1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-avgustdagi 515-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ–2731-son qarorini bajarish hamda Orolboʻyi mintaqasida yashaydigan kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishning manzilliligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, bir marta beriladigan moddiy yordam olgan kam taʼminlangan oilalar ushbu moddiy yordamni olish uchun ularga bir yoʻla moddiy yordam toʻlangandan keyin bir yil oʻtgandan soʻng qayta murojaat etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan yordam shaklida yangi turdagi ijtimoiy nafaqaning maqsadi va tayinlanishi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 30-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
165-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-martdagi 165-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvarda PQ–2731-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga, birinchi navbatda, yolgʻiz fuqarolar, pensionerlarga, boquvchisi nogiron boʻlgan oilalarga hamda boshqa kam taʼminlangan aholi toifalariga va oilalarga (keyingi oʻrinlarda muhtoj oilalar deb ataladi) oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan bir marta beriladigan moddiy yordamni (keyingi oʻrinlarda bir marta beriladigan moddiy yordam deb ataladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror Fuqarolar yigʻinini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi va toʻlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashning aniq miqdori muhtoj oila tushgan hayotiy vaziyatning murakkabligini inobatga olgan holda, alohida har bir holat boʻyicha Komissiya tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Komissiya muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy adolatga soʻzsiz rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir marta beriladigan moddiy yordamni manzilli tarzda tayinlashni taʼminlash yoʻli bilan uni toʻlashga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keng oshkoralik va ochiqlikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir marta beriladigan moddiy yordamni, birinchi navbatda, mavjud hayotiy vaziyatning murakkabligini mustaqil hal qila olmaydigan, haqiqatda ehtiyojmand oilalarga tayinlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar bir marta beriladigan moddiy yordam toʻlovlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va Xorazm viloyatining viloyat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik-tijorat Xalq banki boʻlinmalari (filiallari)dagi (keyingi oʻrinlarda Xalq banki deb ataladi) maxsus bank hisob raqamlarida toʻplanadigan budjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamgʻarmalari, yuridik hamda jismoniy shaxslarning va boshqalarning xayriya ehsonlari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bir marta beriladigan moddiy yordam toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan, hayotiy murakkab vaziyatga tushgan oilalar (fuqarolar) toifalariga, birinchi navbatda, quyidagilarga Komissiya qarori bilan tayinlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolar va pensionerlarga (ishga layoqatsizlarga va ishga layoqatli oila aʼzolari boʻlmaganlarga), boquvchisi nogiron boʻlgan oilalar va boshqa kam taʼminlangan aholi toifalariga va oilalarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I guruh nogironi boʻlgan yoki ogʻir kasalga chalingan (butunlay yoki qisman oʻz-oʻzini boqish imkoniga ega boʻlmagan, ish faoliyatini olib bora olmaydigan) fuqarolarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlim oqibatida yagona boquvchisini yoʻqotgan oilalarga (uch oy muddat mobaynida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogiron bola yoki I yoki II guruh nogironi boʻlgan yoki moliyaviy xarajatlarni talab etadigan jarrohlik aralashuvi yoki uzoq vaqt (besh oydan koʻproq) ambulatoriyada davolanishi zarur boʻlgan ogʻir kasallikka chalingan boshqa oila aʼzosiga qarab turgan toʻliq boʻlmagan oilaning ota-onalariga (oila aʼzosiga);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onalardan biri I yoki II guruh nogironi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoki ikkala ota-ona ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ikki nafar va undan qoʻp farzandli toʻliq oilalarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Murakkab hayotiy vaziyat deganda quyidagilar tushuniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishga layoqatliligini yoʻqotishga olib kelgan ogʻir kasalliklar (I guruh nogironi) yoki uzoq (besh oydan koʻproq) vaqt dori vositalari qoʻllashni yoxud jarrohlik aralashuvini talab etadigan kasalliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turmush oʻrtogʻi, ota-onaning (boquvchining) oʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paydo boʻlgan murakkab hayotiy vaziyatni mustaqil hal etishga imkon beradigan moddiy (mulk) imkoniyatning (daromadning) yoʻqligi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlanishi va berilishining sharti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam murojaat etuvchi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi. Muhtoj oilalarning bir marta beriladigan moddiy yordam olish toʻgʻrisidagi qayta murojaatlari mazkur Nizomda belgilangan