O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-may,
251-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 251-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 15-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“guruhlarni to‘ldirish, qoidaga ko‘ra, akademik litseylarda 26 nafargacha, kasb-hunar kollejlarida 30 nafargacha o‘quvchilar doirasida belgilanadi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasi va boshqa o‘quv-tarbiya jarayonini ratsionalizatsiyalash masalalari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartiga muvofiq aniqlanadi”.
2. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Akademik litsey va kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom oliy ta’lim muassasasiga kirish huquqini beradi.
Akademik litsey bitiruvchilariga diplom bilan birgalikda maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom (sertifikat) egallagan bilimlarini mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 18-son, 324-modda)