Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 1-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2845]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-dekabrdagi 187, 2017-74-sonli “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2959, 29.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 3-dekabrdagi 102, 2015-34-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2738, 2015-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 49-son, 615-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-noyabr,
89-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-noyabr,
2016-36-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 29-noyabrdagi 89, 2016-36-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Alkogolli mahsulotlar* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
|
Sotilayotgan tovarning nomi |
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi |
Eng kam chakana narx |
|
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
5400 |
6500 |
|
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
17200 |
20600 |
|
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
12900 |
15500 |
* Pivodan tashqari
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 557-modda)