tartibda, oldingi bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlangan oydan kamida bir yil oʻtgandan soʻng koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam murojaat etuvchining doimiy turar joyi (propiskasi) boʻyicha, muhtoj oila aʼzosining yozma arizasi asosida Komissiya tomonidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisidagi ariza (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) muhtoj oila aʼzosi yoki muhtoj oilaning vakolatli vakili (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchi deb ataladi) tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq Komissiya raisi nomiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga ariza beruvchi pasportining nusxasi, muhtoj oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumot va muhtoj oilada murakkab vaziyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi protokolining koʻchirmasi, oʻlim haqidagi guvohnoma, ogʻir kasallik oqibatida ishga layoqatsizlikni tasdiqlovchi tibbiy xulosa, favqulodda vaziyat (holat)da yengilmas kuch paydo boʻlganligi haqida tegishli organlarning xulosalari) ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchining xohishiga koʻra arizaga haqiqatdan ham muhtoj oilaga bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlanishi zarurligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi tomonidan maxsus roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida amalga oshiriladi, jurnalga arizaning kelib tushish sanasi, murojaat etuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, murakkab hayotiy vaziyatining qisqacha bayoni va Komissiya tomonidan qaror qabul qilingandan soʻng qaror haqidagi maʼlumotlar va protokolning sanasi va raqami kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza va mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar berilgan kun ariza roʻyxatdan oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Arizani koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Muhtojlikni aniqlash va bir marta beriladigan moddiy yordamni belgilash (rad etish) toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaruriyat tugʻilganda, muhtoj oiladagi murakkab hayotiy vaziyat mavjudligi faktini aniqlashtirish uchun Komissiya tomonidan muhtoj oilaning qoʻshnilari jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza topshirilgan kunidan boshlab toʻrt kalendar kuni mobaynida Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi. Koʻrsatilgan muddat mobaynida Komissiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan toifalarga muvofiqligini koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining yashash joyiga borgan holda muhtoj oilada bir marta beriladigan moddiy yordam olish huquqini beruvchi murakkab hayotiy vaziyatning mavjudligini aniqlash uchun tekshirish oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Muhtoj oilaning birga yashovchi aʼzolarining tarkibi Komissiya tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va muhtoj oilada murakkab hayotiy vaziyat mavjudligini tekshirish natijalariga koʻra Komissiya ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq muhtoj oilada murakkab hayotiy vaziyat mavjudligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiriladigan muhtoj oilaning tarkibi (ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan toifalardan birini hamda ishga layoqatli oila aʼzolarining bandligi haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuzaga kelgan murakkab hayotiy vaziyatning qisqacha bayoni (ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan toifalardan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilgan oilaning (fuqaroning) moddiy farovonligi darajasini baholashning vizual natijasi (muhtoj oilada mavjud murakkab hayotiy vaziyatni hal eta olish imkoni bor (yoʻq)ligini koʻrsatish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruv yakunlari boʻyicha tavsiyalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Komissiya quyidagi holatlarda muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam berishni rad etishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining ushbu Nizomning 7-bandida sanab oʻtilgan muhtoj oilalar toifalariga kirmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhtoj oilada ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan murakkab hayotiy vaziyatning mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhtoj oilada mavjud murakkab hayotiy vaziyatni hal etishga imkon beradigan moddiy imkoniyat (daromad) borligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilmagan holatlarda muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Muhtoj oilada murakkab hayotiy vaziyat mavjudligini tekshirish natijalariga koʻra Komissiya bir marta beriladigan moddiy yordamga muhtoj oilalar roʻyxatini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha oʻzining xulosasi asosida bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash, shuningdek uning miqdorini belgilash yoki muhtoj oilaga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashni rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Komissiyaning koʻpchilik aʼzolari uning uchun ovoz bersa qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Komissiya qarori har bir ariza beruvchi boʻyicha, ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolari ishtirokida qabul qilinadi. Agar ariza beruvchi yoki muhtoj oila boshqa oila aʼzolarining sogʻligʻi holatiga koʻra qatnasha olish imkoni boʻlmasa, Komissiya ariza beruvchining yoki muhtoj oila boshqa aʼzolarining ishtirokisiz qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qaror Komissiya majlisi protokoli bilan, quyidagilarni koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq ovoz berish natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhtoj oilaga tayinlangan bir marta beriladigan moddiy yordamning miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov oyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaror qabul qilingan sana.