Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2024 15.11.2002 yildagi 396-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

PUL-BUYUM LOTEREYALARI OʻTKAZISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Naqd pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini mintaqaviy ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda jamlash, pul-buyum lotereyalari oʻtkazishni faollashtirish va ularni tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga pul-buyum lotereyalari tashkil etish faoliyatini tartibga solish funksiyasi yuklansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga pul-buyum lotereyalarini tashkil etish va oʻtkazish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Xalq banki tomonidan pul-buyum lotereyalarini oʻtkazishni tashkil etishdan olinadigan daromadlar aholining boʻsh mablagʻlarini omonatlarga jalb etish ishlarini faollashtirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda uning tasarrufida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan xoʻjalik hisobidagi tuzilmalar tashkil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin, ularga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy lotereyalar har xil turlarini tashkil etish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xayriya tashkilotlari va jamgʻarmalari tomonidan tashkil etiladigan lotereyalar oʻtkazishda qatnashish;
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotereyalarni oʻtkazishdan olinadigan daromadlarni mintaqalarda sogʻlom avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi manzilgohlarini obodonlashtirish va ularning infratuzilmasini takomillashtirish, boshqa ijtimoiy dasturlarni roʻyobga chiqarish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun qoʻshimcha manba sifatida jamlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-avgustdagi 182-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ–532-son Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar mazkur faoliyatdan olingan yalpi tushumni alohida hisobga oladilar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lotereya oʻyinlari oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 19-sentabrdagi 444-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 9-son, 31-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 15-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
396-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom lotereya tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotereya (keyingi oʻrinlarda matnda oʻyin deb yuritiladi) — yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini ixtiyoriylik asosida oʻyin biletlarini tarqatish yoʻli bilan jalb qilishni nazarda tutuvchi tavakkalchilikka asoslangan oʻyin, ular boʻyicha tushgan mablagʻlarning bir qismi oʻyin qatnashchilariga buyum yoki boshqa yutuqlar holida oʻyin (tiraj) natijalariga koʻra toʻlanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin bileti — oʻyin qatnashchisi oʻyin qiymatini toʻlagan holda oʻyin tashkilotchisi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishganligi va oʻyinni oʻtkazish shartlariga muvofiq oʻyinda qatnashishidan dalolat beruvchi maxsus blanka (kartochka, kupon, kvitansiya, jeton yoki boshqa xildagi axborot manbai);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin (tiraj) — yutuqlarning oʻyin qatnashchilari oʻrtasida tasodifiy taqsimlanishi. Lotereya biletining har bittasiga oʻyin shartlarida nazarda tutilgan yutuqlarni olishning teng imkoniyati (teng ehtimolligi) oʻyinning asosiy prinsipi hisoblanadi. Oʻyinlarning ushbu prinsiplar buzilgan holda oʻtkazilishi taqiqlanadi;
(2-bandining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tiraj jihozlari — oʻyin (tiraj)larni oʻtkazishda foydalaniladigan hamda litsenziya talablarining va ushbu jihozlar turiga litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shartlarning bajarilishini taʼminlovchi maxsus jihozlar (mexanik, elektron yoki boshqa texnika jihozlari);
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-oktabrdagi 217-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 418-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin tashkilotchisi (yoki muassis) — lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan hamda oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tadbirlarning butun kompleksini oʻtkazishni tashkil qiluvchi va mablagʻ bilan taʼminlovchi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
(2-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin qatnashchisi — oʻyin qiymatini toʻlagan, oʻyin tashkilotchisi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan va oʻyinda uni oʻtkazish shartlariga muvofiq qatnashuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalovchi organ — lotereyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ;
(2-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazish shartlari (keyingi oʻrinlarda Shartlar deb yuritiladi) — litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan, oʻyinni oʻtkazish shartlari va tartibini belgilaydigan, oʻyin tashkilotchisi, qatnashchilari va litsenziyalovchi organ oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yutuqlar (mukofotlar) fondi — oʻyinlarni oʻtkazish Shartlarida litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan oʻyin qoidalariga muvofiq yutuqlarni toʻlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari summasi yoki pul ifodasidagi mol-mulklar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻyinlarni oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻyinlar oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha tadbirlarning butun kompleksini tashkil etuvchi va mablagʻ bilan taʼminlovchi bir yoki bir nechta tashkilotchilar tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Faoliyatining asosiy turi oʻyinlar oʻtkazish hisoblanmaydigan yuridik shaxs tashkiliy qoʻmita tashkil etishi shart, unga oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tadbirlarning butun kompleksini amalga oshirish yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻyinlarni oʻtkazish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tiraj lotereyalari, bunda tartib raqamlari qoʻyilgan (zarurat boʻlganda, seriyalar va razryadlarga boʻlingan), ular boʻyicha oldindan belgilangan vaqtda yutuqlar oʻyini tashkil qilinadigan lotereya biletlari chiqariladi. Bunda oʻyin biletlari soni, bitta oʻyin biletining qiymati, tirajlarni oʻtkazish vaqti, pul, buyum yoki boshqa yutuqlar miqdori va soni lotereyalar chiqarilgungacha belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bir lahzali lotereyalar, bunda lotereya biletlari ularni buzmasdan yutuq chiqqan oʻyin biletlarini aniqlashni toʻliq istisno qiluvchi yopiq