13.11.2002 yildagi 390-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BOZORNI ISTE’MOL TOVARLARI BILAN TO‘LDIRISHNI RAG‘BATLANTIRISH HAMDA ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA SAVDO TASHKILOTLARINING O‘ZARO MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Ko‘chirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori sifatli, raqobatbardoshli iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishni va ularning assortimentini kengaytirishni rag‘batlantirish, ichki iste’mol bozorini ular bilan yuqori darajada to‘ldirish, shuningdek respublikaning ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan savdo tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2003-yil 1-yanvardan 2007-yil 31-dekabrgacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar iste’mol tovarlari ishlab chiqarishdan olingan daromadlardan daromad (foyda) solig‘ini amaldagi stavkadan 20 foizga kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishdan olingan daromadlardan daromad (foyda) solig‘ini 7 foizli stavka bo‘yicha to‘laydilar. Bolalar uchun tovarlar guruhiga kiruvchi tovarlarni aniqlashda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishiga va Statistika davlat departamenti tomonidan tasdiqlangan sanoat mahsuloti nomenklaturasiga 1997-yil 17-iyuldagi 8-1/3-8-son Tushuntirishga amal qilinsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikrofirmalar va kichik korxonalar iste’mol tovarlari ishlab chiqarishdan olingan tushumdan yagona soliq to‘lovini amaldagi stavkadan 25 foizga kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish korxonalarining iste’mol tovarlari ishlab chiqarish fizik hajmlarini ko‘paytirish hisobiga olingan daromadlari (foydasi) daromad (foyda) solig‘i va yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi:
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nooziq-ovqat iste’mol tovarlari (tamaki mahsulotlari va zargarlik buyumlaridan, kir sovun va atir sovun, shuningdek benzindan tashqari) ishlab chiqaruvchi korxonalar, bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga, ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlarining assortimentini kengaytirishga va raqobatbardoshliligini oshirishga maqsadli yo‘naltirilgan taqdirda, budjetga aksiz solig‘i to‘lashdan ozod qilinadilar;
(1-bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga amortizatsiya ajratmalarining yillik hisobdan chiqarish miqdorlarini asosiy vositalar xizmatining foydali muddatidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilash huquqi beriladi. Bunda soliqqa tortish maqsadidagi amortizatsiya ajratmalarining yillik miqdori O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan normalardan oshmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarning o‘zi ishlab chiqargan iste’mol tovarlari reklamasiga xarajatlari daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqishda soliqqa tortiladigan bazadan to‘liq hajmda chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan (iste’mol tovarlari hajmi ishlab chiqariladigan tovarlar umumiy hajmida kamida 60 foizni tashkil qiladigan) korxonalar 2003—2005-yillarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’mol tovarlari ishlab chiqarish uchun o‘z ishlab chiqarishida foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar importi bo‘yicha bojxonada rasmiylashtirishdan keyin 60 kundan kechiktirmay, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun esa 90 kundan kechiktirmay bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) to‘laydilar. Bunda ulush qo‘shish asosida (tolling bo‘yicha) iste’mol tovarlari ishlab chiqarish uchun keltiriladigan xom ashyo bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi, bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer solig‘ini belgilangan tartibda amaldagi stavkalar bo‘yicha, lekin tegishli shaharlar va shaharchalarning o‘rta zonasi uchun belgilangan stavkadan ortiq bo‘lmagan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulk solig‘ini iste’mol tovarlari ishlab chiqarish uchun kreditlar hisobiga, kreditni qoplash muddatida, lekin 7 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda sotib olingan asbob-uskunalar qiymatiga kamaytirilgan soliqqa tortiladigan bazadan kelib chiqqan holda to‘laydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
