1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli “Turizm va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek turizm sohasi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida faol targʻibot qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda bir oy muddatda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni qoʻllab yuritishni koʻzda tutuvchi turistik (mehmonxona) yigʻim tushumini nazorat qilish mexanizmini joriy qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-oktabrdagi 288-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 10-son, 73-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 15-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
137-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablagʻlardan keyinchalik turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmon uylari, oʻtovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari koʻrsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turistik (mehmonxona) yigʻim oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun undirilgan penya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari Jamgʻarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Qoʻmita tomonidan ochiladigan milliy va xorijiy valyutada jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy oʻquv markazlarida va taʼlim muassasalarida stajirovkalardan oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning turizm salohiyatini chet el turizm bozorlarida targʻibot qilish boʻyicha tashkiliy va reklama-axborot tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan mahalliy va xorijiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida maqsadli reklamalar, maqolalar va boshqa materiallarni joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy turizm yarmarkalarida, koʻrgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YNVTO)ga aʼzolik badallari toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yoʻli ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovgʻalar xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda toʻgʻridan toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni qaytarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, aʼzolik badallarini toʻlash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq toʻlash uchun xorijiy valyutada mablagʻlar ajratish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 356-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 478-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni ragʻbatlantirish, ushbu ragʻbatlantirish shartlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika hududida har chorakda quyidagi hisob raqamlarga mablagʻlar oʻtkazish orqali ilgari surish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga oʻtgan chorak yakunlari boʻyicha tushgan umumiy mablagʻlarning — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUKga — 20 foizi miqdorida,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga oʻtgan chorak mobaynida tegishli hududdagi joylashtirish vositalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolarning tunab qolish soniga mutanosib ravishda — 10 foiz miqdorida,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga qoʻshni davlatlar, MDHning boshqa davlatlari va uzoq xorij mamlakatlaridan oʻtgan yilning shu davriga nisbatan respublikaga kelgan xorijiy fuqarolar sonining oʻsishi asosida — 10 foizi miqdorida. Ajratmalar miqdori Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining qarori bilan ularning ish samaradorligiga qarab oʻzgartirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoʻmita raisi Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoʻmita raisi va bosh buxgalteri buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoʻmita Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoʻmita raisi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, oʻtov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlarini koʻrsatadigan boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turistik (mehmonxona) yigʻim — joylashtirish vositalari va davolash muassasalari 16 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq miqdorlarda ular yashagan har bir kun uchun undiradigan yigʻim. Toʻliq boʻlmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yigʻim toʻliq yashalgan kun miqdorida undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda turistik (mehmonxona) yigʻim, shuningdek:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati (turizm operatorlari) subyektlari tomonidan yashovchilardan ham undiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan toʻlanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma — Qoʻmita tomonidan, yuridik shaxs maqomisiz, xorijiy va milliy valyutada jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamlarini ochish orqali tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma maxsus hisob raqamlari — Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun Qoʻmita tomonidan ochiladigan xorijiy va milliy valyutadagi jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Joylashtirish vositalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faqat turistik (mehmonxona) yigʻimni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazish uchun foydalaniladigan, milliy valyutadagi maxsus hisob raqamlarni tijorat banklarida ochishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish uchun turoperatorlik va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chogʻida tijorat banklarida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushadigan tushumlar oʻtkaziladigan milliy valyutadagi maxsus hisob raqamni shartnoma rekvizitlarida alohida koʻrsatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaxslarga toʻlov uchun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yashagan kunlari uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yigʻimning umumiy miqdorini koʻrsatgan holda mehmonxona xizmatlari koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura, bajarilgan ishlar va/yoki koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) qoʻllagan holda turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoʻmitaga oʻz vaqtida taqdim qilishga;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaga taqdim qilingan maʼlumotlarga muvofiq, oʻtgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini, toʻliq hajmda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga har joriy oyning 5-sanasigacha oʻtkazilishini taʼminlashga majburdirlar. Bunda koʻrsatilgan muddatga joylashtirish vositalari shaxsiy mablagʻlari hisobidan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini jismoniy shaxslardan toʻliq boʻlmagan hajmda (notoʻgʻri) undirish natijasida shakllangan qarzdorlikni toʻlab beradi.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davolash muassasalari ushbu bandning ikkinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq chora-tadbirlarga rioya etishga majbur;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomning mazkur bandida koʻrsatilgan majburiyatlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun masʼuliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi va davolash muassasalari.
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi har oyning 10 sanasigacha joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilar hisobini yuritishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini qoʻllagan holda taqdim etilgan maʼlumotlar asosida joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari oʻtgan oy yakunlari boʻyicha haqiqatda yashagan va ular uchun turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻtkazishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlarni shakllantiradi. Mazkur maʼlumotlar joylashtirish vositalari va davolash muassasalari boʻyicha shakllantiriladi va Jamgʻarmaning maxsus hisobraqamlariga undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorining toʻliq tushishini tekshirish uchun foydalaniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori Jamgʻarma maxsus hisobraqamiga oʻz vaqtida yoki toʻliq oʻtkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yigʻim oʻtkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻz vaqtida yoki toʻliq toʻlamasa, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda Dastur maʼlumotlari asosida turistik (mehmonxona) yigʻimning toʻlanmagan qismi uchun oʻn baravar miqdorida jarima toʻlaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoʻmita Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlariga turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini toʻliq tushishini taʼminlash maqsadida, turistik (mehmonxona) yigʻim boʻyicha qarzdorlikni va Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilmagan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori uchun penyalarni undirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari undiradigan ularning maxsus hisobraqamiga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalarining tushumi (foydasi) hisoblanmaydi, ulardan daromad soligʻi (yagona soliq toʻlovi), boshqa majburiy yigʻimlari hamda toʻlovlar olinmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilova
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimning tabaqalashtirilgan miqdorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylashtirish vositalari
Xonalar soni
Turistik (mehmonxona) yigʻimining miqdori (eng kam oylik ish haqining foizida)
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari*: mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik bazalar, turistik lagerlar, palatkali (kemping) lagerlar, oʻtovli lagerlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turistik qishloqlar, kempinglar va boshqalar
40 dan ortiq
15
11 — 40
10
10 gacha
5
Sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari: sanatoriylar, pansionatlar, yashash mumkin boʻlgan shifoxonalar va boshqalar
10
Dam olish va dam olishni tashkil qilish uchun ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari: dam olish uylari (markazlar, zonalar), sport bazalari va boshqalar
Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan
(xonalar fondi 5 donagacha boʻlgan): dala hovli, shaxsiy uy, kvartira, ekoferma, togʻdagi uy, qishloqdagi uy, oʻtov, apartamentlar, xostellar va boshqalar
5
Palatkali lagerlar va tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta jihozlangan yer usti transporti (mustaqil, turoperator orqali, turistik axborot byurosi va joylashtirish vositalari)
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer ust� transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar
Davolash muassasalari
2
Qishloq joylarda mahalliy aholi uylarida tashkil qilingan mehmon uylari (oʻrinlar soni 10 tagacha boʻlib, mehmonxona uylariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq tashkil etilgan)
Notijorat maqsadlardagi shaxsiy uylar (kvartiralar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalarini har bir tasniflangan yulduz uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi qoʻshiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)