holda yutuqlar oldindan belgilangan holda chiqariladi. Qatnashish natijalari oʻyin bileti sotib olingandan va u ochilgandan (himoya qatlamini oʻchirish, oʻyin biletining bir qismini kesish yoki qirqib olish) keyin darhol aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) passiv va aktiv lotereyalarga boʻlinadigan sonli lotereyalar. Passiv sonli lotereyada qatnashishni xohlovchi shaxs sonlar, belgilar yoki boshqa qaydlar kombinatsiyasi oldindan koʻrsatilgan oʻyin biletini belgilangan qiymati boʻyicha sotib oladi. Aktiv sonli lotereyada qatnashishni xohlovchi shaxs maxsus blankada yoki boshqa yoʻl bilan yoʻl qoʻyiladigan natijalar yigʻindisidan tirajning mumkin boʻlgan natijasini tanlaydi, u oʻyin tashkilotchisi tomonidan tanlangan variantlar roʻyxatdan oʻtkazilgandan va variantlarga muvofiq keluvchi tirajda qatnashishning qiymati tegishli variant boʻyicha toʻlangandan keyin lotereya qatnashchisiga aylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sonli lotereyalar tiraji sonlar, belgilar, boshqa qaydlarni yoki ularning kombinatsiyalarini tasodifiy tanlash yoʻli bilan, shuningdek Shartlarda nazarda tutilgan u yoki bu voqealar natijasida amalga oshiriladi. Sonli lotereyalar tirajining televideniye orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirda translyatsiya qilmasdan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sonli lotereyalar boʻyicha yutuqli biletlar, shuningdek tegishli yutuqlar miqdori tiraj natijalarining oʻyin biletlarida belgilangan natijalarga toʻliq yoki qisman mos tushishiga qarab aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻyinlarni oʻtkazish tartiboti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-oktabrdagi 217-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 418-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tashkilotchi (yoki tashkilotchilar) tomonidan moliyaviy majburiyatlar hajmlarini taqsimlagan holda oʻyinni oʻtkazish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) zarur hujjatlarni tayyorlash va tashkilotchi (yoki tashkilotchilar) tomonidan Shartlarni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tayyorlovchi korxonalar bilan oʻyin biletlari tayyorlash yuzasidan shartnomalar tuzish va ularni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek tayyorlovchi tashkilotlar bilan, savdo yoki boshqa tashkilotlar bilan Shartlarga muvofiq buyumlar (yoki pul boʻlmagan) yutuqlar sifatida nazarda tutilgan tovarlarni yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) yuzasidan shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shugʻullanish huquqiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish (oʻyinni birinchi marta oʻtkazayotgan tashkilotchilarga litsenziya Shartlarni tasdiqlash bilan bir vaqtda beriladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) litsenziyalovchi organda Shartlarni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) oʻyin biletlarini ishlab chiqarish va tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) lotereyalar tirajlarini va ularning natijalarini eʼlon qilish (agar bu Shartlarda nazarda tutilgan boʻlsa);
(6-bandning “e” va “j” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) yutuqlarni berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) litsenziyalovchi organga har choraklik hisobotlarni, shuningdek oʻyinlar tugagach ularni oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida toʻliq hisobot taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻyin biletlarida quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin tashkilotchisi (tashkilotchilari)ning nomi, uning (ularning) toʻliq manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinda qatnashish qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tirajning oʻtkazilish sanasi va vaqti (tirajli lotereyalar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yutuq fondining miqdori (tirajli va lahzali lotereyalar uchun — qoʻshimcha ravishda yutuqlarning umumiy soni va miqdorlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yutuqlarni toʻlash muddatlari va joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
razryadlar, seriyalar, tartib raqamlari va Shartlarda nazarda tutilgan boshqa rekvizitlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-oktabrdagi 217-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 418-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Oʻyinlarni oʻtkazish Shartlarini tasdiqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tashkilotchi tomonidan muayyan oʻyinni oʻtkazishga faqat faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya va litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan mazkur oʻyinni oʻtkazish Shartlari mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi. Oʻyinlarni oʻtkazish Shartlarini tasdiqlamasdan oʻyinlar yoki yutuqlar tiraji oʻtkazilishi litsenziyalanadigan faoliyat turini litsenziyasiz amalga oshirishga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashkilotchi tomonidan lotereyalarning navbatdagi chiqarishlari (turlari) Shartlarini tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan faqat tashkilotchi tomonidan oʻtkazilayotgan oʻyinlar natijalari toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar muntazam taqdim etilgan hamda litsenziya talablari va oʻyinlarni oʻtkazish Shartlari qoʻpol ravishda buzilmagan hollardagina koʻrib chiqiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻyinlarni oʻtkazish Shartlarini tasdiqlash uchun tashkilotchi tomonidan litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotchining Shartlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazishning tashkilotchilarning rahbari imzosi bilan tasdiqlangan ikki nusxadagi Shartlari (u mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqiladi);
