17.12.2016 yildagi F-4760-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoyishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlarning sifati va natijadorligini tubdan oshirish hamda insonning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini, shu jumladan odamlar hayotining munosib darajasini taʼminlash, ular amalga oshirilishi uchun davlat organlarining roli va masʼuliyatini kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish va ularning murojaatlari bilan ishlashning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, fuqarolarni bezovta qilayotgan hayotiy muammolarni oʻz vaqtida hal etish, “Inson manfaatlari har narsadan ulugʻ” degan ezgu gʻoyani hayotga izchil joriy etish maqsadida, shuningdek 2017-yil Oʻzbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) jamoat tashkilotlarini va Hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini keng jalb etgan holda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari va Hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlardan tushayotgan materiallar va takliflarni umumlashtirish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda yigʻma ishchi guruh tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda quyidagi muhim, ustuvor vazifalar amalga oshirilishi boʻyicha aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilingan qonunlar, farmonlar va boshqa qonun hujjatlari bajarilishi, davlat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi boʻyicha ular ishining samaradorligi, ular tomonidan insonning huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishi, fuqarolarning murojaatlariga munosabat bildirilishi yuzasidan Parlament va jamoatchilik nazoratining doimiy ishlaydigan taʼsirchan mexanizmlarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, barcha darajalardagi hokimlarning, prokuratura va ichki ishlar organlarining aholi oldida hisobot berishi tizimini amaliyotga joriy etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda “xalq qabulxonalari”ni tashkil etishning aniq huquqiy, tashkiliy-amaliy, moddiy-texnik va moliyaviy asoslarini belgilash, ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, fuqarolarning murojaatlari eng koʻp tushadigan sohalarda byurokratik toʻsiqlar va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talab etiladigan davlat xizmatlarini aholiga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha bir idora orqali koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, ushbu jarayonlarga va davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “Elektron hukumat”ning samarali tizimini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va odil sudlovga erishish, fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilish instituti sifatida advokaturaning roli va ahamiyatini yanada oshirish, sud-huquq sohasida advokatlarning vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining huquqiy madaniyatini va moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini oshirish, fuqarolarni qonunni hurmat qilish ruhida tarbiyalash tizimini shakllantirish, jamiyatda huquqbuzarlikka toqatsizlikni kuchaytirish, “Adolat — qonun ustuvorligida” tamoyilini jamiyat hayotida keng qaror toptirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotni boshqarishda davlatning rolini bosqichma-bosqich kamaytirish, davlat boshqaruvi organlarining tuzilmasi, vazifalari va vakolatlarini optimallashtirishga, ularga xos boʻlmagan bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirishga, davlat xizmati institutini isloh qilishning samarali tizimini shakllantirishga, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy taʼminotini tubdan takomillashtirishga, davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan tashabbuskor, masʼuliyatli, kasbiy tayyorlangan kadrlarni jalb etishga yoʻnaltirilgan Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotning barqaror surʼatlar bilan oʻsishini taʼminlash, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish ishlarini kuchaytirish, qishloq xoʻjaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkning har tomonlama himoya qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni, ayniqsa ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarni, chekka aholi punktlarini kompleks, jadal rivojlantirish, tijorat banklarining faol ishtirokida yangi ish oʻrinlari yaratilishini taʼminlash va shu asosda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish, aholining hayoti darajasi va sifatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholi hayoti sharoitlari va sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon va qulay uylar qurish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim, ijtimoiy taʼminot va sogʻliqni saqlash tizimlarini, shu jumladan onalik va bolalikni muhofaza qilishni yanada rivojlantirish, oila institutini mustahkamlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning iqtidorlari va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, ularning hayotda munosib oʻringa ega boʻlishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda hukm surayotgan oʻzaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash, millati, dini va eʼtiqodidan qatʼi nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar yaratish, mahalla instituti, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari, faxriylar tashkilotlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish, mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 17-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
F-4760-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-dekabrdagi F-4760-son farmoyishiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Aripov A.N.

—

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

Yoʻldoshev N.T.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari

Ismoilov N.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Komissiya raisining oʻrinbosari

Golishev V.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Sultonov X.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Murodov O.B.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi

Ramatov A.J.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi

Azimov R.S.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Ibragimov Gʻ.I.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Rozukulov U.U.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi

Ikramov A.I.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vaziri

Narbayeva T.K.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Abdullayev I.B.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

Gaziyev Sh.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

Muxammadiyev U.N.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)

Saidova G.K.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri

Axmedbayev A.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri

Abduhakimov A.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri

Ikramov M.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri

Kasimov R.S.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Inoyatov U.I.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri

Mirzoxidov X.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

Ahmedov B.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri

Mullajonov F.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

Kuchkarov J.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Toxtayev A.R.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Saidov A.X.

—

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori

Shayxov A.E.

—

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

Maxamadaliyev B.X.

—

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining oʻrinbosari

Xadjayev A.D.

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

Hazratqulov M.

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Mansurov K.T.

—

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari

Abduvaliyev A.A.

—

“Oʻzavtoyoʻl” kompaniyasi raisi

Maxkamov I.R.

—

“Oʻzkommunxizmat” agentligi direktori

Salomov F.I.

—

“Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati raisi

Sultanov A.S.

—

“Oʻzbekneftgaz” milliy xoldin� kompaniyasi raisi

Salimov U.Z.

—

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori

Turdiyev S.

—

Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi raisi

Inogomov J.S.

—

Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

Usmonov Sh.G.

—

Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

Kosimov N.U.

—

Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari vazifasini bajaruvchi

Mavrulov A.

—

Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari

Ganiyev B.M.

—

Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi

Sodiqov A.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh konsultanti

Sadikov Sh.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

Quronov M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari lavozimi boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalar zimmasiga yuklangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-dekabrdagi F-4760-son farmoyishiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Materiallarni umumlashtirish boʻyicha yigʻma ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Murodov O.B.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi

Rahmonqulov M.X.

—

Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining oʻrinbosari

Quronov M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi

Sodiqov A.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh konsultanti

Qoʻchqorov J.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Toychiyev N.T.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi boshligʻi

Sadikov Sh.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

Shukurov S.S.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 119-modda)