14.04.2017 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm Maʼmun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qadimgi Xorazm jahon tarixiy-madaniy merosi va sivilizatsiyasining muhim oʻchoqlaridan biri, davlatchilik, urbanizatsiya, moddiy va maʼnaviy madaniyat tarixida alohida ahamiyatga ega ekanligi hamda vohada mamlakatimizning mashhur arxeologik, shaharsozlik, meʼmoriy yodgorliklari joylashganligi va hozirgi davrda xalqaro turizmning yirik maskanlaridan biriga aylanganligini hisobga olib, Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish hamda bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) qoʻshimcha asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazmning qadimiy tarixini uzviy izchillikda oʻrganish, betakror sivilizatsiyasi va madaniyatini, boy ilmiy salohiyatining jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi oʻrni masalalarini tadqiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm vohasida joylashgan arxeologik yodgorliklarni oʻrganish boʻyicha doimiy arxeologik ekspeditsiyalar olib borish, etnologik tadqiqotlar va manbashunoslik ishlarini tizimli ravishda tashkil etish va ularning natijalarini jahon ilmiy jamoatchiligi oldida keng targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm vohasi meʼmoriy yodgorliklarini biologik, fizik va turli salbiy taʼsirlardan muhofaza qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vohaning ekologik holati boʻyicha muntazam ilmiy kuzatishlar olib borish, mavjud er-suv va biologik resurslaridan oqilona foydalanish, Xorazm vohasining tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini iqlimlashtirish orqali shoʻrlanish va choʻllanishning oldini olish masalalarini tadqiq etish, mavjud eksperimental baza asosida qishloq xoʻjaligi va baliqchilik sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazmning tarixiy anʼanalari hamda mavjud ilmiy salohiyatdan foydalangan holda matematika fani sohasida fundamental ilmiy izlanishlar olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy mineral (konchilik-kimyo sanoati va noruda) resurslarni qayta ishlashning ilmiy asoslarini yaratish va ishlab chiqarishga keng joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarurat boʻlganda, Akademiyaning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, Akademiyani saqlash hamda arxeologik ekpeditsiyalarini tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xorazm viloyati hokimligining viloyatda ilm-fan bilan bogʻliq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish maqsadida Akademiya huzurida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatda ilm-fan bilan bogʻliq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish, fan — taʼlim — ishlab chiqarish tizimining samarali ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm viloyatidagi yirik korxonalarni xoʻjalik shartnomalari asosida yangi ilmiy ishlanmalarni, innovatsion loyihalarni qisqa muddatlarda amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori ilmiy natijalarga erishgan, viloyat ilm-fanini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan olimlar va professor-oʻqituvchilar, jumladan yosh ilmiy xodimlarni qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademiya moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida, jumladan laboratoriya asbob-uskunalarining butlovchi qismlari va reaktivlarni sotib olishda homiylik xayriyalarini jalb etishga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Kengashning nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaning yangilangan ustavini bir oy muddatda tasdiqlasin va oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda Akademiyani yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining tegishli ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlari uchun Akademiyaning faoliyati bilan tanishtirish va fan yangiliklarini oʻrgatish maqsadida qisqa muddatli kurslarni tashkil etilishini hamda Akademiya nufuzini yanada oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlar, respublika va xalqaro konferensiyalar oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan-taʼlim integratsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida Akademiyaning ilmiy xodimlarini respublika oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoniga keng jalb etishni hamda professor-oʻqituvchilar va talabalarning oʻquv amaliyotlari va izlanishlari mavzularidan kelib chiqib Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyi, axborot-resurs markazi va laboratoriyalaridan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaning xorijiy mamlakatlar yetakchi ilmiy muassasalari bilan tizimli hamkorlik qilishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaning ilmiy tadqiqotlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, akademiya ilmiy xodimlarini respublika va xorijning yetakchi ilmiy markazlarida malaka oshirish, stajirovka va tadqiqotlar oʻtkazishiga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini tarixiy sayyohlik yoʻnalishiga kiritish yuzasidan chora-tadbirlarni va respublikadagi turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mazkur muzeyni keng targʻib qilish ishlarini amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xorazm viloyati hokimligi taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, sanʼatkorlar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda, 2017-yilning noyabr oyida Xiva shahrida “Xorazm Maʼmun akademiyasining rivojlanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasini oʻtkazsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Akademiya binosi yonida uning ilmiy xodimlariga moʻljallangan ikki qavatli 24 xonadonli uy-joylarni qurish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm viloyati Xiva tumani hokimligi tomonidan yer maydoni ajratilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Loyiha qurilish lyuks” XK loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ollabergan usta Raxmon” XF pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur uy-joylar qurilishini moliyalashtirish va undagi xonadonlarni birinchi navbatda Akademiya ilmiy xodimlariga ajratish uchun “Ipoteka-bank” ATIBning uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berish Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-oktabrda 1727-son bilan roʻyxatga olingan Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya binolarini kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha eng maqbul loyiha yechimini nazarda tutuvchi sifatli loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin hamda taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 2017 — 2018-yillarda moliyalashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Akademiya faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda Akademiyani zamonaviy ilmiy laboratoriya, texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni, donor mamlakatlarning kreditlari va grantlarini jalb etish ishlari muntazam olib borilishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yil zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaga 4 ta avtotransport vositasi, shu jumladan bitta xizmat koʻrsatadigan va uchta maxsus avtotransport taʼminotiga limit ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A.J. Ramatov va Xorazm viloyatining hokimi P.R. Bobojonov zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 14-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-apreldagi 211-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-apreldagi 211-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chora-tadbirlar