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash rad etilgan taqdirda yozma xabarnomada rad etishning sabablari koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga bu haqda maʼlum qilinadi va u toʻgʻrida protokolga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Protokol Komissiya raisi tomonidan imzolanadi va ariza beruvchiga ikki kun muddatda maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam Komissiya majlisining qarori protokoli asosida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul kotibi har oyda oyning oxirgi kunidan kechikmasdan, Komissiyaning majlisi qarori protokollari asosida oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti raqami, shuningdek toʻlanishi kerak boʻlgan summani koʻrsatgan holda bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash uchun uch nusxada vedomostlar tuzadi. Vedomostlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisining imzosi va muhri, shuningdek ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimi (keyingi oʻrinlarda moliya boʻlimi deb ataladi) xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Belgilangan tartibda toʻldirilgan va tasdiqlangan vedomostlar bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlangan oyning 5-kunigacha boʻlgan muddatda moliya boʻlimlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan vedomostlar, barcha uch nusxaning har bir varagʻiga tasdiqlovchi imzolar va tegishli shtamp qoʻyilgan holda, moliya boʻlimining masʼul xodimi tomonidan arifmetik xatolar va bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlashga budjet mablagʻlarining mavjudligi yuzasidan tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bir marta beriladigan moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida Komissiyaning qaroriga taʼsir koʻrsatgan notoʻgʻri va ishonchsiz maʼlumotlar aniqlanganda, shuningdek qonun normalarini buzgan holda muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash qayd etilgan holatlarda asossiz toʻlangan mablagʻlar aybdor shaxs tomonidan oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli maxsus bank hisob raqamiga qaytariladi, keyinchalik ular Yagona gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Tumanlar va shaharlar budjeti mablagʻlaridan bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetida va Xorazm viloyatining viloyat budjetida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam pullarini toʻlash uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida, shuningdek ushbu Nizomning 5-bandida sanab oʻtilgan budjetdan tashqari manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni moliyalashtirish moliya boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochiladigan tegishli budjetning gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamidan muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni moliyalashtirish uchun Xalq banki boʻlinmalarida (filiallarida) ochilgan maxsus hisob raqamlariga toʻlov amalga oshiriladigan oyning 5-kunidan boshlab, biroq toʻlov oyining 25-kunidan kechikmagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq banki boʻlinmalari (filiallari) har oyda joriy oyning oxiriga qadar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini va moliya boʻlimlarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tegishli maxsus bank hisob raqamlaridagi qoldiqlar, shu jumladan, joriy oy uchun va yil boshidan buyon tushgan tushumlar va amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tegishli budjetdan moliyalashtirish uchun moliya boʻlimlari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlab berish uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada buyurtmanomalar (keyingi oʻrinlarda buyurtmanoma deb ataladi) va toʻlov topshiriqnomalari taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Gʻaznachilik boʻlinmalari buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi va toʻlov topshiriqnomalariga asosan yagona gʻaznachilik hisob raqamidagi mablagʻlarni tegishli gʻaznachilik hisob raqamida operatsiyalarni aks ettirgan holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mablagʻlar oʻtkazilgandan soʻng buyurtmanomaning bir nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan moliya boʻlimlariga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam boʻyicha vedomostning bir nusxasi moliya boʻlimida qoladi. Mablagʻlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga oʻtkazilgandan keyin tasdiqlangan vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalari moliya organi tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tegishli organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mablagʻlar ularning hisob raqamlariga tushgandan keyin vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalarini toʻlov topshiriqnomalari bilan birga, muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash uchun Xalq bankining xizmat koʻrsatuvchi boʻlinmalariga (filiallariga) taqdim etishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Vedomostlar oyning oxirgi ish kunida yopiladi, tayinlangan, ammo oʻz vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordam muhtoj oilaning nomiga ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi va uning birinchi talabiga binoan toʻlanadi. Yopilgan vedomostning uchinchi nusxasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi. Toʻlov bir marta beriladigan moddiy yordam oluvchi muhtoj oilaning doimiy yashash joyidagi Xalq banki boʻlinmalari (filiallari) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlarini tumanlar (shaharlar) oʻrtasida taqsimlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi moliya boshqarmasi tomonidan har bir tuman (shahar) hududida yashovchi oilalarning muhtojligidan, ushbu muhtoj oilalarning tarkibi va oldingi davrlarda ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirish (foydalanish) darajasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Nazarda tutilgan budjet mablagʻlarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida taqsimlash tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan ehtiyojmand oilalar sonini hisobga olgan holda, moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan har oyda ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha, muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida hisobot tuziladi hamda u hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha boʻlgan muddatda moliya boʻlimlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Moliya boʻlimlari hisobot oyidan keyingi joriy oyning 15-kunigacha hisobotlarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻyicha tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Xorazm viloyati hokimligining moliya boshqarmasiga taqdim etadilar, ular oyning 20-kunigacha hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Bir yil mobaynida oluvchilar tomonidan talab qilib olinmagan bir marta beriladigan moddiy yordam mablagʻlari keyinchalik Yagona gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hisob raqamlarida tiklanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ajratiladigan budjet mablagʻlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilishini hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini rejali tekshiruvlari davomida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashning asoslanganligini nazorat qilish moliya boʻlimi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Shaxsiy javobgarlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash uchun budjet mablagʻlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga toʻliq va oʻz vaqtida ajratilishi yuzasidan — tuman (shahar) moliya boʻlimi rahbari zimmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlashning amaldagi tartibi bajarilishini taʼminlash va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi yuzasidan — Komissiya raisi zimmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibiga rioya etilishi nazoratini taʼminlash yuzasidan — tuman (shahar) moliya boʻlimi xodimi zimmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi maxsus hisob raqamlaridan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlash yuzasidan — Xalq bankining tuman (shahar) boʻlinmasi (filiali) rahbari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

* Bir martalik moddiy yordamni olgan muhtoj oilalar ularga moddiy yordam toʻlangandan keyin bir yil oʻtgandan soʻng bir martalik moddiy yordamni olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisiga _____________________________________________ (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nomi) _____________________________ tuman _____________________________ viloyat __________________________________ __________________________________ ____________________manzilda yashovchi _________________________________dan (arizachining F.I.O.)
Bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisida ARIZA
Sizdan oilamga (menga) bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishingizni soʻrayman. Mening oilam (men) bir marta beriladigan moddiy yordamga quyidagi sababga koʻra muhtoj(man):
____________________________________________________________________________________________ (murojaat sababi koʻrsatiladi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhtoj oilada murakkab hayotiy vaziyat mavjudligini tasdiqlovchi Dalolatnoma
____________________________________________________________________tarkibidagi Komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil “___” ____________dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) asosan _______________________________________________________ manzilda yashovchi ___________________ oila(fuqaro)_________________________________________________________ning
(arizachining F.I.O.)
