Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2019 25.10.2016 yildagi PQ-2641-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-sonli “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish materiallari sanoati tuzilmasini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport potensialini oshirish, xalqaro talab va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi qatnashchilarining “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi negizida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatini tuzish, uning ustav kapitalini tugatilayotgan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining balans narxi bo‘yicha mulki, shuningdek 1-ilovadagi* ro‘yxatda ko‘rsatilgan “O‘zqurilishmateriallari” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning ustav jamg‘armalaridagi mulki va davlatning ulushi hisobiga shakllantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar uyushgan a’zo maqomida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga ixtiyoriy asosda kirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish materiallarining ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, zamonaviy qurilish materiallariga bo‘lgan talabni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qondirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy yuqori sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqarishning energiya va resurslarni tejovchi ilg‘or texnologiyalarini sohaga keng joriy etishda yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, ayniqsa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ushbu sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan yuqori sifatli zamonaviy qurilish materiallarini keng turda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona va ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini faol joriy etish, tarmoqni boshqarishga yuqori malakali, shu jumladan xorijiy menedjyerlarni keng jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik jamiyati tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar va korxonalarga axborot, marketing va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tugatilayotgan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining shartnoma va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi hamda uning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 28 kishidan iborat tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati bir oy muddatda aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi apparati uchun tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq boshqarishning zamonaviy korporativ usullarini yaxshi biladigan yuqori malakali mutaxassislarni puxta tanlab olinishi va ularni ishga qabul qilinishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qo‘yilsinki,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi belgilangan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida, uning o‘rinbosarlari esa jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi hamda maqomi jihatidan tegishli ravishda vazir va uning o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatining daromadlari xo‘jalik jamiyatlarining jamiyatning ustav jamg‘armasiga o‘tkazilgan ulushlari bo‘yicha hisoblanadigan dividendlar hisobidan, uyushgan a’zo maqomidagi korxona va tashkilotlarining ajratma mablag‘lari, ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ustav kapitalini shakllantirishni, shuningdek, jamiyatning ustavini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘n kun muddatda “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatini strategik xomashyoni ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadigan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek tabiiy monopoliya subyektlari hamda tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchi korxonalar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, qurilish materiallari sanoati korxonalarining “O‘zqurilishmateriallari” AJning tuzilmasida zamonaviy laboratoriya va sinash uskunalari bilan jihozlagan “QurilishmateriallariLITI” MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish va unga loyiha-hujjatlari ishlab chiqish, tadqiqot ishlarini olib borish, qurilish materiallari va buyumlarni ishlab chiqarish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha vazifalar yuklatish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “QurilishmateriallariLITI” MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini moliyalashtirish, uning o‘z xo‘jalik faoliyati hisobidan, shuningdek, “O‘zqurilishmateriallari” AJning ustav jamg‘armasiga topshirilgan ulushlar bo‘yicha olinadigan dividendlarning qismidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni davlat ro‘yxatiga olish uchun yig‘im hamda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imlarni to‘lashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahri, Tafakkur ko‘chasi, 68-A uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 25-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2641-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 45-son, 521-modda, 50-son, 565-modda)