T/r

Tadbirlar nomi

Xarajatlar,

mln. soʻm

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish

1.

Akademiya faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining tegishli ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlari uchun Akademiya faoliyati bilan tanishtirish va fan yangiliklarini oʻrgatish maqsadida qisqa kurslarni tashkil etish, jumladan tarix, arxeologiya, manbashunoslik, meʼmoriy yodgorliklarni saqlash va seleksiya sohalarida fan yutuqlarini targʻib etish boʻyicha kurslar tashkil qilish choralarini koʻrish

hisob-kitoblarga asosan

Tegishli ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

doimiy ravishda

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Fan-taʼlim integratsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida Akademiyaning ilmiy xodimlarini respublika oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoniga keng jalb etishni hamda professor-oʻqituvchilar va talabalarning oʻquv amaliyotlari va izlanishlari mavzularidan kelib chiqib Akademiyaning muzeyi, axborot-resurs markazi va laboratoriyalaridan samarali foydalanilishini taʼminlash, xususan Urganch davlat universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiallari bilan integratsiyani kuchaytirish choralarini koʻrish

-

-

doimiy ravishda

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Xorazm Maʼmun akademiyasining ilmiy xodimlarini xorijning yetakchi ilmiy markazlarida malaka oshirish va tadqiqotlar oʻtkazishga yuborish. Xususan Yaponiya, Koreya Respublikasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrish

hisob-kitoblarga asosan

Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,
chet el grantlari va homiylik xayriyalari

doimiy ravishda

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni yanada kuchaytirish

4.

Seleksiya va urugʻchilik ishlarini kengaytirish, rayonlashtirish va Akademiyaning tajriba xoʻjaligida bu navlarning dastlabki urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish

hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

doimiy ravishda

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

5.

Ilmiy izlanish imkoniyatlaridan kelib chiqib ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish va tijoratlash maqsadida noanʼanaviy sabzavot ekinlarini (brokkoli, qizil karam, chechevitsa, loviya va boshqalar) yetishtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish

hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

doimiy ravishda

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivo�lanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Xorazm vohasi sharoitida qurgʻoqchilik va shoʻrlanishga chidamli fitomeliorant ekinlar va yangi gʻoʻza navlari boʻyicha tajribalar oʻtkazish va ularni sinash

hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

doimiy ravishda

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Xorazm vohasi suv havzalari baliq resurslari va mahsuldorligini aniqlash, monitoring qilish, baliqlarni urchitib koʻpaytirishning zamonaviy texnologiyalarini mahalliy sharoitga moslashtirish, “qafas” (sadok) usulida intensiv baliq yetishtirish, baliq ozuqalari obyekti sifatida mahalliy xomashyo ingrediyentlarini qoʻllash va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish

hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

doimiy ravishda

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

8.

Akademiya ilmiy xodimlari va Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari Fanlar akademiyasining umumiy va noorganik kimyo instituti bilan birgalikda kaolin, talk, vermikulit, plmenit, kvars, dala shpati va boshqa foydali qazilmalarning kimyoviy va mineralogik tarkibini oʻrganish

hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

doimiy ravishda

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

9.

Akademiyada matematika fani boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, jumladan differensial operatorlar spektral nazariyasi va uni nochiziqli evolyutsion tenglamalarga tatbigʻi masalasini oʻrganish

hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

doimiy ravishda

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

10.

Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Mikrobiologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Urganch davlat universiteti bilan Akademiya oʻrtasida ilmiy hamkorlikni oʻrnatish

-

-

doimiy ravishda

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

11.

Aholining javdar noni, soya mahsulotlariga va boshqa dukkakli ekinlarga boʻlgan talabidan kelib chiqib Xorazm vohasi sharoitiga toʻgʻri keladigan navlarni tanlab olish maqsadida javdar, soya, mosh va boshqa dukkakli ekinlarni oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va ishlab chiqarishga joriy qilish

hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

doimiy ravishda

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

12.

