1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va arzon narxlarda dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash maqsadida narxlar shakllanishini tartibga solish tizimini takomillashtirish, farmatsevtika sanoatini qo‘llab-quvvatlash va ichki bozorni mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan to‘ldirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, ulgurji va chakana savdo uchun cheklangan savdo ustamalari belgilandi, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini o‘rnatilgan narxlarda sotish tizimi joriy etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini oshirilgan narxlarda sotish holatlarini profilaktika qilish va ularning oldini olish maqsadida tovar cheklarini berish talabi kiritildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmatsevtika tarmog‘ida tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi, farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator jiddiy xato va kamchiliklar mavjud, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish muddatlarini sun’iy kechiktirish hamda ichki bozorda taqchillikning yuzaga kelishiga olib keluvchi import qilishdagi ortiqcha tartib-taomillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, valyuta resurslaridan oqilona foydalanish, import va mahalliy ishlab chiqarish muvozanatini ta’minlash uchun dori vositalari hamda tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni belgilashning aniq mexanizmlari mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, chetdan olib kelinayotgan va respublikada ishlab chiqarilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga cheklangan narxlarni belgilash tartibining mukammal emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchidan, mahalliy xom ashyo resurslaridan yetarli darajada foydalanilmasligi sababli mamlakatimiz farmatsevtika korxonalarining chetdan xarid qilinadigan xom ashyo va materiallarga yuqori darajada qaramligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish bo‘yicha hududiy komissiyalar ishidagi kamchiliklar, shu jumladan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tuzilmalarning mavjud emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta’minlash, sun’iy taqchillik va narxlarning oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilning 1-yanvariga qadar Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish istisno tariqasida “Xaridlar markazi” davlat muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 1-iyulgacha tuzilgan import kontraktlari bo‘yicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish va sotish ularni tuzish sanasida amalda bo‘lgan shartlar va belgilangan narxlarda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish bo‘yicha organlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtirish faqatgina o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 G‘aznachilik;
4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha qabul qilingan qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat dasturlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish hamda shu maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan o‘z vaqtida, maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar, reagentlar, reaktivlar, butlovchi qismlar, dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy buyumlar va boshqa asosiy vositalar bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida davlat xaridlari Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasi asosida “Xaridlar markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda “Xaridlar markazi” davlat muassasasi uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi hamda budjet mablag‘lari oluvchisi sifatida xarajatlar smetasi o‘rnatilgan tartibda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xaridlar markazi” davlat muassasasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lov miqdori xarid summasining 8 foizigacha miqdorda belgilanadi va ushbu to‘lovlar Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan tuziladigan shartnoma asosida vazirlik tomonidan to‘lab beriladi;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.03 Akkreditivlar bilan hisob-kitob;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan “Xaridlar markazi” davlat muassasasi tomonidan import shartnomalari asosida tibbiy uskunalar, reagentlar, reaktivlar, butlovchi qismlar, dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy buyumlar va boshqa asosiy vositalarning xaridi “Xaridlar markazi” davlat muassasasiga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki orqali akkreditiv to‘lov asosida amalga oshiriladi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zmedeksport” RTIDK Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini 2017-yil ikkinchi yarim yilligida ularga bo‘ladigan qo‘shimcha ehtiyojdan kelib chiqib yetkazib berilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xaridlar markazi” davlat muassasasiga xarid qilingan mahsulotlarni saqlash, ularni joylarga yetkazib berish hamda tibbiy uskunalarga xizmat ko‘rsatish xizmatini autsorsing asosida tashkil etish huquqi berilsin.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “O‘zmedeksport” RTIDKning ombor va muzlatish xonalari, shuningdek logistika tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, dorixonalar 2018-yil 1-yanvarga qadar dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishni amalga oshirish litsenziyalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida qayta rasmiylashtirishlari shart.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 30 taga oshirgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalarida 2 nafar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasida 4 nafar shtat birligidan iborat dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish shu’balari tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri (A. Shadmanov) ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining tuzilmalariga o‘zgartishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zfarmsanoat” DAK bilan birgalikda bir oy muddatda Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, natijasi bo‘yicha shifokorning qat’iy retseptiga asosan sotiladigan dori vositalarini ro‘yxatga kiritish orqali uni kelgusida zaruratga ko‘ra yangilashni inobatga olgan holda maqbullashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda kasallanish, bemorlar soni, davolanish kurslari va boshqa mezonlarni inobatga olgan holda dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashning samarali metodologiyasi, shuningdek manfaatdor vazirlik va idoralar, farmatsevtika korxonalari va ulgurji tashkilotlarga ehtiyoj haqidagi ma’lumotlarni yetkazishni nazarda tutuvchi Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tibbiyot muassasalari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasi bir oy muddatda belgilangan narxni shakllantirish jarayoniga kurs farqlari o‘zgarishining ta’sirini kamaytirishni nazarda tutgan holda Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari savdo nomlari va tibbiyot buyumlariga belgilangan ulgurji va chakana narxlarni o‘rnatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mutaxassislarni jalb etgan holda bir oy muddatda “O‘zfarmsanoat” DAK va uning tizimiga kiruvchi korxonalarning faoliyatini, shu jumladan ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari narxlari shakllanishini, shuningdek korxonalarni ishlab chiqaruvchi deb tan olish uchun mahalliy xom ashyodan foydalanish darajasini tanqidiy o‘rganib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha xodimlarga qo‘yiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish shu’balari shtat jadvalini