Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli “Turizm va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek turizm sohasi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida faol targʻibot qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda bir oy muddatda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni qoʻllab yuritishni koʻzda tutuvchi turistik (mehmonxona) yigʻim tushumini nazorat qilish mexanizmini joriy qilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-oktabrdagi 288-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 10-son, 73-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-mart,
137-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablagʻlardan keyinchalik turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
3. Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmon uylari, oʻtovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari koʻrsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushumlar;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar;
turistik (mehmonxona) yigʻim oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun undirilgan penya.
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari Jamgʻarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etiladi.
5. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Qoʻmita tomonidan ochiladigan milliy va xorijiy valyutada jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda foydalaniladi.
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish;
turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;
turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy oʻquv markazlarida va taʼlim muassasalarida stajirovkalardan oʻtish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekistonning turizm salohiyatini chet el turizm bozorlarida targʻibot qilish boʻyicha tashkiliy va reklama-axborot tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan mahalliy va xorijiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida maqsadli reklamalar, maqolalar va boshqa materiallarni joylashtirish;
xorijiy turizm yarmarkalarida, koʻrgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YNVTO)ga aʼzolik badallari toʻlash;
Qoʻmita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yoʻli ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovgʻalar xarid qilish;
Qoʻmita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda toʻgʻridan toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlov;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni qaytarish.
Oldingi tahrirga qarang.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, aʼzolik badallarini toʻlash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq toʻlash uchun xorijiy valyutada mablagʻlar ajratish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 356-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 478-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qoʻmita raisi Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Qoʻmita raisi va bosh buxgalteri buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
11. Qoʻmita Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
12. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamida qoladi.
13. Qoʻmita raisi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javob beradi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, oʻtov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlarini koʻrsatadigan boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
turistik (mehmonxona) yigʻim — joylashtirish vositalari tomonidan xorijiy fuqarolar va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan eng kam oylik ish haqining oʻn foizi miqdorida ularning joylashtirish vositalarida yashagan har bir kuni uchun undiriladigan yigʻim. Toʻliq boʻlmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yigʻim toʻliq yashalgan kun miqdorida undiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻmita — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;
Jamgʻarma — Qoʻmita tomonidan, yuridik shaxs maqomisiz, xorijiy va milliy valyutada jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamlarini ochish orqali tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma maxsus hisob raqamlari — Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun Qoʻmita tomonidan ochiladigan xorijiy va milliy valyutadagi jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Joylashtirish vositalari:
faqat turistik (mehmonxona) yigʻimni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazish uchun foydalaniladigan, milliy valyutadagi maxsus hisob raqamlarni tijorat banklarida ochishga;
Keyingi tahrirga qarang.
mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish uchun turoperatorlik va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chogʻida tijorat banklarida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushadigan tushumlar oʻtkaziladigan milliy valyutadagi maxsus hisob raqamni shartnoma rekvizitlarida alohida koʻrsatishga;
Keyingi tahrirga qarang.
mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaxslarga toʻlov uchun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yashagan kunlari uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yigʻimning umumiy miqdorini koʻrsatgan holda mehmonxona xizmatlari koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura, bajarilgan ishlar va/yoki koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) berishga;
turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritishga;
Keyingi tahrirga qarang.
joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini qoʻllagan holda turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoʻmitaga oʻz vaqtida taqdim qilishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻmitaga taqdim qilingan maʼlumotlarga muvofiq, oʻtgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini, shu jumladan vaqtincha yashash muddatlari keyingi oyga oʻtadigan jismoniy shaxslar boʻyicha oʻtgan oydagi amaldagi yashash kunlari uchun toʻliq hajmda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga har joriy oyning 5-sanasigacha oʻtkazilishini taʼminlashga majburdirlar. Bunda koʻrsatilgan muddatga joylashtirish vositalari shaxsiy mablagʻlari hisobidan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini jismoniy shaxslardan toʻliq boʻlmagan hajmda (notoʻgʻri) undirish natijasida shakllangan qarzdorlikni toʻlab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomning mazkur bandida koʻrsatilgan majburiyatlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun masʼuliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoʻmita har oyning 10-kunigacha joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini qoʻllagan holda taqdim etilgan maʼlumotlar asosida joylashtirish vositalari turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻtkazishi lozim boʻlgan, amalda yashagan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi umumlashgan maʼlumotlarni shakllantiradi. Mazkur maʼlumot joylashtirish vositalari boʻyicha shakllantiriladi va Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlariga undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini toʻliq tushishini tekshirish uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori Jamgʻarma maxsus hisob raqamiga oʻz vaqtida yoki toʻliq oʻtkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yigʻim oʻtkazilmagan miqdorining 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qoʻmita Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlariga turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini toʻliq tushishini taʼminlash maqsadida, turistik (mehmonxona) yigʻim boʻyicha qarzdorlikni va Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilmagan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori uchun penyalarni undirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻradi.
8. Joylashtirish vositalari undiradigan va ularning maxsus hisob raqamiga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori joylashtirish vositasining tushumi (foydasi) hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 165-modda, 23-son, 478-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son; 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son; 08.03.2019-y., 09/19/198/2728-son, 04.05.2019-y., 09/19/372/3081-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)