Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 11.08.2017 yildagi 614-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Artemiya sistalarini yigʻib olishga ruxsatnoma berishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2018-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanini iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 28-fevraldagi PQ-2803-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida 2017-yil uchun artemiya sistalarini yigʻib olishga qoʻshimcha kvotalarni tasdiqlashga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 5 kun muddatda tabiatdan foydalanuvchilarning buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan shakllantirilayotgan artemiya tsistlarini yigʻib olishga kvotalar boʻyicha xulosa berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalariga muvofiq 2017-yilda artemiya sistalarini yigʻib olishga qoʻshimcha kvota 5 kun muddatda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, artemiya sistalarini yigʻib olishga ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Artemiya sistalarini yigʻib olish uchun beriladigan ruxsatnoma blankasining namunaviy shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 11-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
614-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 614-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 850-modda)