tasdiqlasin hamda oliy farmatsevtika ma’lumotiga va farmatsevtika sohasida kamida uch yillik mehnat stajiga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, “O‘zeltexsanoat” AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda dorixonalar va ularning filiallarini tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskuna va dasturiy komplekslar bilan jihozlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-yanvarga qadar dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha yangilangan talablardan kelib chiqqan holda dorixonalarning amaldagi litsenziyalari qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda qat’iy hisobi yuritiladigan blank hisoblanadigan, tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskunalar mavjud bo‘lmagan yoki nosoz bo‘lgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilgan hollarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shaklini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonunbuzilishlarga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar)ning barcha uchun ochiq bo‘lgan yagona reyestrini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish bo‘yicha litsenziyalovchi organlar qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixonalarning yagona manzillar reyestri va xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar)ning reyestridagi ma’lumotlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytiga hamda O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar portaliga doimiy ravishda kiritib borsin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida o‘zining ijtimoiy dorixona tarmoqlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar tomonidan dori vositalari nazoratsiz qo‘llanilishining, shu jumladan dori vositalarini faqatgina shifokorlar retsepti asosida sotish to‘g‘risidagi talablarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash orqali oldini olish, Retseptsiz sotiladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokor retsepti bo‘yicha beriladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalarining sotilishini monitoring qilishni ta’minlovchi axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (A.N. Yunusxodjayev) ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish hamda aholini va respublikaning davolash-profilaktika muassasalarini ular bilan ta’minlash ahvolini monitoring qilish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhi monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan narxlarga rioya qilishning ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Ushbu qaror “Xalq so‘zi” gazetasining 2017-yil 18-iyuldagi 140 (6834)-sonida e’lon qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 17-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3137-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SHARH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarni arzon narxlarda zarur dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishining muhim sharti hisoblanadi.
Shu munosabat bilan sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida aholini arzon dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, shuningdek ularning narxlarini sun’iy oshirib yuborish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan ulgurji savdo uchun — sotib olingan qiymatning 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, chakana savdoda esa — ulgurji narxning 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda cheklangan savdo ustamalari belgilandi.
Xorijda va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotishning tizimi joriy etildi.
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish maqsadida tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi, mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni kengaytirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi.
Shu bilan birga, aholini zarur dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator jiddiy xato va kamchiliklar kuzatilmoqda, jumladan:
amaldagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishdagi ortiqcha tartib-taomillar ularni yetkazib berish muddatlarining sun’iy kechiktirilishi va ichki bozordagi taqchilligi yuzaga kelishiga olib kelmoqda;
dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojni belgilash bo‘yicha aniq mexanizmlarning mavjud emasligi import va mahalliy ishlab chiqarish muvozanatini ta’minlash hamda mahalliy korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni prognoz qilish imkonini bermayapti;
import qilinayotgan va respublikada ishlab chiqarilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga cheklangan narxlarni belgilash tartibining mukammal emasligi kuzatilmoqda;
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning yetarli darajada mahalliylashtirilmaganligi mahalliy farmatsevtika korxonalarining import xomashyosi va materiallariga yuqori darajada qaramligini yuzaga keltirmoqda, oqibatda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxlari keskin oshmoqda;
dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish bo‘yicha hududiy komissiyalarining faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan, bu litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qarorda aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning taqchilligi vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Jumladan ushbu qarorga muvofiq 2017-yil 1-avgustdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish faqatgina “O‘zmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu korxonaga ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini joriy yilning ikkinchi yarmida qo‘shimcha ehtiyojdan kelib chiqib yetkazib berilishini ta’minlash topshirildi.
Bundan tashqari, tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlash sifatini yanada oshirish maqsadida ushbu faoliyatning faqatgina davlat sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.
Dorixonalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangidan joriy etilgan talablarga asosan ularning dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bo‘yicha amaldagi litsenziyalari 2018-yil 1-yanvarga qadar qayta rasmiylashtirilishi shartligi belgilandi. Bunda qayta rasmiylashtirish yangi litsenziyalovchi organ — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu maqsadlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tuzilmasida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish shu’balari tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish, natijasi bo‘yicha uni maqbullashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish;
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarining savdo nomlari va tibbiyot buyumlariga belgilangan ulgurji va chakana narxlarni o‘rnatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish;
dorixonalar va ularning filiallarini tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskuna va dasturiy komplekslar bilan jihozlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskunalar mavjud bo‘lmagan yoki nosoz bo‘lgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilgan hollarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shaklini tasdiqlash vazifalari yuklatildi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixona tarmoqlari tashkil etilib, aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotish ularning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Umuman olganda, qabul qilingan qaror fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, aholini arzon narxlarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish imkonini beradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 29-son, 688-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)