18.01.2017 yildagi PQ-2731-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish boʻyicha investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Orolboʻyi mintaqasi aholisining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi ish joylarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash, shuningdek mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv taʼminoti tizimini rivojlantirish va aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasini oshirish, kanalizatsiya, sanitariya va maishiy chiqindilardan foydalanish tizimlarini yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqada sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish va aholi genofondini asrash tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqada yashovchi aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish, koʻp kvartirali uylarda uy ichi muhandislik kommunikatsiyalari va umumfoydalanadigan joylarni taʼmirlash, shuningdek bolalar va sport maydonchalarini barpo etgan holda uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqa aholi punktlarining transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, sugʻorish va tashqi yoritish tarmoqlarini takomillashtirish, Nukus va Urganch shaharlarining zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan holda issiqlik taʼminoti tizimlarini yaxshilash.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Chimboy tumanlarida, Xorazm viloyatining Yangiariq va Qoʻshkoʻpir tumanlarida joylashgan sanoat sohasida (avtomobillarga gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalaridan tashqari) yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar — 2027-yilning 1-yanvariga qadar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tumanlarida — 2022-yilning 1-yanvariga qadar muddatga yagona soliq toʻlovidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida joylashgan tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan va faqatgina ushbu tumanlarda foydalaniladigan maxsus texnika, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun 2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz qoʻllanilgan holda olib kiriladigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tovarlardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda (sotish, bepul berib yuborish yoki oʻzgaga berishning boshqa shakli), bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-oktabrdagi PQ-3970-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 07/18/3970/2049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2017-yilning 1-fevralidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan bolalarning maktabgacha taʼlim muassasalaridagi, ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi taʼminoti uchun, “Barkamol avlod” markazlaridagi, musiqa va sanʼat maktablaridagi mashgʻulotlar uchun ota-onalarning har oylik toʻlovi miqdorlari, shuningdek madaniyat markazlari toʻlov miqdorlari respublika boʻyicha belgilanganidan 2 baravar kam darajada oʻrnatilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 07/18/4068/2349-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2017-yilning 1-fevralidan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun temir yoʻl va aviayoʻlovchilar chiptalarini sotish maxsus imtiyozli tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan birgalikda bir oy muddatda yoʻlovchilarning tegishli toifalari uchun maxsus imtiyozli tariflarni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tashqi ishlar vazirligi Orolboʻyi mintaqasi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, yangi ish joylari yaratish, ekologik holatni yaxshilash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy donorlarning texnikaviy koʻmak mablagʻlari (grantlari)ni jalb etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 18-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2731-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Loyiha va chora-tadbirlarning nomlanishi

Bajarish muddati

Taxminiy sarf-xarajatlar (mlrd. soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Masʼullar

I. Yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqalarini kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish orqali 14,6 mingta, shu jumladan: sanoatda — 8,2 ming, xizmatlar va servisda — 3,8 ming, qishloq xoʻjaligida — 2,6 ming doimiy yangi ish oʻrinlarini yaratish.

Tijorat banklari tomonidan maqsadli mikrokreditlar berish orqali (1-ilova) shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikda 35 mingdan ziyod odamning bandligini taʼminlash.

Bunda Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak, Chimboy tumanlari aholisiga mikrokreditlarni yillik 6 foizdan ortiq boʻlmagan stavkada berishni nazarda tutish.

2017-yil

1 257,1





200,0

Tashabbuskorlarning mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari

2.

Xorazm viloyati mintaqalarini kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish orqali 17,4 mingta, shu jumladan: sanoatda — 7,4 ming, xizmatlar va servisda — 4,6 ming, qishloq xoʻjaligida — 5,4 ming doimiy yangi ish oʻrinlarini yaratish.

Tijorat banklari tomonidan maqsadli mikrokreditlar berish orqali (2-ilova) shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikda 30 mingdan ziyod odamning bandligini taʼminlash.

Bunda Qoʻshkoʻpir va Yangiariq tumanlari aholisiga mikrokreditlarni yillik 6 foizdan ortiq boʻlmagan stavkada berishni nazarda tutish.

2017-yil

1 284,6





180,0

Tashabbuskorlarning mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari

3.

