O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-sonli “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son hamda “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumning eksportini tartibga solish, xorijiy valyutadagi tushum tushishi yuzasidan samarali nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga:
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) barcha transport vositalaridan foydalangan holda eksport qilishga;
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08, 1202) to‘lovni norezidentlarning xalqaro to‘lov kartalaridan qabul qilish yo‘li bilan eksport qilishga;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
2016-yil 1-iyulgacha yangi meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni kreditorlik qarzlari summasiga hamda ilgari tuzilgan eksport kontraktlari bo‘yicha 2016-yil 1-maydagi holatiga ko‘ra ochilgan akkreditivlar bo‘yicha eksport qilishga ruxsat etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishga fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirishda ularda meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum turlari (navlari) va yetishtirilgan mintaqa (viloyat, tuman) ko‘rsatilishini qat’iy ravishda ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-iyun,
207-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 75-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilab qo‘yilsinki, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) eksport qilish belgilangan tartibda barcha transport vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xomashyo birjasi orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 63-pozitsiya qo‘shilsin:
|
“ |
63. |
Meva-sabzavot mahsulotlari |
07, 08, 1202 |
”. |
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2016-yil 20-yanvardagi 13-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 4-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida” 2016-yil 1-apreldagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 14-son, 131-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 24-son, 292-modda, 46-son, 530-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)