21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2899
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining buyrugʻi, 21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2899
Дата вступления в силу
25.07.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrug‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2899]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh direktor A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 20-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
411-son

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2017-yil 20-iyundagi 411-son buyrug‘iga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni hamda sifat bo‘yicha ekspert-auditorlikka nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash organlarining muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatliligini akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya — nomzodlarning nazariy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifat bo‘yicha ekspert-auditor — mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassis;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davriy baholash — akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyatining akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqligini akkreditatsiya siklida qayta baholash tartib-taomili;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) ularning professional malakasi va kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, zimmasiga yuklangan vazifalar, funksiyalarni bajarish yuzasidan mas’uliyatini, sifatni baholash faoliyatining samaradorligini oshirish hamda sifat bo‘yicha ekspert-auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini berish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy ma’lumotli, muvofiqlik sertifikati va sifatni baholash sohasida uch yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, sifatni baholash sohasida malaka oshirgan, shuningdek sertifikatlashtirishdan o‘tgan sohasi bo‘yicha jami 4-marta akkreditatsiya va davriy baholashlarda ishtirok etgan mutaxassislar sifat bo‘yicha ekspert-auditorlikka attestatsiyadan o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Attestatsiya haqqoniylik, davriylik, oshkoralik va xolislik prinsiplariga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Attestatsiya mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda tuziladigan Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Attestatsiya komissiyasini tuzish va faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Attestatsiya komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) direktorining buyrug‘iga asosan Agentlik, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi, “O‘zbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi va “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi mutaxassislari orasidan kamida to‘qqiz a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik direktori attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlikning Muvofiqlikni baholash bo‘yicha texnik siyosatni amalga oshirish boshqarmasi attestatsiya komissiyasining ishini tashkil qiluvchi ishchi organi hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishchi organ quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyadan o‘tish uchun ariza topshirgan nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyadan o‘tish uchun ariza topshirgan nomzodlarni attestatsiya o‘tkazish joyi va kuni haqida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suhbat o‘tkazish uchun nomzodlarga beriladigan taxminiy savollarni tuzadi va attestatsiya komissiyasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sifat bo‘yicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestrini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Attestatsiya komissiyasining yig‘ilishi har uch oyda bir marotaba o‘tkaziladi, attestatsiyadan o‘tish uchun arizalar kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Attestatsiya komissiyasining yig‘ilishi attestatsiya komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasining qarori bilan qabul qilinadi. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Attestatsiyadan o‘tish uchun hujjatlar taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Nomzod attestatsiyadan o‘tish uchun attestatsiyadan o‘tish haqidagi ariza bilan Agentlikka murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha anketasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya va davriy baholashlarda ishtirok etganligini tasdiqlovchi buyruq nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish joyidan tavsifnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimni sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risidagi muvofiqlik sertifikati nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sifat bo‘yicha ekspert-auditor Sifat bo‘yicha ekspert-auditorning attestatsiyadan o‘tganligi haqida guvohnomaning (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin attestatsiyadan o‘tish haqidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Hujjatlar kelib tushgan kunidan boshlab ikki kun muddatda attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda ishchi organ tomonidan nomzodga attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishni rad etish asoslari ko‘rsatilgan javob xati yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishni rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlar takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Quyidagilar attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etish yoki mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishni boshqa asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Nomzodlarni attestatsiyadan o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Attestatsiyaning o‘tkazilish joyi va vaqti to‘g‘risida nomzod attestatsiya o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘n kun oldin xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Attestatsiyadan o‘tish uchun hujjatlar taqdim etgan hamda attestatsiyaga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan nomzodlar attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisida attestatsiyadan o‘tkaziladi, bu haqda nomzod xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelmagan nomzod attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanadi va unga guvohnoma berish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Attestatsiya suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzod bilan uning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohasi, shu jumladan muvofiqlikni baholash sohasida ish yuritish asoslari bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat jarayonida berilgan savollar va nomzodning javoblari (ip o‘tkazib belgilangan tartibda tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan) maxsus jurnalda qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Attestatsiya komissiyasi nomzodning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodni attestatsiyadan o‘tgan deb e’tirof etish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodni attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisda hozir bo‘lgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Ovoz berish nomzodning ishtirokisiz o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Attestatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan nomzodlar attestatsiya natijalari e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida Agentlik direktorining buyrug‘iga muvofiq tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishlari mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi tarkibiga kirmagan Agentlik, “O‘zbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi, “O‘zbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi muvofiqlikni baholash organlarining mutaxassislaridan besh kishidan iborat tarkibda tuziladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nomzodning arizasi (shikoyati) ro‘yxatga olingan kundan boshlab yetti kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Arizani (shikoyatni) ko‘rib chiqish jarayonida nomzod ishtirok etishi mumkin. Nomzodning arizani (shikoyatni) ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmasligi uni ko‘rib chiqmaslikka asos bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini o‘zgarishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, nomzod arizasini (shikoyatini) qanoatlantirish haqida qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi nomzodga va attestatsiya komissiyasiga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran ikki kun muddatda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Guvohnomani berish, uni qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlikka attestatsiyadan o‘tgan xodimga ikki kun muddatda ushbu Nizomga 2-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi va Sifat bo‘yicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestriga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish sifat bo‘yicha ekspert-auditorining familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda, uning arizasi asosida ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar sifat bo‘yicha ekspert-auditor o‘z faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qayta rasmiylashtirilgan guvohnomada oldingi guvohnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi kerak. Oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Guvohnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sifat bo‘yicha ekspert-auditorining arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Dublikatni berishda sifat bo‘yicha ekspert-auditorga Agentlik tomonidan “Dublikat” belgisi qo‘yilgan attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan o‘tish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Attestatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎(O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi)

‎‎Sifat bo‘yicha ekspert-auditorning attestatsiyadan o‘tganligi haqida
‎GUVOHNOMA

__________

№____________________

(seriyasi)‎

‎‎(milliy muvofiqlik belgisi)‎‎Sifat bo‘yicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestrida quyidagi raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi:
Ushbu bilan‎‎‎_________________________________________________________
‎‎(sifat bo‘yicha ekspert-auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi)
____________________________________________________________________________________________
‎‎“Texnik jihatdan tartibga solish” agentligida attestatsiyadan o‘tganligi tasdiqlanadi
‎_____________________________________________________

‎‎(sifatni baholash sohasining nomi)

‎‎va u sifat bo‘yicha ekspert-auditorlik faoliyatini yuritishi mumkin.
Guvohnoma‎_______________________________‎gacha amal qiladi.

‎‎(yil, kun va oy)

‎‎Attestatsiya komissiyasi raisi:‎‎_________________________________________________________

(imzo)‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.O‘.‎

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2899-2, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 29-son, 718-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2899-1/4109-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 24.03.2025-y., 10/25/2899-2/0264-son)