Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AVIATSIYASI AVIATSIYA XODIMLARIGA TEGIShLI LAVOZIMLAR ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 111-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 48-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oʻz idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr,
361-son
Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar
R Oʻ Y X A T I
1. Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar lavozimlari
— aviatsiya borttexnigi — yoʻriqchisi;
— aviatsiya borttexnigi — yoʻriqchisi (katta yoʻriqchisi);
— aviatsiya borttexnigi;
— aviatsiya borttexnigi (aviatsiya va desant jihozlari boʻyicha) (katta aviatsiya borttexnigi);
— aviatsiya borttexnigi — yoʻriqchisi (aviatsiya va desant jihozlari boʻyicha) (katta yoʻriqchisi);
— bortmuhandis — sinovchi;
— bortmuhandis — yoʻriqchi (aviatsiya va desant jihozlari boʻyicha);
— bortmuhandis — havo kemasi yoʻriqchisi (katta yoʻriqchisi);
— havo kemasining bortmuhandisi;
— bortmuhandis;
— bortmexanik (jumladan katta bortmexanik);
— bortradist — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— borttexnik — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— havo radisti (shu jumladan katta havo radisti);
— havo radisti — (ogʻir samolyot) operatori (shu jumladan katta operatori);
— parvoz ekipaji aloqasi boʻyicha navbatchi;
— (parashyut — desant guruhi va qidirish-qutqarish xizmati) yoʻriqchi-metodisti;
— vertolyot komandiri;
— havo kemasi komandiri;
— uchuvchi— yoʻriqchi (shu jumladan katta yoʻriqchi);
— uchuvchi— sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— (vertolyot) uchuvchi — shturmani;
— (vertolyot) uchuvchisi;
— uchuvchi (shu jumladan katta uchuvchi);
— uchuvchi — metodist (vertolyotlarda);
— uchuvchi — metodist (samolyotlarda);
— bort aloqa uzeli boshligʻi;
— (havo-oʻt ochish va taktik tayyorgarlik) ofitser-uchuvchisi;
— havo kemasi komandiri yordamchisi;
— shturman — sinovchi;
— shturman— uchuvchi;
— havo kemasi shturmani.
2. Havo qatnovini tashkil etuvchi va unga xizmat koʻrsatuvchi mansabdor shaxslar
— Fazodan foydalanishni boshqarishning yagona tizimi bosh markazi boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— navbatchi smena boshligʻi;
— dispetcherlik punkti boshligʻi;
— komanda berish punkti boshligʻi — jangovar boshqaruv boʻyicha brigada shtabi boshligʻining oʻrinbosari;
— fazodan foydalanishni boshqarish tuman markazi boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— parvozlar rejimini nazorat qilish boʻyicha smena boshligʻining yordamchisi (shu jumladan katta yordamchi);
— operativ navbatchi yordamchisi;
— parvozlar rahbari;
— shturman — (uchib oʻtishlar boʻyicha) smena boshligʻi yordamchisi (shu jumladan katta yordamchi);
— (xavfsizlik va rejim boʻyicha) shturman (shu jumladan katta shturman).