valyuta tushumini iste’mol tovarlarini eksport qilishdan olingan, o‘z ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun import qilingan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatiga kamaytirilgan miqdorda majburiy ravishda sotadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qarorning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar korxonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlarining assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog‘liq tadbirlarga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa tortishdan bo‘shagan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan hollarda ushbu mablag‘lar, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan jarima jazolarini hisobga olgan holda, to‘liq hajmda budjetga o‘tkaziladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Iste’mol tovarlarining yirik ishlab chiqaruvchilariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z mahsulotlarini rasmiy distribyutorlar orqali ulgurji sotish tizimini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika mintaqalarida, shu jumladan savdo komplekslarida firma ulgurji-chakana savdo do‘konlari shoxobchalarini rivojlantirish tavsiya qilinsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalaridan qarzi bo‘lmagan korxonalarga ishlab chiqarayotgan tovarlarini o‘z rasmiy distribyutorlariga va ulgurji savdo korxonalariga 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddat bilan konsignatsiya shartnomalari bo‘yicha, shuningdek vositachilik shartnomalari va topshiriqnomalar bo‘yicha sotishga ruxsat berilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tijorat banklariga xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni barpo etish va ishlayotganlarini kengaytirish uchun belgilangan tartibda milliy va xorijiy valyutada kreditlar berish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sut, jun, qoramol va mayda mollar terisi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini qayta ishlash hamda mollarni go‘shtga so‘yish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga mazkur qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilardan — aholidan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan naqd pul bilan hisob-kitob qilgan holda o‘z ehtiyojlari uchun tayyorlash huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari ilovaga muvofiq iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Azimov va M.Usmonov zimmasiga yuklansin.
(Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-martdagi 164-son qaroriga muvofiq 8-band bilan to‘ldirilgan, 8 va 9-bandlarning tartib raqamlari 9 va 10 o‘zgartirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 5-6-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 13-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
390-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarorining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari joriy etiladigan iste’mol tovarlari
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

№‎

Tovarlar guruhi ‎

Soliq imtiyozlari joriy etiladigan tovarlar nomi‎

1.‎ Bolalarga mo‘ljallangan tovarlar‎ Bolalarga mo‘ljallangan tovarlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan.‎
2.‎ Maishiy kimyo va mayda qadoqlangan tovarlar‎

Silliqlovchi, yelimlovchi, yuvuvchi sintetik vositalar, vannalar uchun ko‘pikli kir yuvish vositalari, yog‘larni ketkazuvchi va suvni yumshatuvchi vositalar, buyumlar va gazlamalarni oqartirish, sinkalash va kraxmallash vositalari, dog‘ni ketkazuvchi va tozalovchi vositalar.
‎Hasharotlar, kemiruvchilarga qarshi kurash uchun tovarlar hamda dezinfeksiyalash vositalari, plastillin, aerozol idishdagi soch uchun lok.‎

3.‎ Madaniy-maishiy va xo‘jalik maqsadidagi tovarlar‎

Maishiy elektr mashinalari va priborlar, shu jumladan go‘sht maydalagichlar va elektr go‘sht maydalagichlar, sharbat siqqichlar, oshxona kombaynlari, elektr mikserlar, sochni quritish uchun fen, kofe yanchgichlar, elektr drellar, tosterlar, isituvchi koloriferlar, mikroto‘lqinli pechlar, elektr dazmollar, idish-tovoq va oshxona priborlari, shu jumladan turmushda foydalaniladigan har xil oshxona anjomlari, qoshiqlar, pichoqlar, vilkalar, metallarning barcha turlaridan yasalgan likopchalar, har xil kurakchalar (baliq, blin, yog‘ uchun kurakchalar va boshqalar), metallar va qotishmalarning har xil turlaridan yasalgan ro‘zg‘orda ishlatiladigan metall idishlar, musiqa asboblari, gugurt, barcha turdagi bolalar o‘yinchoqlari, shu jumladan yumshoq o‘yinchoqlar, gramplastinkalar, kompakt va lazer disklari, audio- va video kassetalar, soqol olish priborlari, tish cho‘tkalari, ko‘zoynaklar uchun g‘iloflar, tugmalar (plastmassa, metall, yog‘och tugmalar va boshqalar), bolalar vannachalari, suv va axlat uchun chelak.
