1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I.Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qonunchilikni takomillashtirish | |||||
|
1. |
“Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunlari va boshqalar) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi |
2018-yil I-chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, | |
|
2. |
““Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrir) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish va kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi |
2018-yil II-chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, | |
|
3. |
“Oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2017-yil IV-chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, | |
|
4. |
Metrologik nazoratdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan, tibbiyotga moʻljallangan sinov vositalari va oʻlchov vositalarining roʻyxatini tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil, sentyabr |
“Oʻzstandart” agentligi, | |
|
5. |
Samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlari oʻrnini bosuvchi normalarni bekor qilib, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni �atlovdan oʻtkazish. |
Ijrochilarning idoraviy hujjatlari |
har yili |
“Oʻzstandart” agentligi, | |
|
6. |
Xalqaro tajribani inobatga olib, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2017-yil IV-chorak |
“Oʻzstandart” agentligi | |
|
II. “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish | |||||
|
7. |
“Oʻzstandart” agentligining idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarini yanada modernizatsiya qilish va yuqori aniqlikdagi zamonaviy oʻlchash va sinash uskunalari bilan qayta jihozlash, bunda 37,4 mlrd. soʻmlik summa mablagʻlarini ajratish, shu jumladan: |
Idoraviy hujjat (modernizatsiya qilish va qayta jihozlash dasturi) |
har yili |
“Oʻzstandart” agentligining maxsus fondi, |
“Oʻzstandart” agentligi va uning idoraviy boʻysunuvidagi |
|
10,3 mlrd. soʻm; |
2017-y. | ||||
|
9,2 mlrd. soʻm; |
2018-y. | ||||
|
8,8 mlrd. soʻm; |
2019-y. | ||||
|
9,1 mlrd. soʻm. |
2020-y. | ||||
|
8. |
Standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni umumiy miqdorda 13% dan 22% gacha ulushini oshirgan holda iqtisodiyot sohalarida Kompleks chora-tadbirlarning 1-ilovasiga muvofiq 2066 ta xalqaro standartlarni qabul qilishni keyinchalik bosqichma-bosqichjoriy qilish maqsadida, ju jumladan: |
Ijrochilarning idoraviy hujjatlari |
har yili |
ijrochilarning oʻz mablagʻlari |
“Oʻzstandart” agentligi, vazirlik va idoralar, |
|
492 ta standartlar (14,5% gacha yetkazish); |
2017-y. | ||||
|
509 ta standartlar (17,5% gacha yetkazish); |
2018-y. | ||||
|
526 ta standartlar (20,0% gacha yetkazish); |
2019-y. | ||||
|
539 ta standartlar (22,6% gacha yetkazish). |
2020-y. | ||||
|
9. |
Xalqaro standartlarga mos, 2020-yilda ularning sonini 4,6 barobarga oshirgan holda 9158 ta korxonalarda sifat menejmenti tizimini Kompleks chora-tadbirlarning 2 va 2a-ilovalariga muvofiq joriy etish, shu jumladan: |
Ijrochilarning qoʻshma qarorlari (tarmoq jadvallari) |
har yili |
ijrochilarning oʻz mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Oʻzstandart” agentligi agentligi |
|
2096 ta korxona; |
2017-y. | ||||
|
2216 ta korxona; |
2018-y. | ||||
|
2387 ta korxona; |
2019-y. | ||||
|
2459 ta korxona. |
2020-y. | ||||
|
10. |
Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan 80 ta korxonalarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sifat menejmenti tizimini joriy etish orqali ISO 22000 xalqaro standartga muvofiq eksport salohiyatini oshirish, shu jumladan: |
