Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi
O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyatini tuzish to‘g‘risida
Mazkur farmoyish O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5120-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3150-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Agentlik boshqaruv xodimlari umumiy shtatlar soni doirasida 5 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyatini (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, Kotibiyat Agentlikning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida faqat O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashiga hisobot beradi.
3 O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Agentlik bir hafta muddatda Agentlikning tuzilmasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Agentlik direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-avgust,
F-5030-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-avgustdagi F-5030-son farmoyishiga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyati to‘g‘risida
NIZOM
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyatining (Keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligini belgilaydi.
2. Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida faqat O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) hisobot beradi.
3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Agentlik, Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – davlat organlari va boshqa tashkilotlar) bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
2-BOB. KOTIBIYATNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
5. Kotibiyatning asosiy vazifasi Muvofiqlashtiruvchi kengashning O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini o‘z vaqtida va samarali joriy etishga yo‘naltirilgan ishini tashkiliy-texnikaviy va axborot jihatidan ta’minlash hisoblanadi.
6. Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifalarga ko‘ra quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlislarini tashkil etish, ularning bayoni va stenografiyasi ta’minoti;
Agentlikning boshqa bo‘linmalari bilan hamkorlikda Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlislarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash;
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarining kun tartibi loyihasini tayyorlash, uni Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari hamda taklif etilgan boshqa davlat organlari va tashkilotlariga yuborish;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari loyihalarini tahririy-texnik jihatdan tayyorlashni, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanganidan keyin ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish va rasmiylashtirishni, shuningdek, qabul qilingan qarorlarni tegishli manzillarga yuborish rasmiylashtirilishini ta’minlash;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarining ma’lumot-kodifikatsiya kartotekasini tashkil etish va yuritish;
Muvofiqlashtiruvchi kengashga kelib tushadigan yozishmalar hisobi, tizimlashtirilishi va tahlilini amalga oshirish;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish;
Muvofiqlashtiruvchi kengash topshiriqlarining o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
Kotibiyat boshqa funksiyalarni Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
3-BOB. KOTIBIYATNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7. Kotibiyat quyidagi huquqlarga ega:
Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan material va ma’lumotlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan Agentlik tarkibiy bo‘linmalaridan belgilangan tartibda so‘rash;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlariga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida majlislar o‘tkazish;
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarini tayyorlash uchun zarurat bo‘lganda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini jalb etish.
Kotibiyatning zarur material va ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha talabnomalari, shuningdek, tegishli hujjatlarni qayta ishlash, agar Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarida boshqa ijro muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, u tomonidan belgilangan muddatlarda ijro etiladi.
8. Kotibiyat o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning sifatli hamda to‘liq bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
4-BOB. KOTIBIYAT FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
9. Kotibiyatga Agentlik direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadigan va ozod etiladigan Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
10. Kotibiyatda maqomi va mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra Agentlik xodimlariga tenglashtirilgan yetakchi inspektor va inspektorlar faoliyat yuritadi.
11. Kotibiyat mudiri maqomi va mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra Agentlik boshqarmasi boshlig‘iga tenglashtiriladi va rahbarlikni yakka boshchilik asosida amalga oshiradi, Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi kengash topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi.
12. Kotibiyat mudiri quyidagi majburiyatlarni bajaradi: Kotibiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;
Kotibiyat xodimlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Kotibiyat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar loyihasini ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun Agentlikka kiritadi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarining bajarilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarini o‘tkazish uchun materiallarning sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Kotibiyatga kelib tushgan hujjatlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi va jo‘natiladigan yozishmalarni imzolaydi;
Kotibiyat xodimlari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi.
Kotibiyat mudiri boshqa majburiyatlarni Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
Kotibiyat mudiri bo‘lmaganda uning majburiyatlarini Kotibiyatning yetakchi inspektori bajaradi.
13. Kotibiyat mudiri quyidagi huquqlarga ega:
Kotibiyat xodimlaridan ularning lavozim majburiyatlari bilan belgilangan vazifalarning to‘liq hajmda va yuqori sifatli darajada bajarilishini talab qilish;
Agentlikning boshqa tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan material va ma’lumotlarni so‘rash;
Agentlik direktoriga Kotibiyat xodimlarini rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritish;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
vakolati doirasida xizmat hujjatlarini imzolash, viza qo‘yish.
5-BOB. KOTIBIYATNING AGENTLIK TARKIBIY BO‘LINMALARI, DAVLAT ORGANLARI VA BOShQA TAShKILOTLAR BILAN O‘ZARO HAMKORLIGI
14. Kotibiyatning Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi mazkur Nizom bilan uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga ko‘ra belgilanadi.
15. Kotibiyat Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini axborot, texnik jihatdan va hujjatlar bilan ta’minlash masalalarida Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.