1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash uchun buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish tartibini takomillashtirish hamda bunday hujjatlarni gʻayriqonuniy tayyorlash va ulardan foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni saqlash, hisobga olish va hisobdan chiqarish hamda topshirish vakolatiga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bir oy muddatda tegishli hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasi rasmiy davlat hujjatlarini buyurtmalar asosida muhofazalangan maxsus qogʻozlarda tayyorlab bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar oʻz xodimlarining rasmiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rasmiy hujjatlarni gʻayriqonuniy tarzda tayyorlash va ulardan foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlab, qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralarni koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 25-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
283-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom rasmiy davlat hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda “rasmiy hujjatlar” deb ataladi)tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomning amal qilishi rasmiy hujjatlar blankalari asl nusxalarini ishlab chiquvchi, ularga buyurtma beruvchi, ularni tayyorlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi, topshiruvchi va hisobdan chiqaruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga joriy etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Rasmiy hujjatlar blankalari, shu jumladan bunga Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan matbaa korxonalari (keyingi oʻrinlarda “matbaa korxonalari” deb ataladi) tomonidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 1992-yilning 1-yanvaridan soʻng berilgan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarning tan olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar shakli Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida muhofazalangan qogʻozlarda tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Rasmiy hujjatlar muayyan seriyaga va tartib raqamiga ega boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlashga moʻljallangan qogʻoz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma ashyolar qatʼiy hisobda turadigan ashyolar jumlasiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Rasmiy hujjatlar tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlash vakolatli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda “buyurtmachilar” deb ataladi) yozma buyurtmanomalari asosida matbaa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Matbaa korxonalari tomonidan rasmiy hujjatlar blankalari tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish buyurtmachida seriyalari va tartib raqamlari majburiy ravishda koʻrsatilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalar mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Rasmiy hujjatlarni tayyorlashga barcha buyurtmalar tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan, matbaa korxonasi va Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi rahbarlari tomonidan imzolangan alohida “Buyurtmalar daftari”da roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y. 15-16-son, 125-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Matbaa korxonalarida rasmiy hujjatlarni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Matbaa korxonalarida qatʼiy hisobda turadigan buyumlarning saqlanishi va tezkor hisobga olinishini taʼminlaydigan qatʼiy tartib oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tartib talablariga rioya etish matbaa korxonasi barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Matbaa korxonasida tartibning tashkil etilishi va holati uchun rahbar va tartib boʻyicha masʼul shaxs javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matbaa korxonasida tartibning holati uchun masʼul shaxs bevosita korxona rahbariga boʻysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishlab chiqarish va omborxona binolarida tartibga rioya qilish uchun tegishli boʻlinmalarning rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, ustalar, katta omborchilar va omborchilar javob beradilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maxsus qogʻoz, yarim tayyor mahsulotlar, rasmiy hujjatlar blankalarining tayyor bosma va quyma mahsulotlari qoldiqlarining buxgalteriya hisobi tashkil etilishi uchun matbaa korxonasining bosh (katta) buxgalteri javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarning tezkor hisobi oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi uchun sexlar (uchastkalar) boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, ustalar, omborchilar hamda qatʼiy hisobda turadigan maxsus qogʻoz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash va hisobga olish bilan bogʻliq boshqa shaxslar javob beradilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qatʼiy hisobda