Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKAGA ISTEʼMOL TOVARLARI NOQONUNIY OLIB KELINISHI VA SOTILISHINING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2002-YIL 19-IYULDAGI 257-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmol tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelish va ichki bozorda sotish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yil 23-sentabrdan boshlab nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari yuridik shaxslar tomonidan import qilinganda yigʻim TIF TN kodidan va tovarning kelib chiqish mamlakatidan qatʼi nazar, tovar bojxona qiymatining 20 foizi miqdorida belgilansin.
Koʻrsatib oʻtilgan yigʻim miqdori tovarlarni olib kelishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari import qilinganda ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan yigʻim xorijiy valyutaga yigʻim toʻlanadigan kunda vujudga kelgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda erkin kurs boʻyicha milliy valyuta — “soʻm”da undiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi import boʻyicha olib kelinayotgan isteʼmol tovarlari uchun bojxona toʻlovlari va yigʻimlar undirish mexanizmini 2002-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda puxta ishlab chiqsinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi 257-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-sentabr,
327-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 138-modda)