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinlar biletining ikki nusxadagi namunasi (maketi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotchi (tashkilotchilar)ning oʻyinni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorining tasdiqlangan nusxasi, tashkiliy qoʻmita tarkibi (ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq), tashkiliy qoʻmita aʼzolari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi albatta koʻrsatilgan holda. Bunda, agar oʻyin bir nechta tashkilotchilar tomonidan oʻtkazilsa, qoʻshimcha ravishda tashkilotchilar oʻrtasidagi ularning moliyaviy va boshqa majburiyati hajmlari taqsimlangan holdagi shartnoma nusxasi taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlovchi korxonalar bilan oʻyin biletlarini tayyorlash va ularning haqiqiyligi boʻyicha ekspertizasini oʻtkazish yuzasidan shartnomalar nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlovchi korxonalar, savdo yoki boshqa tashkilotlar bilan buyum (yoki boshqa pul boʻlmagan) yutuqlar sifatida Shartnomalarda nazarda tutilgan tovarlarni yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) toʻgʻrisidagi (agar zarur boʻlsa) shartnomalar nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa tashkilotlar bilan oʻyin biletlarini tarqatish va ular boʻyicha yutuqlar berish yuzasidan shartnomalar nusxalari (agar zarur boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan toʻlovlar va bojlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatlari nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni taʼminlash uchun tashkilotchining oʻz sarmoyasi yetarli boʻlmaganda moliya institutlarining kafolatnomasi (agar zarur boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat koʻrsatuvchi bankning oʻyin tashkilotchisining budjetga va budjetdan tashqari fondlarga majburiy toʻlovlar, banklar kreditlari boʻyicha, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sonli lotereyalar tiraji oʻtkazilishini toʻgʻridan-toʻgʻri efirda translyatsiya qilish yuzasidan televideniye bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Taqdim etilgan Shartlarni koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ Shartlarning alohida qoidalari va koʻrsatkichlarining toʻgʻriligiga oʻz bahosini berishga haqlidir. Baholashda litsenziyalovchi organ chiqarish koʻrsatkichlari, istalgan asosiy va yordamchi axborot kelishib olinganligini va oʻyin tashkilotchisi oʻz zimmasiga majburiyatlar oladigan summani baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻyin turiga va tashkilotchining moliyaviy ahvoliga koʻra, litsenziyalovchi organ tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq oʻyin tashkilotchilariga litsenziya talablari va shartlari, shuningdek tashkilotchilar tomonidan oʻyinlar qatnashchilari oldidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlovchi oʻyin parametrlari yuzasidan normativlar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Litsenziyalovchi organ amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan (ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan) hujjatlar olingan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmaydigan muddatda Shartlarni tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tasdiqlangan Shartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat litsenziyalovchi organning ruxsati bilan kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni tasdiqlash uchun tashkilotchi litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinlar tashkilotchisi (yoki tashkilotchilari)ning Shartlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish zarurligining asoslanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartlarga oʻyinning barcha tashkilotchilari tomonidan kelishilgan va tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar, ikki nusxada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin biletlarining namunalari (maketlari), ikki nusxada (agar qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar oʻyin biletlariga kiritilsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan toʻlovlarning toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tiraj lotereyalari boʻyicha Shartlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar faqat tiraj oʻtkazilgungacha kiritilishi mumkin. Bunda tirajni oʻtkazish muddatlarining oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlarga oʻyinlarni oʻtkazishning qatnashchilarga nisbatan shartlarini yomonlashtiruvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning (tirajni oʻtkazishning tasdiqlangan yoki eʼlon qilingan muddatlari, tiraj yutuqlarining tasdiqlangan soni hamda roʻyxati va boshqalar) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻyinning uning konsepsiyasi va texnologiyasini oʻzgartiruvchi shartlari oʻzgartirilgan taqdirda bunday oʻyinni oʻtkazish Shartlari yangi shartlar sifatida tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Shartlarni yoki ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni tasdiqlashni rad etish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarning toʻliq emasligi va taqdim etilgan hujjatlar mazmunining amaldagi qonunchilik va ushbu Nizom talablariga muvofiq emasligi;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotchining litsenziya talablariga va amaldagi qonunchilikda belgilangan shartlarga muvofiq emasligi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotchi tomonidan oʻyinni oʻtkazish boʻyicha mualliflik ishlanmalari yuzasidan boshqa tashkilotchilar huquqlarining buzilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin nomining, uning shiorining, oʻyin bileti maketining ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻyinga oʻxshashligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Shartlarni tasdiqlash uchun hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun oʻyin tashkilotchisi oʻtkaziladigan oʻyin hajmining 0,1 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi. Yigʻim litsenziyalovchi organning hisob raqamiga toʻlanadi. Ilgari tasdiqlangan Shartlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilganda (chiqariladigan lotereyalar umumiy summasining oʻzgartirilishi va toʻldirilishidan tashqari, bunda yigʻim toʻliq miqdorda toʻlanadi) yigʻim ushbu Shartlarni tasdiqlash uchun toʻlangan summaning yarmi miqdorida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tashkilotchining mansabdor shaxslari Shartlardagi mavjud maʼlumotlarning toʻgʻriligi, shuningdek oʻyinni oʻtkazish shartlariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziyalovchi organ oʻyinni oʻtkazishning qonunchilikda va ushbu Nizomda belgilangan shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziyalovchi organ oʻyinning oʻtkazilishini toʻxtatib qoʻyish yoki muddatidan oldin toʻxtatish huquqiga ega. Quyidagilar oʻyinlarning oʻtkazilishini toʻxtatib qoʻyish yoki toʻxtatish uchun asos boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqiqiy emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyada belgilangan faoliyat turiga rioya qilinmaganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin tashkilotchisining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazishning tasdiqlangan Shartlari va tartibining buzilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotchining oʻyin qatnashchilari oldidagi majburiyatlari bajarilmasligiga olib keluvchi moliyaviy ahvolining yomonlashishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalovchi organ koʻrsatmalarining bajarilmasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻyinlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha ham toʻxtatib qoʻyilishi yoki toʻxtatilishi mumkin.
