1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda demokratlashtirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu jarayonda prokuratura organlari tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining samarali ro‘yobga chiqarilishi — mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlarini so‘zsiz ijro etish uchun prokuratura organlarining kuch va imkoniyatlarini to‘liq safarbar qilishni taqozo etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu kabi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va yangi vazifalari prokuratura organlari faoliyatini tashkil etishni, shu jumladan, qonuniylik ahvolini tizimli tahlil qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish borasidagi faoliyatni yanada takomillashtirishni talab etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuratura organlarining qonunchilik ijrosini ta’minlash borasidagi mas’uliyatini yanada oshirish hamda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini so‘zsiz amalga oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.02 Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.04 Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
4.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.01 Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi;
5.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish bo‘yicha bitimlar. Uy-joyni berish.;
6.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash hamda demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarishga, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunlarning so‘zsiz ijro etilishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish orqali “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” prokuratura organlarining ustuvor vazifasi etib belgilansin va bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini so‘zsiz bajarishni, amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘siq bo‘luvchi omillar va tizimli kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etishni;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot o‘rnatishni, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal qilishni, aholining huquqiy madaniyatini oshirishni, jamiyatda qonun buzilishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchidan, profilaktika tadbirlarining, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi tadbirlarning ta’sirchanligini, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni, yangi ish o‘rinlari yaratish dasturlarini amalga oshirishni, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni, aholiga arzon dori vositalari yetkazishni, ta’lim jarayonining sifati va ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchidan, fuqarolarga arzon uy-joy ajratishni, uy-joy sotib olish uchun, birinchi navbatda, yosh oilalar, yetim bolalarga kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratishni, sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish va hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchidan, tabiiy resurslar, yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish sohasidagi faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 06/18/5446/1251-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuratura organlari boshqaruv xodimlarining umumiy soni 4 986 nafar, shu jumladan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshqaruv xodimlarining umumiy soni 1 131 nafar etib belgilansin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, prokuratura organlarining shtat birliklarini markaziy apparat va hududlar o‘rtasida, hududlar o‘rtasida, tumanlar (shaharlar) o‘rtasida qayta taqsimlash imkoniyati bilan birga prokuratura organlari (shu jumladan, Harbiy prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi) va ular bo‘linmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlarining yuqori malakali va tashabbuskor, shuningdek, texnik va yordamchi xodimlariga prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan prokuratura organlarida amalda bo‘lgan barcha to‘lovlarni saqlagan holda qonun hujjatlarida o‘rnatilgan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalarni hisoblashda ham hisobga olinadigan mehnatga haq to‘lash fondining uch baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oylik shaxsiy ustamalar belgilash;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan normativlarga muvofiq Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan prokuratura organlari uchun texnik va yordamchi xodimlarning qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi PF-5499-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Prokuratura organlari xodimlariga beriladigan uzoq muddatli ipoteka kreditlarini qaytarish uch yillik imtiyozli davr bilan amalga oshirilishi, mazkur davr mobaynida kreditlar bo‘yicha faqat foizlar to‘lanishi tartibi o‘rnatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga bo‘sh yotgan milliy va xorijiy valyutadagi budjetdan tashqari mablag‘larni, shuningdek prokuratura organlari depozit hisobraqamlaridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida depozitlarga qo‘yish huquqi berilsin.