Mintaqani rivojlantirish dasturlariga kiritilgan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha loyihalar tashabbuskorlari uchun foiz xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasidan ortiq qismini qoplab berishga subsidiyalar ajratish:

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, dorivor giyohlar va oʻsimliklar, mahalliy tabiiy mineral-xom ashyo resurslarini qayta ishlash asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish;

qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning yangi texnologiyalarini joriy etish, suvni tejovchi zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash asosida intensiv bogʻlar va zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari barpo etish, sovutkich quvvatlarini, zamonaviy chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklarini, goʻsht, sut, charm-terini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi qaroriga muvofiq

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Markaziy bank

4.

Nukus shahrida xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari, shuningdek,imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida Ishsiz fuqarolarni kasbiy oʻqitish markazini tashkil qilish.

2019 — 2020-yillar

21,0

Grant mablagʻlari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, OʻMKHTM, Moliya vazirligi, Iqtisodi?t vazirligi, Qoraqalpogʻiston Republikasi Vazirlar Kengashi

5.

Urganch shahrida Ishsizlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini tashkil qilish.

2018 — 2019-yillar

21,0

Koreya xalqaro hamkorlik agentligining grant mablagʻlari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis hududlari aholisini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratgan holda, har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining kamida 300 nafar ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish.

2017 — 2021-yillar

2,3

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

7.

Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish orqali har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining kamida 1200 nafar band boʻlmagan fuqarolarining bandligini taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

3,0

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

8.

Yopiq qoʻriqlanadigan hududga ega “Orol vohasi” yirik turistik majmuasini tashkil qilish.

2017 — 2020-yillar

10,0

Tashabbuskorlarning mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari, Grantlar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

9.

Orol dengizi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, “Sudochye” koʻli, Qoʻngʻirot davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi, “Qozoqdaryo” davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligiga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholini maksimal darajada jalb qilish orqali yangi yoʻnalishlar, turistlarni joylashtirish boʻyicha statsionar va doimiy manzilgohlar tashkil qilgan holda turistik infratuzilma obyektlarini yaratish.

2017 — 2020-yillar

10,0

Tashabbuskorlarning mablagʻlari va grantlar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Jami

2 989,0

x

x

II. Suv taʼminoti tizimini rivojlantirish va aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini oshirish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha:

Aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy suv taʼminotiga ulangan aholi ulushini hozirgi 50,8 foizdan 2021-yilda 74,0 foizga yetkazish (3-ilova)

2017 — 2021-yillar

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 782,9 km.lik suv quvuri va suv tarmogʻi, 44 dona suv chiqarish qudugʻi, 17 dona suv bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar qurish va rekonstruksiya qilish, 38 dona nasos inshootlarini oʻrnatish.

2017 — 2021-yillar

150,1

Davlat budjeti mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

11.

Nukus, Beruniy, Moʻynoq, Qoʻngʻirot va Qoraoʻzak tumanlarining suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, “2-Tuyamoʻyin” tepaligining stansiyalarini modernizatsiya qilish.

2017 — 2021-yillar

362,7

OTB mablagʻlari

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

12.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis va yetib borish qiyin boʻlgan qishloq hududlari (Taxtakoʻpir tumanining “Mulk” va “Qoʻngʻirotkoʻl”, Qoraoʻzak tumanining “Algabas”, Kegeyli tumanining “Jalpaqjap” va “Aktuba”, Chimboy tumanining “Koʻk suv”, “Kosterek”, “Kamsariq”, Ellikqalʼa tumanining “Qizilqum” qishlogʻi)da yashovchi aholiga suvni tuzsizlantiruvchi uskunalar yetkazib berish.

2020–2021-yillar

0,1

Davlat budjeti mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tijorat banklari

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yiliga 2,7 mln. litr butilkali suv ishlab chiqarish quvvatiga ega 5 ta zavod tashkil qilish.

2017 — 2019-yillar

2,09

Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

“Oʻzoziqovqatxolding” XK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tijorat banklari

Xorazm viloyati boʻyicha.

Aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy suv taʼminotiga ulangan aholi ulushini hozirgi 52,1 foizdan 2021-yilda 77,4 foizga yetkazish (4-ilova)

14.

Xorazm viloyatida 752,5 km.lik suv tarmogʻi, 24 dona rezervuar qurish va rekonstruksiya qilish, 15 dona nasos inshootlarini oʻrnatish.

2017 — 2021-yillar

111,2

Davlat budjeti mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

15.

Xorazm viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumani aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Pitnak shahridagi suv tozalash inshootlarini qayta taʼmirlash.

2019 — 2022-yillar

105,4

Xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo v?zirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

16.