(22-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻyinni oʻtkazishni toʻxtatib qoʻyish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan tashkilotchi iqtisodiy sudga shikoyat qilishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Oʻyinlar biletlarini tayyorlash, saqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻyin biletlari qimmatli qogʻozlar tayyorlash uchun litsenziyaga ega boʻlgan korxonalarda tayyorlanishi hamda qalbakilashtirishdan kamida olti darajali himoyaga ega boʻlishi kerak. Lotereyalarning aktiv turlarini biletlarini qatnashchi tomonidan tanlangan tiraj natijalarini roʻyxatdan oʻtkazgan holda shakllantirishni nazarda tutuvchi oʻyinlarni oʻtkazishda oʻyin biletlari blankalari himoyalashning kam darajalari bilan, oʻyinlar biletlarini roʻyxatdan oʻtkazishda himoyalashning zarur darajasiga biletlarda maxsus kodlarni yoki belgilarni koʻrsatish yoʻli bilan erishish shartlariga rioya qilgan holda tayyorlanishi mumkin. Tayyorlovchi korxonalar tomonidan oʻyinlar biletlarini tayyorlashga faqat tashkilotchida faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya va litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlar mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻyinlar biletlarini saqlash maxsus jihozlangan binolarda, biletlar saqlanishini taʼminlash boʻyicha albatta zarur chora-tadbirlar koʻrilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻyinlar biletlari qayta sanab chiqilmasdan va tayyorlovchi korxonalarga, yetkazib beruvchilarga yoki tashuvchilarga nisbatan eʼtirozlar oʻz vaqtida bildirilmasdan qabul qilingan hollarda oʻyin biletlarining yetishmasligi yoki yaroqsizlanganligi yuzasidan moddiy javobgarlik oʻyin biletlarini qabul qilib olishning belgilangan tartibiga amal qilishni taʼminlamagan oʻyin tashkilotchisiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻyin biletlarini tarqatish uchun berish, hisobga olish va hisobot masalalari tashkilotchining vakolatiga kiradi va uning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻyin biletlari chiqarish summasini va sonini koʻpaytirib yuborishga, shuningdek Shartlarda belgilangan oʻyinda qatnashish qiymatini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Oʻyinlar biletlarini tarqatish tartibi
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Oʻyinlar biletlarini tarqatishga, oʻyin boʻyicha faqat litsenziya olingandan va Shartlar litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangandan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oʻyinlar biletlarini tarqatish, oʻzining tarqatuvchilar tarmogʻi orqali yoki shartnoma asosida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Aholi oʻrtasida lotereya biletlarini tarqatish, ixtiyoriylik prinsipiga majburiy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereya biletlarini balogʻatga yetmagan shaxslarga tarqatish taqiqlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻyinni oʻtkazish boʻyicha reklama kompaniyasi Shartlar litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangandan keyingina boshlanadi. Oʻyinni oʻtkazish boʻyicha reklama kompaniyasi Shartlar litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanmasdan oldin oʻtkazilganda javobgarlik reklama beruvchi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazilishi tugallangan, taqiqlangan yoki toʻxtatib qoʻyilgan oʻyinning reklama kompaniyasi tegishli ravishda toʻxtatib qoʻyilishi yoki toʻxtatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻyin reklamasi uni oʻtkazish shartlarini buzmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar reklamasida balogʻatga yetmagan shaxslarning reklama qilinayotgan lotereyada qatnashishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi ogohlantirish mavjud boʻlishi kerak.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Oʻyinlarni oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Oʻyinlarni oʻtkazish faqat yutuqli biletlarni tasodifiy tanlab olish jarayoniga inson omilining biron-bir taʼsirini toʻliq istisno qiluvchi texnologiyalar va jihozlarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi. Jihozlarning soz holatda boʻlishi uchun oʻyin tashkilotchisi javob beradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Tiraj lotereyalari oʻyini litsenziyalovchi organning normativ hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Boshqa oʻyinlar boʻyicha oʻyinlarni oʻtkazish va oʻyin yakunlarini litsenziyalovchi organga taqdim etish tartibi ushbu oʻyinlarni oʻtkazish Shartlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Oʻyin televideniye orqali olib koʻrsatilgan taqdirda tashkilotchilar yutuqlarni aniqlash tartibotini namoyish etgan holda bevosita efirda tirajning oʻzini olib koʻrsatilishini taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Har qaysi oʻyin uchun alohida jihozlar, bezaklar, rekvizitlardan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rekvizitdan (sharlar, bochonkalar komplektlari va boshqalardan) oʻyin mobaynida bir marta foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yutuq (mukofot) fondini shakllantirish va taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Quyidagilar oʻyinlar boʻyicha yutuqlar boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyum yutuqlari, bunda yutuq egasi uning qiymatini naqd pul bilan olish huquqiga ega (agar Shartlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa). Bitta buyum yutugʻini uning egasi roziligisiz boshqasi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchar va koʻchmas mulk tarzidagi yutuqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomoddiy tusdagi yutuqlarning boshqa turlari, koʻchmas mulklar, ayrim tovarlar va xizmatlar, turistik sayohatlar, sanatoriy va dam olish uylariga yoʻllanmalar sotib olish boʻyicha imtiyozlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oʻyinning Shartlarda koʻrsatilgan va oʻyin qatnashchilari mablagʻlarining taqsimlanmagan qismidan iborat boʻlgan yutuq fondi oʻyin tashkilotchisining aktivi hisoblanmaydi va uning tomonidan, qatnashchilarga yutuqlarni toʻlash yoki berishdan tashqari, boshqa hech qanday maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yutuq fondi oʻyin tashkilotchisining mulki hisoblanmaydi va undan tashkilotchi majburiyatlari boʻyicha qarzlar undirib olinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oʻyinlarning yutuq (mukofot) fondlari quyidagi miqdorlarda belgilanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tirajli va lahzali lotereyalar uchun — lotereya biletlarini tarqatishdan olingan pul mablagʻlari summasidan qatʼi nazar, chiqarilgan lotereyalar hajmining kamida 40 foizi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotereyalarning boshqa turlari uchun — tarqatilgan lotereya biletlari umumiy summasining kamida 40 foizi miqdorida;
(39-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-oktabrdagi 217-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 418-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Buyum yoki boshqa pul boʻlmagan yutuqlarni nazarda tutuvchi oʻyinlarni oʻtkazishda tashkilotchilar oʻyinlarni oʻtkazish boshlangungacha koʻrsatilgan toifadagi yutuqlarni sotib olishga majburdirlar. Alohida hollarda (tirajli lotereyalardan tashqari) oʻyin xususiyatlariga koʻra litsenziyalovchi organning ruxsati bilan yutuqlarning bir qismi oʻyin oʻtkazilgandan keyin, lekin oʻyinning oʻtkazilish sanasidan boshlab 15 kundan kechikmay sotib olinishi mumkin. Bunday hollarda tashkilotchilar litsenziyalovchi organga yetkazib berish yuzasidan shartnomalarni va (yoki) oʻyin tashkilotchisi tomonidan oʻz majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Yutuq fondining qarz olingan mablagʻlar hisobiga shakllantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Yutuq fondi mablagʻlarini saqlash tartibi har xil tirajlar yutuq fondlarining alohida saqlanishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Oʻyin biletlarini tarqatishdan tushgan mablagʻlar, qonunchilikda belgilangan majburiy toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin, birinchi navbatda oʻyinning yutuq fondini shakllantirishga, yutuqlar boʻyicha toʻlovlarni (buyum yutuqlarini berishni) taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul shaklidagi yutuq fondini shakllantirish oʻyin biletlarini tarqatishdan olingan mablagʻlarning bir qismini kamida yutuq fondi ulushi miqdorida zaxira qilib qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Talab qilib olinmagan pulsiz shakldagi yutuqlar tashkilotchida yoxud ushbu maqsad uchun shartnoma asosida maxsus jalb etilgan yuridik shaxsda yutuqni toʻlash muddati tugagungacha saqlanadi. Yutuqni toʻlash muddati tugagandan keyin talab qilib olinmagan yutuq fondi ijtimoiy-xayriya maqsadlariga, shu jumladan aniq tarzdagi ijtimoiy dasturlarni qoʻllab-quvvatlashga (bolalar bogʻchalari, maktablar, shifoxonalar, poliklinikalar va shu kabilarga moliyaviy yordam uchun) yoʻnaltiriladi, ularning aniq yoʻnalishlari oʻyinni oʻtkazish Shartlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Biletlarni yoʻq qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Oʻyinning tarqatilmagan biletlarini yoʻq qilish litsenziyalovchi organ, jamoatchilik va oʻyin tashkilotchisi vakillaridan iborat boʻlgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Tirajli lotereyalarni oʻtkazishda maxsus komissiya tiraj oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Oʻyin biletlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tiraj oʻtkaziladigan paytga kelib oʻyin biletlarining bir qismi tarqatilmay qolgan (tirajli va sonli lotereyalarning ayrim turlarida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin oʻtkazishni tugallash paytiga kelib biletlarning bir qismi foydalanilmay qolgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotchi tomonidan tayyorlovchidan tayyor biletlarni olishda yoki oʻyinni oʻtkazish jarayonida oʻyin biletlarida oʻyinni Shartlar va litsenziyalovchi organ talablariga muvofiq tegishli tarzda oʻtkazishga xalaqit qiluvchi brak (nuqson) aniqlangan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazish amaldagi qonunchilikka muvofiq muddatidan oldin toʻxtatilgan hollarda yoʻq qilinadi.
