzod deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (keyingi oʻrinlarda IIV akademik litseyi deb ataladi) tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. IIV akademik litseylariga umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfini tamomlaganligi toʻgʻrisida shahodatnomaga ega boʻlgan, sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqli deb topilgan, dastlabki, maxsus-professional tanlov va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar oʻqishga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. IIV akademik litseylariga qabul Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qabul komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB va viloyat IIB boshliqlari IIV akademik litseyi qabul komissiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining yuqori malakali va tajribali katta ofitserlari komissiya raisi oʻrinbosarlari etib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyasi tarkibiga IIV akademik litseyi direktori, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashidan bir nafardan aʼzo kiritiladi. IIV akademik litseyi direktori komissiya kotibi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus-professional tanlov boʻyicha imtihonlarga qabul komissiyasi tarkibiga qoʻshimcha ravishda tor doiradagi mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. IIV akademik litseylari oʻquvchilari kontingentini sifatli va maqsadli butlash uchun quyidagilarni oʻz ichiga oladigan bosqichma-bosqich kompleks tanlov amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki tanlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus-professional tanlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Dastlabki tanlov IIV akademik litseylariga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻrganishni, harbiy tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazishni, nomzodning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganishni, yakka tartibdagi dastlabki suhbat oʻtkazishni, dastlabki tanlov yakuni boʻyicha nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildini va tanlov natijalarini oʻrganish hamda ularni maxsus-professional tanlovga qoʻyish masalasini hal etishni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maxsus-professional tanlov nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini, umumjismoniy tayyorgarligini aniqlash boʻyicha sinov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish hamda ularni test sinovlariga qoʻyish masalasini hal etishni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlar bilan yakuniy suhbat oʻzbek, qoraqalpoq va rus tilida yakka tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qabul komissiyasiga test sinovlarini oʻtkazish uchun quyidagilar yuklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus-professional tanlov natijalari asosida test sinovlariga qoʻyilgan nomzodlarning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari natijalari boʻyicha IIV akademik litseylariga birinchi bosqichga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish roʻyxatini tayyorlash va buyruqqa kiritish uchun hududlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlariga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarni qabul qilish natijalari toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash (qabul komissiyasi bayonnomalari, IIV akademik litseylari birinchi bosqichiga oʻqishga qabul qilish uchun nomzodlar roʻyxati, test sinovlari natijalari boʻyicha umumiy roʻyxat) va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ularni oʻrnini bosadigan shaxslarning IIV akademik litseylariga oʻqishga qabul qilish masalalari boʻyicha shikoyatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish tanlov yoʻli bilan, teng huquqlilik va odillik prinsiplari asosida, qabul qilishning yagona tartibi va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Nomzodlarning oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalarni topshirish muddatlari va qabul komissiyasiga taqdim etiladigan zarur hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari oʻqishga nomzodlarni xolisona va sifatli tanlab olish boʻyicha shaxsan masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Dastlabki tanlov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. IIV akademik litseylariga oʻqishga kirish uchun murojaat qilgan nomzodlarning kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat olib borishi uchun sogʻligʻi va ruhiy mosligi, barqaror ichki eʼtiqodi, intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatni aniqlash dastlabki tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Dastlabki tanlovda quyidagilar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseylariga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda dastlabki suhbat oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki tanlov yakuni boʻyicha nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildini va tanlov natijalarini oʻrganish hamda ularni maxsus-professional tanlovga qoʻyish masalasini hal etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Quyidagilar nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻrganishda birlamchi vazifa hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish, nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning ijtimoiy faolligi va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqishda va sport musobaqalarida erishgan natijalarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodni ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Dastlabki tanlovda ishtirok etish uchun nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) hududiy jihatdan tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB boshliqlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri nomiga ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) belgilangan shakldagi soʻrovnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oʻqish joyi va mahalla fuqarolar yigʻinidan tavsifnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) namuna asosida yozilgan batafsil tarjimai hol;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi, mudofaa ishlari boʻlimlarida roʻyxatda turishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) fanlarni oʻzlashtirishi toʻgʻrisida oʻqish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) 3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Dastlabki va maxsus-professional tanlov talablariga javob beradigan, taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz qabul qilinish huquqiga ega boʻlgan ayrim toifadagi nomzodlar qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tegishli ixtisoslik fani boʻyicha xalqaro olimpiadalar va respublika fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining belgilangan namunadagi guvohnomalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida belgilangan bolalarni akademik litseyiga tanlovdan tashqari qabul qilish toʻgʻrisida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining iltimosnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchi, huquqni muhofaza qilish organlari xodimining vafoti toʻgʻrisida xizmat tekshiruvi (maʼmuriy tekshiruv) xulosasining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlim haqidagi guvohnoma nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma yoki pasport, harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma, oʻqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning (17-bandda koʻrsatilgan nomzodlar toifasi uchun) asl nusxalari nomzodlar tomonidan tegishli IIV akademik litseyiga kelganda qabul komissiyasiga shaxsan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Nomzodlar bilan yakka tartibdagi dastlabki suhbat ularning yashash joyi hududidan kelib chiqib, tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB boshliqlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi dastlabki suhbatda quyidagilar aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlarini tushunishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