Mahalliy sharoitlarda oʻsadigan yovvoyi va madaniy oʻsimliklarni dorivorlik xususiyatlari, jumladan, kimyoviy tarkibi, farmokologik, farmako-kinetik va fitokimyoviy taʼsirlarini ilmiy oʻrganish va shu asosda mahalliy xomashyo asosida yangi dori preparatlari va biologik faol qoʻshimchalarni ishlab chiqarishga joriy qilish

hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

doimiy ravishda

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

13.

Termitlarning tarqalishini oldini olish maqsadida:

har yili

termitlar biologiyasi va tarqalishini oʻrganish, termitlarga qarshi yem-xoʻrak asosida kurashish texnologiyasini takomillashtirish, zararsizlantirilgan obyektlar toʻgʻrisida axborot tayyorlash;

hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Xorazm vohasida yogʻoch konstruksiyali tarixiy obidalarni termitlar tomonidan zararlanishini oldini olish, monitoring qilish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

20,0

Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Madaniyat vazirligi

termitdan zararlangan shaxsiy uylarga termitlarning tarqalishini oldini olish hamda zararlanishini bartaraf etish uchun “Baveriya tenella” zamburugʻ shtammi asosida tayyorlangan xoʻraklarni qoʻyishni tashkil etish

hisob-kitoblarga asosan

Xoʻjalik shartnomalari asosida

Xorazm viloyati hokimligi, yuridik va jismoniy shaxslar

14.

Akademiyaning dovrugʻini chet ellarda namoyon qilish maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan samarali ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro manfaatli ilmiy loyihalarni bajarish, tajriba almashish, ilmiy safarlar, xalqaro anjumanlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish

hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari, chet el grantlari, homiylik xayriyalari

doimiy ravishda

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

15.

Akademiya qoshida Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda “Xorazm Maʼmun akademiyasining tarixiy-arxeologik oʻqishlari” nomli har yillik respublika konferensiyasini tashkil etish

hisob-kitoblarga asosan

Xorazm Maʼmun akademiyasi va Urganch davlat universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

har yili

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi

16.

“Xorazm vohasi tarixi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish va uning doirasida akademik Yahyo Gʻulomov nomidagi ilmiy — amaliy seminar oʻtkazish

20,0

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida tushgan mablagʻlar bundan mustasno)

2017-yil may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Urganch davlat universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Xorazm Maʼmun akademiyasi

III. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash

17.

“Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash” laboratoriyasining ish samaradorligini oshirish va yaxshilash uchun zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash

hisob-kitoblarga asosan

Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,
chet el grantlari va homiylik xayriyalari

2017-2018-yillar

Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi

18.

Akademiyada don ekinlari va mahsulotlarini tahlil qilish laboratoriyasini tashkil etish va uni yangi zamonaviy asbob-uskunalar (don sifatini aniqlash, urugʻlarni tozalash va kalibrovka qilish, elektroforez uchun uskunalar va h. k.) bilan jihozlash

hisob-kitoblarga asosan

Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, chet el grantlari va homiylik xayriyalari

2017-2018-yillar

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi

19.

Doimiy dala arxeologik tadqiqotlar olib boruvchi kompleks arxeologik ekspeditsiyalarni tashkil qilish uchun zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlash (1 ta yarim yuk avtomashinasi, plotter, raqamli fotokamera, metalldetektori, lazerli teodolit va h.k.)

hisob-kitoblarga asosan

Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,
homiylik xayriyalari

2017-yil IV-choragi

Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi

20.

Akademiyani qoʻlyozmalardan nusxa oluvchi, ularni disklarga yozuvchi maxsus uskuna bilan taʼminlash

hisob-kitoblarga asosan

Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,
chet el grantlari va homiylik xayriyalari

2017-yil IV-choragi

Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi

21.

Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash (sensor kiosklar, interaktiv doskalar, sensor monitor, audiogid va h.k)

hisob-kitoblarga asosan

Fanlar akademiyasi va Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari,
homiylik xayriyalari

2017-2018-yillar

Fanlar akademiyasi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

22.

Akademiya tajriba xoʻjaligini zarur qishloq xoʻjaligi texnikalari (bitta kultivatorga moʻljallangan uch gʻildirakli traktor, paxta va don ekinlari ekishga moʻljallangan seyalka, kombayn, 2 ta jingovuz uskunasi) bilan taʼminlash

267,0

Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, chet el grantlari va homiylik xayriyalari

2017 — 2019-yillar

Xorazm viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi

23.

Akademiyaning veb-saytini yangidan yaratish va unda maʼlumotlarni oʻzbek, rus, ingliz, koreys, yapon, xitoy, nemis, fransuz, ispan tillarida bayon etish

15,0

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

2017-yil may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Elektron taʼlim markazi, Fanlar akademiyasi, Urganch davlat universiteti, Xorazm Maʼmun akademiyasi

IV. Ilmiy nashrlar fondini boyitish va Xorazm tarixi va madaniyati muzeyiga sayyohlarni jalb etish

24.

Xorazm vohasidagi arxeologik yodgorliklarning katalogini tuzish va arxeologik xaritasini chop etish

Hisob-kitoblarga asosan

Grantlar

2017-2018-yillar

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

25.

Akademiya noyob kitoblar fondini boyitish (Xorazm tarixiga oid arxiv manbalari va qoʻlyozmalarning nusxalari, shuningdek elektron shaklda)

Hisob-kitoblarga asosan

Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2017 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston “Oʻzarxiv” agentligi, Madaniyat vazirligi

26.

Quyidagi kitoblarni qayta nashr etish:

Akademik Ziyo Bunyodovning “Gosudarstvo Xorezmshaxov — Anushteginidov” monografiyasi;

Akademik Yahyo Gʻulomovning “Istoriya orosheniya Xorezma” kitobi;

G.P. Snesarevning “Relikti domusulmanskix verovaniy i obryadov u uzbekov Xorezma” nomli asari

30,0

“Ijod” fondi mablagʻlari

2017 — 2020-yillar

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi

27.

Jaloliddin Manguberdi haqida ilmiy kitob tayyorlash va nashr etish

100,0

Grantlar

2017-2018-yillar

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi

28.

Xiva “Ichon qalʼa” muzey qoʻriqxonasi qoʻlyozma fondining katalogini tuzish va chop qilish

50,0

“Ichon qalʼa” muzey qoʻriqxonasining budjetdan tashqari mablagʻlari

2017-2018-yillar

Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi

29.

5 jildlik Xorazm tarixi monografiyasining 1-2 jildlarini nashr etish

30,0

Grantlar

2017-2018-yillar

Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

30.

Akademiya faoliyati va muzeyni keng targʻib etish maqsadida nashr va reklama ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish

2,0

Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish Davla� qoʻmitasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi

31.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda “Xorazm durdonalari” katalogi va bukletlarini chop etish

20,0

Xorazm Maʼmun akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2017-2018-yillar

Fanlar akademiyasi,

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi

32.

Xorazm viloyati aholisi va mehmonlarining Xorazm tarixiga qiziqishini oshirish maqsadida Xorazm viloyatidagi:

umumiy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻquvchilari va xodimlarini;

-

-

2017-yil reja-jadval asosida

Xorazm viloyati hokimligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xorazm Maʼmun akademiyasi

oliy taʼlim muassasalarining talaba va xodimlarini;

20,0

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2017-yil reja-jadval asosida

Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi

boshqa tashkilotlar xodimlari va viloyat mehmonlarining Akademiya Xorazm tarixi va madaniyati muzeyiga tashrifini tashkil etish

yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari

doimiy ravishda

Xorazm viloyati hokimligi,

Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi

33.

Akademiyaning Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini tarixiy sayyohlik yoʻnalishiga kiritish yuzasidan chora-tadbirlarni va respublikadagi turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida muzeyni keng targʻib qilish ishlarini amalga oshirish

-

-

doimiy ravishda

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-apreldagi 211-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm Maʼmun akademiyasi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bobojonov P.R.

Xorazm viloyati hokimi, kengash raisi

lavozimiga koʻra

Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar masalalari boʻyicha vitse-prezidenti, kengash raisining oʻrinbosari

Kadirov Sh.Y.

Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi, kengash kotibi

Abdullayev B.I.

Urganch davlat universiteti rektori

Roʻziboyev R.Y.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali direktori

Xoyitmetov U.A.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali direktori

Karimov R.

Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali direktori

Davletov B.K.

Xiva “Ichon qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi direktori

Xudaynazarov E.X.

Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

Tangriberdiyev K.R.

Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi

Jumaniyazov J.A.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati boʻlimi boshligʻi

lavozimiga koʻra

Xorazm viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi

Davlatov M.S.

Xorazm viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi

Bobojonov E.I.

Markaziy bankning Xorazm viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi

Jumaniyazov S.M.

“Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ Xorazm viloyati filiali boʻlimi boshligʻi

Otajonov X.K.

Asakabank Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi

Sadullayev A.

Xorazm Maʼmun akademiyasi bosh ilmiy xodimi

Roʻzimboyev S.

Urganch davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi professori

Jumaniyazov M.J.

Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professori

Ruziyev E.I.

Urganch davlat universiteti mehnat taʼlimi kafedrasi mudiri

Ruzmetov B.

Urganch davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi professori

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 275-modda, 37-son, 996-modda, 38-son, 1040-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)