Ijrochilarning qoʻshma qarorlari (tarmoq jadvallari) |
har yili |
ijrochilarning oʻz mablagʻlari |
“Oʻzbekoziq-ovqatsanoatxolding” XK, |
|
25 ta korxonalar; |
2017-y. | ||||
|
16 ta korxonalar; |
2018-y. | ||||
|
18 ta korxonalar; |
2019-y. | ||||
|
21 ta korxonalar. |
2020-y. | ||||
|
11. |
Sanoatning 67 ta energiya isteʼmol qiladigan korxonalarida ISO 50001 xalqaro standartlarga muv�fiq energetika menejmentini joriy etish orqali energiya resurslarini sarflanishini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan: |
Ijrochilarning qoʻshma qarorlari (tarmoq jadvallari) |
har yili |
ijrochilarning oʻz mablagʻlari |
“Oʻzavtosanoat” AK, |
|
23 ta korxonalarda; |
2017-y. | ||||
|
22 ta korxonalarda; |
2018-y. | ||||
|
12 ta korxonalarda; |
2019-y. | ||||
|
10 ta korxonalarda. |
2020-y. | ||||
|
12. |
“Oʻzstandart” agentligi idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarining xalqaro darajada eʼtirof etilgan tashkilotlar tomonidan akkredatitsiyadan oʻtkazish orqali 12 ta laboratoriyalari sinov natijalarini xalqaro tan olishga sharoitlar yaratish, shu jumladan: |
Akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma |
oʻz mablagʻlari |
“Oʻzstandart” agentligi Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari | |
|
“Buxoro SSM” DK (kimyo mahsuloti), “Surxondaryo SSM” DK (oziq-ovqat mahsuloti), “Namangan SSM” DK (toʻqimachilik mahsuloti), “Samarqand SSM” DK (avtotransport vositalari); |
2017-y. | ||||
|
“Qoraqalpoq SSM” DK (kimyo mahsuloti), “Andijon SSM” DK (mashinasozlik mahsuloti), “Samarqand SSM” DK (SMT sertifikatlashtirish organi), “Andijon S�M” DK (SMT sertifikatlashtirish organi); |
2018-y. | ||||
|
“Navoiy SSM” DK (elektr texnika mahsuloti), “Fargʻona SSM” DK (kimyo mahsuloti); |
2019-y. | ||||
|
“Chirchiq SSM” DK (fizika-kimyo sinovlari), “Xorazm SSM” DK (oziq-ovqat mahsuloti). |
2020-y. | ||||
|
13. |
Respublika hududining 19 ta olis tumanlarida yashayotgan aholisiga energiya resursini hisoblash maishiy asboblarini (gaz, elektr energiya, suv) qabul qilish punktlarini tashkil etish orqali qulay-sharoitlar yaratish, shu jumladan: |
Ijrochilarning qoʻshma qarorlari (tarmoq jadvallari) |
har yili |
ijrochilarning oʻz mablagʻlari |
“Oʻzstandart” agentligi, |
|
Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani, Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, Jizzax viloyati, Paxtakor va Mirzachoʻl tumanlari, Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani, Fargʻona viloyati, Quva tumani, Xorazm viloyati, Hazorasp tumani; |
2017-y. | ||||
|
Buxoro viloyati, Peshku tumani, Xorazm viloyati, Shovot tumani, Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani; |
2018-y. | ||||
|
Jizzax viloyati, Doʻstlik tumani, Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, Namangan viloyati, Chust tumani; |
2019-y. | ||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani, Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati,Uchqoʻrgʻon tumani, Andijon viloyati, Baliqchi tumani. |
2020-y. | ||||
|
III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash | |||||
|
14. |
“Oʻzstandart” agentligining “Qoraqalpoq SSM” DKning yangi binosi qurilishini yakunlash. |
Ishga tushirish |
2017-yil, 1-sentabr |
“Oʻzstandart” agentligining maxsus jamgʻarmasi, |
“Oʻzstandart” agentligi, Respublika SSM, |
|
15. |
“Oʻzstandart” agentligining “Andijon SSM” DK mashinasozlik mahsulotlarining sinov kompleksi qurilishini yakunlash. |
Ishga tushirish |
2017-yil II-chorak |
“Oʻzstandart”agentligining maxsus jamgʻarmasi, |
“Oʻzstandart” agentligi, Respublika SSM, |
|
16. |
