17.07.2017 yildagi PQ-3137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va arzon narxlarda dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash maqsadida narxlar shakllanishini tartibga solish tizimini takomillashtirish, farmatsevtika sanoatini qoʻllab-quvvatlash va ichki bozorni mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan toʻldirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, ulgurji va chakana savdo uchun cheklangan savdo ustamalari belgilandi, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini oʻrnatilgan narxlarda sotish tizimi joriy etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini oshirilgan narxlarda sotish holatlarini profilaktika qilish va ularning oldini olish maqsadida tovar cheklarini berish talabi kiritildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmatsevtika tarmogʻida tuzilmaviy oʻzgarishlar amalga oshirildi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi, farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mazkur yoʻnalishda aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi bir qator jiddiy xato va kamchiliklar mavjud, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish muddatlarini sunʼiy kechiktirish hamda ichki bozorda taqchillikning yuzaga kelishiga olib keluvchi import qilishdagi ortiqcha tartib-taomillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, valyuta resurslaridan oqilona foydalanish, import va mahalliy ishlab chiqarish muvozanatini taʼminlash uchun dori vositalari hamda tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojlarni belgilashning aniq mexanizmlari mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, chetdan olib kelinayotgan va respublikada ishlab chiqarilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga cheklangan narxlarni belgilash tartibining mukammal emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, mahalliy xom ashyo resurslaridan yetarli darajada foydalanilmasligi sababli mamlakatimiz farmatsevtika korxonalarining chetdan xarid qilinadigan xom ashyo va materiallarga yuqori darajada qaramligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyalar ishidagi kamchiliklar, shu jumladan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tuzilmalarning mavjud emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan muammolarni bartaraf etish, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz taʼminlash, sunʼiy taqchillik va narxlarning oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilning 1-yanvariga qadar Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish istisno tariqasida “Oʻzmedimpeks” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzmedimpeks” DUK deb yuritiladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha tender savdolari oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 1-iyulgacha tuzilgan import kontraktlari boʻyicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish va sotish ularni tuzish sanasida amalda boʻlgan shartlar va belgilangan narxlarda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtirish faqatgina oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzmedeksport” RTIDK Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini 2017-yil ikkinchi yarim yilligida ularga boʻladigan qoʻshimcha ehtiyojdan kelib chiqib yetkazib berilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzmedimpeks” DUKga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish boʻyicha agentlarni shartnoma asosida jalb etish huquqi berilsin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Oʻzmedeksport” RTIDKning ombor va muzlatish xonalari, shuningdek logistika tarmoqlarini tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, dorixonalar 2018-yil 1-yanvarga qadar dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishni amalga oshirish litsenziyalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida qayta rasmiylashtirishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 30 taga oshirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarida 2 nafar, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasida 4 nafar shtat birligidan iborat dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish shuʼbalari tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri (A. Shadmanov) ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining tuzilmalariga oʻzgartishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzfarmsanoat” DAK bilan birgalikda bir oy muddatda Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxatini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha shifokorning qatʼiy retseptiga asosan sotiladigan dori vositalarini roʻyxatga kiritish orqali uni kelgusida zaruratga koʻra yangilashni inobatga olgan holda maqbullashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda kasallanish, bemorlar soni, davolanish kurslari va boshqa mezonlarni inobatga olgan holda dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlashning samarali metodologiyasi, shuningdek manfaatdor vazirlik va idoralar, farmatsevtika korxonalari va ulgurji tashkilotlarga ehtiyoj haqidagi maʼlumotlarni yetkazishni nazarda tutuvchi Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tibbiyot muassasalari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasi bir oy muddatda belgilangan narxni shakllantirish jarayoniga kurs farqlari oʻzgarishining taʼsirini kamaytirishni nazarda tutgan holda Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari savdo nomlari va tibbiyot buyumlariga belgilangan ulgurji va chakana narxlarni oʻrnatish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mutaxassislarni jalb etgan holda bir oy muddatda “Oʻzfarmsanoat” DAK va uning tizimiga kiruvchi korxonalarning faoliyatini, shu jumladan ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari narxlari shakllanishini, shuningdek korxonalarni ishlab chiqaruvchi deb tan olish uchun mahalliy xom ashyodan foydalanish darajasini tanqidiy oʻrganib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish shuʼbalari shtat jadvalini tasdiqlasin hamda oliy farmatsevtika maʼlumotiga va farmatsevtika sohasida kamida uch yillik mehnat stajiga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda dorixonalar va ularning filiallarini tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskuna va dasturiy komplekslar bilan jihozlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-yanvarga qadar dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha yangilangan talablardan kelib chiqqan holda dorixonalarning amaldagi litsenziyalari qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda qatʼiy hisobi yuritiladigan blank hisoblanadigan, tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskunalar mavjud boʻlmagan yoki nosoz boʻlgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilgan hollarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shaklini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonunbuzilishlarga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar)ning barcha uchun ochiq boʻlgan yagona reyestrini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyalar Sogʻliqni saqlash vazirligiga har oyda dorixonalarning yagona manzillar reyestri va xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar)ning reyestriga kiritish uchun maʼlumotlarni taqdim etib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash darajasini oshirish maqsadida oʻzining ijtimoiy dorixona tarmoqlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar tomonidan dori vositalari nazoratsiz qoʻllanilishining, shu jumladan dori vositalarini faqatgina shifokorlar retsepti asosida sotish toʻgʻrisidagi talablarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash orqali oldini olish, Retseptsiz sotiladigan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokor retsepti boʻyicha beriladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalarining sotilishini monitoring qilishni taʼminlovchi axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (A.N. Yunusxodjayev) ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish hamda aholini va respublikaning davolash-profilaktika muassasalarini ular bilan taʼminlash ahvolini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruhi tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhi monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan narxlarga rioya qilishning ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 17-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3137-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SHARH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Fuqarolarni arzon narxlarda zarur dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishining muhim sharti hisoblanadi.

