Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 16.03.2017 yildagi PQ-2840-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek, hududlar iqtisodiy kompleksi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari tashkil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklarni, hududlarning zaxiralarini hamda ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatlarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakat va hududlarni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategik ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlarning sanoat potensialini jadal rivojlantirish borasida tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda dasturiy chora-tadbirlarni, hududlarni kompleks rivojlantirish, hududning iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirishning qisqa muddatli va o‘rta muddatli prognozlari hamda dasturlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy investitsiya dasturlari tayyorlanishini ta’minlash va uning amalga oshirilishini monitoring qilish, yangi ishlab chiqarishlarni qurish, ularni o‘z vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalash, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirishning tasdiqlangan o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik, yo‘l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suvi va sanitar tozalash tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi tarkibiy o‘zgartirishlar, qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash masalalarini teran tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududdagi demografik jarayonlarni hamda jins va yoshiga oid tarkibini, aholi bandligi darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shu asosda ishsiz aholini, ayniqsa yoshlarni ishlab chiqaruvchi kuchlarni optimal joylashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga ish bilan ta’minlash yuzasidan takliflar tayyorlash, aholining turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ularga tibbiy, ta’lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni kompleks rivojlantirishning qisqa muddatli va o‘rta muddatli dasturlarini ishlab chiqishda vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari barcha hududiy bo‘linmalarining faoliyati va o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va monitoring qilish masalalari yuzasidan ishlar samaradorligini oshirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasiga qo‘shimcha 12 ta shtat birligi ajratilsin va ushbu bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysundirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vazirini lavozimga tayinlash va undan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va undan ozod qilish tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va undan ozod qilish tegishli tuman va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalarining boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasi, viloyatlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari hamda Toshkent shahar Iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasining tuzilmasi 1-, 1a va 1b-ilovalariga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari xodimlarining cheklangan soni 2- va 2a-ilovalariga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash razryadlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-sonli qarorining 1-bandida o‘rnatilgan tartibda joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi to‘g‘risidagi nizomni, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, tuman hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan avval Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklariga berilgan zarur uskunalar, avtotransport vositalari va mebellar viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalariga, tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga topshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari joylashtirilishini, ular zarur uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel, aloqa vositalari bilan jihozlanishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlarining joriy ta’minoti va ular faoliyatini moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 4-ilovaga* muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 16-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2840-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 13-son, 199-modda)