turadigan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash bilan bogʻliq shaxslar tartib buzilishining barcha hollari toʻgʻrisida matbaa korxonasi rahbariyatiga yoki tartibning holati uchun masʼul shaxsga, buxgalteriya hisobi buzilishi toʻgʻrisida esa, shuningdek bosh (katta) buxgalterga yozma shaklda axborot berishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Daftarlardagi va boshqa hisobga olish hujjatlaridagi yozuvlar operatsiyalar sodir etilgan paytda yuritiladi. Aniqlangan xato bitta chiziq bilan oʻchiriladi va uning tepasiga toʻgʻri yozuv yozib qoʻyiladi. Oʻchirib yozish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Matbaa korxonasi rahbari, shuningdek tartibning holati uchun masʼul shaxs qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bogʻliq barcha xodimlar bilan belgilangan tartibni oʻrganishni tashkil etadilar hamda bir yilda kamida bir marta jurnalga tegishli shaklda belgi qoʻygan holda ushbu tartib boʻyicha bilimlarni tekshiradilar. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berishga yangi xodim qoʻyilishi oldidan uning tartib boʻyicha bilimlari jurnalga belgi qoʻyilgan holda albatta tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Omborxona uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashtirilgan taqdirda uning zimmasida boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarni berish matbaa korxonasi rahbari tomonidan tayinlanadigan va tasdiqlanadigan komissiya ishtirokida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi. Dalolatnoma korxona bosh buxgalteriga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Omborxona ichidagi uchastka uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning zimmasida boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarni topshirish sex boshligʻining farmoyishi boʻyicha amalga oshiriladi hamda katta usta va usta ishtirokida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan sexlar binolarini, ustaxonalar, boʻlimlar, yuk saqlanadigan joylar va omborxonalarni ochish tegishli boʻlinmalarning boshliqlari, oʻrinbosarlari yoki katta smena ustalari, qoʻriqlash vakili hamda moddiy javobgar shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. Eshiklar ochilishidan oldin muhrlarning butunligi puxta koʻzdan kechiriladi, qulflarning sozligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkita moddiy javobgar shaxs birgalikda ishlashi nazarda tutilgan qatʼiy hisobda turadigan yukxonada saqlanadigan mahsulotlarni ochish va yopish ular hozir boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslardan biri hozir boʻlmagan taqdirda yukxonalarni ochish va yopish korxonadagi tartib uchun javob beruvchi shaxs ishtirokida bajariladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ish tamom boʻlgandan keyin sex binolari, ustaxonalar, boʻlimlar, yukxonalar va qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bogʻliq omborxonalar yongʻindan saqlash nuqtai nazaridan tekshiriladi, qulflanadi hamda qoʻriqlash vakili hozirligida tegishli boshliqlar, oʻrinbosarlar, katta smena masterlari tomonidan muhrlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yopilgan va muhrlangan binoning kalitlari maxsus shaklda qoʻriqlashga obyektni qabul qilib olish daftaridagi dasxat bilan masʼul shaxsga saqlash uchun topshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sexlar, ustaxonalar, boʻlimlar, yukxonalar va omborxonalarni avariyalar paytida sex boshliqlari va moddiy javobgar shaxslar hozir boʻlmaganda ochish faqat matbaa korxonasi rahbari, uning oʻrinbosari yoki korxona boʻyicha masʼul navbatchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish binolari va yukxonalarni ochishning bunday har bir holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda keyingi kuni komissiya ishtirokida qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlar mavjudligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlar kamomadi aniqlangan taqdirda tegishli shakldagi dalolatnoma tuziladi, u tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun tuzilgan zahoti matbaa korxonasi rahbariga yoki tartibning holati uchun masʼul shaxsga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qatʼiy hisobda turadigan buyumlarni matbaa korxonasi hududidan olib chiqib ketish ishonchnoma asosida berilgan, matbaa korxonasi rahbari va bosh buxgalteri yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan imzolangan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulot ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan bosmaxonalar yoki maxsus uchastkalar tegishli alohida qoʻriqchi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulot tayyorlovchi maxsus uchastkalarda yoki ixtisoslashtirilgan bosmaxonalarda ishlaydigan shaxslarni kiritish maxsus doimiy ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi (ruxsatnomaning old tomonida rekvizitlar: xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, ruxsatnomaning tartib raqami, 3x4 sm oʻlchamdagi