Shu munosabat bilan sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida aholini arzon dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash, shuningdek ularning narxlarini sunʼiy oshirib yuborish holatlarining oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan ulgurji savdo uchun — sotib olingan qiymatning 15 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda, chakana savdoda esa — ulgurji narxning 20 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda cheklangan savdo ustamalari belgilandi.

Xorijda va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotishning tizimi joriy etildi.

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish maqsadida tuzilmaviy oʻzgarishlar amalga oshirildi, mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni kengaytirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi.

Shu bilan birga, aholini zarur dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi bir qator jiddiy xato va kamchiliklar kuzatilmoqda, jumladan:

amaldagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishdagi ortiqcha tartib-taomillar ularni yetkazib berish muddatlarining sunʼiy kechiktirilishi va ichki bozordagi taqchilligi yuzaga kelishiga olib kelmoqda;

dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni belgilash boʻyicha aniq mexanizmlarning mavjud emasligi import va mahalliy ishlab chiqarish muvozanatini taʼminlash hamda mahalliy korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni prognoz qilish imkonini bermayapti;

import qilinayotgan va respublikada ishlab chiqarilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga cheklangan narxlarni belgilash tartibining mukammal emasligi kuzatilmoqda;

farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning yetarli darajada mahalliylashtirilmaganligi mahalliy farmatsevtika korxonalarining import xomashyosi va materiallariga yuqori darajada qaramligini yuzaga keltirmoqda, oqibatda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxlari keskin oshmoqda;

dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyalarining faoliyati toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmagan, bu litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qarorda aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning taqchilligi vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Jumladan ushbu qarorga muvofiq 2017-yil 1-avgustdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish faqatgina “Oʻzmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu korxonaga ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini joriy yilning ikkinchi yarmida qoʻshimcha ehtiyojdan kelib chiqib yetkazib berilishini taʼminlash topshirildi.

Bundan tashqari, tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlash sifatini yanada oshirish maqsadida ushbu faoliyatning faqatgina davlat sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Dorixonalar faoliyatini tashkil etish boʻyicha yangidan joriy etilgan talablarga asosan ularning dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish boʻyicha amaldagi litsenziyalari 2018-yil 1-yanvarga qadar qayta rasmiylashtirilishi shartligi belgilandi. Bunda qayta rasmiylashtirish yangi litsenziyalovchi organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu maqsadlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tuzilmasida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish shuʼbalari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxatini qayta koʻrib chiqish, natijasi boʻyicha uni maqbullashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish;

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxatiga kiritilgan dori vositalarining savdo nomlari va tibbiyot buyumlariga belgilangan ulgurji va chakana narxlarni oʻrnatish tartibini takomillashtirish boʻyicha taklif kiritish;

dorixonalar va ularning filiallarini tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskuna va dasturiy komplekslar bilan jihozlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskunalar mavjud boʻlmagan yoki nosoz boʻlgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilgan hollarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shaklini tasdiqlash vazifalari yuklatildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash darajasini oshirish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixona tarmoqlari tashkil etilib, aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotish ularning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Umuman olganda, qabul qilingan qaror fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, aholini arzon narxlarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish imkonini beradi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 688-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)