13.09.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2930
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 13-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2930]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-sonli “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir P. BOBOJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 6-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
193-son

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 6-sentabrdagi 193-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom ichki ishlar organlarining tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining (bundan buyon matnda profilaktika inspektorlari deb yuritiladi) huquqbuzarliklar profilaktikasi va huquqbuzarliklarni oldini olish holati toʻgʻrisidagi hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Profilaktika inspektorlari oʻzlariga biriktirilgan maʼmuriy hudud boʻyicha tegishli fuqarolar yigʻinlarida har oy yakuni boʻyicha hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Profilaktika inspektorining hisobotini eshitish fuqarolar yigʻini raisi, uning maslahatchilari, taʼlim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari vakillari, fuqarolar yigʻinidagi xonadonlarda, koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi, ichki ishlar organining ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan rahbari ishtirokida amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 17-sentabrdagi 460-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2930-1, 15.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2024-y., 10/24/2930-1/0823-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Profilaktika inspektorining hisobotini eshitish kuni fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan ichki ishlar organining ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan rahbari bilan kelishilgan holda belgilanadi. Yigʻin oʻtkazilishidan uch kun oldin bu haqda fuqarolar yigʻinida koʻrinarli joyga eʼlon osib qoʻyiladi hamda aholiga yetkazish choralari koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Profilaktika inspektorining hisobotini eshitish boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻin fuqarolar yigʻini raisi tomonidan olib boriladi. Yigʻin bayonnomasi fuqarolar yigʻini raisi, fuqarolar yigʻini masʼul kotibi, ichki ishlar organining ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan rahbari tomonidan imzolanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 17-sentabrdagi 460-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2930-1, 15.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2024-y., 10/24/2930-1/0823-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organ va muassasalar vakillari profilaktika inspektorlarining hisobotini eshitish boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻinga fuqarolar yigʻini tomonidan taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Profilaktika inspektorlarining fuqarolar yigʻinlarida hisobotini eshitish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Profilaktika inspektorlari quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha hisobot beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla hududidagi kriminogen vaziyatni muntazam ravishda oʻrganib borish, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi, ayniqsa, yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan fuqarolarga himoya orderini berish va nazoratni oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, terrorizm, ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan hududida pasport rejimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
probatsiya hisobida turgan shaxslarni xulq-atvorini nazorat qilish, oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etishini tekshirish, shuningdek, yangi jinoyat sodir etishining oldini olishda probatsiya inspektorlariga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzoq muddatga ketgan shaxslar hisobini yuritish, ularning qarindoshlari bilan ishlash, uzoq muddat mobaynida chet elda boʻlib qaytgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 17-sentabrdagi 460-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2930-1, 15.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2024-y., 10/24/2930-1/0823-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Profilaktika inspektorlari hisobot berish jarayonida qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoʻriqlanadigan davlat va xizmat sirlarini himoya qilishi hamda insonlarning shaxsiy va oilaviy sirlarining daxlsizligini taʼminlashi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Profilaktika inspektorlarining fuqarolar yigʻinlarida hisobot berishi muayyan sabablarga koʻra mumkin boʻlmay qolgan hollarda (profilaktika inspektori vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlganda, boshqa lavozimga oʻtganda, nafaqaga chiqqanda) ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan ichki ishlar organi rahbari fuqarolar yigʻini raisi bilan kelishilgan holda hisobot berish uchun boshqa kunni belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hududga xizmat koʻrsatuvchi profilaktika inspektori lavozimiga yangi xodim tayinlansa, ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan ichki ishlar organi rahbari fuqarolar yigʻini raisi ishtirokida aholiga profilaktika inspektori lavozimiga yangi tayinlangan xodimni tanishtiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 17-sentabrdagi 460-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2930-1, 15.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2024-y., 10/24/2930-1/0823-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Profilaktika inspektori lavozimga tayinlangan kundan boshlab amalga oshirgan ishlari yuzasidan fuqarolar yigʻinida hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Profilaktika inspektorlari faoliyatiga aholi tomonidan haqqoniy baho berilishini taʼminlash maqsadida fuqarolar yigʻini raisi hududdagi hovlilar, uylar, koʻchalar va mahallalardagi aholi (ularning vakillari) qatnashishini taʼminlaydi. Oʻtkaziladigan yigʻinga fuqarolarni turli sabablar bilan qatnashishini taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beriladi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi hamda ichki ishlar organi boshligʻiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Profilaktika inspektorining faoliyatiga baho berish yigʻin qarori bilan belgilanadi. Fuqarolar yigʻini unda qatnashish huquqiga ega boʻlgan barcha aholining yarmidan koʻprogʻi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Fuqarolar yigʻinini chaqirishning imkoni boʻlmaganda fuqarolar vakillarining yigʻilishi oʻtkaziladi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishi unda fuqarolarning hovlilar, uylar, koʻchalar va mahallalardagi vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) qaror unda qatnashganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda yigʻinni olib boruvchi masʼullarning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Profilaktika inspektorlari hisobot berishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida oʻzlariga biriktirilgan maʼmuriy hududdagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organ va muassasalardan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur Nizom Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. JAVLONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 6-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1021-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.10.2024-y., 10/24/2930-1/0823-son)