15.08.2017 yildagi PQ-3211-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

“Olmaliq KMK” AJni yanada rivojlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror rivojlantirishni jadallashtirish, kombinatning xomashyo bazasini kengaytirish, konlarni qazish va mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga ilgʻor texnologiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish joylari yaratish va shu asosda Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi ““Dalneye” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2807-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziring oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.Q. Farmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 15-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3211-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi PQ-3211-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Dalneye” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2807-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qarorning nomida, 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 3-bandning birinchi xatboshidagi, 6-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 12-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 13-bandning “a” kichik bandidagi, 16-bandning birinchi xatboshidagi, 18-banddagi “Dalneye” soʻzi “Yoshlik I” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. “Olmaliq KMK” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2027-yilga hisoblab chiqilgan umumiy kapital qoʻyilmalar qiymati 1696,2 mln AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan, 23,0 mln tonna rudani qazib olishni taʼminlash orqali loyihani jadal amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Quyidagilar “Yoshlik I konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq KMK” AJning oʻz mablagʻlari, shu jumladan 115,0 mln AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan maxsus investitsiya hisobvaraqlari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
togʻ-transport va texnologik uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, avtotransport, texnika, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni xarid qilish, qurilish-montaj, togʻ-kapital va loyiha ishlarini amalga oshirish uchun ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalarni, shu jumladan “tayyor holda topshirish” sharti asosida jalb qilish boʻyicha xorijiy va mahalliy yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish uchun 15 yil muddatga, shu jumladan 6 yillik imtiyozli davr bilan qayta moliyalashtiruvchi “Ipoteka bank” ATIBning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasini qoʻshib hisoblaganda yillik 2,25 foizlik foiz stavkada, imtiyozli davrda foizlarni kapitalizatsiya qilgan holda taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 1292,5 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditni olish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshmaydigan stavka boʻyicha 15 yil muddatga, shu jumladan 6 yillik imtiyozli davr bilan, imtiyozli davrda foizlarni kapitalizatsiya qilgan holda milliy valyutada taqdim etiladigan “Ipoteka bank” ATIB va “Asaka bank” ATBning tegishlicha 195,0 mln. AQSH dollari va 93,7 mln. AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdordagi kreditlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, loyihani amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq KMK” AJ jalb etiladigan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jalb etiladigan kreditlarni soʻndirish va ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Olmaliq KMK” AJning oʻz mablagʻlari, shu jumladan maxsus investitsiya hisobvaraqlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Olmaliq KMK” AJning loyihani moliyalashtirish uchun jalb etiladigan, qayta moliyalashtiriladigan va oʻz mablagʻlaridan ajratiladigan kreditlar boʻyicha “Ipoteka bank” ATIB va “Asaka bank” ATB oldidagi majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berish vakolati berilsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 5-bandda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “amalga oshirishning I bosqichi doirasida loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangunga qadar” soʻzlari “amalga oshirish doirasida loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangunga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshidagi “I bosqichda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini va II bosqichda” soʻzlari “loyihaning” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 6-bandning ikkinchi xatboshisi va uchinchi xatboshidagi “amalga oshirish II bosqichining” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 16-bandda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq KMK” AJ, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalar va ularning subpudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kiriladigan togʻ-transport va texnologik uskunalar, maxsus transport vositalari, materiallar, mashina va mexanizmlar, yoqilgʻi-moylash materiallari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, dasturiy taʼminot vositalari, texnik va loyiha hujjatlari — 2030-yil 1-iyulga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq KMK” AJ va uning subpudrat tashkilotlari koʻrsatiladigan xizmatlar va olib kiriladigan tovarlar, materiallar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, transport vositalari, ehtiyot qismlar, instrumentlar, yoqilgʻi-moylash materiallarini Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlashda yigʻimlar, davlat bojlari va toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan bepul olingan tovarlar foyda soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qarorning 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.