02.12.2016 yildagi PF-4861-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogʻi sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, turizm tarmogʻini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targʻibot qilish, turizm sohasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar oʻrta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va oʻzaro bogʻliq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning yetakchi kuchiga aylanishi lozim boʻlgan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, tarkibiy oʻzgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy budjet daromadlarida turizmning ulushini koʻpaytirish, ish bilan bandlikni taʼminlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, turizmning rivojlanishidagi barcha toʻsiq va gʻovlarga barham berish, viza va roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini ragʻbatlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi boʻylab harakatlanishda, turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlar va ekskursantlarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, anʼanaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli turlarini — ziyorat qilish, ekologik, maʼrifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sogʻlomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini jadal rivojlantirish, bolalar, oʻsmirlar va yoshlar turizmini, oilaviy turizmni, keksalar uchun ijtimoiy turizmni rivojlantirish hisobiga turizmning ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish, hududlarda yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish, ularni pasportlashtirish, turizm yoʻnalishlari va turizm obyektlari boʻyicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO), xorijiy mamlakatlarning turizm boʻyicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlari — turizm xizmatlari mintaqaviy va jahon bozorlarining faol ishtirokchilari bilan hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekistonning turizm sohasida tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va bitimlardagi ishtiroki, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan turizm industriyasi obyektlarini — mehmonxonalarni va joylashtirishning shu kabi vositalarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini, transport-logistika tuzilmalarini, axborot markazlarini, madaniyat va sport muassasalarini jadal rivojlantirish, asosiy turizm yoʻnalishlari boʻyicha yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, yoʻlboʻyi infratuzilmasini jadal qurish va rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investorlarni keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro turizm rivojlanishi tendensiyalarini va zamonaviy marketing vositalari qoʻllanilishini hisobga olgan holda, raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targʻibot qilish boʻyicha strategiyani ishlab chiqish, qulay turizm axborot muhitini tashkil etish va rivojlantirish, keng reklama-axborot faoliyatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida turizm axborot markazlari va chet elda turizm vakolatxonalari ochish, Internet tarmogʻidan faol foydalanish, har yili Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini oʻtkazish yoʻli bilan turizm sohasida mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm tarmogʻi uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tugatilayotgan “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi zimmasiga quyidagi funksiyalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm turoperatorlik faoliyatini litsenziyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish boʻyicha milliy organi — “Oʻzstandart” agentligi bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikda turizm faoliyati subyektlari tomonidan koʻrsatiladigan turoperatorlik (turizm mahsulotlari) xizmatlari va mehmonxona xizmatlarini majburiy sertifikatlash, shu jumladan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi mehmonxonalarning (motellarning) tasnifini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlanadigan turizm xizmatlarining normativ hujjatlarda belgilangan majburiy talablar va standartlarga muvofiqligi boʻyicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlash tizimida akkreditatsiya qilingan turizm xizmatlarini sertifikatlash boʻyicha organlar ham turizm xizmatlarining ayrim turlarini sertifikatlash subyektlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu Farmonda belgilangan turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, oʻrta muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, 2017-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faqat turizm faoliyatini tashkillashtirishni taʼminlaydigan turizm korxonalari — turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi yuzasidan litsenziyalanadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olishda turizm xizmatlari sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursantlarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfsizlikni taʼminlash tizimining mavjudligi majburiy litsenziya talabi va sharti hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehmonxonalarda va joylashtirishning shu kabi vositalarida turizm xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziya mavjud boʻlishi boʻyicha talabni bekor qilgan holda, turizm faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan subyektlar — mehmonxonalar, motellar, kempinglar va joylashtirishning shu kabi vositalari tomonidan koʻrsatiladigan turizm xizmatlari majburiy sertifikatlanadi. Bunda 2018-yil 1-apreldan boshlab xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini ixtiyoriy sertifikatlash joriy etiladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2018-y., 06/18/5326/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidlar (ekskursiya yetakchilari), kuzatib boruvchi-yoʻriqchilarning xizmatlari jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan faqat ular oliy yoki oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim toʻgʻrisidagi diplom yoxud gidlar (ekskursiya yetakchilari) yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikati olgandan keyin amalga oshirilishi mumkin;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PF-5731-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm korxonalari turizm faoliyati subyektlari bilan faqat ularda muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda ular tomonidan xorijiy turistlarga turizm xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnomalar (bitimlar) tuzish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va viza tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55 yoshga toʻlgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi Vyetnamning fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilinsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-203-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2025-y., 06/25/203/1003-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyinchalik roʻyxati qayta koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan muayyan davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasining ular bilan ikki tomonlama munosabatlarining rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasida sodir boʻlayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda koʻrib chiqiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mehnat vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2017-yilning 1-yanvariga qadar muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha mamlakatlar uchun 30 kun muddatga beriladigan yagona turizm vizalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mutaxassislarning Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olish tartib-taomilini soddalashtirish hamda ularga jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yilning 1-yanvariga qadar muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro aeroportlarda va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida vizalar olish, shu jumladan tranzit vizalari olish tartibini sezilarli ravishda soddalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vizalarni rasmiylashtirish va berish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni, shu jumladan, Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga tashrif buyurmasdan viza olishga hujjatlarni topshirish va soʻrovnomalarni toʻldirishda “on-layn” tizimdan foydalanish, shuningdek 2021-yildan boshlab joriy etiladigan elektron vizalar tizimidan foydalanishni kengaytirish boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekistonning chet ellardagi elchixonalari huzuridagi savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilar zimmasiga milliy turizm mahsulotlarini targʻibot qilish va Oʻzbekiston Respublikasiga turistlar oqimi koʻpayishida koʻmaklashish majburiyatini yuklasinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari va Davlat bojxona qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarining xalqaro aeroportlarida respublikaga keluvchi (ketuvchi) xorijiy turistlar uchun “yashil yoʻlak” bojxona nazorati tizimini, pasport va bojxona nazoratidan oʻtishning, bagajni olishning, transport xizmati koʻrsatishning soddalashtirilgan tartib-taomilini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilning 1-yanvaridan respublika aeroportlari va vokzallarida xorijiy fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda pasport nazoratidan oʻtish jarayonini tezlashtirish maqsadida rezidentlar va norezidentlar tomonidan ushbu tartib-taomildan alohida-alohida oʻtishni tashkil etsinlar;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy turistlarni kutib oluvchi yoki kuzatuvchi turizm faoliyati subyektlari xodimlariga rejim va qoʻriqlash choralari talablariga rioya etgan holda belgilangan tartibda berilgan maxsus ruxsatnomalar boʻyicha aeroportlar va vokzallar binolariga kirish huquqini bersinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aeroportlarda va temir yoʻl vokzallarida qulay turizm axborot makonini, shu jumladan turizm-axborot punktlari faoliyatini, turizm navigatsiya tizimini, yoʻnalish olish belgilarini oʻrnatish va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etish va rivojlantirish hisobiga yoʻlovchilarga, shu jumladan bepul asosda koʻrsatiladigan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida yashovchilarni elektron shaklda Internet tarmogʻi orqali hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturini yaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab quyilsinki, turistlarni qabul qiladigan turizm operatorlari, shuningdek ularning xodimlari turistlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishiga doir tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar bundan mustasno.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tavsiya qiladigan turizm infratuzilmasi obyektlarining valyuta toʻlovlarini qabul qilish terminallari bilan jihozlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yuridik shaxslar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda sertifikatlangan kamida 4 yulduzli darajadagi mehmonxona va motellarni foydalanishga topshirilgan sanasidan boshlab ular yuridik shaxslarning foyda soligʻi, yer soligʻi va mol-mulk soligʻi, shuningdek yuridik shaxslarning yagona soliq toʻlovi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlarga koʻra mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xom ashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni (shujumladan mebel va inventar) olib kirish uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 06/19/5781/3567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan, turizm faoliyati subyektlari tomonidan turistlarni tashish uchun moʻljallangan, sigʻimi 9 kishidan ortiq boʻlgan yangi sotib olingan transport vositalarini 2022-yil 1-yanvarga qadar Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda avtotransport yigʻimi undirilmaydi.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-iyuldagi PF-447-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 2-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4861-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 49-son, 558-modda, 2017-y., 1-son, 3-modda, 19-son, 332-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2018-y., 06/18/5326/0657-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 05.10.2018-y., 06/18/5551/2195-son, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son, 15.08.2019-y., 06/19/5781/3567-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son; 03.11.2025-y., 06/25/203/1003-son)