02.02.2017 yildagi PQ-2751-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob- kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, plastik kartochkalarga, terminallarga va tegishli uskunalarga boʻlgan talab-ehtiyojlarni qondirish, shuningdek, pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini kamaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bank mikroprotsessor plastik kartochkalari, toʻlov terminallari ishlab chiqaruvchilar, chakana toʻlov tizimlarining protsessing markazlari olib kirilayotgan xomashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallardan, dasturiy taʼminot vositalaridan hamda plastik kartochkalar, terminallar, bankomatlar, infokioskalar va boshqa uskunalar ishlab chiqarish uchun litsenziyalardan samarali va qatʼiyan maqsadli foydalanishni hamda ana shular vositasida hisob-kitoblar amalga oshirilishini taʼminlasin, kelgusida ularni ishlab chiqarish mahalliylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda olib kirilayotgan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy taʼminot vositalari va litsenziyalardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, imtiyozlar qoʻllanilgan holda olib kirilayotgan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy taʼminot vositalari va litsenziyalardan maqsadga xilof tarzda foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan bojxona toʻlovlarining toʻlanmay qolgan summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari Oʻzbekiston Banklari uyushmasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish uchun plastik kartochkalardan foydalanish asosida turli xil kredit mahsulotlari joriy etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirish va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan turli xil bonus, diskont va ragʻbatlantiruvchi dasturlarni savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda tatbiq etish amaliyoti kengaytirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
samarali, zamonaviy va qulay toʻlov vositasi sifatida plastik kartochkalardan foydalanish afzalliklarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishga yoʻnaltirilgan tashkiliy tadbirlar tizimli asosda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 2-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2751-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2751-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 72-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)