Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2017 19.07.1999 yildagi 353-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2017
Hujjat 19.07.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 25-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda) 1-bandining ikkinchi xat boshi, shuningdek qarorga 1-ilova va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 1-bandining “v” va “g” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 19-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
353-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
19-iyuldagi 353-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 65-moddasi va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibini, ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning bunday ishlarda ishtirok etishi shartlarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari deganda, hammabop, odatda, belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan mehnat faoliyatining vaqtincha turlari tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 17-moddasining birinchi qismiga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlariga kiradi, ular har yili mehnat organlari takliflari boʻyicha va ular ishtirokida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini va muayyan hududda aholini ish bilan taʼminlash yuzasidan vaziyatni hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlarining hajmlarini va turlarini aniqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish qidirayotgan shaxs sifatida mehnat organlarida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi (mehnat daromadi) olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat organlari tomonidan ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi (mutaxassisligi) boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli sabablarga koʻra kasb faoliyatida ancha uzilishlar boʻlgan shaxslarni (ilgari bolalar tarbiyasi, bemorlar va oilaning keksa aʼzolariga qarash bilan mashgʻul boʻlgan, jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilinganlar va boshqalar) mehnatga qayta tiklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarini ishchi kuchi bilan taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mehnat organlarida roʻyxatga olingan, qaramogʻida uch kishidan kam boʻlgan 35 yoshgacha boʻlgan ishsiz erkaklar, ular tomonidan ishsizligi boʻyicha nafaqa olish davrida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ixtiyoriy tartibda — ishsizlarning boshqa toifalari, shuningdek mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar uchun ular tomonidan ishsizlik boʻyicha nafaqa olishi tugagandan keyin haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashish ixtiyoriy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL QILISh VA AMALGA OShIRISh ShARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Joylardagi davlat hokimiyati organlari mehnat organlarining taklifi boʻyicha va ishtirokida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish uchun iqtisodiyot tarmoqlarini va aniq korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni belgilaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlariga boʻysunuvchi korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda va shartnomalar boʻyicha — boshqa korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari amalga oshirilishini tashkil etadilar (1-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mehnat organlari ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibi va sonini hisobga olgan holda ishchi kuchiga boʻlgan talab va takliflarni tahlil qilish asosida aholini ish bilan taʼminlash mintaqaviy dasturining maxsus boʻlimiga kiritiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni tayyorlaydilar va joylardagi davlat hokimiyati organlariga kiritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Korxonalar mehnat organlari bilan birgalikda haq toʻlanadigan jamoat ishlarining zarur turlari va hajmlarini belgilaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining tavsiya etiladigan turlarining namunaviy roʻyxati mazkur Nizomga 2-ilovada koʻrsatib oʻtilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylardagi davlat hokimiyati organlari haq toʻlanadigan jamoat ishlari turlari roʻyxatini ularga boʻlgan ehtiyojga qarab kengaytirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avariyalar, tabiiy ofatlar va shunga oʻxshash boshqa hodisalarning oqibatlarini tugatish zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat turlarini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. IShSIZ FUQAROLARNING, ShUNINGDEK MEHNAT ORGANLARIDA ISh QIDIRAYoTGAN ShAXSLAR SIFATIDA ROʻYXATGA OLINGAN ShAXSLARNING HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARIDA IShTIROK ETIShI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar, shuningdek, mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar mehnat organlari yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashadilar. Ish beruvchi yuborilgan fuqarolarning haq toʻlanadigan jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi javobni mehnat organiga 3 kun muddatda joʻnatishga majburdir (3-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Taklif qilinayotgan haq toʻlanadigan jamoat ishlari turlari ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning, shuningdek, mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan shaxslarning kasb mahoratini, ish tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini, ish tartibi va zarur mehnat sharoitlarini hisobga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat organi ishsiz fuqarolarning, shuningdek ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan shaxslarning kasbini, yoshini va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirishning aniq joylarini, shuningdek, ularga yuboriladigan fuqarolarning qatnashish shartlari va muddatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan ishsizlarning haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishning eng kam muddati ishsizlik boʻyicha nafaqa olishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati davomida har oyda kamida ikki haftani tashkil etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandning “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan ishsizlarning haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishining jami muddati ishsizlik boʻyicha nafaqa toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan muddati davomida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish joyini va ish haqi (mehnat daromadi)ni yoʻqotgan yoki uzoq (bir yildan koʻproq) uzilishdan keyin mehnat faoliyatini tiklashga harakat qilayotgan shaxslar uchun — oʻn ikki kalendar haftadan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslar uchun — olti kalendar haftadan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan ishsizlar mehnat organlari tomonidan taklif etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishni rad etgan hollarda ularga ishsizlik boʻyicha nafaqa toʻlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishsiz xavfli, zararli va ogʻir ish sharoitlari bilan bogʻliq haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishni rad etganda, unga boshqa haq toʻlanadigan jamoat ishi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan ishsiz mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan davr davomida haq toʻlanadigan jamoat ishlarida amalda qatnashmagan taqdirda unga keyingi oylar uchun nafaqa toʻlash toʻxtatib qoʻyiladi va ishsiz haq toʻlanadigan jamoat ishlarida belgilangan muddatni ishlab bergandan soʻng qayta tiklanishi mumkin. Bunda mehnat organi tomonidan ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdori qayta hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ishsizlik boʻyicha nafaqa olayotgan ishsizlarning boshqa toifalari uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashish muddati va davrlari biron-bir muddat bilan cheklanmaydi, mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ishsiz haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davrda unga ishsizlik boʻyicha nafaqa toʻlanmaydi va jamoat ishlarida qatnashish tugagan kundan boshlab qayta tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mehnat organlari fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun yuborishda ish tartibini tashkil etish va haq toʻlash shartlari, moddiy ragʻbatlantirish imkoniyati haqida ularni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashadigan shaxslar bilan ish beruvchi maʼlum muddatga, biroq kamida ikki hafta muddatga uning muddatini uzaytirish huquqi bilan mehnat shartnomasi tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchi shartnoma muddatini uzaytirishni rad etgan hollarda, mehnat organi ishsizga jamoat ishlarida qatnashish uchun boshqa ish joyi beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish boʻyicha shartnoma munosabatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Ixtiyoriylik asosida brigadalarga birlashgan fuqarolar tomonidan haq toʻlanadigan jamoat ishlarining kompleksini yoki alohida turlarini amalga oshirishda shartnomada tomonlarning majburiyatlari, ishning hajmi va bajarish muddatlari, mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlash shakllari nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Haq toʻlanadigan ishlarni bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlangan vaqt uchun ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdori 15 foizga koʻpaytirilgandan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ish haqidan tashqari mehnat uchun qoʻshimcha mukofotlar miqdori korxonalar mablagʻlari hisobidan ish beruvchilar tomonidan belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agar ishsizni bajarilayotgan haq toʻlanadigan jamoat ishi qanoatlantirsa, unda u ish beruvchi bilan kelishgan holda bunday ishni doimiy asosda bajarishga rozilik berishi mumkin, mehnat organi esa, unga bu doimiy mos keladigan ish deb hisoblaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda ushbu shaxs bilan ilgari tuzilgan mehnat shartnomasi yangi mehnat sharoitlari koʻrsatilgan holda qayta tuzilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilishda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishi, bunday ishlarni bajarish uchun mehnat shartnomasi tuzgan fuqarolar mehnatidan samarali foydalanilishi uchun masʼuliyat korxonaga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfli, zararli va ogʻir mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan haq toʻlanadigan jamoat ishiga yuborilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Fuqarolarning haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davri toʻgʻrisida ish beruvchi tomonidan ularning mehnat daftarchasiga tegishli yozuv yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davr mehnat stajiga qoʻshiladi. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashayotgan fuqarolar pensiya taʼminoti va vaqtincha ishga yaroqsizligi boʻyicha nafaqa olish huquqini saqlab qoladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishsizning jamoat ishlarida qatnashgan davri uchun sugʻurta badallari ish beruvchi tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida band boʻlgan shaxslarga ish vaqtining davomiyligi mehnat toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Ish beruvchilar ish kuni va ish haftasining oʻzgaruvchan shakllaridan foydalanish, shuningdek mehnat unumdorligiga koʻra yoki ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlagan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlarining qisqartirilgan ish vaqtini kiritishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchi bilan kelishuvga koʻra, ishsizlarning ish vaqtiga mehnat organida boʻlish va mustaqil ravishda doimiy (mos keladigan) ish qidirish vaqti (haftada ikki soatdan ortiq boʻlmagan) kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mehnat organlari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ularda ish bilan taʼminlangan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda hisobga olib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. JAMOAT IShLARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh TARTIBI VA UNING MANBALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash ish beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari, shuningdek, mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlar odatda ish beruvchi tomonidan qoplanadi, ushbu ishlarda qatnashayotgan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno hollarda, shuningdek, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagi miqdorlarda qoplanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi davlat hokimiyati organlari mulki boʻlgan korxonalarda, xoʻjalik hisobidagi korxonalardan tashqari — mehnatga haq toʻlash xarajatlarining koʻpi bilan yetmish besh foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa korxonalarda — mehnatga haq toʻlash uchun xarajatlarning koʻpi bilan ellik foizi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari hajmi va turlari, shuningdek, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining ish beruvchilarga qoplash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan ish bilan taʼminlash tuman (shahar) dasturlarida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShARTNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

