10.02.2017 yildagi PQ-2769-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek innovatsiya ishlarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻoʻza, bugʻdoy, kartoshka ekinlari hamda uzum biotexnologiyasi va genom seleksiyasi yoʻnalishidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish, yuqori malakali milliy genetik ilmiy kadrlar tayyorlash, shuningdek Genomika va bioinformatika markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi va “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining faoliyat yuritayotgan Genomika va bioinformatika markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining davlat muassasasi shaklidagi Genomika va bioinformatika markazini (keyingi oʻrinlarda Genomika va bioinformatika markazi deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi Genomika va bioinformatika markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Genomika va bioinformatika markazining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
genomlar va genetik xilma-xilliklarni oʻrganish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ishlarni amalga oshirish, zamonaviy genomika va bioinformatika usullaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari, dorivor va texnik oʻsimliklar, mikroorganizmlar, hayvonlar, shuningdek, boshqa biologik obyektlardagi qimmatli genlar, oqsillar va metabolitlar tuzilishi va faolliklarini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy gen va hujayra muhandisligi, molekulyar markerlarga asoslangan genom va virtual seleksiya dasturlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanib atrof muhit va odamlar uchun xavfsiz, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli, turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan zararkunandalarga chidamli, turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan yangi oʻsimlik navlari va hayvon zotlarini yaratish, birlamchi urugʻchilik ishlarini tashkil qilish, shuningdek turli sharoitlarda sinash va ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
genomika va bioinformatika sohasida oʻzaro manfaatli xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib borilayotgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarga qishloq xoʻjaligi boʻyicha oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va talabalarini keng jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy kadrlar tayyorlashni tashkil qilish, mamlakatimiz va xorijdagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda ularning kasbiy darajasi va malakasini doimiy oshirib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2020-yillar davrida genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, innovatsion ishlarni rivojlantirish, tegishli tadqiqotlarni amalga oshirishda ilmiy salohiyatni va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazining xodimlari cheklangan soni 60 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zaruriyat boʻlganda, xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida Genomika va bioinformatika markazining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Genomika va bioinformatika markazini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalariga koʻra ajratiladigan mablagʻlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik faoliyati tushumlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Genomika va bioinformatika markaziga “Oʼzbekiston paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent viloyati, Qibray tumani, Matqobulov qishlogʻida joylashgan urugʻchilik xoʻjaligi mol-mulkini bepul berish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʼzbekiston paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining urugʻchilik xoʻjaligi qurilishi va uni jihozlash bilan bogʻliq boʻlgan 1,59 milliard soʻm miqdoridagi sarf-xarajatlari ushbu koʻrsatilgan miqdorning “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi “Olimkent paxta tozalash zavodi”, “Chinoz tajriba-eksperimental paxta tozalash zavodi”, “Bʼoka paxta tozalash zavodi”, “Piskent paxta tozalash zavodi”, “Mustaqillik paxta tozalash zavodi”, “Karasu paxta tozalash zavodi” va “Dalvarzin paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatlari oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlash orqali qoplanishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʼzbekiston paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi jamiyatlardan urugʻchilik xoʻjaligini qurish va jihozlash uchun sarflangan xarajatlarni qoplash uchun tushgan mablagʻlar maqsadli tushumlar sifatida aks ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Genomika va bioinformatika markaziga bepul berilayotgan mol-mulk qiymati, shuningdek, ushbu qarorning 5-bandiga muvofiq maqsadli tushayotgan mablagʻlar qonun hujjatlariga muvofiq soliqqa tortilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Genomika va bioinformatika markazining ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda u davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy yoʻnaltirilganligini kuchaytirishga, natijadorligi hamda hozirgi va kelajak avlodlar sogʻligi uchun xavfsizligiga alohida eʼtibor bergan holda genomika va bioinformatika sohasidagi yuksak talablarga va jahon fani yutuqlari darajasiga mos keladigan ilmiy-tadqiqot ishlari muvofiqlashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi vakillari ishtirokida Genomika va bioinformatika markazining Vasiylik kengashi tashkil etilishini taʼminlasin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Genomika va bioinformatika markazi tomonidan 3 va 4-ilovalarga* muvofiq olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari, reagentlar va sarflash materiallari 2021-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, 3 va 4-ilovalarga muvofiq Genomika va bioinformatika markazi tomonidan olib kiriladigan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari, reagentlar va sarflash materiallari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Genomika va bioinformatika markazining oʻz mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar tashkilotlarining grant mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlar hisobiga sotib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tadqiqot ishlarini buyurtmachi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirib, gen muhandisligi yoʻli bilan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini baholash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Genomika va bioinformatika markazida yaratilgan istiqbolli yangi navlarning dala sinovlarini tashkil qilish va oʻtkazishga, urugʻ koʻpaytirishdagi ilmiy-tajriba ishlarini bajarishga, innovatsion ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq qilishni jadallashtirishga har tomonlama yordam koʻrsatsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 10-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2769-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2769-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2020-yillar davrida genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, innovatsion ishlarni rivojlantirish, tegishli tadqiqotlarni amalga oshirishda ilmiy salohiyatni va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Hujjat turi, kutilayotgan natijalar