Urganch shahrida kichik tuzsizlantiruvchi qurilmalar ishlab chiqarishni tashkil etish.

2017 — 2020-yillar

30,0

Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, tijorat banklari

17.

Xorazm viloyatining olis va yetib borish qiyin boʻlgan qishloq hududlari (Shovot tumanining “Kangli”, Yangiariq tumanining “Qoʻriqtom” va “Chiqirchi”, Yangibozor tumanining “Chubalanchi”, “Jayxun”, “Oyoqdurman”, Gurlan tumanining “Eshinjiron”, “Vazir”, “Dehqonobod”, “Oʻzbekiston”, Xonqa tumanining “Katta Jirmiz” hamda “Tuproqqalʼa”, “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva”, “Xonqa”, “Sarimoy”, “Yangibozor”,“Nukus” qishloqlari)da yashovchi aholiga suvni tuzsizlantiruvchi uskunalar yetkazib berish.

2020-2021-yillar

0,16

Davlat budjeti mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tijorat banklari

18.

Xorazm viloyatida yiliga 3,2 mln. litr butilkali suv ishlab chiqarish quvvatiga ega 8 ta zavod tashkil qilish.

2017 — 2019-yillar

6,4

Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

“Oʻzoziqovqatxolding” XK, Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari

Jami

768,15

X

x

III. Sanitariya va maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

19.

Nukus va Taxiatosh shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish.

2017 — 2020-yillar

186,0

XRA mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

20.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻston va Beruniy shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish.

2025 — 2028-yillar

81,84

Aniqlanmoqda

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

21.

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha texnologiyalarni, shu jumladan Nukus shahrida joriy etish.

2019-yil

2,79

Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, tijorat banklari

22.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 15 ta poligonni jihozlash, 26 ta maxsus texnika va 16 ta qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uskunalari bilan taʼminlash.

2017-yil

15,3

Mahalliy budjetlar mablagʻlari

Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Xorazm viloyati

23.

Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish.

2019 — 2025-yillar

230,95

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

24.

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha texnologiyalarni, shu jumladan Urganch shahrida joriy etish.

2019-yil

1,17

Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlatqoʻmitasi, tijorat banklari

25.

Xorazm viloyatida 10 ta poligonni jihozlash, 15 ta maxsus texnika va 10 ta qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uskunalari bilan taʼminlash.

2017-yil

8,7

Mahalliy budjetlar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, tijorat banklari

Jami

526,75

x

X

IV. Aholining turmush sifati va sharoitlarini yaxshilash, transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish

26.

Zamonaviy arxitektura-obodonlashtirish talablarini, xususan, dahalarning ichki koʻchalarini, maydonlar va bulvarlarni, xiyobonlarni taʼmirlash, sugʻorish va tashqi yoritish tizimlarini takomillashtirishni inobatga olgan holda, aholi punktlari, Nukus va Urganch shaharlari, shuningdek,Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining tuman markazlarini obodonlashtirish boʻyicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

Har yili
10-yanvarga qadar

Hisob-kitoblar asosida, ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat budjeti mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

27.

Nukus va Urganch shaharlari, tuman markazlari uy-joy fondining koʻp kvartirali uylarida ichki muhandislik tarmoqlarini va umumiy foydalanishdagi joylarni taʼmirlash boʻyicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

Har yili
1-fevralga qadar

Hisob-kitoblar asosida, ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat budjeti, uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

28.

2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish boʻyicha davlat dasturi doirasida 2017-yilda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida avval tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida 135 ta uy-joylar va yangilangan loyihalar asosida 437 ta arzon uylar qurish;

Xorazm viloyatida avval tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida 300 ta uy-joylar va yangilangan loyihalar asosida 402 ta arzon uylar qurish.

2017 — 2021-yillar





124,5


145,2

“Qishloqqurilishbank” ATB va ishtirok etuvchi tijorat banklari, aholining oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

“Qishloqqurilishbank” ATB, “Ipoteka bank” va tijorat banklari

29.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2660-son qaroriga muvofiq:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 7 ta yangi 5 qavatli 315 xonadonga moʻljallangan koʻpkvartirali uy-joy qurish;

Xorazm viloyatida 5 ta yangi 5 qavatli 225 xonadonga moʻljallangan koʻpkvartirali uy-joy qurish.

2017-yil


 


30,6



21,9

Aholining oʻz mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi,

ishtirok etuvchi tijorat banklari

30.