199_ y. “__”_____________________ -son

“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Nizom asosida ish yurituvchi___________________ tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimi nomidan ________________________ va ______________________ asosida ish koʻruvchi, keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb ataluvchi ______________________________ nomidan __________________________________ mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:‎

1. Mehnat boʻlimi belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, shuningdek, ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan________________________ dan ortiq boʻlmagan kishini haq toʻlanadigan jamoat ishlari berish uchun har oyda “Ish beruvchi” ixtiyoriga yuboradi.‎

2. Mehnat boʻlimi fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun “Ish beruvchi” ixtiyoriga yuborishda ularni ishni tashkil etish, uning tartibi va mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish shartlari haqida xabardor qiladi.‎

3. “Ish beruvchi” navbatdagi oy boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin Mehnat boʻlimini kelgusi oy davomida haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajaradigan shaxslarning mehnatini tashkil etish shart-sharoitlari, ish hajmlari, tartibi va mehnatga haq toʻlash shartlari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.‎

4. “Ish beruvchi” mehnat organi tomonidan yuborilgan fuqaroni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga _________________________________maqbul ish bilan

(haq toʻlanadigan, qisman toʻlanadigan) ‎

‎taʼminlash majburiyatini oladi. ‎

5. Mehnat boʻlimi tomonidan haq toʻlanadigan jamoat ishiga yuborilgan fuqaro bilan “Ish beruvchi” muddatli mehnat shartnomasini tuzadi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.‎
Tomonlarning manzillari va bank rekvizitlari:‎
1) __________________________________________________mehnat boʻlimi‎
________________________________________________________________________‎
2) Ish beruvchi ___________________________________________________________‎
Tomonlarning soniga qarab shartnoma ikki nusxada tuzilgan.‎

‎_________________________

‎Ish beruvchi

Mehnat boʻlimi ‎

‎_________________________ ‎

M. Oʻ. ‎

M. Oʻ.‎

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunaviy ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r‎

