Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 17.06.2016 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda qonun hujjatlarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ishlar, agar nizo iqtisodiyot sohasidan kelib chiqqan va uni hal etish qonun hujjatlari bilan boshqa davlat organining vakolatiga kiritilmagan boʻlsa, xoʻjalik sudiga taalluqli ekanligiga qaratilsin. Mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda xoʻjalik sudlari (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi), “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga amal qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat organlari deganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyxatida koʻrsatilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, qoʻmitalar, markazlar, inspeksiyalar va ularning hududiy organlari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasining birinchi qismiga muvofiq mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari) va huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshqa organlar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deganda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasining birinchi qismiga muvofiq shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlari tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa organlarning hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan tugatiladi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizalar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mansabdor shaxs deganda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs tushuniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Har qanday manfaatdor shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasi, XPK 1-moddasining birinchi qismi, 23-moddasi birinchi qismining 1-bandi, ikkinchi qismi, 24-moddasi birinchi qismining 9-bandi, FKning 12-moddasi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida, agar nizolashilayotgan hujjat toʻla yoki uning maʼlum qismi (alohida qoidalari) qonun hujjatlariga muvofiq emas, uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadi, shuningdek uning zimmasiga noqonuniy ravishda biron bir majburiyat yuklaydi yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa toʻsiqlarni vujudga keltirib chiqaradi deb hisoblasa, XPKda belgilangan tartibda sudga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qarorning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotning yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organi mansabdor shaxslarining qarorlari hamda harakatlari (harakatsizligi) ustidan nizolashish, agar bunday qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi qoidalaridan kelib chiqsa, xoʻjalik sudi sudloviga taalluqli emas. Xususan, dastlabki tergov organining mol- mulklarga band solish, moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha hujjatli taftish tayinlash va boshqa holatlar yuzasidan qabul qilgan qarorlari, nazorat qiluvchi organining xoʻjalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsini maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorini haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ishlar xoʻjalik sudi sudloviga taalluqli emas.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Qonunga xilof harakatlar sifatida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan oqibatlarni vujudga keltiruvchi holatlar, yaʼni mansabdor shaxsning qonun va qonunosti hujjatlarga, shu jumladan, tegishli tartibda tasdiqlangan nizom va yoʻriqnomalarga zid ravishda harakatlar qilishi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga xilof harakatsizlik deganda mansabdor shaxsning oʻz xizmat vakolati boʻyicha amalga oshirishi lozim boʻlgan harakatlarni sodir etmasligi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar harakatlar (harakatsizlik) turlicha koʻrinishda namoyon boʻlishi bois, har bir vaziyatda guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan isbotlashning boshqa vositalari orqali mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) qonunga xilofligini aniqlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa toʻsiqlar hujjatning haqiqiyligi haqida hujjat talab qilish, uni yangilashni soʻrash, qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirish yoki qoʻshimcha hujjatlar talab qilish, yangi ish oʻrinlari yaratishga toʻsqinlik qilish yoki asossiz ravishda yangi ish oʻrinlari yaratishni talab qilish va shu kabilarda namoyon boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlari deganda qonun bilan qoʻriqlanadigan, boshqa shaxslarning manfaatlariga zid kelmaydigan va huquqlariga putur yetkazmaydigan, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan, tadbirkorlik faoliyatini toʻlaqonli va normal amalga oshirish bilan bogʻliq manfaatlar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Prokuror, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari va boshqa organlar mazkur toifadagi nizolar yuzasidan XPKda belgilangan tartibda sudga ariza taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.4. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi oʻzining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan taqdirda, bunday arizani qanoatlantirish rad etiladi, mulk huquqini belgilaydigan hujjatni haqiqiy emas deb topish haqidagi ariza bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agar qonun hujjatlarida boshqacha muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza sudga manfaatdor shaxs tomonidan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida unga maʼlum boʻlganidan keyin berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Agar davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxslarining harakatlari natijasida tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan huquq va majburiyat keltirib chiqaruvchi hujjat qabul qilinsa, manfaatdor shaxs mansabdor shaxslarning harakatlarini qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan emas, balki shunday harakatlar natijasida qabul qilingan hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan daʼvo muddati qoʻllanilmaydi, qonunda toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Bunda sudlarning eʼtibori qaratilsinki, maʼmuriy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida maxsus daʼvo muddati belgilangan boʻlsa, fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan daʼvo muddati emas, balki ushbu muddat qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy-huquqiy munosabatni tartibga soluvchi qonun hujjatida belgilangan daʼvo muddatining oʻtganligi bildirilgan talabni qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy-huquqiy oqibatlar vujudga keltiruvchi davlat organining hujjatini haqiqiy emas deb topishda FKda nazarda tutilgan daʼvo muddati qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizada XPK 112-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nizolashilayotgan hujjatni qabul qilgan davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) nizolashilayotgan hujjatning nomi, tartib raqami, chiqarilgan sanasi va boshqa maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arizachining fikriga koʻra, nizolashilayotgan hujjat yoki uning maʼlum qismi (alohida qoidalari) bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) arizachining fikriga koʻra, nizolashilayotgan hujjat yoki uning maʼlum qismiga (alohida qoidalariga) muvofiq boʻlmagan qonun hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) arizachining nizolashilayotgan hujjat yoki uning maʼlum qismini (alohida qoidalarini) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining qabul qilingan hujjati tufayli zarar yetkazilgan boʻlsa, arizada yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab ham koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.1. Arizaga XPK 114-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizolashilayotgan hujjatning nusxasi boʻlmagan taqdirda, arizachi ushbu hujjatni davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan talab qilib olish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Bunday iltimosnoma arizada yoki alohida arizada bayon etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haqiqiy emas deb topilishi soʻralayotgan hujjatning arizaga ilova qilinmaganligi arizani XPK118-moddasining birinchi qismiga muvofiq qaytarish uchun asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar arizada hujjatning sanasi va raqami koʻrsatilgan boʻlib, sud tomonidan ishni koʻrish jarayonida aynan mazkur sanadagi va raqamdagi hujjat mavjud emasligi yoki uning nizoga aloqasi yoʻqligi aniqlansa, bildirilgan talabni qanoatlantirish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.2. Mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizada XPK 112-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shikoyat qilinayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining familiyasi, ismi va otasining ismi, mansabi, u mehnat munosabatlarida boʻlgan tegishli organning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) nimada ifodalanishi, harakatlar sodir etilgan sana, vaqt va joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arizachining fikriga koʻra, sodir etilgan harakatlar (harakatsizlik) bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) arizachining fikriga koʻra, sodir etilgan harakatlar (harakatsizlik) muvofiq boʻlmagan qonun hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) arizachining mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ijrochisining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizada, shuningdek sud ijrochisining ijroga oid shikoyat qilinayotgan harakatlari (harakatsizligi) bilan bogʻliq ijro hujjati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mansabdor shaxslarning sodir etilgan gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli zarar yetkazilgan boʻlsa, arizada yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab ham koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.3. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinganda, arizada javobgar sifatida mansabdor shaxs emas, balki davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi koʻrsatiladi. Mansabdor shaxs boshqa ishga oʻtgan yoki egallab turgan lavozimidan ozod etilgan hollarda ham u mehnat munosabatlarida boʻlgan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar inobatga olishlari kerakki, agar arizada javobgar sifatida davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsi koʻrsatilgan boʻlsa, arizani qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar talab davlat organining oʻziga emas, balki uning yuridik maqomga ega boʻlmagan alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, davlat organining oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilish sud tomonidan XPKning 38-moddasiga muvofiq hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.4. Ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish tashkilotning tugatilganligi arizani XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilishni rad etishga asos boʻladi, ushbu holat ariza ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, ish yuritish XPK 86-moddasining 4-bandiga asosan tugatiladi, tashkilotni tugatish toʻgʻrisidagi davlat organining hujjati ustidan berilgan ariza bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizolashilayotgan hujjatni chiqargan yoki uning mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi tugatilib, uning vazifalari boshqa davlat organiga berilgan holda, ushbu davlat organi ish boʻyicha javobgar hisoblanadi. Shu munosabat bilan, sudlar bunday holda tugatilgan davlat organini XPKning 39-moddasiga muvofiq uning huquqiy vorisi bilan almashtirish masalasini hal etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qabul qilingan qaror, buyruq, koʻrsatma, order, guvohnoma va shu kabi huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi boshqa hujjatlar, agarda ular qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmasa yoki tashkilotlar hamda fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan taqdirda, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shunday hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlar ham sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tekshirish natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni (tovarlarni va hujjatlarni vaqtincha olib qoʻyish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni, maʼlumotnomalarni, xulosalarni, bayonnomalarni va hokazolarni), mansabdor shaxslarning bergan topshiriqlarini (ogʻzaki yoki yozma koʻrsatmalarini, xatlarini), shuningdek biron-bir huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydigan boshqa hujjatlarni (masalan, yer uchastkasini tanlash dalolatnomasini, xulosasini, sud ijrochisining mulkni koʻzdan kechirish dalolatnomasini va hokazolarni) haqiqiy emas deb topish, davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini bekor qilish, noqonuniy (qonunga xilof), qonuniy deb topish, bekor qilingan hujjatni oʻz kuchida qoldirish, mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) haqiqiy emas deb topish, bekor qilish kabi talablar sudda koʻrib chiqilmaydi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining haqiqiy emas deb topish soʻralayotgan hujjati fuqaroning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlib, ammo nizo iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga kelgan boʻlmasa, bunday nizo sudga taalluqli hisoblanmaydi. Shu bois, bunday talab bilan sudga murojaat qilinganda, XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan arizani qabul qilish rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlarga tushuntirilsinki, shartnomalar va boshqa bitimlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha (masalan, shartnoma boʻyicha mahsulot haqi toʻlanmaganligi yoki mahsulot yetkazib berilmaganligi uchun) mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilingan taqdirda, XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan arizani qabul qilish rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. XPK 55-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat organlari va boshqa organlarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar koʻrilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolar koʻrilganda, ushbu harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga muvofiqligini isbotlash majburiyati tegishli davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining zimmasiga yuklatiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar hujjatni qabul qilgan organ uning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni, shuningdek qabul qilingan hujjatning yoki sodir etilgan harakatning (harakatsizlikning) qonun hujjatlariga muvofiqligini, arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligini isbotlay olmasa, talab qanoatlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz navbatida, arizachi ham nizolashilayotgan hujjat, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini asoslab berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPKning 55-moddasiga muvofiq mazkur toifadagi nizolar boʻyicha isbotlash majburiyati javobgar zimmasiga yuklatilganligi sababli, sudlar javobgarni sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida XPK 124-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilishi lozim. Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan javobgarning sud majlisiga kelmaganligi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarga tushuntirilsinki, qabul qilingan hujjat yoki sodir etilgan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida talab bildirilganda, zarar miqdorini isbotlash majburiyati arizachi zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda arizachining arizasiga koʻra, XPK 77-moddasi birinchi qismining 41-bandiga asosan nizolashilayotgan hujjatning ijrosi toʻxtatib turilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda arizachining arizasiga koʻra, XPK 77-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan daʼvoni taʼminlash choralari qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daʼvoni taʼminlashga, agar shunday choralarni koʻrmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudlov ishini yuritishning har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning eʼtibori, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining uchinchi qismiga koʻra, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlarining ijrosi toʻxtatib turilmasligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sudlar inobatga olishlari lozimki, davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan noqonuniy hujjatlar qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sud daʼvogarning arizasi boʻyicha XPK 76-moddasining ikkinchi qismiga asosan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yavada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-sonli Farmoni 3-bandining talabidan kelib chiqib, sudlar inobatga olishlari lozimki, yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida zarar tegishli davlat organidan, birinchi navbatda, uning budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan undirilishi koʻrsatiladi. Shu munosabat bilan, sudlar bunday toifadagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va (yoki) uning hududiy organlarini ikkinchi javobgar sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur toifadagi ishlar boʻyicha nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi majburiy hisoblanmaydi va bunday tartibga rioya qilingan yoki qilinmaganligidan qatʼi