2017-2018-yillarda hududiy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish dasturi doirasida shaharlar, tuman markazlari, shahar posyolkalaridagi koʻchalarda, shuningdek,qishloq aholi punktlaridagi xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllari va koʻchalarda kapital va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, shu jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida;

Xorazm viloyatida.

2017 — 2018-yillar




 


44,8
36,3

Davlat budjeti

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

31.

Umumiy qiymati 274,2 mln. dollar boʻlgan Taxiatosh IES — “Xorazm” PS — Sarimoy aholi yashash punkti (Xorazm viloyati) yoʻnalishida 220 kV kuchlanishli elektr liniyasini qurish va uni 2019-yilda ishga tushirish.

2016 — 2019-yillar

824,4

Davlat budjeti, “Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari kreditlari

“Oʻzbekenergo” AJ

32.

74 ta avtovokzallar qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga yoʻlovchi tashuvchi avtobus yoʻnalishlari tarmogʻini kengaytirish, shu jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 ta;

Xorazm viloyatida 4 ta.

2017 — 2021-yillar


 

6,5

7,7

Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

33.

0,4-6-10 kV kuchlanishli umumiy uzunligi 34023,1 km boʻlgan elektr liniyalarini, shuningdek,6931 ta transformator podstansiyalarini rivojlantirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, shu jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha: 1054,0 km elektr liniyasi va 297 ta TP (shundan, 197,5 km liniya va 83 ta TP yangi quriladi, 856,6 km liniya va 214 ta TP rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi);

Xorazm viloyati boʻyicha: 1488,6 km elektr liniyasi va 414 ta TP (shundan, 101,4 km liniya va 96 ta TP yangi quriladi, 1384,2 km liniya va 318 ta TP rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi).

2017 — 2021-yillar




 

86,5

121,9

“Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ, tijorat banklari

34.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida tabiiy gaz hisobining avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish.

2020 — 2022-yillar

731,6

Tashabbuskorlarning mablagʻlari, Jahon banki kreditlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

Jami

2 181,9

x

X

V. Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish

36.

2017-yildan boshlab kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam uchun ajratilayotgan mablagʻlarni oʻrtacha 1,2-1,5 baravar oshirish orqali oilalarni ijtimoiy himoya bilan qamrab olishni Qoraqalpogʻiston Respublikasida 19 mingga, Xorazm viloyatida esa 13 mingga kengaytirish.

2017-yildan boshlab

50,7

Davlat budjeti

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

37.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi jami pensionerlar sonining 10 foizi hisobida keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari orasidan kam taʼminlangan fuqarolarni “Nuroniy” jamgʻarmasi orqali qishki kiyim bilan taʼminlash.

2017-yil

3,6

Davlat budjeti

Moliya vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi

Jami

56,7

x

X

VI. Sogʻliqni saqlash va aholi genofondini asrash

38.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini uy sharoitida fortifikatsiyalash uchun yiliga 44,9 mln paket “Springls” ovqatga multivitamin qoʻshimchalarini joriy qilish hamda SHTB/TTB va QVP tomonidan 374,1 ming nafar bola uchun onalarga yiliga 240 paketdan ajratib berish.

2017 — 2021-yillar

16,5

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

39.

Boʻlajak onalarning sogʻligʻini va homilaning normal rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida 40 ming nafar, Xorazm viloyatida 38 ming nafar homilador ayolni tarkibida majburiy ravishda yod va temir moddasi boʻlgan vitamin-mineral komplekslar bilan har yili taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

19,4

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

40.

2016 — 2020-yillarda Oʻzbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi doirasida majburiy ravishda barcha chaqaloqlarni “Vitamin K” va chala tugʻilgan chaqaloqlarni “Surfakant” preparati bilan taʼminlash orqali ularda tegishlicha bolalar insulti va oʻpka rivojlanmasligining oldini olish, shuningdek, chala tugʻilgan chaqaloqlarda koʻzi ojizlikni erta aniqlash, chaqaloqlar jarrohligi, xotin-qizlar va bolalar minimal invaziv jarrohligini, bolalar kardiojarrohligiga boʻlgan ehtiyojni toʻliq taʼminlagan holda, jarrohlik boʻlimlarini yanada rivojlantirish.

2017 — 2020-yillar

46,0

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

41.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida (Taxtakoʻpir, Moʻynoq, Shumanay, Qoʻngʻirot, Chimboy tumanlarida) qishloq vrachlik punktlari yonida umumiy amaliyot shifokorlari uchun 17 ta uy-joylar (2 xonali) qurish.