(46-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Tirajli va sonli lotereyalarning ayrim turlarini oʻtkazishda tarqatilmagan oʻyin biletlari komissiya tomonidan yoʻq qilish dalolatnomasi tuzilgan holda tiraj oʻtkazilgunga qadar (oʻyin Shartlarida belgilangan muddatlarda) yoʻq qilinadi. Yoʻq qilish dalolatnomasi yoʻq qilingan biletlarning barcha rekvizitlari albatta koʻrsatilgan holda toʻrt nusxada tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi tiraj oʻtkazilgunga qadar majburiy tartibda litsenziyalovchi organga taqdim etiladi, dalolatnomaning ikkinchi nusxasi oʻyin biletlarini yoʻq qilish komissiyasi raisida, uchinchi nusxasi — oʻyin tashkilotchisida qoladi, toʻrtinchi nusxasi litsenziyalovchi organning belgisi bilan tiraj boshlangunga qadar bevosita tiraj komissiyasi raisiga taqdim etiladi, bu tirajni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Tashkilotchilarga bogʻliq boʻlmagan ayrim sabablarga koʻra tarqatilmagan oʻyin biletlari tirajni oʻtkazish boshlangunga qadar yoʻq qilinmay qolgan hollarda komissiya oʻyin biletlarini muhrlab qoʻyadi va yoʻq qilinadigan oʻyin biletlarining barcha rekvizitlarini, shuningdek ularning yoʻq qilinishiga xalaqit bergan sabablarni koʻrsatgan holda tegishli dalolatnoma tuzadi. Muhrlash (plombalash), Shartlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ vakili boʻlgan komissiya aʼzosi tomonidan amalga oshiriladi. Dalolatnomaning bir nusxasi tiraj oʻtkazilgunga qadar majburiy tartibda litsenziyalovchi organga taqdim etiladi, dalolatnomaning ikkinchi nusxasi oʻyin biletlarini yoʻq qilish komissiyasi raisida, uchinchi nusxasi — oʻyin tashkilotchisida qoladi, toʻrtinchi nusxasi litsenziyalovchi organning birinchi nusxa olinganligi toʻgʻrisidagi belgisi bilan tiraj boshlangunga qadar bevosita tiraj komissiyasi raisiga taqdim etiladi, bu tirajni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Bir lahzali lotereya biletlari seriyalar (chiqarishlar, razryadlar, turkumlar) boʻyicha, ularda ishlab chiqarish braki va boshqa nuqsonlar aniqlangan, yutuqlar belgilangan oʻyin chizigʻining himoya qoplami yoki maxsus tanib olish kodlari zonalari qisman yoki toʻliq buzilgan, lotereya biletlari qalbakilashtirishdan himoya qilish talablariga muvofiq boʻlmagan, shuningdek lotereya biletlari rekvizitlari Shartlarda tasdiqlangan rekvizitlariga muvofiq boʻlmagan istisno hollarda, ushbu seriya (chiqarish, razryad, turkum) tarqatilmasdan, yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Bir lahzali lotereyalarning oʻynalmagan biletlari mazkur Nizomning 46-bandida nazarda tutilgan tartibga oʻxshash tartibda yoʻq qilinadi. Tashkilotchi tomonidan toʻlovga taqdim etilgan yutuq chiqqan biletlarning yoʻq qilinishiga faqat yutuq chiqqan bilet egasi boʻlgan qatnashchiga yutuq toʻliq toʻlangandan keyin yoʻl qoʻyiladi. Bunda mayda yutuq chiqqan oʻyin biletlari ularning toʻplanishiga qarab, yutuq toʻlangan sanadan boshlab kamida bir oydan keyin yoʻq qilinadi, yirik yutuq chiqqan oʻyin biletlari esa yutuqni toʻlash (berish) sanasidan boshlab daʼvo arizasi berish muddatidan oldin yoʻq qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Boshqa oʻyinlar biletlari oʻyinni oʻtkazishning tasdiqlangan Shartlarida nazarda tutilgan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Yutuqlarni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Yutuqlarni toʻlash (berish) tartibi, muddatlari va shartlari litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlarga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Yutuq chiqqan oʻyin biletlarini litsenziyalovchi organga (yoki uning vakolatli vakiliga) taqdim etishning Shartlarda belgilanadigan muddati tiraj oʻtkazilgan yoki oʻyinni oʻtkazish tugagan kundan boshlab uch oydan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yutuqlarni toʻlash (berish) muddati yutuq chiqqan bilet toʻlovga taqdim etilgan sanadan boshlab uch oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yutuq chiqqan biletlarni toʻlovga taqdim etishning Shartlarda belgilangan muddatlari oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida tashkilotchining yoki litsenziyalovchi organning xohishiga koʻra oʻyinning haqiqiyligiga shubha tugʻilgan har qanday bileti tegishli ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Oʻyinning yutuq chiqqan biletlari ekspertizasi oʻyin tashkilotchisi yoki, zarurat boʻlganda, tayyorlagan korxona tomonidan yutuq chiqqan bilet toʻlovga taqdim etilgan kundan boshlab bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Oʻyinlarni oʻtkazishning buxgalteriya hisobi Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan tartibda yuritiladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Tashkilotchi tomonidan har chorakda, hisobot davri tugagandan keyin 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda litsenziyalovchi organga hisobotlar taqdim etiladi (2-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻyinlarni oʻtkazish Shartlarida, oʻtkazilayotgan oʻyinning xususiyatiga qarab litsenziyalovchi organga tirajlar va oʻyinlarni oʻtkazish natijalari, muayyan razryadlar, seriyalar, chiqarishlar yakunlari toʻgʻrisida Shartlarda kelishilgan muddatlarda va shaklda majburiy tartibda qoʻshimcha axborot (oraliq hisobot) taqdim etish tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻyinni oʻtkazish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni imzolagan mansabdor shaxslar undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(57-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Litsenziyalovchi organ istalgan maʼlumotlarni, shu jumladan maxfiy maʼlumotlarni ham (bir lahzali lotereyalar uchun — garovnomani, tarqatilmagan yoki yaroqsiz biletlarni yoʻq qilish, sotilgan biletlar va miqdori, tarqatish uchun berilgan oʻyin biletlari miqdori, yutuqlarni toʻlash (berish), tashkilotchilarning moliyaviy ahvoli va boshqalar), oʻyinni oʻtkazish bilan bogʻliq materiallarni talab qilib olishi, shuningdek biletlarni tarqatish va oʻyinni oʻtkazish joylarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazishi mumkin.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Litsenziyalovchi organ amaldagi qonunchilikning va ushbu Nizomning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻyinlarni oʻtkazishning borishi ustidan nazoratni taʼminlashga majburdir.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Litsenziyalovchi organ oʻyin qatnashchilarining, oʻyinlarni oʻtkazish jarayoni qatnashchilarining amaldagi qonunchilikning yoki oʻyinni oʻtkazishning ushbu Nizomda belgilangan tartibining yoxud litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlarning oʻyin tashkilotchilari tomonidan buzilishlariga oid shikoyat va arizalarini qabul qiladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Litsenziyalovchi organ oʻyinni oʻtkazish jarayoni qonunchilik, ushbu Nizom yoki litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlar buzilgan holda oʻtkazilgan taqdirda oʻyinni oʻtkazish jarayonini toʻxtatishga, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish yoki toʻxtatishga haqlidir.
(61-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻyinni oʻtkazish jarayoni toʻxtatib qoʻyilgan taqdirda tashkilotchi toʻxtatib qoʻyishga sabab boʻlgan buzilishlarni 30 kun muddatda bartaraf etishga majburdir, shundan keyin oʻyinni oʻtkazish jarayoni litsenziyalovchi organning maxsus ruxsatnomasiga binoan davom ettirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aks holda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish (toʻxtatish) huquqiga ega va tegishli faoliyat toʻxtatiladigan muddatni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan yoki toʻxtatilgan hollarda litsenziyalovchi organ tashkilotchidagi mavjud sotilmagan biletlarni olib qoʻyishi, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan, sotilgan (shu jumladan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarda tarqatishda boʻlgan) oʻyin biletlari, hamda toʻlovga taqdim etilgan yutuqlar summasidan ortiq boʻlmagan summadagi pul mablagʻlarini soʻzsiz undirib olishi, ularni vakolatli banklarda ochilgan maxsus hisob raqamlariga oʻtkazishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotchidan aholi oʻrtasida tarqatilmagan oʻyin biletlarini olib qoʻyish biletlarni qayta sanash va roʻyxatga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi, keyinchalik ular taxlanadi, plombalanadi va saqlash uchun qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarqatilgan oʻyin biletlari va mablagʻlarni qaytarish ularning egalarining litsenziyalovchi organga yoki uning vakolatli vakiliga biletlar taqdim etilgan arizalari asosida amalga oshiriladi. Mablagʻlar litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan miqdorlarda va muddatlarda, maxsus hisob raqamida jamlangan summadan kelib chiqqan holda qaytariladi. Bilet egalarining mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisidagi arizalari fuqarolik qonunchilikda belgilangan daʼvo arizasi muddatlari doirasida qabul qilinadi. Daʼvo bildirish muddatlari oʻtib ketgan taqdirda talab qilib olinmagan mablagʻlar qoldigʻi respublika budjeti foydasiga undiriladi.
(62-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotchidan olib qoʻyilgan va xaridorlardan olingan biletlar litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda, litsenziyalovchi organ rahbari yoki uning topshirigʻiga binoan litsenziyalovchi organning masʼul xodimi imzolaydigan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda yoʻq qilinadi
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
(ilovaning boshlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar oʻtkazish shartlariga kiritiladigan maʼlumotlar va hujjatlar
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Oʻyin tashkilotchilari toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(har bir tashkilotchiga tuziladi)

1. Tashkilotchining yuridik shaxs sifatidagi maqomi, uning roʻyxatdan oʻtkazilgan toʻliq va qisqartirilgan nomi. Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va tartib raqami, roʻyxatdan oʻtkazgan organning nomi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashkilotchi joylashgan joy (pochta manzili), bank rekvizitlari, telefoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻyinni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi tashkilotchi rahbarlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi, telefon raqamlari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Lotereya tashkil etish va oʻtkazishdagi oldingi tajribalar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Tashkilotchilarning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(har bir tashkilotchiga tuziladi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tashkilotchi mol-mulkining qisqacha tavsifi va faoliyatining asosiy turlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Korxonaning buxgalteriya balansi, oxirgi hisobot sanasidagi foydalar va koʻrilgan zararlar toʻgʻrisidagi hisobot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tashkilotchida soliqlarga oid va boshqa imtiyozlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashkilotchida hujjatlarni litsenziya beruvchi organga taqdim etish paytidagi soliqlar va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bank kreditlari boʻyicha qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning qisqa muddatli kreditlari (jumladan, toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov muddatlari boʻyicha taqsimlangan holdagi bankning uzoq muddatli kreditlari (shu jumladan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditorlik qarzlarining umumiy summasi (shu jumladan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashkilotchiga oxirgi uch yil mobaynida davlat boshqaruv organlari yoki sud tomonidan solingan maʼmuriy va iqtisodiy sanksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Bunday maʼlumotlarda quyidagilar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanksiya solingan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanksiya solgan organ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanksiya solish sabablari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanksiyalarning turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanksiyalar miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanksiyalarning oʻyinni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdagi bajarilishi darajasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Oʻyinni oʻtkazish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻyin toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazish maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkaziladigan oʻyinning umumiy hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqariladigan biletlarning soni, ularning tartib raqamlari (razryadlarga, seriyalarga, tartib raqamlariga taqsimlangan holda va boshqalar);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinda qatnashish (lotereya bileti) qiymati;
(1-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yutuq fondining summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyum, pul yutuqlari yoki boshqa xil yutuqlarning toʻliq roʻyxati, ularning qiymati, soni, miqdorlari va summalari bilan birga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻyinlarni oʻtkazish qoidalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Biletlarni tarqatish (masʼul ijrochilar koʻrsatilgan holda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biletlarni tarqatish muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazish moʻljallanayotgan hudud hamda biletlarni sotish shoxobchalarini tashkil etish, joylashtirish, ularning ishini rejalashtirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin biletlarini tarqatish tartibi (bu tartib naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha biletlarni sotib olishni xohlovchi tashkilotlarga sotish tartibini, biletlarni aholiga sotish tartibini oʻz ichiga oladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biletlarni tarqatuvchilarni tanlash, oʻyin boʻyicha tushgan tushumlarni saqlash, topshirish va inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) tartibi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarajatlar smetasini ilova qilgan holda biletlarni tarqatganlik uchun haq toʻlash miqdori va tartibi;
(“a” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻyinlarni oʻtkazish (masʼul ijrochilar koʻrsatilgan holda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazish muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinlarni oʻtkazish qoidalari (keltirilayotgan qoidalar Nizomning 2-bandiga muvofiqligini tushuntirgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tirajni oʻtkazish sanasi va joyi. Bir lahzalik lotereya oʻyinlari oʻtkazilgan hollarda lotereya biletlarini sotish muddatlari koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilmay yoki yaroqsiz boʻlib qolgan biletlarni yoʻq qilish tartibi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yutuqlar tirajini oʻtkazish tartibi (tirajli lotereyalar uchun — lotereya tiraji litsenziyalovchi organning yoʻriqnomalariga koʻra, boshqa lotereyalar uchun — lotereyani oʻtkazish shartlarida keltirilgan tartibga muvofiq oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yutuqlarni olish muddatlari, joyi, shartlari va tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻyinlar oʻtkazilishini taʼminlash (masʼul ijrochilar koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biletlarni tayyorlash va ularni ekspertizadan oʻtkazish shartnomasining asosiy shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar va boshqa xil boyliklarni sotib olish tartibi (buyum yoki pul-buyum yutuqlari oʻyinlari oʻtkazishda yutuqlar roʻyxati oʻyin shartlariga kiritilgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotereyalarni tarqatuvchilar bilan namunaviy shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni rasmiylashtirish, biletlarni tayyorlash va tarqatish, reklama qilish hamda texnik xizmat koʻrsatish, oʻyinni oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy-texnik masalalar bilan bogʻliq tadbirlar kompleksini amalga oshiruvchi tashkilotchilar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mablagʻlardan foydalanish va hisobot:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biletlarni sotish bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha hisob va hisobot tartibi, oʻyin boʻyicha litsenziyalovchi organga hisobotlar taqdim etish sanasi;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazish natijasida olingan daromadni taqsimlash tartibi (uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni koʻrsatgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli asoslash bilan birga muayyan maqsadga qaratilgan, xayriya lotereyalari uchun lotereyalar chiqarish yoʻli bilan jalb qilinadigan mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari. Agar loyiha birorta ixtisoslashtirilgan tuzilmalarda ekspertizadan oʻtgan boʻlsa, u holda ushbu ekspertizani hujjat bilan tasdiqlash zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni tashkil etish va oʻtkazishda faol qatnashgan xodimlarni ragʻbatlantirish uchun mukofot jamgʻarmasini tashkil etish tartibi. Mukofot jamgʻarmasidan toʻlov faqat oʻyin tiraji oʻtkazilgandan (bir lahzali lotereyalar razryadi yoki seriyasi sotib boʻlingandan) soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
(ilovaning boshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereya oʻyinlarini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_______________________________________________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(oʻyinning nomi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200____ yilning (choragi/ yil) _______uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya egasining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyin oʻtkazishga asos boʻlgan litsenziyaning tartib raqami va berilgan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazish shartlari tasdiqlangan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotereya biletlarini tayyorlagan tashkilot (korxona)ning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlangan lotereya biletlarining soni va summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilgan biletlar (hisobot davrida va chiqarila boshlangandan buyon reja boʻyicha hamda amalda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biletlarni sotishdan tushgan tushum (hisobot davrida va chiqarila boshlangandan buyon reja boʻyicha hamda amalda).
(xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻyinlar natijalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan oʻyinlar (oʻtkazilgan sanalar, oʻyinga qoʻyilgan lotereyalarning soni va turlari, bekor qilingan, yoʻq qilingan yoki olib qoʻyilgan lotereyalar soni va turlari);
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tirajlarni oʻtkazish komissiyasi tarkibi va javobgar shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tirajni oʻtkazish natijalari boʻyicha komissiyaning hisoboti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqqan yutuqlar soni va turlari (mukofotlar va summalar koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan yutuqlar (mukofotlar va summalar koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talab qilib olinmagan yutuqlar (mukofotlar va summalar koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biletlarni yoʻq qilish yoki bekor qilish komissiyasi tarkibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biletlarni yoʻq qilish yoki bekor qilish komissiyasining hisoboti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakuniy moliyaviy koʻrsatkichlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarqatilgan biletlar soni va tarqatishdan tushgan umumiy tushum;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻyinni oʻtkazishga oid xarajatlar, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biletlarni tayyorlash, transportda tashish, yetkazib berish va saqlash uchun (hisob-kitob narxlariga solishtirganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mukofotlarni xarid qilish va yutuqlarni toʻlash uchun (har bir turi boʻyicha mukofotlarni xarid qilishning hisob-kitob va amaldagi narxlariga solishtirganda);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biletlarni tarqatuvchi shaxslarga haq toʻlash uchun (rejalashtirilgan toʻlovlarga solishtirganda);
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reklama uchun (smeta boʻyicha xarajatlar bilan solishtirganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tirajlarni oʻtkazish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mukofot toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa xarajatlar va majburiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlangan va toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar hamda boshqa yigʻimlar, ularning summasi, toʻlash muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sof foyda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydadan maqsadli foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot (maqsadli oʻyinlar uchun).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 173-modda; 2006-y., 8-son, 52-modda; 42-son, 418-modda, 51-52-son, 507-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)