28.12.2016 yildagi PQ-2705-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etib o‘tilsinki, respublikada mustaqillik yillari mobaynida aholining ijtimoiy hojatmand qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Keksalar va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirishga, pensiya ta’minoti va ijtimoiy madad tizimini takomillashtirishga, tizimli sog‘lomlashtirishni tashkil etish hamda kasalliklarni davolashning zamonaviy usullaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga yo‘naltirilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat natijasida aholining farovonligi oshdi va kishilarning turmush sifati yaxshilandi, bu esa keyingi 25 yil mobaynida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 67 yoshdan 73,5 yoshga, shu jumladan erkaklar — 66 yoshdan 71 yoshgacha, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi esa 70 yoshdan 75,8 yoshgacha ortishiga imkoniyat yaratdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010 — 2015-yillarning o‘zidagina keksalar va nogironlar uchun 12 ta “Saxovat” va “Muruvvat” internat-uylarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, 14,6 ming nafar yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning uy-joy-maishiy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming nafar nogironlar texnik reabilitatsiya vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nafar nogiron va pensionerlar sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga ijtimoiy madad tizimida yolg‘iz keksalarni, pensionerlar, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, uning aniq manzilliligi, kasalliklarni profilaktika qilish va davolashning zamonaviy samarali usullarini joriy etish, katta yoshdagi shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirish bilan bog‘liq ayrim masalalar hal etilmasdan qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksa kishilarni, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni va yolg‘iz keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda prinsipial yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksa avlod vakillariga nisbatan g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironlarni aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga ko‘rsatiladigan uy-joy-maishiy hamda boshqa yashash sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan moddiy yordamni kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qariyalar, nogironlar va yolg‘iz keksalarni davolash, tizimli sog‘lomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish, ko‘rish va eshitish organlari, harakat-tayanch tizimi kasalliklarini hamda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan bahramand etish yo‘li bilan ularga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhtoj keksalar va nogironlarni sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini oshirish, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini ko‘rish, tibbiy- ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2020-yillarda keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi 1-ilovaga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3787-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3787/1377-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kompleksi amaliy nazorat qilinishini, tanqidiy tahlil etilishi va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu maqsadda quyidagi ustuvor vazifalarni hal etishga asosiy e’tibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini kengaytirish bo‘yicha skrining tekshirishlarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy tashxis va davolash usullarini qo‘llagan holda yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanishni kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini yaxshilash, sog‘lom va faol turmush tarzini yuritish madaniyatini targ‘ib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy tibbiyotning eng yangi yutuqlari, asosiy kasalliklar tashxisi va ularni davolash sifati standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “Nuroniy” Jamg‘armasi), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda — “Mahalla” Fondi), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2017 — 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat budjetini shakllantirishda har yili “Sog‘liqni saqlash” va “Ijtimoiy ta’minot” sohalari bo‘yicha ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida ushbu qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirishga zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3787-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3787/1377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3787-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3787/1377-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin, ularda quyidagilar nazarda tutilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yilning 1-yanvaridan boshlab har bir tuman (shahar) bo‘limida bittadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlarida uchtadan, markaziy apparatda 8 nafar xodim hisobidan “Nuroniy” jamg‘armasi shtat birliklari ta’minotini budjetdan moliyalashtirishga qabul qilib, “Nuroniy” jamg‘armasi pensioner xodimlariga pensiyalarni 100 foiz miqdorda to‘lash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablag‘lari hisobiga ta’minlanayotgan “Nuroniy” jamg‘armasi xodimlariga “Navro‘z” va “Mustaqillik” bayramlariga mukofotlar “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limlarida lavozim okladining 50 foizi miqdorida va markaziy apparatda lavozim okladining 100 foizi miqdorida to‘lash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-sonli Farmoniga muvofiq, 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sog‘lomlashtirish kursini olish o‘rniga yo‘llanma qiymatiga teng kompensatsiya olish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablag‘lari hisobiga bepul tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi doirasida keksalar, nogironlar, urush va mehnat faxriylarini sog‘lomlashtirishni ta’minlash uchun 2017 — 2019-yillarda Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida sanatoriylar qurish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi bilan birgalikda “Nuroniy” jamg‘armasi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlarni kelishib olsin, shuningdek ikki hafta muddatda “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limlari va uning markaziy apparati xarajatlari smetasi hamda shtat jadvallari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida ro‘yxatga olinishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli binolar (xonalar), mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari ajratish yo‘li bilan “Nuroniy” jamg‘armasi barcha bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolg‘iz va kam ta’minlangan keksalarga “Nuroniy” jamg‘armasi orqali qishki kiyim va poyabzal (kurtka-yarim palto, mo‘ynali telpak (jun ro‘mol), qo‘lqop, botinka), shuningdek (kartoshka, piyoz, un, guruch, yorma va birinchi navbatda zarur bo‘lgan boshqa mahsulotlar)ni qishga g‘amlashni har yili ta’minlash uchun hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari rahbarligida hududiy komissiyalar tuzsin va ularning tarkibiga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” fondi, Yoshlar ittifoqi bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari kiritilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga moddiy, ijtimoiy, tibbiy yordam va boshqa madad ko‘rsatish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida har yili ko‘p tomonlama bitim tuzish, bitimga muvofiq zarur ko‘mak berish, jumladan moliyaviy yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2017 — 2020-yillarda keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlarning maqsad hamda vazifalarini bosma va elektron axborot vositalarini, shu jumladan butun jahon Internet tarmog‘ini jalb etgan holda aholi o‘rtasida muntazam, tizimli va keng ko‘lamda yoritib borishni ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda ushbu qaror bajarilishining borishi to‘g‘risida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib turilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 28-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2705-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PQ-2705-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017—2020-yillarda keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Ijro muddati

