Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“AMANTAYTAU-GOLDFILDS” QOʻShMA KORXONASI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Navoiy viloyatidagi Amantaytau konining ruda maydonini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oksus Risursis Korporeyshn” kompaniyasi (Buyuk Britaniya) “Lonro” kompaniyasi (Buyuk Britaniya), shuningdek Xalqaro moliya korporatsiyasi xarajatlarini qoplaganligi va “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasida xorijiy investor sifatida qatnashish huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasining resurs bazasi oʻzgarganligi munosabati bilan “Oksus Risursis Korporeyshn” va Oʻzbekiston tomonining ustav jamgʻarmasidagi ulushi, 11 627 910 AQSh dollariga teng ustav jamgʻarmasi miqdori oʻzgartirilmasdan, 50 foizdan etib belgilanadi;
qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasi “Oksus Risursis Korporeyshn”ning pul mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha ravishda koʻpaytiriladi;
qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasi qoʻshimcha ravishda koʻpaytirilganda Oʻzbekiston tomonining aksiyalari paketlari miqdori ilgari qoʻshilgan ulushlarni “Oksus Risursis Korporeyshn” kompaniyasining ulushiga mutanosib ravishda indeksatsiya qilish yoʻli bilan 50 foizga teng boʻlib qoladi.
3. “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasi loyihasining 1-ilovaga* muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
* 1-ilova berilmaydi.
4. “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasi muassislarining loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Quyidagilar:
birinchi bosqichning sarmoya xarajatlari 53,1 mln AQSh dollarini tashkil etishi va “Oksus Risursis Korporeyshn” kompaniyasi tomonidan oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobiga toʻgʻridan toʻgʻriinvestitsiyalar sifatida amalga oshirilishi;
ikkinchi bosqichning qiymati, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va uni amalga oshirish shart-sharoitlari loyihaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari asosida 2001-yilda belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi mazkur loyihani Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturining toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan loyihalar boʻlimining aniq roʻyxatlar qismiga, 2000-yilda 5 mln AQSh dollari miqdorida oʻzlashtirish prognozi bilan kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6 va 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasiga loyiha hududi doirasida geologiya-qidiruv ishlari olib borish va foydali qazilma boyliklarni qazib olish huquqini bergan holda yer osti boyliklaridan foydalanishga belgilangan tartibda litsenziya bersin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan birgalikda “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasiga axborot va loyiha hududida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga va konlarni qazishga huquqlar berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
10. Navoiy viloyati hokimligi “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasiga qoʻshma korxona faoliyati uchun zarur boʻlgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini bersin.
11. Hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 11-iyul,
266-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 266-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasini tashkil etish va uning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 22-sentabrdagi 477-son qaroridagi:
2-bandning birinchi xatboshi va 6-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
4-bandning birinchi xatboshidagi “uni tashkil etish toʻgʻrisida 1993-yil 24-noyabrdagi shartnomada nazarda tutilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasining oʻzbekistonlik qatnashchilari oʻrtasida vakolatlarni va dividendlarni taqsimlash toʻgʻrisida” 1994-yil 22-sentabrdagi 478-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoʻshma korxona faoliyatidan olingan Oʻzbekiston tomoniga tegishli 50 foiz miqdoridagi dividendlar quyidagi tartibda taqsimlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (respublika budjetining tegishli hisob raqamiga) — 32,5 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga — 14 foiz;
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga — 3,5 foiz.
Qoʻshma korxonaning Oʻzbekiston tomoni qatnashchilari oʻrtasidagi boshqa oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan bitimlar bilan tartibga solinadi”.