surat, guvohnomaning amal qilish muddati, rahbarning imzosi va korxona muhri boʻladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomalar nazorat-oʻtkazish punkti kartotekasida saqlanadi. Xodim ishga kelganda oʻzining tartib raqamini aytadi, qoʻriqchi kartotekadan ushbu tartib raqamli ruxsatnomani oladi, shaxsni surati bilan solishtiradi va shundan keyingina uni maxsus uchastka hududiga kiritadi (ruxsatnoma ish smenasi tugagungacha xodimda boʻladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish tugagach nazorat oʻtkazish punktidan oʻtayotganda xodim ruxsatnomani qoʻriqchiga koʻrsatadi, qoʻriqchi uni kartotekaga biriktirib qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Maxsus uchastkaga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (chilangarlar, elektrchilar, santexniklar) korxonaga ularda ruxsatnomalar byurosi tomonidan katta usta (usta)ning oldindan berilgan, matbaa korxonasi rahbari yoki korxonadagi tartib uchun masʼul shaxs imzolagan yozma buyurtmanomasi asosida beriladigan maxsus shakldagi vaqtinchalik ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda kiritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Korxonaga keluvchilar (buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, energiya, bugʻ qozonxonalari nazorati vakillari va shu kabilar) maxsus uchastka yoki maxsus bosmaxona hududiga maʼmuriyat ruxsati bilan ruxsatnomalar byurosi tomonidan beriladigan bir martalik ruxsatnomalar boʻyicha, shaxsini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlgan taqdirda kiritiladilar. Ruxsatnomalar byurosi boʻlmaganda, ruxsatnomalar matbaa korxonasi rahbari tomonidan maxsus tayinlanadigan shaxs tomonidan beriladi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati, keluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning borayotgan joyi, ruxsatnoma berishga asos boʻlgan hujjatning nomi va tartib raqami, matbaa korxonasining muhri boʻladi. Ruxsatnomada nazorat koreshogi boʻladi. Unda ham yuqoridagi rekvizitlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koreshokli bir martalik ruxsatnoma keluvchiga beriladi, uni berishga buyurtmanoma koreshoklar daftarining ruxsatnoma “yirtib olingan” joyiga yopishtirib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonaga kirayotganda keluvchi bir martalik ruxsatnomani pasporti (shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) bilan birga qoʻriqchiga koʻrsatadi, qoʻriqchi bir martalik ruxsatnoma koreshogini yirtib oladi va alohida kartochkada saqlaydi. Chiqib ketish chogʻida usta keluvchining ruxsatnomasiga chiqib ketayotgani toʻgʻrisida (vaqtini koʻrsatgan holda) belgi qoʻyadi. Qoʻriqchiga belgi qoʻyilgan ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatilgan taqdirda keluvchi korxonadan chiqariladi, ruxsatnoma esa qoʻriqchidagi alohida kartochkada qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keluvchining uncha katta boʻlmagan bosmaxonaning maxsus uchastkasi hududida boʻlishiga uning maʼmuriyati vakili ishtirokida yoʻl qoʻyilishi mumkin. Sexlarda ishlamaydigan va ularga xizmat koʻrsatmaydigan, shuningdek ustki kiyim-boshdagi va xoʻjalik sumkalari boʻlgan xodimlarning ushbu sexlarga, ustaxonalarga, omborxonalarga kirishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlar tayyorlanadigan va saqlanadigan ixtisoslashtirilgan bosmaxona binosi yoki maxsus uchastka derazalari maxsus toʻsiqlar va qoidaga koʻra, avtomatik signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tartib-qoida talablariga rioya etilmagan holda qatʼiy hisobda turadigan qogʻozlar, chala tayyor mahsulotlar, tayyor matbaa va shaklli buyumlarning yoʻqolishiga hamda oʻgʻirlanishiga olib kelgan aybdor shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (joʻnatish) boʻyicha moddiy javobgar shaxslar tayinlanadi. Bundan tashqari, ushbu hujjatlarni matbaa korxonasidan tashib ketish uchun avtotransport vositasi biriktirib qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish va topshirish (joʻnatish) uchun masʼul shaxslar vaqtinchalik boʻlmagan yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda guvohnomalar blankalari aynan shu maqsadda tuzilgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan dalolatnoma boʻyicha ushbu vazifalarni vaqtinchalik bajarayotgan shaxslarga berilishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Matbaa korxonasidan rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilib olish buning uchun maxsus vakil qilingan masʼul shaxs tomonidan amalga oshiriladi va, qoidaga koʻra, tegishli vazirlik, idora, korxona va tashkilotga qarashli avtotransportda tashib ketiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Rasmiy hujjatlar blankalarini olish chogʻida blankalar paketlari, toʻgʻri joylanganligini aniqlash maqsadida, masʼul shaxs tomonidan majburiy tartibda koʻzdan kechiriladi, olingan oʻramlar sonining ularning ilova qilinayotgan hujjatlarda koʻrsatilgan soniga muvofiqligi tekshirib koʻriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Matbaa korxonasidan olingan rasmiy hujjatlar blankalari belgilangan joyga yetkazib kelingan kuniyoq ularni hisobga olish va saqlash uchun masʼul shaxslar tomonidan rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarida darhol kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarlari aniq, tushunarli holda va qisqartirishlarsiz toʻldiriladi. Daftarlarda oʻchirib yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy hujjatlar daftarlari ip oʻtkazib bogʻlangan, ularning varaqlariga tartib raqamlari qoʻyilgan boʻlishi kerak. Daftardagi jami varaqlar soni daftarlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan rasmiy hujjatlar blankalari poʻlat sandiqlarda yoxud yonmaydigan shkaflarda va maxsus jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishdan tashqari vaqtda rasmiy hujjatlar joylangan poʻlat sandiqlar, yonmaydigan shkaflar, shuningdek, blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlangan yoki soʻrgʻichlangan boʻlishi kerak. Muhr yoki soʻrgʻich rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish va saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga kirishga ularni hisobga olish va saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar haqlidirlar. Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga ulardan tashqari, biroq ularning ishtirokida, koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning toʻgʻridan-toʻgʻri va yuqori turuvchi boshliqlari kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Blankalarning yetishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yoʻqligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari boʻlgan, qiyshaygan shriftli, notoʻgʻri kesilgan va notoʻgʻri shaklli, seriya va tartib raqamlari yoʻq boʻlgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalariga boshqacha tarzda nomuvofiq boʻlgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan zarur nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalari va nuqsoni bor blankalar hamda ilova xat bilan yuqori turuvchi tashkilotga (u mavjud boʻlsa) joʻnatiladi. Bu holda dalolatnomaning birinchi nusxasi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchasi va nuqsoni bor blankalar bilan yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tegishli xat bilan matbaa korxonasiga joʻnatiladi, ikkinchi nusxasi esa yuqori turuvchi tashkilotda qoladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi yopishtirilgan varaqcha kseronusxasi bilan bevosita vazirlikda (idora, korxona, tashkilotda) qoldiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Toʻldirish chogʻida buzilgan blankalar, eskirgan, topib olingan yoki yozuvlariga oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan almashtirish uchun topshirilgan bekor qilingan rasmiy hujjatlar, blankalarni qabul qilib olish uchun tuzilgan komissiya tomonidan, ikki nusxada tuzilgan dalolatnoma boʻyicha, har yili bir marta yoʻq qilinadi, ulardan bir nusxasi albatta yuqori turuvchi tashkilotga joʻnatiladi. Yoʻq qilish yondirib yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi xususiyatlari vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan hamda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan talablardan iborat boʻlgan maxsus meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Rasmiy hujjatlar yoʻqolishi yoki oʻgʻirlanishining har bir holati boʻyicha yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, blankalarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida, darhol xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi, zudlik bilan taftish qilinadi va mavjud blankalar qoldiqlari olib tashlanadi, shuningdek, ularning saqlanishini taʼminlash boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlar koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda, blankalarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan shaxslar boʻyicha hujjatlar tergov organlariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida Nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy davlat hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Davlat gerbli guvohnomalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nikohdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vafot etganlik toʻgʻrisida guvohnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Harbiy hisobga olish hujjatlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Harbiy bilet
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ofitserning shaxsiy guvohnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Zaxiradagi ofitserning shaxsiy guvohnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toʻliqsiz oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida attestat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻrta maxsus va kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisida diplom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oliy maʼlumot toʻgʻrisida diplom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Fan nomzodi yoki doktori diplomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Huquq beruvchi yoki majburiyatlardan ozod qiluvchi hujjatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mehnat daftarchasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Haydovchilik guvohnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nogironlik guvohnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Urush qatnashchisi guvohnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim hujjatlariga tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish deganda vakolatli davlat organlarining Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu hujjatlarning qonuniy kuchga ega ekanligiga roziligi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) deganda vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu hujjatlar egalari tayyorgarligi darajasi muvofiqligini belgilash va ularga Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlariga ega boʻlgan shaxslarga berilgani kabi akademik va (yoki) kasbiy huquqlar berilishi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus va oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) hamda tegishli guvohnoma berish bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) tomonidan amalga oshiriladi (1-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xorijiy davlatlarning umumiy oʻrta taʼlim va uning quyi bosqichlari hujjatlarini tan olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan ariza va maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi, uning notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi asosida murojaat qilingan kundan boshlab eng koʻpi bilan ikki hafta muddatda amalga oshiriladi. Komissiya xulosasi Boshqarmaga yuboriladi va uch kun muddat ichida tegishli qaror qabul qilishga asos boʻladi. Komissiyalar butun oʻquv yili davomida faoliyat koʻrsatadi va oʻz ishi haqida Boshqarmaga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kooperatsiya va (yoki) maqsadli oʻqitish (“Umid” jamgʻarmasi tavsiyasi bilan, davlatlararo bitimlar orqali va boshqalar) asosida xorijiy davlatlarning taʼlim toʻgʻrisidagi olingan hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash toʻgʻridan-toʻgʻri tekshiruvsiz amalga oshiriladi va tegishli hujjat rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat test markazi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tegishli xorijiy davlatlarning davlat roʻyxatida turgan (legalizatsiya qilingan) oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni oldindan hozirlab qoʻyishlari shart. Buning uchun yuqorida nomlari qayd etilgan idoralar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda elchixonalar va vakolatxonalarga murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus va oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va ularning ekvivalentligini qayd etish haqidagi arizaga (2-ilovaga muvofiq) quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat va uning ilovasining asl nusxasi (oʻtilgan oʻquv kurslari va ularning hajmi, yakuniy baholar, amaliyot, kurs va bitiruv malaka ishlari roʻyxati, oʻquv jarayonining boshqa bajarilgan talablari koʻrsatilishi lozim);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat va uning ilovasining Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Boshqarma taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan oʻquv yurtining oʻsha davlatda tegishli roʻyxatda (legalizatsiya roʻyxatida) borligini tekshirib, hujjatning ilovasida koʻrsatilgan fanlar va maxsus kurslar Oʻzbekiston Respublikasida ushbu yoki unga turdosh yoʻnalishdagi mutaxassisliklar boʻyicha tasdiqlangan oʻquv dasturiga mos kelish-kelmasligini (asosan mutaxassislik fanlari boʻyicha) aniqlaydi va eng koʻpi bilan bir oy muddatda tegishli qarorini chiqaradi. Boshqarma lozim boʻlgan hollarda tegishli oʻquv yurti, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan aniqlashtiruvchi hujjatlarni soʻrab olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ariza beruvchi, shuningdek oʻz tayyorgarligi haqida boshqa hujjatlarni, jumladan, taʼlim olishning keyingi darajalari, kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish mumkinligi, amaliy tajriba haqida hujjatlarni ham taqdim etishga haqlidir. Tan olish va ekvivalentligini qayd qilish uchun zarur boʻlgan materiallar Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari bilan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish jarayoniga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish jarayoni xalqaro bitimlar va tavsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim tizimining davlat taʼlim standartlari, meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni bergan taʼlim muassasasi oʻzi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tan olingan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berilgan davlatda tan olingan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatning tan olinishi Oʻzbekiston Respublikasi bilan davlatlararo bitimlarda koʻzda tutilgan (kooperatsiya usuli yoki maqsadli oʻqitish yoʻli bilan olingan taʼlim bundan mustasno) boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalashga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalashda ushbu davlatlarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olingandan keyin ularning Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlariga mosligi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekvivalentlikni qayd etish jarayoni maxsus ekspertiza orqali oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maxsus ekspertiza quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv rejalari va dasturlarining mazmuni hamda muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish sinovlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihonlar va sinovlar tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchining oʻqish davridagi baholari (erishgan natijalari, reytingi, oʻzlashtirishi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlashtirilgan fanlar hajmi (fanlarning nomi va soatlar miqdori);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliyotning mavjudligi va uning davomiyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy malaka attestatsiyasining mavjudligi va darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitiruv malaka ishining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha taʼlimning mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan bilimlar va tajriba yakuniy tayyorgarlik nuqtai nazaridan oʻquv rejalari va taʼlim uslubiyatida boʻlishi mumkin boʻlgan farqlarni eʼtirof etgan holda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ekvivalentlik toʻgʻrisidagi xulosa quyidagilar asosida qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish toʻgʻrisidagi ijobiy xulosa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berilgan mamlakatdagi taʼlim tuzilmasiga qoʻyilgan umumiy talablarning mosligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim mazmunining mosligi toʻgʻrisidagi ekspertizaning ijobiy xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning ekvivalentligi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro va davlatlararo bitimlar va shartnomalar mavjud hollarda ekvivalentlik toʻgʻrisidagi xulosa mazkur xalqaro bitimlar va shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan tayyorgarlik sohasi Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatiga mos kelmasa (kooperatsiya yoʻli bilan yoki maqsadli taʼlim olgan ariza beruvchining hujjatlari bundan mustasno) yoki oʻqitish hamda tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasida olib borilmaydigan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va sohalarda amalga oshirilgan boʻlsa, mazkur xujjatlarning ekvivalentligini qayd etish masalasi ekspertlardan iborat maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarning ekvivalentligi toʻgʻrisidagi salbiy xulosa quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda professional maʼlumot toʻgʻrisida hujjat beradigan taʼlimning umumiy meʼyoriy davri (toʻliq oʻrta maʼlumot olingandan keyin) Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim standartlarida nazarda tutilgan davrdan bir yildan kam boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berilgan mamlakatda uning egasiga Oʻzbekistondagiga qaraganda kam akademik va (yoki) professional huquqlar berilgan boʻlsa (masalan, hujjat egasi oliy oʻquv yurtlariga, magistratura yoki doktoranturaga kirish, professional faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega emasligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilmagan taʼlim shaklida olingan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni ekvivalentligini qayd etish jarayoni xalqaro bitimlar va tavsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim tizimining davlat taʼlim standartlari, meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaga taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Hujjat egasi yoki manfaatdor tashkilot ariza (ilovaga muvofiq) va boshqa hujjatlarni ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq Boshqarmaga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Boshqarma tan olish va ekvivalentligini qayd etish jarayoni uchun barcha zarur hujjatlar mavjudligini aniqlaydi va ushbu materiallarni vakolatli ekspert komissiyasiga yuboradi. Tan olish yoki ekvivalentligini qayd etish jarayoni uchun talab qilinadigan materiallardan birining yoʻqligi aniqlangan taqdirda hujjatlar ariza beruvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ekspert komissiyalari Boshqarma tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari boʻyicha tashkil etiladi. Ushbu komissiyalar tarkibiga yetuk olimlar va mutaxassislar kiradi. Komissiyalar faoliyatiga Boshqarma rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ekspertiza davlat taʼlim standartlari, taʼlim muassasasini oʻzlari joylashgan