O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 5-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1863-4]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori (ro‘yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v. v. b. S. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-dekabr,
41/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 28-dekabrdagi 41/1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 18-bandning 11-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) kodi;”.
2. 2-ilovadagi “Tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 3-ilovadagi “Tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 4-ilovadagi “Tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 7-ilovadagi “Tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 21-modda)