Ijro muddati

Xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA SOHASIDA FUNDAMENTAL VA AMALIY TADQIQOTLARNI, INNOVATSION IShLARNI BAJARISh

1.

2017 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi fundamental va amaliy tadqiqotlari, innovatsion ishlarini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish konsepsiyasi. 2017 — 2020-yillarda ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, ularni oʻtkazish va natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

2.

Yetakchi xorijiy ilmiy markazlar tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarining biotexnologik va genomik seleksiyasi boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish.

Genomika va bioinformatika markazi tadqiqotlarining mavzulari va yoʻnalishlarini yangilash maqsadida ularning natijalari boʻyicha monografiyalar va sharhli maqolalarni har yili chop etish.

Tahliliy maʼlumotnoma. Ilmiy tadqiqotlarning mavzusi, usullari va texnologiyalarini asoslash.

2017 — 2020-yillar

Genomika va bioinformatika markazi

3.

Yangi navlarning tolasi, hosildorligi, tezpisharligi va moslashuvchanligining sifat parametrlarini yanada genetik takomillashtirish maqsadida gʻoʻzaning dastlabki gen-nokaut genotiplari genlar ekspressiyasi ixtisosligini identifikatsiyalashga qaratilgan fundamental ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.

Ilmiy hisobotlar. Gʻoʻza navlarini yaratishda foydalaniladigan yangi genlar va genetik mexanizmlarning tavsifi

2017 — 2020-yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi,
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

4.

Qurgʻoqchilik, shoʻr va sovuqqa chidamli liniyalar va navlarni ularni isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻiga xavfsizligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli xulosasi asosida olish maqsadida gʻoʻza, bugʻdoy, kartoshka va uzumning Eskimo-1 gen nokautiga yoʻnaltirilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

Ilmiy hisobotlar. Qurgʻoqchilik, shoʻr va sovuqqa chidamli liniyalar va navlarni yaratish maqsadida oʻsimliklarning dastlabki genotiplarini olish

2017-2018-yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi,
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

5.

Gen nokaut orqali gʻoʻza, bugʻdoy va kartoshkaning kasalliklarga chidamli navlarini yaratish boʻyicha amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

Ilmiy hisobotlar. Dastlabki barqaror genotiplarni olish.

2017-2018-yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi,
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

6.

Genlarni piramidalash va marker-assotsiatsiyalash seleksiya usullari orqali gʻoʻzaning yangi navlarini yaratish va kasalliklarga chidamli gen-nokaut navlarining bardoshliligini oshirishga qaratilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

Ilmiy hisobotlar. Gʻoʻzaning gen-nokaut navlarining turli kasalliklarga chidamliligini oshirish.

