15.05.2017 yildagi 285-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish sifatini oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-martdagi PQ–2836-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarmoq ilmiy-texnik kengashlarini va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huzurida tarmoq ilmiy-texnik kengashlari faoliyat koʻrsatuvchi investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1— 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar oʻn kun muddatda ilmiy-texnik kengashlarini (keyingi oʻrinlarda Kengashlar deb ataladi) tashkil etsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, shuningdek ularni yuqori malakali, shu jumladan tajribali amaliyotchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va boshqa tashkilotlar mutaxassislari orasidan mutaxassislar bilan butlasinlar.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlar — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar rahbarlari zimmasiga Kengashlar tomonidan investitsiya loyihalari boʻyicha xulosalar oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va berilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, investitsiya loyihalarining Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq reglamentlanadigan hujjatlari Kengashlar tomonidan koʻrib chiqilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlar — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilar uchun javob beradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy texnologiyalarni, yuqori texnologiyali va energiya samarali asbob-uskunalarni ustuvor qoʻllashni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlarning sifatli tuzilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha oldi hujjatlarini, shu jumladan “foydalanishga tayyor holda qurish” loyihalarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan malakali injiniring kompaniyalarining va/yoki loyihalash tashkilotlarining belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha oldi va loyiha hujjatlarining, ishchi hujjatlarning va ishchi loyihaning taklif etilayotgan texnologiya va asbob-uskunalar boʻyicha narxlarning shakllanishi yuzasidan ixtisoslashtirilgan ekspert kengashlari yoki mustaqil kompaniya tomonidan koʻrilishini taʼminlash;
(4-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov (tender) hujjatlarining sifatli tayyorlanishi hamda taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalarining tasdiqlangan asosiy texnik-texnologik va iqtisodiy parametrlari bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organlarga faqat Kengashlarning ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda yuboradilar, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 15-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
285-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 365-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son; 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son; 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/95/0187-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)