Xarajatlar

(mln so‘mda)

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLARNING TURMUSH DARAJASI VA SIFATINI OSHIRISH UCHUN QO‘SHIMCHA SHART-SHAROITLAR YARATISHGA QARATILGAN NORMATIV-HUQUQIY BAZANI YANADA TAKOMILLASHTIRISH

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlashtirish markazlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil

IV chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikasi bo‘lgan nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasida “Muruvvat” internat-uylari faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017 yil

IV chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil
13-oktabrdagi “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-4658-son Farmoniga muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga sanatoriylarda har yillik sog‘lomlashtirish kurslarini olish o‘rniga yo‘llanmaning o‘rtacha narxiga teng kompensatsiya taqdim etishni tartibga soluvchi qo‘shma qaror ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017 yil

I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

4.

Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning asosiy turlarini diagnostika qilish va davolashning yangilangan standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Jadvalga muvofiq

Sog‘liqni saqlash vazirligi

II. KEKSALAR VA NOGIRONLARGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH DARAJASI VA SIFATINI OSHIRISH

5.

Keksalarda, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarda surunkali, yashirin va avval aniqlanmagan kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga patronaj tibbiy hamshiralarni biriktirish.

2017 2020 yillar

Ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Imkoniyatlari cheklangan odamlarda (kattalar va bolalar) eshitish qobiliyati skriningi tekshiruvlarini o‘tkazish.

2017 yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi

7.

Keksa insonlar uchun sog‘lom ovqatlanish asoslari bo‘yicha metodik tavsiyalar, bukletlar, posterlar ishlab chiqish orqali turli yosh guruhlarida (60 — 70 yosh, 70 — 80 yosh, 80 — 90 yosh, 90 — 100 yosh va 100 yoshdan kattalar) sog‘lom turmush tarzini olib borish, ovqatlanish, sog‘lomlashtirishgaoid tavsiyalarni qo‘llash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017 2020 yillar

40,0, shu jumladan

2017-yilda — 20,0,

2018-yilda — 20,0

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

8.

Har yili respublika ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, ilmiy-tekshirish institutlarining klinikalarida, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinik bazalarida 7 ming nafar keksalarga hamda viloyatlardagi ko‘ptarmoqli tibbiyot markazlarida 20 ming nafar keksalarga, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish.

2017 2020 yillar

55000,0

shu jumladan,

har yili

13750,0

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedrasi bazasida gerontologiyava geriatriya kafedralarini tashkil etish.

2017 yil iyun

Ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

10.

Quyidagilarni amalga oshirish orqali keksalar, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlar uchun diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali uslublaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish:

2017 2020 yillar

25 120,0

shu jumladan

har yili

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

yirik bo‘g‘imlar kasalliklarida 200 nafar kasallarda rekonstruktiv-tiklash amaliyotlarini qilish hamda umurtqa patologiyasiga ega 1000 nafar kasalda konservativ terapiyaning zamonaviy usullarini qo‘llash;

1 200,0

yurak-qon tomir kasalliklari tizimi kasalliklariga chalingan bemorlarning 1000 nafarida koronar tomirlarni stentlash va 100 nafar bemorda aortakoronar shuntlashtirish amaliyotlarini o‘tkazish;

3 640,0

keksalik kataraktasiga chalingan 1000 nafar hamda glaukoma bilan kasallangan 500 nafar bemorda organlarni saqlab qolish amaliyotlarini o‘tkazish;

775,0

peshob-tosh kasalliklari, adenoma va prostata bezi raki kasalliklariga chalingan 1000 nafar bemorda kichik invoziv urologik amaliyotlarini o‘tkazish;

300,0

qandli diabetning tomir asoratlarida 200 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyotlarini o‘tkazish;

200,0

LOR kasalliklarining barvaqt oldini olish maqsadida sinustit bilan og‘rigan 200 nafar bemorda kichik invaziv endoskopik amaliyotlarini o‘tkazish va 500 nafar bemorda oto-mikroskopik tekshiruvlar o‘tkazish.

165,0

11.

Keksalar, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni quyidagi sharoitlarda yuqori texnologik usullar orqali diagnostika qilish va davolash:

respublika tibbiyot muassasalari sharoitlarida;

viloyat tibbiyot muassasalari sharoitlarida.

2017 2020

yillar

40 000,0,

shujumladan

har yili

10 000,0

103 840,0,

shu jumladan

har yili

25 960,0

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

III. YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH, MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH, ULARGA KO‘RSATILADIGAN MODDIY YORDAMNI KENGAYTIRISH

12.

Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikaga ega nogironlar uchun uy-internatlar tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

2017 yil

II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

13.

Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam sifatini oshirish uchun yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni hisobga olish bo‘yicha interfaol ma’lumotlar bazasi va yagona registrini yaratish.

2017 yil

I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi

14.

1941 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, yolg‘iz keksa pensionerlar va nogironlar hamda boshqa aholi zaif qatlamlarining kamida 35 ming nafarini sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirilishini tashkil etish.

2017 2020

yillar

72 000,0,

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Nuroniy” jamg‘armasi,

Moliya vazirligi

15.

O‘zganing qaroviga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning 15 ming nafariga o‘z uyida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

2017 2020

yillar

72 000,0,

shu jumladan

har yili

18000,0

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati

16.

Quyidagilar orqali muhtoj yolg‘iz qariyalar va nogironlarni har yili sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirishni (tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha) tashkil etish:

2017 2020

yillar

2 800,0,

shu jumladan

har yili:

700,0

Ijrochilar

mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Kengashi, Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining sanatoriylarini kamida 1000 ta yo‘llanma bilan ta’minlash;

2 200,0,

shu jumladan

har yili:

550,0

Davlat budjeti mablag‘lari

Kasaba uyushmalari sanatoriylarini kamida 300 ta yo‘llanma bilan ta’minlash (ishlab turgan yolg‘iz keksalarni, pensionerlarni va nogironlarni).

6000,

shu jumladan

har yili:

150,0

Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablag‘lari

17.

Har yili doimiy qarovga muhtoj kamida 4 ming nafar yolg‘iz keksalar va nogironlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena tovarlari bilan bepul ta’minlashni tashkil etish.

2017 2020

yillar

10 000,0,

shu jumladan har yili

2500,0

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla” jamg‘armasi

18.

Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining ko‘chma hududiy tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tomonidan kamida 2 ming nafar yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga har yili patronaj xizmatini ko‘rsatish.

2017 2020

yillar

3000,0,

shu jumladan

har yili

750,0

Ijrochilar

mablag‘lari

Sog‘lom avlod uchun

jamg‘armasi

19.

Ambulator davolanishdan o‘tayotgan kamida 4 ming nafar yolg‘iz keksalar va nogironlarni shifokor retseptlari bo‘yicha dori vositalari bilan ta’minlash.

2017 2020

yillar

2800,0,

shu jumladan

har yili

200,0

500,0,

shu jumladan: 100,0

300.0

100.0

Davlat budjeti mablag‘lari

Ijrochilar

mablag‘lari,

“Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,

Nuroniy” jamg‘armasi, Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati

20.

Ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar xarajatlarini to‘lab berish orqali yolg‘iz pensionerlar va nogironlarga manzilli moddiy yordam ko‘rsatish.

2017 2020 yillarda

80,0,

shu jumladanhar yili

20,0

Ijrochilar

mablag‘lari

Kasaba uyushmalari

Federatsiyasi Kengashi

21.

Har yili kamida 10 ming nafar yolg‘iz keksalar va nogironlarni protez-ortopedik buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan bepul ta’minlash.

2017 2020

yillar

9500,0,

shu jumladan

har yili

2375

Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,

“Sog‘lom avlod uchun”

jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. TIBBIYOT VA TIBBIY-IJTIMOIY MUASSASALARNING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASH

22.

4 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish va rekonstruksiya qilish (Andijon “Saxovat” uy-internati, Urush va mehnat veteranlari uchun respublika pansionati, Zomin xotin-qizlar “Muruvvat” uy-internati, Qarshi bolalar-nogironlar uchun “Muruvvat” uy-internati).

2017 2018

yillar

14 400,0, shu jumladan har yili

3 600,0

Homiylar mablag‘lari

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi

23.

Avval respublika ixtisoslashtirilgan va viloyat markazlari darajasida ko‘rsatilayotgan zamonaviy diagnostika va davolash usullaridan respublika tumanlari va shaharlari aholisining foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur ishlarni quyidagilar orqali amalga oshirish:

tomirlarni o‘rganish va stentlash uchun angiografik moslamalarni taqdim etish hamda respublikaning beshta hududida (Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida) stenoz, anevrizmlar va insultni davolashda yurak koronar tomirlarini va bosh miyani stentlash bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish;

zamonaviy yuqori texnologik tibbiyot uskunalarini taqdim etish hamda respublikaning to‘rt hududida (Andijon, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida) ochiq yurakda operatsiyalarni o‘tkazishni tashkil qilish;

2017-yil

2018-yil

9772,0

9158,0

Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

Onkologiya kasalliklarini barvaqt diagnostika qilish va nur terapiyasining barcha turlari to‘liq kursini o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar onkologiya dispanserlari uchun masofaviy hamdakontaktli nur terapiyasi kompyuter tomograflari va apparatlarini taqdim etish;

2017 2019

yillar

20,5 mln AQSHdollari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

LOR-organlari, jarrohlik va ginekologiya kasalliklari, gepatit B,S virusli kasalliklariga chalinganlarni skrining qilish va barvaqt aniqlashda diagnostik o‘rganishlar va kam jarohat yetkazuvchi endoskopik operatsiyalar o‘tkazish uchun kompyuter tomograflar (KT), magnit rezonans tomograflar(MRT), laparoskopik uskunalar, LOR-kombaynlar va laboratoriya uskunalarini taqdim etish.

2018 2020

yillar

88,2 mln AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

12 372,0

budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2020-yillarda chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 466 586,0 mln so‘m, ulardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablag‘lari — 390 460,0 mln so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining mablag‘lari — 56 046 mln so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrochilar mablag‘lari — 20 080,0 mln so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari — 108,7 mln AQSH dollari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha xarajatlar har yili belgilangan tartibda indeksatsiya qilinadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 10-modda, 35-son, 923-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3787/1377-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)