burchni his etishi, qatʼiyatligi, ishchanligi, mehnatsevarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlar (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining ichki ishlar organlarida xizmatga munosabati va shu kabilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari xodimi kasbini tanlashining sabablari, asoslari va boshqalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yakka tartibdagi dastlabki suhbat natijasida quyidagi xulosalar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseyiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga tavsiya etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseyiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga tavsiya etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan metodikalar boʻyicha psixologik test sinovlari oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Individual-psixologik xususiyatlarni oʻrganish natijalariga asosan quyidagi xulosalar tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseyiga kirishga tavsiya etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IIV akademik litseyiga kirishga tavsiya etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Individual-psixologik xususiyatlarni oʻrganish natijalariga koʻra, tanlovdan oʻta olmagan nomzod tanlovning keyingi bosqichlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Nomzodning sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqliligini aniqlash harbiy tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazishda asosiy vazifa hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlar yashash joyi boʻyicha hududiy jihatdan tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning tibbiyot boʻlimlarida harbiy-tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzod tanlovning keyingi bosqichlariga qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. IIV akademik litseyiga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzoddan ariza olingandan soʻng, tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasi tomonidan nomzodning belgilangan tartibda muomalaga layoqatliligi yoki muomala layoqati cheklanmaganligi, muqaddam sudlangan boʻlsa, sudlanganlik holati tugallanganligi yoki sudlanganlik holatining olib tashlanganligi va ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan boshqa talablar asosida oʻrganiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Dastlabki tanlov yakuni boʻyicha nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning Kadrlar boshqarmasi tomonidan oʻrganiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini oʻrganish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni oʻrganishda nomzod toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan muddatlarda tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning Kadrlar boshqarmasi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida nomzodlarning rasmiylashtirilgan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini oʻrganadi va natijasi yuzasidan maxsus-professional tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan nomzodlarning roʻyxati hamda har bir nomzod boʻyicha IIV akademik litseylarining qabul komissiyasiga umumlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Dastlabki tanlov natijalariga koʻra IIV akademik litseyiga kirishga tavsiya etilmagan nomzodlar maxsus-professional tanlovga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Nomzodlarga quyidagi hollarda rad javobi beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganlik holati olib tashlanmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodga nisbatan jinoyat ishi, surishtiruv va dastlabki tergov ishlari yuritilganda, sudda jinoyat ishi koʻrib chiqilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyidan, ichki ishlar boʻlimlaridan salbiy tavsiyanomalar taqdim etilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning Kadrlar boshqarmasida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Maxsus-professional tanlov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini anglaydigan, keng dunyoqarash va intellektual salohiyatga ega, yetakchilik sifatlari rivojlangan, jismoniy tayyorgarlikka ega, orfografik va punktuatsion savodxonlik boʻyicha talablarga javob beradigan nomzodlarni aniqlash maxsus-professional tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Maxsus-professional tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus-professional tanlov natijalariga koʻra nomzodni test sinovlarini topshirishga qoʻyish masalasini hal etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. IIV akademik litseyida maxsus-professional tanlov tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning Kadrlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha maxsus-professional tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan nomzodlar bilan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan sinovda ulardan yozma ish (diktant) olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ish (diktant) oʻtkazish tartibi, metodikasi va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov qabul komissiyasi tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov oʻtkazish tartibi, metodikasi va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul komissiyasi tomonidan nomzodning respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini anglashi, keng dunyoqarashga va intellektual salohiyatga egaligi, yetakchilik sifatlari rivojlanganligi, bilimi, aqliy qobiliyati va boshqa muhim kasbiy fazilatlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish tartibi, metodikasi va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Nomzodlarning test sinovlarini topshirishga qoʻyish masalasi maxsus-professional tanlov natijalari boʻyicha uzil-kesil hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Test sinovlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Test sinovlari belgilangan tartib asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Test sinovlari oʻtkaziladigan umumtaʼlim fanlari bloki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlar test sinovlarini oʻzlarining tanlovi boʻyicha uchta: davlat tili, rus tili va qoraqalpoq tilining birida topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Test sinovlari natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli IIV akademik litseyi qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. IIV akademik litseyiga Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, dastlabki va maxsus-professional tanlov natijalariga javob beradigan quyidagi nomzodlar test sinovlarisiz imtiyoz asosida qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli ixtisoslik fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar va fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar va musobaqalarda gʻolib boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining belgilangan namunadagi guvohnomasiga ega boʻlganlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashgan maktab-internatining dastlabki tanlov natijalariga javob beradigan bitiruvchilari doimiy yashash manzili boʻyicha maxsus-professional tanlov va test sinovlarisiz imtiyoz asosida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. IIV akademik litseylariga qabul Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadigan kvotalar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Nomzodlarni IIV akademik litseyining oʻquvchilari safiga qabul qilish test sinovi natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Bir nechta nomzodning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan holatlarda ular IIV akademik litseylariga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Test sinovlari natijalariga asosan IIV akademik litseylarining qabul komissiyasi oʻqishga kirgan oʻquvchilar roʻyxatini tuzadi hamda birinchi bosqichga qabul qilish toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va IIV akademik litseyi muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Qabul komissiyasi bayonnomasi nomzodlarni IIV akademik litseyining oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan bogʻliq yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 09/17/767/0022-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 06.05.2019-y., 09/19/374/3094-son, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)