‎Yakka tartibda foydalaniladigan antenna komplekslari, maishiy soatlar, galvanik elementlar va batareyalar, qulflaydigan va mayda-chuyda metall buyumlar, kranlar va siljitgichlar.
‎Gaz bilan ishlaydigan avtomatik maishiy suv isitgichlar, maishiy nasoslar, gaz va elektr plitalari, plafonlar va ro‘zg‘orda ishlatiladigan sochuvchilar, termoslar, normal yoritadigan elektr chiroqlar.‎

4.‎ ‎Murakkab maishiy texnika va radioelektron apparatlar Barcha turdagi maishiy kir yuvish mashinalari (kir qo‘lda siqiladigan, yarim avtomatik, avtomatik). Barcha turdagi maishiy sovutgichlar va muzlatgichlar. Oq-qora va rangli tasvirli televizorlar, radio to‘lqini qabul qilish qurilmalari: radiopriyomniklar, radiolalar, magnitoradiolalar, magnitolalar, radiokomplekslar va musiqali markazlar, magnitofonlar, barcha turdagi qo‘shimcha magnitofonlar, ko‘zi ojiz nogironlar uchun ovoz chiqaradigan kitoblarni eshittirish magnitofon qurilmalari, diktofonlar, oq-qora va rangli tasvirli videomagnitofonlar va qo‘shimcha videomagnitofonlar, videoproigrivatellar, ovoz chiqarish kolonkalari, elektron eshitish apparatlari, maishiy videomagnitofonlar uchun video-telekameralar.‎
5.‎ Kir sovun va atir sovun, kir yuvish poroshogi‎ Yuvish uchun va ro‘zg‘orda ishlatiladigan, tarkibida yog‘ bo‘lgan kir yuvish vositalari (atir sovun va kir sovun, kir yuvish poroshogi, kir yuvishda ishlatiladigan paraxa).‎
6.‎ Pardoz-andoz buyumlari, tish pastasi‎ Odekolonlar, atirlar, kremlar, soch, teri, tishni parvarish qilish vositalari, upa, ziynat baxsh etadigan pardoz-andoz buyumlari, losonlar, tana uchun badbo‘y hidni yo‘qotuvchi vositalar, oftobda qorayish vositalari, chivinga qarshi vositalar.
7.‎ Ayollar gigiyenasi buyumlari‎ Ayollar gigiyenasi buyumlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan.‎
8.‎ Tikuv, trikotaj, paypoq buyumlar, to‘qimachilik attorligi‎ Ustki kiyim: ayollar, erkaklar, o‘smirlar va bolalar paltolari, kurtkalari, kostumlari; ayollar ko‘ylagi, qiz bolalar ko‘ylagi va yaslida kiyiladigan ko‘ylaklar; erkaklar va bolalar ko‘ylaklari. Choyshab buyumlari: ko‘rpa-to‘shak jildlari, choyshab, yostiq jildlari, ko‘rpa jildlari, pastga solinadigan choyshab, ayollar va bolalarning tungi ko‘ylaklari, erkaklar va bolalar pijamalari; jun, yarim jun, ip gazlama va momiq adyollar, shu jumladan qalin jun ro‘mol; ichki va ustki trikotaj kiyimlar, paypoqlar, qo‘lqoplar, boshmaldoq qo‘lqop, bosh kiyimlari. Ip gazlamadan tayyorlangan sintetik, yarim junli va kalavaning boshqa turlaridan tayyorlangan tibbiyot buyumlari (bintlar, cho‘ltoqlar uchun g‘ilof, tizzaband, tirsakband, boldirband, bog‘ich va boshqalar). Pardabop to‘rlar, to‘r (krujeva), sharflar, dastro‘mollar va ro‘mollar, ro‘molchalar, galstuklar, manjetlar, ensiz yoqa, poyondozlar, salfetkalar, dasturxonlar, yopqichlar (nakidki), o‘rin yopinchig‘i, darpardalar, gilamchalar, soyabonlar va soyabonlar uchun g‘iloflar, gazlamadan yasalgan abajurlar, to‘qilgan xo‘jalik sumkalari, bolalar sumkalari, to‘r belanchaklar va to‘r xaltalar, lentalar, uqa (jiyak), bog‘ichlar, rezinali bog‘ichlar, shokilali buyumlar va to‘qimachilik attorligining boshqa buyumlari.‎