davlatlarda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish haqidagi hujjat, koʻrsatib oʻtilgan taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari boʻyicha oʻquv rejalari, oʻqitilgan oʻquv fanlarining dasturlari, malaka tavsifnomalari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa meʼyoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ekspert komissiyasi zarur hollarda (taʼlim muassasasining salohiyati va nufuzini mavjud hujjatlar asosida aniqlash imkoni boʻlmasa, fanlar roʻyxati va hajmidagi farqlar mavjudligi hamda boshqa hollarda) ayrim taʼlim fanlari boʻyicha maxsus sinovlar oʻtkazish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Boshqarmaga taklif kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ekspert komissiyasi xorijiy davlatlarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarini oʻrganib chiqib, zarur hollarda mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan sinovlarni oʻtkazib, tegishli xulosa tayyorlaydi va uni Boshqarmaga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Boshqarma ekspert komissiyasining xulosasi va taklifini koʻrib chiqib, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni ekvivalentligi yoki uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning ekvivalent ekanligini qayd etilganligi haqidagi qaror hujjatning egasiga maxsus guvohnoma berish toʻgʻrisida tegishli buyruq chiqarishga asos boʻlib xizmat qiladi. Hujjat egasining maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjati guvohnoma bilan birgalikda taqdim etilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tugallanmagan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma uning egasiga Oʻzbekiston Respublikasining tegishli darajadagi taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi taʼlim muassasasiga imtihonlar, yakuniy baholar va sinovlarni hisobga olgan holda oʻqishni davom ettirish huquqini beradi. Bunda xorijiy davlatlar tomonidan berilgan tugallanmagan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat akademik maʼlumotnoma sifatida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ariza beruvchining hujjatlarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish yoki ekvivalentligini qayd etish haqidagi guvohnoma shaxsan ariza beruvchiga yoki uning topshirigʻiga binoan kerakli hujjatlarga ega boʻlgan qonuniy vakiliga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Oʻquv rejalaridagi tafovutlarni topshirish yoki maxsus sinovlardan oʻtish muddati ariza beruvchining roziligi bilan belgilanadi. Sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun talab etiladigan vaqt mazkur Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan muddatga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻrta maxsus va oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va ekvivalentligini qayd qilish toʻlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Toʻlov miqdori amaldagi belgilangan eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Diplom va ekvivalentligini qayd etish toʻgʻrisidagi guvohnoma uning egasiga Oʻzbekiston Respublikasidagi taʼlim muassasasida navbatdagi bosqichda oʻqishni davom ettirish yoki kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Tan olish va ekvivalentligini qayd etish natijalari yuzasidan shikoyat va arizalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1- ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning chet mamlakatlarda olgan kasb-hunar va oliy taʼlim diplomlarini nostrifikatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibi

Mazmuni
Muddati (kunlarda)
Bajarish uchun masʼullar
1.
Fuqarolarning chet mamlakatlarda olgan kasb-hunar va oliy taʼlim diplomlarini nostrifikatsiyalash uchun ariza va tegishli hujjatlar Boshqarmaga topshiriladi.
Fuqarolar
2.
Ariza va hujjatlar fuqarolardan Boshqarma tomonidan qabul qilib olinadi.
Hujjatlar topshirilgan kuni.
Davlat test markazi tarkibidagi Boshqarma.
2a.
Boshqarma lozim boʻlgan hollarda tegishli oʻquv yurti, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan oʻrganilayotgan ishga tegishli aniqlashtiruvchi hujjatlarni soʻrab olishi mumkin.
Davlat test markazi tarkibidagi Boshqarma.
3.
Fuqarolardan qabul qilib olingan ariza va hujjatlar Boshqarma tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida Nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat test markazi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasiga
A R I Z A
________________________________________________________________ ga (hujjat egasining familiyasi, ismi va otasining ismi) berilgan ___________________________________________________________ (xorijiy davlatlar taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatning nomi) __________________________________________________________________ (manzil, telefon, faks) ______________________________________________________________ ning (berilgan vaqti va joyi)
tan olinishini, ekvivalent ekanligini qayd etish (nostrifikatsiyalash)ni iltimos qilaman.