nazar, agar arizani qabul qilishni rad etish (XPK 117-moddasining birinchi qismi) yoki arizani qaytarish (XPK 118-moddasining birinchi qismi) uchun asoslar boʻlmasa, ariza ish yuritishga qabul qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar xoʻjalik sudlari tomonidan mazkur toifadagi ishlar XPKda nazarda tutilgan daʼvo boʻyicha ish yuritishning umumiy qoidalari asosida, bunday nizolarni hal etishga oid xususiyatlar inobatga olingan holda, XPK 125-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi (XPK 26-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tomonidan koʻriladigan hokimiyat oliy organlarining normativ xaraktyerga ega boʻlmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno). Ishni koʻrish jarayonida qarshi daʼvo taqdim qilingan taqdirda ham ish oʻn besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi (XPK 125-moddasining uchinchi qismiga asosan ishni koʻrish muddati uzaytirilgan hollar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPK 125-moddasining uchinchi qismiga muvofiq alohida hollarda ishni koʻrish muddati xoʻjalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Lekin, ishni koʻrishning umumiy muddati bir yarim oydan oshishi mumkin emas. Qarshi daʼvo ish yurituvga qabul qilinganda ishni koʻrish yangidan boshlanadi. Ammo, ishni koʻrish yangidan boshlanishi XPKning 125-moddasida nazarda tutilgan ishni koʻrish muddatining yangidan hisoblashga asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sudlarning eʼtibori bu toifadagi ishlarni koʻrishning oʻziga xos xususiyatlari davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari javobgar sifatida qatnashishi, ishlarni koʻrish muddatlarining qisqartirilganligi, nizolashilayotgan hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati ularni qabul qilgan davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilganligi, hujjatning (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan taqdirda ijro varaqasi berilmasligi, sudning hal qiluv qarori darhol ijro etilishi hamda boshqalardan iborat ekanligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi rahbarlari hamda vakillari tushuntirish berish uchun XPKning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisiga chaqirtirilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan ushbu shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishni koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sud mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda nizolashilayotgan hujjat yoki uning maʼlum qismi (alohida qoidalari)ning, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi, shuningdek hujjatni qabul qilgan tegishli organ va mansabdor shaxsning vakolatini, iqtisodiyot sohasida arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan yoki buzmaganini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sud davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjati yoki uning ayrim qismlari, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) qonun hujjatlariga muvofiq emasligini hamda buning natijasida arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilganini aniqlasa, hujjatni (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb, mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topadi. Bunda koʻrsatilgan holatlarning bir paytda mavjud boʻlishiga eʼtibor berish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agar ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar nizolashilayotgan hujjat uni qabul qilgan organ yoki yuqori turuvchi organ tomonidan bekor qilingan boʻlsa, nizo bartaraf etilganligi munosabati bilan hujjatni (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizolashilayotgan hujjatning bekor qilinganligi arizachining buzilgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini FKning 11-moddasida nazarda tutilgan usullarda himoya qilish, shu jumladan yetkazilgan zararlarni aybdor shaxslardan undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hujjatining qabul qilinishi va yuborilishida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarning buzilganligi (agar qonun hujjatlarda boshqacha nazarda tutilgan boʻlmasa), yuriskonsult vizasi va (yoki) yozma xulosasining olinmaganligi, boshqa soha mutaxassislari bilan kelishilmaganligi va shu kabi boshqa holatlar ushbu hujjatning qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjat deb hisoblashga va uni haqiqiy emas deb topishga asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Agar talab davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hujjatining bir qismini haqiqiy emas deb topish yuzasidan qoʻyilgan boʻlsa-da, ammo hujjatning nizolashilayotgan mazkur qismi qonun hujjatlariga muvofiq hamda tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan deb topilsa, biroq boshqa qismlari qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmasa, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa ham, sud bildirilgan talabdan chetga chiqish huquqiga ega emasligidan kelib chiqib, talabni qanoatlantirishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Nazorat qiluvchi organning xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy jazo chorasini qoʻllash haqidagi arz qilingan talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar, XPK 60-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq aynan shu shaxslar ishtirokchisi boʻlgan boshqa ishni sud koʻrayotganda nazorat qiluvchi organ tomonidan yangidan isbot qilinmaydi. Chunki, sud xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda XPK 15517-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan holatlar bilan birga nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshirishning qonuniy oʻtkazilganligi va asosliligi, tekshirishning davriyligi va muddatlari, xoʻjalik yurituvchi subyektning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilmaganligi (tekshirish uchun asos boʻlgan hujjatlarning taqdim etilganligi, tekshirishlarni qayd etish daftariga yozuvlar kiritilganligi, davlat siri yoki tijorat sirining saqlanishi taʼminlanganligi, tekshirish hujjatlarining rasmiylashtirilganligi va xoʻjalik yurituvchi subyektga topshirilganligi)ga huquqiy baho beradi. Shu munosabat bilan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy jazo chorasining qoʻllanilishiga asos boʻlgan nazorat qiluvchi organ hujjatining shu qismini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qoida dastlab davlat organining hujjatini haqiqiy emas deb topish, uning mansabdor shaxsining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida ish koʻrilgan boʻlib, soʻngra xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisida talab bildirilgan holda ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur toifadagi ishni koʻrish natijasi yuzasidan sudning hal qiluv qarori XPKning 18-bobida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22.1. Sudlar inobatga olishi lozimki, XPK 143-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorida mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda maxsus protsessual norma boʻlgan XPKning 143-moddasi qoʻllanilgani koʻrsatilishi va hal qiluv qarorining xulosa qismida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hujjatning nomi, tartib raqami, chiqarilgan sanasi, boshqa zarur rekvizitlari va uni chiqargan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hujjatni toʻla yoki uning maʼlum qismini haqiqiy emas deb topish yoxud arizachining talabini toʻla yoki uning maʼlum qismini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qabul qilingan hujjat tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma, shunday talablar mavjud boʻlgan taqdirda, aks ettirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22.2. Davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida bunday harakatlar (harakatsizlik) nimada ifodalanganligi va ularni qonunga xilof deb topishga asos boʻlgan qonun hujjatlari, xulosa qismida esa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shikoyat qilinayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, mansabi, u mehnat munosabatlarida boʻlgan tegishli organning nomi, harakatlar (harakatsizlik) nimada ifoda etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) muvofiq boʻlmagan qonun hujjatining nomi, tegishli moddasi (bandi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shikoyat qilinayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish, muayyan harakatlarni bajarish majburiyati va arizachining huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan holatlarni bartaraf etish yoki arizachining talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) talabni qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori ijrosi toʻgʻrisida tegishli organ tomonidan sudga xabar berish lozimligi toʻgʻrisida koʻrsatma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma, shunday talablar mavjud boʻlgan taqdirda, aks ettirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. XPK 146-moddasining beshinchi qismiga muvofiq davlat organlarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari darhol ijro etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori ham oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib darhol ijro etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sudlar inobatga olishi lozimki. davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari yuzasidan ijro varaqasi berilmasa-da, zararlar undirilgan taqdirda, ushbu zararlarni hamda ishni koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini (pochta xarajatlari, ekspertizani oʻtkazish xarajatlari, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar va boshqa xarajatlarni) undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Sudning bildirilgan talabni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan boshlab haqiqiy emas deb topilgan hujjat yoki uning maʼlum qismi bajarilmaydi va u qabul qilingan paytdan boshlab haqiqiy emasligi sababli, hech qanday huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Shu bois, agar nizolashilayottan hujjatni haqiqiy emas, mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish haqidagi talab bilan birga ularning oqibatini qoʻllash haqida talab qoʻyilmagan boʻlsa, bunday talab alohida daʼvo arizasida bildirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar inobatga olishi lozimki, davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganda, sud oʻz tashabbusi bilan hujjatning haqiqiy emasligi yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilofligi oqibatlarini qoʻllashga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sudlarga tushuntirilsinki, XPK 24-moddasi birinchi qismining 9-bandiga muvofiq davlat soliq xizmati organining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatini, shu jumladan soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hududiy komissiyalarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi hujjatlari yuridik oqibat keltirib chiqarishi sababli, ularni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talablar ham sudga taalluqli boʻlib, bunday nizolar boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari javobgar hisoblanadi. Shu bois, agar arizada javobgar sifatida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyasi koʻrsatilgan boʻlsa, sudlar arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlashda XPK 122-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq ishda javobgar sifatida ishtirok etish uchun tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki uning hududiy organini jalb etish masalasini koʻrib chiqishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda arizada javobgar sifatida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (uning hududiy komissiyasi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (uning hududiy organi) koʻrsatilgan boʻlsa, sudlar ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (uning hududiy komissiyasiga) nisbatan ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan tugatishi lozim.
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26.1. Soliq kodeksi 122-moddasining mazmuniga koʻra, har bir soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organlarining qarorlarini (butunlay yoki qisman) bekor qilish toʻgʻrisidagi shikoyat, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat bilan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga yoki mazkur qarorni (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq kodeksi 123-moddasining uchinchi qismida tegishincha shikoyat boʻyicha davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan (nizolashilayotgan) qarorning ijro etilishi, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning undirilishi, moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilishi toʻxtatib turilishi nazarda tutilgan. Ammo, bu qoida davlat soliq xizmati organining qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga ushbu qarorning ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan ham sudga murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga shikoyat berilganligi, davlat soliq xizmati organining qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarga tushuntirilsinki, soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmati yuqori turuvchi organiga murojaat qilinmaganligi soliq toʻlovchining davlat soliq xizmati organi qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirishni rad etish yoki koʻrmasdan qoldirish yoxud ish yuritishni tugatish uchun asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qoidalar davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26.2. Sudlarning eʼtibori Soliq kodeksi 104-moddasining yettinchi qismiga koʻra, davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining mazkur Kodeksning 15-bobi qoidalariga rioya etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkinligiga qaratilsin. Shunga koʻra, davlat soliq xizmati organining qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvini oʻtkazish va soliq tekshiruvi materiallarini koʻrishda Soliq kodeksining 15-bobi qoidalariga rioya etilgani ham tekshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan bunday buyruqni chiqarishda Soliq kodeksining 14-bobi qoidalariga rioya etilganligi ham tekshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 34-moddasining birinchi qismiga koʻra, monopoliyaga qarshi organning qarori bilan birga qaror asosida beriladigan koʻrsatmani ham butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilgan Qonun 34-moddasining ikkinchi qismida bunday ariza berilganligi monopoliyaga qarshi organning qarori (koʻrsatmasi) ijrosini ariza koʻrib chiqiladigan vaqt mobaynida toʻxtatib turishi belgilangan. Biroq, bu qoida qarorni (koʻrsatmani) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga ushbu hujjatning ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan ham sudga murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Sudlar inobatga olishi lozimki, monopoliyaga qarshi organning qarori va uning asosida berilgan koʻrsatmani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talablar bitta talab hisoblanadi. Shu bois, talabni qanoatlantirish rad etilganda, arizachidan (agar u davlat boji toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) davlat boji faqat bitta talab boʻyicha undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining (bundan buyon matnda Sud departamenti deb yuritiladi) tuman (shahar) boʻlimi yuridik shaxs boʻlmaganligi sababli, uning qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim bilan XPK 122-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq ishda ishtirok etish uchun Sud departamentining hududiy boshqarmasi javobgar sifatida jalb etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan hal qiluv qarorining xulosa qismida Sud departamentining tuman (shahar) boʻlimiga nisbatan talab boʻyicha ish yuritish tugatilganligi koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qoida nafaqat Sud departamentining tuman (shahar) boʻlimiga, balki boshqa davlat organlarining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalariga ham taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjati butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topilishidan qatʼi nazar, davlat boji javobgardan (agar u davlat boji toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish haqidagi arizalar boʻyicha, sodir etilgan harakatlar (harakatsizliklar) nimada ifodalanganligidan qatʼi nazar, davlat boji eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarining mazmuniga koʻra, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi. Shu munosabat bilan, sudlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda javobgar sifatida mahalliy davlat hokimiyati organi emas, balki ushbu fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi boʻlishiga eʼtibor berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Sudlar yuridik shaxslar, kichik biznes xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga noqonuniy aralashishga yoʻl qoʻyilgan, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilingan, mulkdorlar huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari, qonun hujjatlari buzilgan har bir holat boʻyicha davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining qonunda belgilangan javobgarligi masalalarini hal etish, qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqargan sabablar va sharoitlarni oʻrganib, xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish choralarini koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 17-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
298-son