2017-2018-yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

7.

Har yili gʻoʻzaning yangi gen-nokaut va marker-assotsiatsiyalangan seleksiya navlarining superelita urugʻlarini koʻpaytirish, ularni kelgusida tumanlashtirish maqsadida sinovdan oʻtkazish.

Kompleks chora-tadbirlar. Fermer xoʻjaliklari uchun gʻoʻza navlarining superelita urugʻini ishlab chiqarish.

Har yili

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

8.

Xalqaro gr�ntlarni jalb qilish hamda AQShning ilmiy markazlari va tadqiqot laboratoriyalari bilan birgalikda genomika va bioinformatika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan:

Ilmiy hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma. Gʻoʻzaning qurgʻoqchilikka chidamli yangi genlarini identifikatsiyalash, oqkapalak kasalligiga chidamli genotiplarini yaratish va gen-nokaut texnologiyalarini litsenziyalash

300 ming AQSh dollari (har bir loyihaga)

AQSh ilmiy grantlari va xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

1) gʻoʻzaning AQSh dala sharoitidagi gen-nokaut genotiplarini va gen-nokaut texnologiyalarni litsenziyalash boʻyicha tavsiyalarni baholash;

2017-2018-yillar

2) Oʻzbekiston va AQSh paxta ishl�b chiqarishida bioxavfsizlikni oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida genomika va biotexnologiyaning zamonaviy usullari yordamida gʻoʻzaning “oqkapalak kasalligiga chidamli” liniyalarini olish;

2017 — 2019-yillar

3) gʻoʻza germplazmalarining ekzotik va ekin resurslari oʻrtasida qurgʻoqchilikka chidamliligini assotsiatsiyalashgan xaritalash.

2018 — 2020-yillar

9.

Eʼlon qilinadigan xorijiy ilmiy jurnallarda fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha ilmiy maqolalarni chop etish.

Eʼlon qilish. Ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshligini taʼminlash, Genomika va bioinformatika markazi faoliyatini xalqaro tan olish.

Har yili

Genomika va bioinformatika markazi

II. GENETIK ILMIY KADRLARNI TAYYORLASh VA MALAKASINI OShIRISh

10.

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining 20 nafar oʻqituvchilari va mutaxassislarini jalb qilgan holda har yili genomika va bioinformatika boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish.

Kompleks chora-tadbirlar. Oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish.

Har yili

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Manfaatdor tashkilotlar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, oliy taʼlim muassasalari, Genomika va bioinformatika markazi

11.

Genomika va bioinformatika markazining yetakchi ilmiy xodimlarini oliy taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyatga jalb qilish, genomika, bioinformatika va qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari seleksiyasi boʻyicha 6 ta oʻquv qoʻllanmalari va metodik tavsiyalarni tayyorlash va chop etish.

Kompleks chora-tadbirlar. Genomika, bioinformatika va seleksiyaning yangi texnologiyalari va usullari toʻgʻrisidagi bilimlarni oʻquv jarayonlariga tatbiq etish. Malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish.

Doimiy ravishda, tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari

Toshkent davlat agrar universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Genomika va bioinformatika markazi

12.

Genomika va bioinformatika markazi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining katta ilmiy xodimlari-tadqiqotchilari va mustaqil tadqiqotchilarini genomika va bioinformatika boʻyicha qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishga jalb qilish.

Kompleks chora-tadbirlar. Fan va taʼlim integratsiyasini chuqurlashtirish. Genomika va bioinformatika sohasidagi yangi bilimlarni ommalashtirish, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish.

Har yili, tasdiqlangan ilmiy tadqiqot dasturlari asosida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Genomika va bioinformatika markazi mablagʻlari

Toshkent davlat agrar universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Genomika va bioinformatika markazi

13.

Genomika va bioinformatika markazida oliy taʼlim muassasalari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar. Oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarga qobiliyatli yoshlarni jalb qilish.