Andijon va Toshkent viloyati Standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining etil spirt sifatini nazorat qilish laboratoriyalarini gazxromatografiya uskunalari bilan jihozlash. |
Ijrochilarning idoraviy hujjatlari |
2017-yil II-chorak |
“Oʻzstandart” agentligining maxsus jamgʻarmasi |
“Oʻzstandart” agentligi |
|
17. |
Zamonaviy sinov (oʻlchov) laboratoriyalarini tashkil etish uchun grantlar jalb qilish. |
Takliflar tayyorlash |
2017 — 2020-yy. |
“Oʻzstandart” agentligi | |
|
18. |
“Oʻzstandart” agentligi arxivini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash. |
Takliflar tayyorlash |
2018-yil II-chorak |
“Oʻzstandart” agentligining maxsus jamgʻarmasi |
“Oʻzstandart” agentligi |
|
19. |
Tabiiy gazning shudring nuqtasini oʻlchash uskunalarini (namlikni oʻlchash uskunalari) tekshirish va qiyoslash laboratoriyalarini yaratish. |
Ijrochilarning idoralararo hujjatlari |
2018-yil III-chorak |
ijrochilarning |
“Oʻzstandart” agentligi, AK “Oʻztransgaz” |
|
20. |
Massa etaloni va harorat laboratoriyasini iqlimni nazorat qiluvchi zamonaviy tizim bilan jihozlash. |
Takliflar tayyorlash |
2018-yil III-chorak |
“Oʻzstandart” agentligining maxsus jamgʻarmasi |
“Oʻzstandart” agentligi |
|
21. |
“Maxam-Chirchiq” AJ negizida sinov gaz aralashmalarini tayyorlash laboratoriyalarini tashkil etish. |
Ijrochilarning idoralararo hujjatlari |
2019-yil I-chorak |
ijrochilarning oʻz mablagʻlari |
“Oʻzkimyosanoat” AJ, |
|
22. |
“Oʻz-Koram Ko” MChJ, “Avtosanoat-Sepla” QK, “Oʻz-Kor-Gaz Kemikal” QKlarning sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. |
Akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olish |
2017-yil III-chorak |
ijrochilarning oʻz mablagʻlari |
“Oʻzbekneftegaz” MXK, |
|
23. |
Keyinchalik davlat ilmiy-texnika dasturlariga kiritish uchun oʻlcham birliklari etalonlari va eng yuqori aniqlikda oʻlchov vositalarini yaratishga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Ijrochilarning idoralararo hujjatlari |
2017-2018-yy. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
|
IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | |||||
|
24. |
Oʻzbekiston Respublikasining Parij shahrida 1875 yil 20-mayda qabul qilingan Metrik konvensiyaga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish va natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2017-2018-yy. |
“Oʻzstandart” agentligining maxsus jamgʻarmasi |
“Oʻzstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, |
|
26. |
Massa laboratoriyalarini BIPM (Oʻlchov va tarozi xalqaro byurosi) talablariga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazish. |
Akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma |
2017-2018-yy. |
“Oʻzstandart” agentligining maxsus jamgʻarmasi |
“Oʻzstandart” agentligi |
|
27. |
Muvofiqlikni baholash ishlari natijalarini oʻzaro eʼtirof etish boʻyicha ikki tomonlama bitimni imzolash boʻyicha hukumatlararo komissiyalarga takliflar kiritish. |
Bitim loyihasi |
2017-2018-yy. |
“Oʻzstandart” agentligi, | |
|
V. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirish | |||||
|
28. |
Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida interfaol xizmatlar sonini koʻpaytirish. |
Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy qilish |
2017-2018-yy. |
oʻz mablagʻlari |
“Oʻzstandart” agentligi |
|
29. |
Mahsulotni kataloglashtirish tizimini takomillashtirish. Standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning Milliy qidiruv tizimini yaratish. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestridan roʻyxatdan oʻtkazilgan tovarlarning shtrixli kodlari boʻyicha Milliy qidiruv tizimini yaratish. |
Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy qilish |
2017- 2018-yy. |
oʻz mablagʻlari |
“Oʻzstandart” agentligi |
|
30. |
Standartlar va oʻlchov vositalarini nazorat qilish boʻyicha davlat inspektorlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish. |
“Oʻzstandart” agentligi buyrugʻi |
2017-yil II-chorak |
“Oʻzstandart” agentligi | |
|
31. |
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mutaxassislarni tayyorlashda oʻquv rejaga “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan oʻtkazish” fanini kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2017-2018-yy. |
“Oʻzavtosanoat” AK, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, | |
|
32. |
“Oʻzstandart” agentligining rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali milliy standartlardan bepul foydalanish uchun sharoitlar yaratish. |
www.standart.uz rasmiy veb-saytida joylashtirish |
2017-yildan boshlab |
“Oʻzstandart” agentligining maxsus jamgʻarmasi |
“Oʻzstandart” agentligi |
|
33. |
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sifatsiz mahsulot toʻgʻrisida maʼlumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish. |
Qoʻshma harakatlar rejasi |
2018-yil I-chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, | |
|
VI. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish | |||||
|
34. |
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida mutaxassislarni amaliy tayyorlash darajasini oshirish. Mutaxassislarning stajirovkalarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi institutlarida oʻtkazish. |
Oʻqitish jadvali |
har yili |
oʻz mablagʻlari |
“Oʻzstandart” agentligi, TIV |
|
35. |
Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mutaxassislarni oʻqitishni tashkillashtirish. |
Seminar va treninglar |
har yili |
xalqaro (xorijiy) tashkilotlar mablagʻlari |
“Oʻzstandart” agentligi, vazirlik va idoralar, |
|
T/r |
Tashkilotlar nomi |
2017 y. |
2018 y. |
2019 y. |
2020 y. |
|
Vazirlar Mahkamasi komplekslari boʻyicha umumiy soni |
492 |
509 |
526 |
539 | |
|
I. |
Eksport salohiyati va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi |
114 |
152 |
153 |
157 |
|
1. |
“Oʻzavtosanoat” AK |
3 |
10 |
5 |
6 |
|
2. |
“Oʻzeltexsanoat” AK |
53 |
65 |
68 |
70 |
|
3. |
“Oʻzstandart” agentligi |
58 |
77 |
80 |
81 |
|
II. |
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi |
116 |
91 |
91 |
92 |
|
1. |
“Sanoatgeokontexnazorat” DI |
22 |
15 |
13 |
13 |
|
2. |
“Navoiy KMK” DK |
13 |
2 |
1 |
1 |
|
3. |
“Olmaliq KMK” AJ |
13 |
2 |
1 |
1 |
|
4. |
“Oʻzbekneftgaz” XK |
23 |
25 |
27 |
28 |
|
5. |
“Oʻzbekenergo” AJ |
20 |
22 |
23 |
24 |
|
6. |
“Oʻzkimyosanoat” AJ |
25 |
25 |
26 |
25 |
|
III. |
Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi |
41 |
46 |
50 |
52 |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi |
28 |
32 |
35 |
36 |
|
2. |
“Avtomobil vadaryo transporti” agentligi |
13 |
14 |
15 |
16 |
|
IV. |
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi |
149 |
150 |
156 |
158 |
|
1. |
“Oʻzpaxtasanoateksport” XK |
5 |
5 |
6 |
7 |
|
2. |
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi |
9 |
10 |
11 |
10 |
|
3. |
“Oʻzdonmahsulotlari” AK |
12 |
13 |
14 |
13 |
|
4. |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi |
15 |
18 |
22 |
23 |
|
5. |
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK |
41 |
50 |
56 |
58 |
|
6. |
“Oʻzbekyengilsanoat” AJ |
36 |
34 |
30 |
30 |
|
7. |
“Oʻzvinsanoat-xolding” XK |
9 |
5 |
4 |
4 |
|
8. |
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi |
22 |
15 |
13 |
13 |
|
V. |
Taʼlim va fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi |
22 |
23 |
24 |
25 |
|
1. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
22 |
23 |
24 |
25 |
|
VI. |
Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi |
50 |
47 |
52 |
55 |
|
1. |
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
20 |
10 |
12 |
13 |
|
2. |
Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi |
30 |
37 |
40 |
42 |
|
T/r |
Hududlar nomi |
Tashkilotlar soni |
shu jumladan: | |||
|
2017 y. |
2018 y. |
2019 y. |
2020 y. | |||
|
Jami |
9158 |
2096 |
2216 |
2387 |
2459 | |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
272 |
62 |
66 |
71 |
73 |
|
2. |
Andijon viloyati |
750 |
171 |
181 |
196 |
202 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
488 |
111 |
118 |
127 |
131 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
331 |
76 |
80 |
87 |
89 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
470 |
107 |
114 |
123 |
126 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
598 |
137 |
145 |
156 |
161 |
|
7. |
Namangan viloyati |
769 |
175 |
186 |
201 |
207 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
1229 |
280 |
297 |
321 |
331 |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
285 |
65 |
69 |
75 |
77 |
|
10. |
Sirdaryo viloyati |
221 |
50 |
53 |
58 |
59 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
1063 |
243 |
257 |
278 |
286 |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
1077 |
246 |
260 |
281 |
290 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
341 |
78 |
82 |
89 |
92 |
|
14. |
Toshkent shahri |
1264 |
295 |
307 |
326 |
336 |
2a-ILOVA
|
T/r |
Vazirlar Mahkamasi komplekslari nomi |
Tashkilotlar soni |
shu jumladan: | |||
|
2017 y. |
2018 y. |
2019 y. |
2020 y. | |||
|
Jami |
446 |
96 |
105 |
121 |
124 | |
|
1. |
Eksport salohiyati va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi |
67 |
10 |
14 |
21 |
22 |
|
2. |
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi |
33 |
5 |
8 |
10 |
10 |
|
3. |
Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati masalalari kompleksi |
27 |
5 |
6 |
8 |
8 |
|
4. |
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi |
301 |
71 |
74 |
77 |
79 |
|
5. |
Taʼlim va fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi |
4 |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
6. |
Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi |
14 |
4 |
2 |
4 |
4 |
5-ILOVA
|
Etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari nomi |
Oʻlchov diapazoni |
Nuqsonlar |
Soni (k-t) |
Moliyalashtirish davri |
Hisob-kitob qiymati | ||
|
1. |
Mutlaq bosimning birlik etaloni |
1 10 — 8 — 4 105 Pa |
0,310 — 2 — 0,3 Pa |
1 |
2018 y. |
160 | |
|
2. |
Etalon uchun platinadan ishlangan qarshilik termometrlari |
0 — 630,74 °S |
0,01 °S |
1 |
2018-y. |
100 | |
|
3. |
Bosimning birlik etaloni |
0,007 — 7 MRa |
3 10 — 4 MRa |
1 |
2018-y. |
160 | |
|
4. |
Kuch oʻlchagich namunali qurilmasi |
50 — 500 kN |
0,20 % |
1 |
2018-y. |
110 | |
|
5. |
Shtrixli uzunlik oʻlchovlari attestatsiyasining namunali interferensiya qurilmasi |
100 mm gacha |
1 razryad |
1 |
2018-y. |
170 | |
|
6. |
Kelvin — harorat birlik etaloni |
- 38 — 961 °S |
(0,0002 — 0,01) °S |
1. |
2019-y. |
350 | |
|
7. |
Chiroq, yoritish va yorugʻlik kuchi birlik etaloni |
1 — 5000 lx |
± 3 % koʻp boʻlmagan |
1 |
2019-y. |
475 | |
|
8. |
Sarf oʻlchagich — suyuqlik hisoblash asboblari uchun avtomatlashtirilgan tekshirish qurilmasi |
0,45 — 600 m3/h |
hajmi boʻyicha: |
1 |
2019-y. |
600 | |
|
9. |
Fotometrik oʻlchovlar uchun namunali qurilma |
175 — 3300 nm |
± 0,0003 A |
1 |
2019-y. |
260 | |
|
10. |
Etalon qoʻngʻiroqli gaz qurilmasi |
250 m3/h gacha |
U = 0,06 % (k=2) |
1 |
2020-y. |
400 | |
|
11. |
Havo muhitida paskal (Ra) — ovoz bosimi birlik etaloni |
0,02 — 2 Ra |
0,03 — 0,14 dB |
1 |
2020-y. |
150 | |
|
12. |
Gidrostatik tortish namunali qurilmasi |
650 — 2000 kg/m3 |
0,1 kg/m3 koʻp boʻlmagan |
1 |
2021-y. |
280 | |
|
13. |
Doimiy va oʻzgaruvchan tokni tenglashtirish etaloni va oʻzgaruvchan kuchlanishni oʻlchash etaloni komplekti |
600 µV dan |
0,3 ppm |
1 komp. |
2021-y. |
280 | |
|
14. |
Etalon-dinamometr |
20 — 2000 kN |
0,05 % |
1 |
2021 y. |
90 | |
|
15. |
GLONASS va GPS signallari priyomniklari bilan vaqt va chastota etaloni |
1 Hz; |
1*10-14 s |
1 komp. |
2021-y. |
435 | |
|
16. |
Chastota diapazonida qattiq jismning tebranma harakatida uzunlik, tezlik va tezlanish birligi etaloni (GPSE) |
3*10-1 Hz dan |
1,5*10-3 Hz dan |
1 komp. |
2021y. |
213 | |
|
17. |
Doimiy tokning yuqori omli elektr qarshiligining etalonli qiyoslash tizimi komplektda |
10-4 dan |
0,1 ppm |
1 |
2022-y. |
400 | |
|
18. |
Toʻgʻri chiziqlilik va tekislikdan chetga chiqish oʻlchovlari sohasida uzunlik birligi etaloni |
3 m gacha |
ogʻishi —
|
1 |
2022-y. |
225 | |
|
19. |
Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini oʻlchash vositalarini tekshirish uchun namunali qurilma |
0,1 — 100 mg/m3 |
± 10 % koʻp boʻlmagan |
1 komp. |
2022-y. |
250 | |
|
20. |
Sathoʻlchagichlarni barcha turlarini tekshirish uchun namunali qurilma |
5 m gacha |
0,001 m |
1 |
2022-y. |
350 | |
|
21. |
Gradus — tekis burchak birlik etaloni |
0 — 360° |
0,03” |
1 |
2022-y. |
350 | |
|
Jami: |
|
|
21 |
|
5808 | ||
6-ILOVA
|
U.U. Rozuqulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari |
|
A.A. Xaitov |
— |
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
S.X. Bekenov |
— |
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
M.M. Mirzayev |
— |
moliya vaziri oʻrinbosari |
|
S. S. Saydaliyev |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
|
A.D. Vaxabov |
— |
suv va qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
|
K.N. Tulyaganov |
— |
qurilish vaziri oʻrinbosari |
|
A.A. Yuldashev |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
B.Y. Raximov |
— |
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
|
A.E. Shayxov |
— |
Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-taxlil departamenti |
|
J.G. Mirsaidov |
— |
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori oʻrinbosari, Maxsus ishchi guruh masʼul kotibi |
ShARH
Oʻzbekiston Respublikasida keyingi yillarda koʻrsatib oʻtilgan soha va tarmoqlarda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, mazkur sohada qonuniy bazani takomillashtirish doirasida xalqaro qoida va amaliyotni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida” (2009-yil) va “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi (2013-yil) qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlar ichki bozorning sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinishi hamda respublikamiz laboratoriyalari tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijalarining xalqaro darajada tan olinishini taʼminlashda muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” va “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun sertifikatlashtirish hamda standartlarni qabul qilish va joriy etish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida majburiy sertifikatlanishi lozim boʻ�gan mahsulotlar roʻyxati keskin qisqartirildi. Eksportga yoʻnaltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilandi, oʻlchash vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini litsenziyalash jarayoni bekor qilindi.
Sertifikatlashtirish va standartlashtirish qoidalariga rioya etilmaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash meʼyorlari bekor qilinib, mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligi kuchaytirildi. Shuningdek, 23 ta texnik reglamentni qabul qilish hisobiga 700 dan ortiq standart ixtiyoriy turga oʻtkazildi.
Shu bilan birga, sohadagi ishlarning tahlili vakolatli davlat boshqaruvi idorasi sifatida “Oʻzstandart” agentligining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan bir qator yechimi topilmagan masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Birinchidan, agentlikning tashkiliy tuzilmasi xalqaro talablarga mos emas, yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlab bera olmas edi.
Ikkinchidan, ISO xalqaro tashkiloti standartlarini qabul qilish borasidagi faoliyat lozim darajada tashkil etilmagan, standartlashtirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar milliy fondida ushbu tashkilot standartlari 13 foizni tashkil etar edi, xolos.
Uchinchidan, Agentlik tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha respublikamizdagi korxonalarga uslubiy yordam koʻrsatish yetarli darajada tashkil etilmagan edi.
Toʻrtinchidan, respublikamizning mavjud etalonlar bazasi ayrim sanoat tarmoqlarida foydalanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarning metrologik tekshiruvini toʻla qamrab olish imkonini bermas edi.
Yuqorida keltirilgan masalalarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;
mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
eksportchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligining tizimli nazoratini taʼminlash samaradorligini oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Shuningdek, mazkur qaror bilan 2017 — 2020-yillarda “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. � quyidagi jihatlarni nazarda tutadi:
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonuniy bazani takomillashtirish;
“Oʻzstandart” agentligining sinov laboratoriyalari va hududiy markazlarini zamonaviy yuqori aniqlikdagi oʻlchash va sinov uskunalari bilan qayta jihozlash va modernizatsiya qilishni davom ettirish;
2 mingdan ortiq xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich qabul qilish orqali ularning standartlashtirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar milliy fondidagi ulushini ikki barobar oshirish;
9 mingdan ortiq korxonada xalqaro standartlarga mos keladigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, 2020-yilga qadar bunday korxonalar sonini 4,6 barobar oshirish;
“Oʻzstandart” agentligi laboratoriyalarini xalqaro darajada tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiya qilish yoʻli bilan ularda amalga oshirilgan sinov natijalarining jahon miqyosida tan olinishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, “Oʻzstandart” agentligi xodimlar salohiyatini oshirish va uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini chuqurlashtirish.
Ushbu qaror bilan “Oʻzstandart” agentligi qoshida “Oʻzbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonalarini tashkil etish hamda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini qayta tashkil etishni nazarda tutgan holda “Oʻzstandart” agentligining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Shuningdek, tasdiqlanayotgan roʻyxatga muvofiq, etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini davlat budjetidan moliyalashtirish hisobiga xarid qilish orqali respublika etalo� bazasini yanada rivojlantirish koʻzda tutilgan.
Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining samarali ijrosini taʼminlash maqsadida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etildi.
Ushbu qarorning amalga oshirilishi:
birinchidan, milliy standartlarni xalqaro talablar bilan moslashtirish hamda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini keng joriy etish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish va tashqi savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish;
ikkinchidan, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda milliy laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan oʻlchash va sinov natijalarining chet ellarda tan olinishi uchun asos yaratish;
uchinchidan, sanoat tarmoqlarida qoʻllanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarni toʻliq metrologik tekshiruvdan oʻtkazish, bir qator etalonlar va eng yuqori aniqlikda oʻlchash vositalarini xarid qilish orqali milliy korxonalarning xorijiy mamlakatlar metrologiya institutiga bogʻliqligini kamaytirish imkonini beradi.