murakkab hayotiy vaziyatining mavjudligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazildi va quyidagilar aniqlandi:
1. Fuqaro _________________________ ning oilasi ____nafardan iborat, shundan: - 14 yoshgacha boʻlgan bolalar — ____ nafar, ulardan____ nafari nogiron; - 14 yoshdan katta bolalar — ____ nafar, ulardan____ nafari nogiron; - oilaning mehnatga layoqatli, balogʻatga yetgan aʼzolari — ____ nafar, ulardan: - ____ nafari ish bilan band; - doimiy ish joyiga ega boʻlmaganlar ____ nafar; - ishsiz deb roʻyxatga olinganlar ____ nafar; - pensionerlar — ____ nafar, ulardan ___ nafari I va II guruh nogironi. Oila(fuqaro) quyidagi toifaga kiradi: ___________________________________________________________________________________________
(Nizomning 7-bandidagi toifalarning birini koʻrsatish lozim)
2. Nizomning 8-bandida belgilangan ogʻir vaziyat mavjud (yoki mavjud emas). ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
(vaziyatning qisqacha bayoni)
3. Qoʻshimcha maʼlumot: _________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
4. Oilaning moddiy taʼminlanganlik darajasi quyidagicha (keraklisini tagiga chizish kerak): “juda past”, “past”, “oʻrtacha”, “yuqori”.
Oila (fuqaro)ning moddiy taʼminlanganlik darajasini baholashning sababini hamda oila(fuqaro)da yuzaga kelgan murakkab hayotiy vaziyatni mustaqil hal eta olish imkoni bor(yoki yoʻq)ligini koʻrsatish: ___________________________________________________________________________________________, ___________________________________________________________________________________________,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha ___________-son BUYURTMANOMA 20____ yil “______” ______________
Boʻlinmaning nomi
____________________________________
Boʻlim va kichik boʻlim
____________________________________
Boshliq
____________________________________
Gʻaznachilik shaxsiy hisob-raqami
____________________________________
Oluvchining nomi
Gʻaznachilik hisob raqami
Maqsadli mablagʻlarning nomlanishi
Maqsadli mablagʻning ajratilishi uchun asos
Miqdori (soʻm)
Boʻlinma boshligʻi
_________________
____________________________________
(imzo)
F.I.O.
Boʻlim boshligʻi
_________________
____________________________________
(imzo)
F.I.O.
20___ yil “___” ________da soat “___” dan “___” daqiqa oʻtganda gʻaznachilik boʻlimining masʼul xodimi qabul qilib oldi.
_________________
____________________________________
(imzo)
F.I.O.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida HISOBOT
20___ yilning _________________ oyi uchun
tuman (shahar)
raisning F.I.O.
(fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nomi)
(tuman (shahar)nomi)
T/r
Koʻrsatkichlarning nomi
Oʻlchov birligi
Hisobot oyi uchun
Yil boshidan
1.
Moliya organlari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari miqdori
soʻm
2.
Vedomost boʻyicha tayinlangan bir marta beriladigan moddiy yordam miqdori
soʻm
3.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ushbu organi hududida yashovchi oila(fuqaro)lar soni
ta
x
4.
Koʻrib chiqilgan arizalar roʻyxati
ta
4.1
shundan: bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash boʻyicha rad etilgan arizalar soni
ta
5.
Bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlangan arizalar soni
ta
6.
Vedomost boʻyicha bir marta beriladigan moddiy yordam olayotgan oila(fuqaro)lar soni
ta
x
shu jumladan:
6.1
ogʻir kasallik sababli;
ta
x
6.2
yaqinlarining oʻlimi sababli;
ta
x
6.3
tabiiy ofat(favqulodda vaziyat)lar oqibatida jabr chekkanlar;
ta
x
6.4
boshqa holatlar oqibatida.
ta
x
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi
Tuman(shahar) hokimligi moliya boʻlimining xodimi
M. Oʻ.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 210-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)