Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2017 19.10.2016 yildagi 350-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 756-sonli “Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari, Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari, Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini bir hafta muddatda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Bosh vazir oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2015-yil 14-oktabrdagi 293-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 19-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
350-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 19-oktabrdagi 350-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bosh vazirning oʻrinbosari rahbarlik qilinadigan Kompleksda ishlarning holati uchun javob beradi, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, Kompleksning yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, dori-darmonlar bilan taʼminlash va ekologiyani, atrof muhitni muhofaza qilishni yaxshilash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Bosh vazir oʻrinbosarining vazifalari va funksional majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati sohasida:

sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, eng avvalo, onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash yuzasidan tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, dastlabki tibbiy-sanitariya yordamini yanada takomillashtirish, qishloq vrachlik punktlari, diagnostika, perinatal va skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati samaradorligini oshirish, ilgʻor xorijiy tajribani sogʻliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha monitoring olib borilishini tashkil etish va chora-tadbirlar koʻrish;

aholini ekologik xavfsiz, sogʻlom va balansli oziq-ovqat bilan taʼminlashga, ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga yoʻnaltirilgan sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizuvchi ayollar, shuningdek 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini taʼminlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targʻib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sogʻligʻi holatini yaxshilash, jarohatlanishini kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, sogʻliqning holati uchun fuqarolarning shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi sogʻligʻi holatining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining reproduktiv sogʻligʻini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish, qishloq vrachlik punktlarini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

keksa avlod vakillariga gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, keksa kishilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimi ishlarini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tizimli asosda amalga oshirish;

tugʻma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish, ularning oldini olish, respublika mintaqalarining ijtimoiy, tabiiy-iqlim shart-sharoitlari uchun xos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish va ularning profilaktikasi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot fanini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va olib borishni, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv taʼminoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;

eng avvalo, alohida xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasiga va kasallanish manbalarini tugatishga va ular tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;

binolar va inshootlarni, suv taʼminoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;

mamlakatimizning farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishga, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirishga, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻstirishning yuqori va barqaror surʼatlarini taʼminlashga, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining ehtiyojlari sifatli, samarali va xavfsiz dori-darmon preparatlari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganligini yaxshilashga yoʻnaltirilgan samarali dori-darmonlar siyosatini amalga oshirish;

farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirishni, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, farmatsevtika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yoʻnaltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish;

farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, maʼnaviy va fizik eskirgan asbob-uskunalarni yangilashni taʼminlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;

b) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida:

atrof muhit sifat holatining kafolatli darajasiga erishishga, tabiatni muhofaza qilishga, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolishga va odamlarning ekologik xavfsizligi, inson va uning boʻlgʻusi avlodlari genofondi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlikni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;

tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasida maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorlik qilishini muvofiqlashtirish;

tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning ustun darajadagi iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, hamma joyda zamonaviy resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noxush taʼsirini pasaytirish va oldini olish boʻyicha aholining ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlantirish maqsadida ekologik savodxonlikni va madaniyatni, taʼlimni, shuningdek ekologik bilimlarni targʻib qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va normativ-metodik bazani takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining soʻzsiz va sifatli bajarilishiga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli, oʻrta muddatli va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish;

fuqarolarni atrof muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash, tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilish va yoyish, ekologik taʼlim darajasini oshirish, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

v) jismoniy tarbiya va sport sohasida:

aholining barcha qatlamlarini sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sogʻlom yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;

aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilgʻor chet el tajribasi negizida xalqaro klassdagi sport masterlarini tayyorlash uchun har bir mintaqada sport komplekslari tashkil etish;

sportchilar tomonidan yuqori natijalarga erishishini taʼminlash va mamlakatni Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek Jahon chempionatlarida munosib namoyon qilish uchun sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakatning terma jamoasigacha boʻlgan darajada iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari bilan sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, “Oʻzfarmsanoat” DAK, “Dori-darmon” AK, “Oʻztibtexnika” MChJ, Milliy olimpiya qoʻmitasi, shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyati muvofiqlashtirilishini hamda ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridagi, tashkilotlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining departament mudiri, shuʼbalari mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlashni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudirini, shuʼbalari mudirlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentida hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladigan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq komissiyalar (kengashlar) faoliyati samarali tashkil etilishi, shuningdek ularning qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bosh vazir oʻrinbosari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq komissiyalarga rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bosh vazir oʻrinbosari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga ogʻishmay rioya etilishi uchun javob beradi.

IV. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompleksning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizomga

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari tomonidan faoliyatini tashkil etishni va qarorlarini bajarishni nazorat qilish taʼminlanadigan komissiyalar (kengashlar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshqaradigan komissiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2014 — 2018-yillar davrida Oʻzbekistonda aholining reproduktiv sogʻligʻini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Hukumat komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2020-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashni tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari boshqaradigan komissiya va kengash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davolash muassasalari va aholini dori-darmonlar bilan taʼminlashni nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasining Homiylik kengashi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari boshqaradigan komissiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan oʻtkazish va rotatsiya qilish boʻyicha Respublika komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sogʻlom avlod, xotin-qizlarning sogʻligʻini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 19-oktabrdagi 350-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatini sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, dori-darmonlar bilan taʼminlashni yaxshilash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga boʻysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, eng avvalo, onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash yuzasidan tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, dastlabki tibbiy-sanitariya yordamini yanada takomillashtirish, qishloq vrachlik punktlari, diagnostika, perinatal va skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati samaradorligini oshirish, ilgʻor xorijiy tajribani sogʻliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha monitoring olib borilishini tashkil etish va chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini ekologik xavfsiz, sogʻlom va balansli oziq-ovqat bilan taʼminlashga, ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga yoʻnaltirilgan sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizuvchi ayollar, shuningdek 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini taʼminlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targʻib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sogʻligʻi holatini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, sogʻliqning holati uchun fuqarolarning shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi sogʻligʻi holatining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining reproduktiv sogʻligʻini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish, qishloq vrachlik punktlarini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksa avlod vakillariga gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, keksa kishilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimi ishlarini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tizimli asosda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugʻma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish, ularning oldini olish, respublika mintaqalarining ijtimoiy, tabiiy-iqlim shart-sharoitlari uchun xos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish va ularning profilaktikasi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot fanini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va olib borishni, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv taʼminoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng avvalo, alohida xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasiga va kasallanish manbalarini tugatishga va ular tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlarni, suv taʼminoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizning farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishga, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirishga, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻstirishning yuqori va barqaror surʼatlarini taʼminlashga, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining ehtiyojlari sifatli, samarali va xavfsiz dori-darmon preparatlari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganligini yaxshilashga yoʻnaltirilgan samarali dori-darmonlar siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirishni, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, farmatsevtika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yoʻnaltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, maʼnaviy va fizik eskirgan asbob-uskunalarni yangilashni taʼminlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhit sifat holatining kafolatli darajasiga erishishga, tabiatni muhofaza qilishga, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolishga va odamlarning ekologik xavfsizligi, inson va uning boʻlgʻusi avlodlari genofondi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlikni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasida maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorlik qilishini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning ustun darajadagi iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, hamma joyda zamonaviy resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noxush taʼsirini pasaytirish va oldini olish boʻyicha aholining ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlantirish maqsadida ekologik savodxonlikni va madaniyatni oshirish, taʼlimni, shuningdek ekologik bilimlarni targʻib qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va normativ-metodik bazani takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining soʻzsiz va sifatli bajarilishiga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli, oʻrta muddatli va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarni atrof muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash, tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilish va yoyish, ekologik taʼlim darajasini oshirish, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) jismoniy tarbiya va sport sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining barcha qatlamlarini sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sogʻlom yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilgʻor chet el tajribasi negizida xalqaro klassdagi sport masterlarini tayyorlash uchun har bir mintaqada sport komplekslari tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilar tomonidan yuqori natijalarga erishish va mamlakatni Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek Jahon chempionatlarida munosib namoyon qilish uchun sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakatning terma jamoasigacha boʻlgan darajada iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi mutasaddi boʻlgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning ahvolini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini amalga oshirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining kompleksliligi hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlashga koʻmaklashadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Departament:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga ogʻishmay rioya etilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Departamentning tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Departamentning tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati shuʼbasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish shuʼbasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport shuʼbasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Departament faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan Kompleksning ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks majlislarida hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Departament mudiri:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament shuʼba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Shuʼba mudiri:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shuʼbaga birkitilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

17. Departamentning bosh mutaxassisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va shuʼba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 42-son, 488-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda)