O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 20-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2165-8]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-sonli “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3114, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-iyun,
144-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 144-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “ham tanlov o‘tkazilishi mumkin” degan so‘zlar “tanlov o‘tkazish mazkur Nizom 281-bandining ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda amalga oshiriladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2. 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “e’lon beriladi” degan so‘zlardan so‘ng “, mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 281-bandda:
birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan talabgorlarga notariusning homiladorlik va tug‘ish ta’tillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqish davrida uning o‘rnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash taklif etilishi mumkin.”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 282-banddagi “Tanlovlarda ketma-ket” degan so‘zlar “So‘nggi olti oy davomida o‘tkazilgan tanlovlarda ketma-ket” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 30-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
6. 34-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar talabgor notariusning homiladorlik va tug‘ish ta’tillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi davrida uning o‘rnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash uchun tayinlangan bo‘lsa, u bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va adliya boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq chiqariladi.”
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 561-modda)