O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan o‘tkazishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-iyul,
240-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 30-son, 363-modda)