9.‎ Charm, charm-attorlik va mo‘yna buyumlar‎ Portfellar, papkalar, safar xaltalar, karmonlar, sumkalar, portmone, hamyonlar, muqovalar, g‘iloflar, nesesserlar, portsigarlar, qo‘lqoplar, ish qo‘lqoplari, kamarlar, chemodanlar, sakvoyajlar, qoplar, g‘iloflar, sport-ov buyumlari, to‘plar. Mo‘ynali va qo‘y terisidan yasalgan po‘stin, mo‘ynali bosh kiyimlari, yoqa, mo‘yna, yopqichlar (plastina), skroi, ayollarning mo‘ynali bosh kiyimlari, ish qo‘lqoplari va mo‘ynali qo‘lqoplar va qo‘y terisidan yasalgan po‘stin, mo‘ynali va qo‘y terisidan yasalgan boshqa buyumlar — paypoqlar, gilamlar, esdalik sovg‘alar, bezaklar, shippaklar.‎
10.‎ Bosh kiyimlari‎ Barcha turdagi bosh kiyimlari, shu jumladan fetr bosh kiyimlar (shlyapalar, beretlar, qalpoqlar), tikilgan va mo‘ynali, pat va tivitdan yasalgan tikilgan va mo‘ynali bosh kiyimlar.‎
11.‎ Poyabzal (shu jumladan rezina poyabzal)‎ Kundalik, modelli, sport, uyda kiyiladigan, ortopedik, yengil, milliy, shu jumladan yuqori qismi tabiiy, sun’iy va sintetik teridan, gazlama va noto‘qima materiallar va trikotaj polotnodan qilingan, shuningdek yuqori qismi har xil narsalardan qilingan, tagcharmi charmdan va terining o‘rnini bosuvchi materiallardan, polimer materiallardan yasalgan poyabzal.‎
12.‎ Chinni, fayans va keramika buyumlari, qoliplangan aluminiy idishlar, shisha idishlar‎ Turmushda ishlatiladigan sortli idishlar (shisha va billur idishlar).‎ Turmushda ishlatiladigan chinni-fayans idishlar (shu jumladan yarim chinni va sirlangan sopol idishlar). Kerosin shisha lampa, lampa shisha, sopol idish. Qoliplangan aluminiy idishlar, shu jumladan qoshiqlar, vilkalar, likopchalar va boshqalar. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan oshxona idishlari. Shisha buyumlar va mebel sanoati uchun oyna, shisha idishlar, shu jumladan murabbo va tuzlangan narsalar uchun butilka, banka, bochkachalar.‎
13.‎ Oq qog‘oz, qog‘ozdan yasalgan buyumlar, bosma mahsulotlar va idora ashyolari hamda maktab anjomlari‎ Blok-daftarlar, chizmachilik va rasm solish uchun bloklar va albomlar, qayd etish, eskizlar, notalar, chizmachilik va rasm solish uchun qog‘ozlar (shu jumladan ko‘zi ojizlar uchun), yozuv qog‘ozi, yozuv mashinkasi uchun mo‘ljallangan qog‘oz, maktab kundalik daftarlari, maktab daftarlari, harfli va predmetli alifbo, harflar, bo‘g‘inlar, raqamlar kassasi, chizgichlar (shu jumladan logarifmik chizgichlar), savod kitoblari, har xil plyonkalardan yasalgan qog‘ozlar uchun papka, chizmachilik va rasm solish uchun qog‘oz va kartondan yasalgan papkalar, qalamdonlar, barcha turdagi ruchkalar, flomasterlar, idora qog‘oz qisqichlari, transportirlar, harfli va raqamli trafaretlar, uchburchak