__________________________________________________________________ (sanasi va davlat nomi)
Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman: 1. 2. 3.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvargacha fuqarolarga berilgan fan doktori va nomzodi diplomlari, professor, dotsent va katta ilmiy xodim shahodatnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy daraja haqidagi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan oʻtkazish asosida tenglashtiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ilmiy daraja haqidagi diplomlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida nostrifikatsiyalangan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasida oliy malaka haqidagi hujjat egalari uchun amalda qoʻllanilayotgan huquq va imtiyozlardan foydalanishga haqlidirlar. Nostrifikatsiyalanmagan oliy malaka hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ilmiy darajalar diplomlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida nostrifikatsiya qilish uchun 1-ilovaga muvofiq, 2-ilovadagi tartibda hujjatlar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi koʻrib chiqib, oʻz xulosasini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hayʼati ekspert kengashi xulosasi va ilmiy-attestatsiya boʻlimi fikri asosida oʻz tavsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati muhokamasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hayʼati qarori bilan tegishli ilmiy muassasa yoki ixtisoslashgan kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining oliy malaka haqidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ushbu hujjatlar Oʻzbekiston hududida kuchga kiradi. Hujjat egalariga Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy darajalar diplomlari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy daraja haqidagi diplomlarni nostrifikatsiyalash muddatlari fan doktori ilmiy darajasi diplomi uchun 3 oydan, fan nomzodi ilmiy darajasi diplomi uchun 2 oydan oshmasligi kerak. Zarur hollarda ushbu hujjatlarni koʻrib chiqish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hayʼati qarori bilan 3 oygacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ilmiy daraja haqidagi diplomlarni tenglashtirish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati chiqargan qarordan norozi boʻlgan daʼvogar qaror chiqqan kundan boshlab ikki oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati

1. Daʼvogar ishlayotgan tashkilot rahbari (agar u ishlayotgan boʻlsa) imzolagan yoʻllanma xat yoki daʼvogarning imzosi notarial tasdiqlangan arizasi (1 nusxa). Xatda (arizada) daʼvogar qachon va qaysi davlatda ilmiy daraja diplomini olganligi, dissertatsiya mavzuyi, qaysi ixtisoslik boʻyicha himoya qilganligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Dissertatsiyani xorijiy davlatlarda himoya qilish yuzasidan ilmiy ish tayyorlangan tashkilot rahbarining tegishli ixtisoslashgan kengashga murojaatnomasi (aspirant va doktorantlar uchun esa — ularni chet elda aspirantura va doktoranturada oʻqishga yuborish uchun buyruq) nusxasi hamda agar ilmiy ish Oʻzbekistonda tayyorlangan boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi dissertatsiyaning xorijiy davlatlarda himoya qilinishiga ruxsat berib, xorijiy davlatlar Oliy attestatsiya organlariga yuborgan yoʻllanma xatining nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ilmiy daraja diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ish joyidan tasdiqlangan xodimlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqa (1 nusxa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Daʼvogarning familiyasi, ismi va otasining ismi (pasport boʻyicha), shuningdek, dissertatsiya himoyasi oʻtgan muassasaning hamda ixtisoslik nomining daʼvogar tomonidan imzolangan va ilmiy kotib imzosi bilan tasdiqlangan oʻzbekcha va inglizcha shakllari (1 nusxa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mehnat daftarchasidan koʻchirma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Daʼvogar himoya qilgan dissertatsiya nusxasi va ikki nusxa avtoreferat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Daʼvogar ilmiy ishlarining daʼvogar tomonidan imzolangan va ish joyidan tasdiqlangan roʻyxati (1 nusxa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Daʼvogarning ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan maqolalari nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Roʻyxatdan oʻtkazish-hisobga olish varaqasi (1 nusxa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Attestatsiya ishidagi hujjatlar roʻyxati (1 nusxa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA