16.02.2017 yildagi PF-4958-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz taʼlimning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish samaradorligini oshirishga, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yilning 1-yanvaridan boshlab doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish boʻyicha oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning bir bosqichli tizimi joriy qilinishi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini umum qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga yaqinlashtirishda muhim qadam boʻldi. Oʻtgan davr ichida barcha zarur normativ-huquqiy baza shakllantirildi, oʻrnatilgan talablarga muvofiq oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlarining faoliyati, doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan surʼatlar oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning bir bosqichli tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilgʻor amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy taʼlim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning qator xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotiga muvofiq 2017-yilning 1-iyulidan boshlab oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning ikki pogʻonali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmogʻi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmogʻi boʻyicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimini joriy qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli fan tarmogʻi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi magistr darajasiga yoki oliy maʼlumotga (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) va oʻrnatilgan talablar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan va oʻrnatilgan talablar boʻyicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy maʼlumotga (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar oʻrnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaxslar oʻrnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumotga (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslarga ham falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, falsafa doktori (PhD) yoki fan nomzodi, yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaxslarga ham fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi amaldagi ilmiy kengashlar mazkur Farmon qabul qilingan kundan boshlab oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning bir bosqichli tizimi boʻyicha dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilishni toʻxtatishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hozirgi vaqtda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida tahsil olayotgan yoki oʻrnatilgan tartibda mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilgan shaxslar oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim yangi tizimining tegishli institutlarida tahsil olishni davom ettiradilar va, tayyorligiga qarab, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning bir bosqichli tizimi sharoitida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar yoki mustaqil izlanuvchilik institutini dissertatsiya himoyasisiz bitirgan, shuningdek, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlariga kirmagan holda oʻrnatilgan talablarga muvofiq dissertatsiyasini tayyorlagan va Oliy attestatsiya komissiyasida dissertatsiya mavzusini roʻyxatdan oʻtkazgan shaxslar fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlmagan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hozirgi vaqtda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida tahsil olayotgan yoki oʻrnatilgan tartibda mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilgan shaxslar oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim yangi tizimining tegishli institutlarida tahsil olishni davom ettiradilar va, tayyorligiga qarab, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning bir bosqichli tizimi sharoitida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar yoki mustaqil izlanuvchilik institutini dissertatsiya himoyasisiz bitirgan, shuningdek oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlariga kirmagan holda oʻrnatilgan talablarga muvofiq dissertatsiyasini tayyorlagan va Oliy attestatsiya komissiyasida dissertatsiya mavzusini roʻyxatdan oʻtkazgan shaxslar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur Farmonning ijrosi boʻyicha, jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan Hukumat qarorini qabul qilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umum qabul qilingan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga qoʻyiladigan takomillashtirilgan davlat talablarini, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishlari mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tajribani hisobga olgan holda, Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatning — falsafa doktori (PhD) diplomining davlat namunasini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yilning 1-iyuliga qadar oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlarida tahsil olayotgan shaxslarni yangi tizimning tegishli institutlariga oʻtkazish, yangi talablarga muvofiq attestatsiya ishlarining qabul qilinishi, koʻrib chiqilishi va talabgorlarga falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari berilishini taʼminlash, shuningdek tayanch doktoranturada, doktoranturada yoki mustaqil izlanuvchi sifatida oʻqishni boshlash boʻyicha oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning ikki pogʻonali tizimi faoliyatini tashkillashtirish bilan bogʻliq barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish)ning amaldagi tartibini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga, vazirliklarga, idoralarga va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiradigan muassasalarga shu maqsadlar uchun har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yil 1-iyulidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayanch doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga stajor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega boʻlmagan) katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonga muvofiq 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini moliyalashtirishga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456- son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2012-yil 27-iyuldagi PF-4458-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 16-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4958-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 106-modda)