chizgichlar, siyohdonlar, gotovalni, barcha turdagi qalamlar (shu jumladan mexanik qalamlar), perolar, o‘chirgichlar, qog‘ozdan yasalgan sanitariya-gigiyena buyumlari, qaydlar uchun kundalik daftarlar, rasm solish, notalar, so‘zlarni yozish, eskizlar uchun daftarlar, umumiy va texnik daftarlar, shaxmat taxtalari (qog‘ozdan va kartondan yasalgan), qog‘ozning texnik sortlari — jilo berilgan, nuqradek oppoq qog‘oz, rasm solish uchun qog‘oz (rulonlarda), yozuv mashinkalari uchun millimetrli, nusxa ko‘paytiruvchi qog‘oz, chizmachilikda ishlatiladigan qog‘oz. ‎
14.‎ Mebel, mebel aksessuarlari Turmushda foydalaniladigan mebel: oshxona mebeli: ish javon-stollari, osma javonlar, oshxona stollari, kursilar, bufet, yumshoq va qattiq oshxona uchburchak mebeli, stullar; yotoqxona mebeli: kiyim uchun javon, ichki kiyimlar uchun javon, karavotlar, ikki tomonlama yumshoq matraslar, karavot yonida turadigan tagkursi, kiyim-kechak turadigan yashikli javon, uch tabaqali toshoyna, tik toshoyna, ziyofat javoni; korpusli mebel: ko‘p vazifali javonlar, kitob javonlari, idish javonlari, servantlar, yozuv stoli, bari bor javonlar, kitob tokchalari, televizor ostiga qo‘yiladigan taglik, radio apparatlar ostiga qo‘yiladigan taglik, sandiqlar; yumshoq mebel: divanlar, kreslolar, yig‘ma divanlar, tebranma kreslo, kreslo-karavotlar; bolalar mebeli: karavotlar, o‘yinchoqlar uchun javon, kiyim-kechak uchun javon, ichki kiyimlar uchun javon, yozuv stollari, kompyuter uchun stollar, bolalarga mo‘ljallangan yumshoq mebel (kreslo, divan); turmushda ishlatiladigan boshqa mebel: shu jumladan gigiyenik qoplamali, metall karkasli mebel. Brezent qoplangan, dala hovlida ishlatiladigan yig‘ma mebel (stollar, stullar, kreslolar, karavotlar va hokazolar). Mebel aksessuarlari: yog‘och tutqichlar, plastmassa tutqichlar, to‘rtta sharnirli oshiq-moshiqlar, eksentrik tortgichlar, tokcha tutgichlar, shisha tutgichlar, oyna tutgichlar, poynak, burchakli tortgichlar, uchburchaklar, shtanga tutqichlar, vintlar, gaykalar, ilgaklar, qog‘ozqisqichlar, shaybalar, shkantlar, yog‘och yig‘ma karavotlar, yog‘och shtangalar, yog‘och silliqlagichlar.‎
15.‎ Gilam va gilambop buyumlar‎ Gilam va gilambop buyumlar (shu jumladan poyondozlar, o‘lchamli parcha gilam). ‎
16.‎ Ip gazlama, ipak, jun, sintetik va kimyoviy tolalardan tayyorlangan tayyor gazlamalar‎ Ip gazlama, shu jumladan tabiiy, sintetik, kimyoviy tolalardan va kimyoviy (shtapel) tolalardan tayyorlangan momiq, jun, ipak gazlamalar.‎
17.‎ Qurilish materiallari Vannalar, rakovina (chanoq)lar, unitazlar, gulqog‘ozlar.‎
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-dekabrdagi 536-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 23-son, 231-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 21-son, 170-modda, 24-son, 200-modda; 2003-y., 5-6-son, 56-modda, 23-son, 231-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)