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijtimoiy rivojlanish va ularning xodimlarini, istisno tariqasida, o‘rnatilgan me’yorlardan yuqori miqdorda moddiy rag‘batlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayonnoma qarorlari va topshiriqlarida nazarda tutilgan alohida tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan holda, prokuratura organlarining rivojlanish jamg‘armalari hisobraqamlariga kiritilishi belgilansin.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi PF-5499-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining bayrog‘i va emblemasi namunalari 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 06/18/5446/1251-son)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Adliya vazirligi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi va Mudofaa vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Harbiy prokuraturasining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi prokuratura organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ularning balansiga qabul qilingan ma’muriy binolarni saqlash xarajatlarini Davlat budjetida nazarda tutsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 18-aprel,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuror
Bosh prokuror yordamchisi
Bosh prokuror birinchi o‘rinbosari
Bosh prokuror o‘rinbosari
Bosh prokuror o‘rinbosari
Bosh prokuror o‘rinbosari
Bosh prokuror o‘rinbosari
Bosh prokuror o‘rinbosari
Tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasi
10
Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi
12
Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
10
Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi
14
Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
20
Qurolli Kuchlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
7
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
12
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘limi
3
Kadrlar boshqarmasi
10
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi
6
Navbatchi qism
3
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
6
Tabiiy ko‘llarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
7
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi
9
Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi
4
Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
16
Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
10
Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi
8
Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi
14
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi
16
Axborot-tahlil bo‘limi
3
Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
7
Ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi
6
Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
18
Birinchi bo‘lim
2
O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi
10
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi
12
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi
4
Tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
6
Xalqaro-huquqiy boshqarma
12
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi
8
Majburiy ijro byurosi
Ishlar boshqarmasi
11
“Huquq” gazetasi
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
7
Uyushgan jinoyatchilik
va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi
10
Yer resurslari talon-toroj
qilinishining oldini olish boshqarmasi
8
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami prokuror-tergov xodimlari — 316 shtat birligi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq yordamchisi
Boshliq
Matbuot kotibi
Boshliqning birinchi o‘rinbosari
Boshliq o‘rinbosari
Boshliq o‘rinbosari — Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i
Tashkiliy-nazorat bo‘limi
3
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi
2
Ijtimoiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi
10
Iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi
10
Kadrlar bo‘limi
4
Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi
3
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi
25
Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi bo‘limi
4
Tizimli tahlil bo‘limi
5
Taftish boshqarmasi
10
Xalqaro aloqalar bo‘limi
3
Raqamlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi
2
Kriminalistika laboratoriyasi
1
Surishtiruv bo‘limi
4
Maxsus bo‘lim
1
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘limi
11
Navbatchilik qismi
Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi
2
Moliya-xo‘jalik bo‘limi
5
Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘limi
4
Xavflarni baholash markazi
10
Hududiy boshqarmalar va bo‘limlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 1 131 shtat birligi,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shundan markaziy apparatda — 99 shtat birligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 100 shtat birligi Departamentning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli Farmoniga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi bayrog‘ining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIFI

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi bayrog‘i (keyingi o‘rinlarda bayroq deb yuritiladi) barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi moviy rangli to‘g‘ri burchakli mato ko‘rinishiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayroq markazida geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining emblemasi tasvirlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayroq uzunligi — 250 sm, eni — 125 sm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayroqning hajmi boshqacha ham bo‘lishi mumkin, biroq barcha hollarda bayroqning eni uzunligiga nisbatan 1:2 bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli Farmoniga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi emblemasi — geraldik belgi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi emblemasi pastki qismi cho‘zilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak qalqon ko‘rinishiga ega bo‘lib, davlat va jamiyatni himoya qilish ramzini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qalqon ortida — ikkita diagonal kesishgan o‘tkir tig‘lari pastga yo‘naltirilgan qilichlar joylashgan. Qilichlar dastasi beshta halqadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi faoliyatining asosiy prinsiplari — birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikni ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qalqon yuzasi va qilichlar kumush rangda. Qalqon markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning Kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi bo‘rtma to‘g‘ri chiziqlar tortilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qalqonning chap tomonida to‘q ko‘k rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: “O‘ZBEKISTON”, o‘ng tomonida: “PROKURATURASI” deb yozilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geraldik belgi qonun hujjatlariga muvofiq bir xil rangda (siluet tarzida) tasvirlanishi mumkin.
(5 va 6-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga 7-ILOVA
(7-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Alohida hollarda, iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalarda oliy ma’lumotga, yetarli bilim va ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar prokuratura organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 14-bandning oltinchi xatboshisidagi “xo‘jalik nizolari” so‘zlari “iqtisodiy sudlarda ishlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, zarur hollarda, prokuratura organlari, shu jumladan Harbiy prokuratura va Departamentning tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 26-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlariga darajali unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga asosan beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 37-band:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“I, II, III darajali “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) o‘n uchinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishlicha o‘n to‘rtinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.39-bandning uchinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi” so‘zlaridan keyin “I, II, III darajali “A’lo xizmatlari uchun” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 811-band:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga ishga o‘tgan prokuratura organi xodimi Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) uchinchi xatboshisidagi “ushbu bandning birinchi xatboshisida” degan so‘zlar “ushbu bandda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 82-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“82. Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga ularning boshqa davlat organlaridagi vakolat muddatlari tugaganidan so‘ng, prokuratura organlarida muqaddam egallagan yoki unga teng lavozim berilishi kafolatlari ta’minlanadi, xodimning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoki sog‘lig‘i holatiga yoxud mehnat (xizmat) majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga 8-ILOVA
(8-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi “Qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4636-sonli Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlari va qarorlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4815-sonli Farmonining 1 — 3-bandlari hamda unga 1 — 4-ilovalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va qarorlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-son Farmoniga o‘zgartish kiritish haqida”gi PF-4981-son Farmoni.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 17-son, 285-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5196/0034-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son, 24.05.2018-y., 06/18/5446/1251-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son; 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son; 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son; 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)