2017 — 2021-yillar

8,3

Davlat budjeti

Moliya vazirligi, “Qishloqqurilishinvest” IK MCHJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tijorat banklari

42.

Xorazm viloyatida (Hazorasp, Xonqa, Qoʻshkoʻpir, Gurlan, Bogʻot, Shovot tumanlarida va Pitnak shahrida) qishloq vrachlik punktlari yonida umumiy amaliyot shifokorlari uchun 11 ta uy-joylar (2 xonali) qurish.

2017 — 2021-yillar

5,4

Davlat budjeti

Moliya vazirligi, “Qishloqqurilishinvest” IK MCHJ, Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari

43.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq vrachlik punktlari qoshida 7 ta “tez tibbiy yordam” podstansiyasini tashkil qilish.

2017-yil birinchi yarim yillikda

0,03

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

44.

Xorazm viloyatida qishloq vrachlik punktlari qoshida 19 ta “tez tibbiy yordam” podstansiyasini tashkil qilish.

2017-yil birinchi yarim yillikda

0,08

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

45.

Diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy metodlari asosida tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasida 35 ming, Xorazm viloyatida 34 ming nafar keksalarni koʻrikdan oʻtkazish.

2017 — 2021-yillar

0,4

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

46.

Orolboʻyi mintaqasiga respublika ixtisoslashgan markazlarining mutaxassislari brigadalaridan iborat “Salomatlik” poyezdlarining qatnovini davom ettirish (yilda bir marta) orqali kasalliklarning oldini olish boʻyicha profilaktika ishlarini kengaytirish, ularni oʻz vaqtida davolashni tashkil qilish.

2017 — 2021-yillar

1,5

“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi va grantlar

“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, “Oʻzbekiston temir yullari” AJ

47.

Bolalardagi nazorat qilinadigan yuqumli kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, shu jumladan:

2017-yildan boshlab bolalarni emlashning milliy taqvimiga yangi inaktiv poliomelit vaksinani kiritish; bolalar orasida sil kasalligiga chalinishni barvaqt aniqlash uchun ftiziatriya xizmatini tuberkulin-diagnostikum va diaksin-testlar bilan markazlashgan tartibda taʼminlash.

2017 — 2020-yillar


 

15,1



20,6

Davlat budjeti va grantlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

48.

2017 — 2020-yillarga moʻljallangan tibbiyot muassasalarini (TTB va oilaviy poliklinikalar) qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash dasturi ijrosini Qoraqalpogʻiston Respublikasida (10 ta muassasa) va Xorazm viloyatida (6 ta muassasa) 2017 — 2019-yillarda jadallashtirish.

2017 — 2019-yillar

60,0

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

49.

Taxminan 70 ming nafar 70 yoshdan oshgan keksa fuqarolarni har yili Kalsiy + DZ vitamin preparati bilan bepul asosda taʼminlash.

Har yili

6,8

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

50.

Xorazm viloyatida keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylarini sogʻlomlashtirish va dam olishi uchun sanatoriy qurish.

2018-yil

6,0

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

Jami

206,08

x

x

VII. Taʼlim tizimi, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish

51.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan quyidagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorini ikki baravar kamaytirish:

maktabgacha taʼlim muassasalarida;

bolalar musiqa va sanʼat maktablarida;

ayrim fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan maxsus maktab-internatlarda;

“Barkamol avlod” bolalar markazlarida;

aholining madaniyat va dam olish maskanlarida.

Har yili

18,2

Davlat budjeti

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi

52.

2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga qabulni qayta tiklash.

2017-yil

0,53

Ixtisoslashtirilgan jamgʻarmalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

53.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 270 ta qoʻshimcha guruhlar tashkil etgan holda, 146 ta maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash.

2017 — 2021-yillar

139,9

Davlat budjeti

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

54.

Xorazm viloyatida 103 ta maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash.

2017 — 2021-yillar

111,9

Davlat budjeti

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

55.

Kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan maktab oʻquvchilarini qishki kiyim komplektlari bilan taʼminlash uchun ularning qamrovini 2 baravar oshirish

Har yili

5,1

Davlat budjeti

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi

56.

2017-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 23 ta maktab, 6 ta kasb-hunar kolleji va 1 ta akademik litseyni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash.

2017-yil

23,3

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

57.

2017-yilda Xorazm viloyatida 9 ta kasb-hunar kollejini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash.

2017-yil

26,4

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

58.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 ta, Xorazm viloyatida 6 ta musiqa va sanʼat maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash.

2017 — 2020-yillar

28,0

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi

59.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (11 ta obyekt) va Xorazm viloyati (8 obyekt)dagi har bir tumanda yopiq suzish basseynini barpo etish.

2017 — 2019-yillar

53,2

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

60.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 87 ta aholining madaniyat va istirohat markazlarini qurish va rekonstruksiya qilishni taʼminlash.

2017 — 2019-yillar

95,7

Davlat budjetining “Madaniyat” sohasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlari

Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

61.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 2 ta davlat teatrlarini kapital taʼmirlash

2017 — 2019-yillar

11,7

Davlat budjetining “Madaniyat” sohasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlari

Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

Jami

513,93

X

x

VIII. Choʻllanishga qarshi kurashish va suv resurslarini boshqarish

62.

Orol dengizining qurigan hududida 20 ming gektar maydonda daraxtzorlar barpo etish.

2017 — 2019-yillar

23,2

Grantlar

Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi (GEF, MFSA), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

63.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida va Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida daraxtlar choʻl navlarining koʻchat-urugʻchilik seleksiya bazasini tashkil qilish.

2017 — 2019-yillar

8,4

Grantlar

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi

64.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 126,3 km xoʻjaliklararo va tumanlararo kollektorlarni, gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish.

2017-yil

18,8

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Melioratsiya jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

65.

Xorazm viloyatida 20,1 km magistral kollektorlarni, 2 ta meliorativ nasos stansiyalarini, 9 ta gidrotexnik inshootni qurish va rekonstruksiya qilish.

2017-yil

19,3

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Melioratsiya jamgʻarmasi, Xorazm viloyati hokimligi

66.

Boʻston kanali, Tuyamoʻyin Oʻngqirgʻoq kanali, Paxta-Arna kanali va xoʻjaliklararo kanallarni qurish va rekonstruksiya qilish orqali Janubiy Qoraqalpogʻistonda 100 ming gektar maydonda, shu jumladan Beruniy (34,0 ming gektar), Toʻrtkoʻl (32,8 ming gektar) va Ellikqalʼa (33,2 ming gektar) tumanlaridagi sugʻoriladigan yerlarda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash.

2017 — 2021-yillar

1 046,1

Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari kreditlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

67.

Chorvachilik, parrandachilik, intensiv bogʻdorchilik va uzumchilik, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, energiya samarador issiqxonalar va sovutkich kameralar tashkil qilish, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalarini va qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlovchi uskunalar sotib olish uchun kreditlar berish orqali, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻl?ri hisobiga moliyalashtiriladigan Iqlim oʻzgarishiga moslashish va Orol dengizi havzasi uchun uning oqibatlarini yumshatish dasturini amalga oshirish.

2016 — 2021-yillar

64,2

Davlat budjeti, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari kreditlari

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU)

Jami

1 180,0

X

X

Umumiy

8 422,51

x

x

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida 2017-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha doimiy ish oʻrinlarini yaratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatkichlar

Jami

Shu jumladan:

Nukus shahri

Amudaryo tumani

Beruniy tumani

Kegeyli tumani

Moʻynoq tumani

Nukus tumani

Taxtakoʻpir tumani

Toʻrtkoʻl tumani

Xoʻjayli tumani

Chimboy tumani

Shumanay tumani

Ellikqalʼa tumani

Qonlikoʻl tumani

Qoraoʻzak tumani

Qoʻngʻirot tumani

Jami yaratiladigan ish oʻrinlari

50074

7304

4820

4468

2594

816

1 631

1471

5 577

4 808

3 201

1866

4103

2 189

2 033

3 193

I.

Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida yaratiladigan ish oʻrinlari

14 576

1 661

1 083

902

916

208

704

684

1559

1 036

964

776

1 151

1217

1 010

705

Shu jumladan:

1.

sanoat salohiyatini va mineral-xomashyo resurslarini qayta ishlashni rivojlantirish hisobiga

8 180

846

526

393

641

117

352

340

819

522

582

447

548

948

714

385

2.

xizmatlar sohasini rivojlantirish va xizmatlarning yangi turlarini joriy qilish hisobiga

3 840

622

268

362

141

48

217

200

398

338

273

159

259

175

193

187

3.

qishloq xoʻjaligining barcha turlarini (bogʻdorchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqalar) rivojlantirish hisobiga

2 556

193

289

147

134

43

135

144

342

176

109

170

344

94

103

133

Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati, mlrd sm.

1 257,1

315,9

48,5

158,0

61,6

10,6

45,8

37,3

130,0

58,7

70,1

44,6

69,5

63,1

113,2

30,1

shu jumladan:

1.

ijrochilarning oʻz mablagʻlari, mlrd sm.

358,8

69,9

11,3

36,6

12,4

5,7

8,7

15,2

39,6

24,9

25,0

12,7

24,4

25,1

39,9

7,4

2.

tijorat banklarining kreditlari, mlrd sm.

581,3

144,1

21,2

20,5

49,3

4,9

16,0

19,6

69,8

4,0

45,0

31,9

39,6

32,9

71,5

11,1

3.

tijorat banklarining investitsiyalari, mlrd sm.

197,4

78,7

16,1

12,0

21,1

20,6

29,8

5,6

1,8

11,7

4.

xorijiy investitsiyalar,
mln doll.

33,7

6,5

25,0

0,7

1,5

II.

Mikrokreditlar berish hisobiga aholining shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida, hunarmandchilikda va oilaviy tadbirkorlikda bandligini taʼminlash

35 498

5 643

3 737

3 566

1678

608

927

787

4 018

3 772

2 237

1 090

2 952

972

1023

2 488

Ajratiladigan mikrokreditlarning jami summasi, mlrd sm.

200,0

31,8

21,1

20,1

9,5

3,4

5,2

4,4

22,6

21,3

12,6

6,1

16,6

5,5

5,8

14,0

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida 2017-yilda Xorazm viloyati boʻyicha doimiy ish oʻrinlarini yaratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatkichlar

Jami

Shu jumladan:

Urganch shahri

Bogʻot tumani

Gurlan tumani

Qoʻshkoʻpir tumani

Urganch tumani

Hazorasp tumani

Xonqa tumani

Xiva tumani

Shovot tumani

Yangiariq tumani

Yangibozor tumani

Jami yaratiladigan ish oʻrinlari

47 451

6 006

3 705

3 294

4 403

5 001

5 310

3 592

4 994

4 782

2 823

3 541

I.

Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida yaratiladigan ish oʻrinlari

17445

2850

1179

1053

1505

2232

1371

898

1451

1935

1026

1 945

Shu jumladan:

1.

sanoat salohiyatini va mineral-xomashyo resurslarini qayta ishlashni rivojlantirish hisobiga

7 445

1 828

344

403

541

508

661

326

731

1 554

241

308

2.

xizmatlar sohasini rivojlantirish va xizmatlarning yangi turlarini joriy qilish hisobiga

4 564

960

396

335

454

370

440

272

429

164

480

264

3.

qishloq xoʻjaligining barcha turlarini (bogʻdorchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqalar) rivojlantirish hisobiga

5 436

62

439

315

510

1 354

270

300

291

217

305

1 373

Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati, mlrd soʻm.

1 284,6

281,0

127,9

36,0

103,1

142,9

107,6

87,2

122,9

180,3

60,1

35,6

shu jumladan:

1.

ijrochilarning oʻz mablagʻlari, mlrd soʻm.

437,4

80,3

32,1

18,4

33,7

57,0

24,1

42,5

56,2

45,6

22,4

25,2

2.

tijorat banklarining kreditlari, mlrd soʻm.

567,0

155,7

91,3

16,6

43,0

73,0

23,3

31,9

63,2

22,9

35,7

10,4

3.

tijorat banklarining investitsiyalari, mlrd soʻm.

171,6

45,0

4,5

1,0

26,4

13,0

60,2

12,8

3,5

5,2

4.

xorijiy investitsiyalar,
mln doll.

30,0

30,0

II.

Mikrokreditlar berish hisobiga aholining shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida, hunarmandchilikda va oilaviy tadbirkorlikda bandligini taʼminlash

30 006

3 156

2 526

2 241

2 898

2 769

3 939

2 694

3 543

2 847

1 797

1 596

Ajratiladigan mikrokreditlarning jami summasi, mlrd soʻm.

180,0

18,9

15,2

13,4

17,4

16,6

23,6

16,2

21,3

17,1

10,8

9,6

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2017 — 2021-yillarda aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini yaxshilash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI PARAMETRLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

ming kishi

T/r

Hududlar nomlanishi

2016-yilda markazlashtirilgan suv taʼminoti orqali yetkazib berilgan

2021-yilda markazlashtirilgan suv taʼminoti orqali yetkazib beriladi

Shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish orqali:

aholi, ming kishi

umumiy aholiga nisbatan ulushi, foiz hisobida

aholi, ming kishi

umumiy aholiga nisbatan ulushi, foiz hisobida

markazlashtirilgansuv taʼminoti tizimlarini qayta tiklash

suv keltirib ishlatadigan aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv taʼminotiga ulash

muqobil manbalarni (kachalkalar, quduqlar, ariqlar) ishlatadigan aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv taʼminotiga ulash

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

909,3

50,8

1 324,9

74,0

234,2

11,5

169,9

1.

Amudaryo tumani

41,7

22,5

91,9

49,5

26,9

1,8

21,5

2.

Beruniy tumani

57,8

32,6

106,7

60,2

27,0

0,3

21,6

3.

Qonlikoʻl tumani

28,0

58,0

42,5

87,9

7,4

1,1

5,9

4.

Qoraoʻzak tumani

17,8

35,0

30,9

60,8

6,9

0,7

5,5

5.

Kegeyli tumani

35,4

40,8

60,9

70,0

13,5

1,1

10,8

6.

Qoʻngʻirot tumani

76,6

62,0

92,8

75,1

8,8

0,3

7,0

7.

Moʻynoq tumani

10,5

34,7

17,9

59,3

3,7

0,8

2,9

8.

Nukus tumani

20,0

43,4

34,7

75,3

7,7

0,9

6,2

9.

Taxtakoʻpir tumani

22,5

57,5

32,0

81,8

5,2

0,2

4,1

10.

Toʻrtkoʻl tumani

76,3

38,2

130,8

65,5

29,8

0,9

23,8

11.

Xoʻjayli tumani

127,7

68,1

167,5

89,4

21,6

0,8

17,3

12.

Chimboy tumani

45,8

41,2

80,0

72,0

18,5

0,9

14,8

13.

Shumanay tumani

21,4

39,5

37,0

68,2

8,2

0,7

6,6

14.

Ellikqalʼa tumani

45,6

31,1

95,5

65,1

27,3

0,8

21,8

15.

Nukus shahri

282,0

92,8

303,8

100,0

21,8

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturiga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm viloyatida 2017 — 2021-yillarda aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini yaxshilash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI PARAMETRLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

ming kishi

T/r

Hududlar nomlanishi

2016-yilda markazlashtirilgan suv taʼminoti orqali yetkazib berilgan

2021-yilda markazlashtirilgan suv taʼminoti orqali yetkazib beriladi

Shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish orqali:

aholi, ming kishi

umumiy aholiga nisbatan ulushi, foiz hisobida

aholi, ming kishi

umumiy aholiga nisbatan ulushi, foiz hisobida

markazlashtirilgansuv taʼminoti tizimlarini qayta tiklash

suv keltirib ishlatadigan aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv taʼminotiga ulash

muqobil manbalarni (kachalkalar, quduqlar, ariqlar) ishlatadigan aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv taʼminotiga ulash

Xorazm viloyati

909,9

52,1

1352,8

77,4

232,6

49,7

160,7

1.

Urganch shahri

115,7

83,4

137,8

99,4

22,1

2.

Bogʻot tumani

65,3

42,7

112,8

73,8

16,3

31,2

3.

Gurlan tumani

64,3

46,2

124,5

89,6

16,1

37,0

7,2

4.

Qoʻshkoʻpir tumani

68,6

42,9

100,4

62,7

17,2

14,6

5.

Hazorasp tumani

95,3

50,0

145,5

76,3

23,8

26,4

6.

Xonqa tumani

104,1

60,0

144,6

83,3

26,0

7,8

6,7

7.

Xiva tumani

115,4

52,1

168,9

76,2

28,9

24,6

8.

Urganch tumani

93,2

51,1

123,8

67,8

23,3

7,2

9.

Shovot tumani

87,6

55,6

125,0

79,3

32,2

5,2

10.

Yangiariq tumani

48,7

45,0

78,3

72,3

12,2

17,4

11.

Yangibozor tumani

37,0

45,4

59,7

73,4

9,2

13,5

12.

Pitnak shahri

14,7

36,0

31,5

77,0

5,3

4,8

6,7

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 4-son, 49-modda, 20-son, 354-modda, 35-son, 923-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 16.10.2018-y., 07/18/3970/2049-son, 20.12.2018-y., 07/18/4068/2349-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)