Har yili, tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari

Toshkent davlat agrar universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Genomika va bioinformatika markazi

14.

4 nafar yosh olimlarni AQShning yetakchi tadqiqot laboratoriyalariga 6 oylik treninglarga joʻnatish.

�amkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar. Kadrlarning malakasini oshirish, genomika va bioinformatika sohasida yangi bilimlarni egallash va yangi texnologiyalarni jalb qilish.

Har yili, shartnomalarga asosan

100 ming AQSh dollari

AQSh grantlari va xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

15.

Genomika va bioinformatika markazining ilmiy xodimlarini malaka oshirish hamda ilmiy texnologiyalar va bilimlarni egallash maqsadida xalqaro konferensiyalar va seminarlarga joʻnatish.

Kompleks chora-tadbirlar. Kadrlarning malakasini oshirish, yangi bilimlarni egallash va Oʻzbekistonga yangi texnologiyalarni jalb qilish. Ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshligini oshirish.

Konferensiya oʻtkazish muddatlarida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Grantlar va xalqaro tashkilotlar mablagʻlari, Genomika va bioinformatika markazining budjetdan tashqari mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

III. MODDIY-TEXNIK BAZANI MUSTAHKAMLASh

16.

Genomika va bioinformatika markazini ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan zamonaviy ilmiy, texnologik va laboratoriya jihozlari, reagentlar va sarflash materiallari bilan taʼminlash.

Kompleks chora-tadbirlar. Genomika va bioinformatika markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, biotexnologiyaning zamonaviy usullaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini yaratish ishlarini jadallashtirish

2017 — 2020-yillar

3 000 mln soʻm

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushgan budjetdan tashqari mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriyalari, Genomika va bioinformatika markazining oʻz mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar va donor davlatlarning grantlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

17.

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan “Biotajriba va bioeks” 4 qavatli oʻquv korpusini inshootlari va unga tutash hududlari bilan birga Genomika va bioinformatika markaziga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish.

Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi. Genomika va bioinformatika markazining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish uchun sharoit yaratish

2017-yil I chorak

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent viloyat hokimligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Genomika va bioinformatika markazi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi

18.

Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining Toshkent viloyati, Qibray tumani, Matqobulov qishlogʻida joylashgan 23,8 gektar maydondagi yer uchastkasini Genomika va bioinformatika markaziga doimiy foydalanish huquqi asosida berish.

Toshkent viloyati va Qibray tumani hokimlarining tegishli qarorlari. Ilmiy tadqiqot natijalarini sanoat sharoitida sinovdan oʻtkazish va qishloq xoʻjaligi ekinlarining elita urugʻlarini ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy uchastka yaratish.

2017-yil I chorak

Fanlar akademiyasi, Toshkent viloyati va Qibray tumani hokimliklari, Genomika va bioinformatika markazi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2769-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vasiylik kengashi

Direktor

Ilmiy kengash



Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Ilmiy kotib

Direktorning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari



Transgenomika va toʻqimalarni oʻstirishlaboratoriyasi

5

Marker-assotsiatsiyalashgan seleksiyalaboratoriyasi

6

Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, tijoratlashtirish va tashqi aloqalar boʻlimi

4

Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi

4



Moliya-iqtisod boʻlimi

3

Tuzilmaviy va funksional genomika laboratoriyasi

5

Genetik-modifikatsiyalashgan organizmlar va ularning mahsulotlari tahlili boʻlimi

3


Kadrlar boʻlimi

2


Oʻsimliklar chidamliligi genomikasi laboratoriyasi

5

Genom texnologiyalari treningi boʻlimi

2

Yuriskonsult

1


Bioinformatikalaboratoriyasi

5

Maxsus urugʻchilik xoʻjaligi

6

 


Proteomika vaoʻsimliklar metabolomikasi laboratoriyasi

5

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (yordamchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 60 nafar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 86-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)