Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining Umumdavlat klassifikatorini davlat boshqaruvi organlari faoliyatida qoʻllashni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror 2017-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-sentabr,
PQ-2601-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2601-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi PQ-3-sonli qarori bilan tasdiqlangan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
4-ilovaning 7-pozitsiyasidagi “Faoliyat turi XXTUT kod” chiqarib tashlansin;
6-ilovadagi “Tarmoq kodi: (faoliyat turi) — XXTUT” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2601-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori 36-ilovasining 19-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 445-modda; 2017-y., 5-son, 60-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)