Ish turlari‎‎

Ish mazmuni‎

1.‎ Shaharlar, tumanlar, posyolkalar, qishloq xoʻjaligi kooperativ (shirkat) xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, dam olish zonalari, korxonalarni obodonlashtirish‎ Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash; hududlarni tozalash, qishki yigʻishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yoʻq qilish, qorni va qor-muzni koʻchirish; yozgi yigʻishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni toʻplash; hovli-joy hududini qoʻl bilan yigʻishtirish: namlab supurish va zinapoya atrofini yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish; ishlab chiqarish hududlarini; yoʻllarni, aylanma koʻprik va koʻpriklarni tuzatish* va qurish*; hududlarni koʻkalamzorlashtirish; oʻtkazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sugʻorish, shakl berish, organik va maʼdanli oʻgʻitlar bilan qoʻshimcha oziqlantirish); elektr taʼminoti obyektlari bilan bogʻliq boʻlgan ishlar (elektr tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); suv taʼminoti obyektlari (suv quvurlari tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); dam olish zonalarini obodonlashtirish (park zonalarini koʻkalamzorlashtirish)‎
2.‎ Qurilish-montaj ishlari‎ Bolalar maydonchalari va sport obyektlari, choʻmilish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar* qurilishi‎
3.‎ Yuk ortish-tushirish ishlari‎ Vagonlar, avtomashinalardan yuk tushirish; vagonlarga, avtomashinalarga yuk ortish, omborlarda ishlash‎
4.‎ Ijtimoiy taʼminot sohasidagi ishlar‎ Mehribonlik uylaridagi keksalar va nogironlarga qarash ishlari ‎
5.‎ Sogʻliqni saqlash tizimidagi ishlar‎ Kasalxonalarda va boshqa tibbiy muassasalardagi bemorlarga qarash ishlari‎
6.‎ Xalq taʼlimi tizimidagi ishlar‎ Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilariga xizmat koʻrsatish ishlari (farroshlar, qorovullar, oshpazlar*, bufetchilar)‎
7.‎ Maishiy xizmat koʻrsatish, savdo, umumiy ovqatlanish, madaniyat tizimlaridagi va boshqa tarmoqlardagi ishlar‎ Ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar turlari‎
8‎ Meva-sabzavot bazalaridagi ishlar‎ Meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va idishlarga joylashtirish, idishlarni tuzatish, ortish, tushirish‎
9.‎ Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar‎ Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yigʻishtirish, paxta terish, oʻtash, ozuqa tayyorlash, mol boqish va boshqalar)‎
10.‎ Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzib ishlaydigan ishlar‎ Aholidan shisha idishlar qabul qilish; tashib va koʻtarib yuriladigan savdo, sport va tomosha tadbirlariga xizmat koʻrsatish (chiptalar, bukletlar, salqin ichimliklar, muzqaymoq va shu kabilar)ni tarqatish‎
11.‎ Ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish boʻyicha ishlar‎ Makulatura, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimerlar, ikkilamchi metall buyumlarini toʻplash va shu kabilar‎
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eslatma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) malaka va kasb-hunar koʻnikmalariga ega boʻlmagan ishsizlar faqat (*) bilan belgilangan yordamchi ishlarga jalb qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ishlarni bajarish uchun xodimning tegishli malakasi talab qilinadigan ayrim ish turlariga zarur malakaga va kasb-hunar koʻnikmasiga ega boʻlgan ishsizlar jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Haq toʻlanadigan jamoat ishiga ‎‎

YOʻLLANMA‎

_____________________________________________________________________‎

(korxona, tashkilot, muassasa nomi va manzili)‎

Fuqaro ______________________________________________________________‎

(F. I. O.)‎

_____________________________________________________________________‎
________________ (mutaxassisligi, kasbi koʻrsatilsin)ga muvofiq ‎________________
davrga haq toʻlanadigan jamoat ishiga ishga joylashtirish uchun yuborilmoqda.‎
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun davomida bizga xabar qilishingizni soʻraymiz.‎
__________________________________ ‎

Mehnat boʻlimi boshligʻi‎

M. Oʻ. ‎

(imzo)‎

199__ y. “___” __________________ ‎
_______________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida‎‎‎

JAVOB‎

Fuqaro ______________________________________________________________‎

(F. I. O.)‎

__________________________ 199 ____y. “______” ____________________dan ‎
(mutaxassisligi, kasbi) ‎
____________________muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishiga qabul qilindi. ‎
199___ y. “_____” ____________________ dagi ________- son buyruq‎

Rahbar:‎

M. Oʻ. ‎ ‎

__________________‎‎

(imzo)‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 5-6-son, 46-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda)