Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI OʻRMON XOʻJALIGI BOSh BOShQARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 20-MARTDAGI 98-SON QARORIGA 1-ILOVAGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-martdagi 98-son qaroriga 1-ilova) quyidagilar kiritilsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha
Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi huzuridagi “Mashina-traktor parki” korxonasi
Buxoro viloyati boʻyicha
Shofirkon oʻrmon xoʻjaligi uchastkasi
Peshku oʻrmon xoʻjaligi uchastkasi
Romiton oʻrmon xoʻjaligi uchastkasi
Jizzax viloyati boʻyicha
Jizzax oʻrmon xoʻjaligi
Qashqadaryo viloyati boʻyicha
Bahoriston oʻrmon xoʻjaligi uchastkasi
Muborak oʻrmon xoʻjaligi
Koson oʻrmon xoʻjaligi uchastkasi
Samarqand viloyati boʻyicha
Samarqand oʻrmon xoʻjaligi
Nurobod oʻrmon xoʻjaligi uchastkasi
Sirdaryo viloyati boʻyicha
Bobur nomidagi oʻrmon xoʻjaligi uchastkasi
Toshkent viloyati boʻyicha
Oʻrmon meliorativ texnikumi
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 16-may,
191-son