3. Havo kemalari parvozlarini tashkil etuvchi mansabdor shaxslar
— muhandislik — aviatsiya xizmati (birlashmasi) barcha nomlar va ixtisoslardagi bosh muhandislar;
— muhandislik — aviatsiya xizmati (aviatsiya-texnika otryadi) barcha nomlar va ixtisoslardagi muhandislari;
— havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari boʻyicha Qurolli kuchlar birlashgan shtabi boshligʻining inspektor-maslahatchisi;
— aviatsiya otryadi komandiri;
— aviatsiya — texnika otryadi komandiri;
— aviatsiya — texnika bazasi komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— aloqa va radiotexnika taʼminoti bataloni komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— brigada komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— zveno komandiri;
— oʻquv zvenosi komandiri;
— oʻquv eskadrilyasi komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— eskadrilya komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— (aerodromdan foydalanish, aerodromni taʼmirlash, texnika, avtomobil, yonilgʻi quyish, elektrogaz, elektrotexnika) vzvodlari (guruhlari) komandirlari;
— havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni;
— vertolyot aviatsiyasi boshligʻi;
— havo-oʻt ochish va taktik tayyorgarlik (qoʻshilmasi, otryadi) boshligʻi;
— aloqa va radiotexnika taʼminoti qoʻshinlari boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— Fazodan foydalanishni boshqarishning yagona tizimi bosh markazi boshligʻi;
— (birlashma) taʼminlash guruhi boshligʻi — razvedka boʻyicha katta ofitser;
— muhandislik — aviatsiya xizmati boshligʻi — (birlashma) bosh muhandisi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— muhandislik — aviatsiya xizmati (qoʻshilmasi) boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— muhandislik — aviatsiya xizmati (eskadrilyasi) boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— metrologiya xizmati (birlashmasi) boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari;
— metrologiya xizmati (qoʻshilmasi) boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari;
— operativ boshqarish boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— boʻlim boshligʻi — (birlashma) bosh shturmani;
— boʻlim boshligʻi — parvozlar xavfsizligi boʻyicha katta inspektor;
— parvozlar vaqtidagi hodisalarni tekshirish va profilaktika qilish boʻlimi boshligʻi;
— uchishga tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi;
— (parvozlarni taʼminlash ustidan) nazorat boʻlimi boshligʻi;
— (parvozlarni amalga oshirish ustidan) nazorat boʻlimi boshligʻi;
— (qidirish-qutqarish va parashyut-desant xizmati (qoʻshilmasi) boshligʻi;
— razvedka (va radioelektron vositasida kurashish) (qoʻshilmasi) boshligʻi;
— (samolyotlarni tayyorlash) raschyoti boshligʻi;
— aloqa boshligʻi — katta havo (qoʻshilma) radisti;
— aloqa boshligʻi — katta havo (eskadrilya) radisti;
— (qidirish-qutqarish va parashyut-desantni tayyorgarlash) xizmati boshligʻi — katta inspektor-uchuvchi;
— texnika-foydalanish qismi (zvenosi) boshligʻi;
— texnika-foydalanish qismi (qoʻshilmasi) boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— harbiy-havo kuchlari boshqarmasi boshligʻi;
— front aviatsiyasi boshligʻi;
— muhandislik-aviatsiya xizmati (qoʻshilmasi), fotonazorat, nazorat, raketalarni tayyorlash, energetika taʼminoti, balandlik anjomlari va jihozlari, xizmat koʻrsatish va reglament (aniqlash vositalari) — nazorat-yozish apparatlari va axborotlarni ishlash, tormoz-parashyut tizimlari barcha nomlar va ixtisoslardagi guruhlari boshliqlari;
— (eskadrilya) shturmani yordamchisi;
— barcha nomlar va ixtisoslardagi muhandislik-aviatsiya xizmati (qoʻshilmalari) katta muhandislari;
— katta havo radisti — inspektori;
— parvozlarni taʼminlash boʻyicha katta inspektor;
— parvozlar xavfsizligi boʻyicha katta inspektor;
— aloqa va radiotexnika asbob-uskunalari boʻyicha radiotexnika taʼminoti boʻlimi katta ofitseri;
— (birlashma) katta shturmani;
— (qoʻshilma) katta shturmani;
— (otryad) shturmani (shu jumladan katta shturman);
— (qoʻshilma) shturmani;
— (oʻquv eskadrilyasi) shturmani;
— (eskadrilya) shturmani.
4. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
— havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, ulardan foydalanish, ularni diagnostika qilish va taʼmirlash, fotonazorat, nazorat, raketalarni tayyorlash, energetika taʼminoti, balandlik anjomlari va jihozlari, (aniqlash vositalari)ga xizmat koʻrsatish va reglament, nazorat-yozish apparatlari va axborotlarni ishlash, tormoz-parashyut tizimlari boʻyicha barcha nomlar va ixtisoslardagi aviatsiya mexanigi (mexanik) (shu jumladan katta mexanik);
— havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, ulardan foydalanish, ularni diagnostika qilish va taʼmirlash, fotonazorat, nazorat, raketalarni tayyorlash, energetika taʼminoti, balandlik anjomlari va jihozlari, (aniqlash vositalari)ga xizmat koʻrsatish va reglament, nazorat-yozish apparatlari va axborotlarni ishlash, tormoz-parashyut tizimlari boʻyicha barcha nomlar va ixtisoslardagi aviatsiya texnigi (texnik) (shu jumladan katta texnik);
— havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, ulardan foydalanish, ularni diagnostika qilish va taʼmirlash, fotonazorat, nazorat, raketalarni tayyorlash, energetika taʼminoti, balandlik anjomlari va jihozlari, (aniqlash vositalari)ga xizmat koʻrsatish va reglament, nazorat-yozish apparatlari va axborotlarni ishlash, tormoz-parashyut tizimlari boʻyicha barcha nomlar va ixtisoslardagi seksiyalar komandirlari;
— yaqin navigatsiya, radiotexnika tizimi, qoʻndirish radiomayak guruhi, radio va yorugʻlik texnikasi bilan taʼminlash guruhi, projektor seksiyasi, uzatish radiostansiyasi, samolyotlarni qoʻndirish tizimlari, radiolokatsiya boʻlimi, stansiyasi mexanigi (shu jumladan katta mexanik);
— radio-yorugʻlik texnikasi bilan taʼminlash uzeli, yaqin navigatsiya radiotexnika tizimi, radiomayak, radiomarkyor punkti, radiotexnika stansiyasi, smenasi, startga komanda berish punkti, samolyotlarni qoʻndirish tizimlari, radiopelengator punkti, radiolokatsiya boʻlinmasi, radiolokatsiya stansiyasi boshligʻi;
— (samolyotlarni tayyorlash) raschyoti boshligʻi yordamchisi;
— yaqin navigatsiya, radiotexnika tizimi, qoʻndirish radiomayak guruhi, radio va yorugʻlik texnikasi bilan taʼminlash guruhi, projektor seksiyasi, uzatish radiostansiyasi, samolyotlarni qoʻndirish tizimlari, radiolokatsiya boʻlimi, radiolokatsiya stansiyasi texnigi (shu jumladan katta texnik).
5. Havo kemalari parvozlarini taʼminlashni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
— dispetcher (uchib oʻtishlar va qoʻnishlar boʻyicha) (shu jumladan katta dispetcher);
— dispetcher;
— jangovar boshqaruv guruhi boshligʻi;
— parvozlarga rahbarlik qilish guruhi boshligʻi;
— operativ guruh boshligʻi (aviatsiyani qidirish—qutqarish bilan taʼminlash boʻyicha);
— aviatsiyani tartibga solish punkti boshligʻi;
— jangovar boshqaruv raschyoti boshligʻi;
— (navigatsiya axboroti) xizmati boshligʻi;
— aviatsiyani jangovar boshqarish markazi boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— (parvozlar va uchib oʻtishlarni) boshqarish markazi boshligʻi;
— operativ navbatchi;
— (yaqin navigatsiya radiotexnika stansiyalarining aviatsiyani tartibga solish priborlari va samolyotlarni qoʻndirish tizimlari) operatori (shu jumladan katta operator);
— (jangovar boshqaruv) ofitseri;
— (tartibga solish va maqsadni koʻrsatish) ofitseri;
— parvozlar rahbari yordamchisi (shu jumladan katta yordamchi);
— parvozlar rahbari yordamchisi (qoʻnish zonasi rahbari);
— (navigatsiya axboroti xizmati) katta ofitseri;
— (aviatsiyani qidirish—qutqarish bilan taʼminlash boʻyicha) guruh katta ofitseri;
— parvozlar rahbarining katta yordamchisi (yaqin zona rahbari);
— shturman (shu jumladan katta shturman);
— tartibga solish shturmani (shu jumladan katta shturman).
6. Roʻyxatning 1—5-bandlariga kiritilmagan, aviatsiya tayyorgarligini va aviatsiya sportini rivojlantirishni taʼminlovchi mansabdor shaxslar
— muhandis-aviamodelchi;
— yoʻriqchi-uchuvchi-parashyutchi;
— parashyut-desant xizmati yoʻriqchisi;
— oʻta yengil uchish apparatlari uchuvchi-yoʻriqchisi;
— aviatsiya-sport klubi boshligʻi;
— aviatsiya-texnik sport klubi boshligʻi;
— aeroklub boshligʻi;
— aviatsiya tayyorgarligi va sportning aviatsiya turlari boʻlimi boshligʻi;
— texnik-aviamodelchi;
— oʻta yengil uchish apparatlar texnigi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 20-son, 156-modda)