05.06.2017 yildagi 352-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax viloyatining ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalari faoliyatini tiklash va ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash orqali tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek Jizzax viloyatida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jizzax viloyati hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda boʻsh turgan, foydalanilmayotgan va kam quvvatli obyektlar xatlovdan oʻtkazilganligi va ulardan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar, yer uchastkalari va boshqa obyektlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlansin, Dasturda quyidagilar nazarda tutilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
samarali foydalanish uchun tadbirkorlik subyektlariga berilishi, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti “nol” xarid qiymatida berilishi taklif etilayotgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
negizida yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK kichik sanoat zonalari hududlarida muhandislik-ishlab chiqarish va yoʻl-transport infratuzilmalarini qurish va tiklash chora-tadbirlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qarori bilan tuzilgan Idoralararo komissiya Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda — ilgari xususiylashtirilgan, hozirgi paytda ishlamayotgan yoki foydalanilmayotgan korxonalar va davlat mulki obyektlarini xatlovdan oʻtkazishni tugallasin, ushbu korxona va obyektlar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishlab chiqsin va roʻyxatini tasdiqlasin, bunda korxonaning (obyektning) holatini, amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish muddatlarini, asosiy koʻrsatkichlarini, moliyalashtirish manbalarini va kredit ajratadigan tijorat bankini aniq belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda — kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirishga qodir boʻlmagan, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qarori talablariga muvofiq choralar va taʼsir mexanizmlari qoʻllaniladigan, faoliyat yuritmayotgan va kam quvvatli korxonalar roʻyxatini aniqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatlov natijasida aniqlangan egasiz deb topilgan va foydalanilmayotgan 3-ilovaga* muvofiq obyektlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jizzax viloyatining tuman (shahar)lari hokimlariga “Davlat mulkini ijaraga berish markazlari” DUK bilan birgalikda — tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun respublika davlat boshqaruvi organlari tasarrufida boʻlgan tuman (shahar) hududida joylashgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (maydonlarni), xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno, bir yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolati berilsin, bunda tuman (shahar) hokimining tegishli murojaati kelib tushgandan soʻng ikki oy muddatda balansda saqlovchilar tomonidan ularni ijaraga berish taʼminlanmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda balansda saqlovchilarda qoladigan ajratmalar tegishli tuman (shahar) budjetiga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 5-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
352-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 476-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/943/2208-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)