10.06.2016 yildagi 197-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston bunyodkori” nashriyot uyini tashkil qilish va “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda shaharsozlik faoliyati sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish, qurilish materiallari sanoatidagi chuqur tarkibiy oʻzgartirishlarni muntazam ravishda yoritib borish va sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini keng targʻib qilish, shuningdek uy-joy va kommunal xoʻjalik sohasidagi qonunchilik normalarini aholining barcha qatlamlariga tushuntirib borish orqali uning huquqiy ongi va saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Qishloq qurilish invest” IK MChJ hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarning masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Oʻzbekiston bunyodkori” nashriyot uyini (keyingi oʻrinlarda Nashriyot uyi deb ataladi) tashkil qilish va “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassislarning Nashriyot uyi ustav kapitalidagi ulushlari ilovaga muvofiq belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nashriyot uyining asosiy maqsad va vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatidan va davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan aholini boxabar qilib borish, respublikamiz hududlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining ahamiyatini izchil targʻib qilish, shaharsozlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini sharhlab borish va ularni amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq masalalarni batafsil tushuntirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi chuqur tarkibiy oʻzgartirishlarning, mahalliy xom ashyodan foydalangan holda zamonaviy, innovatsion va yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining va soha rivojiga oid qabul qilingan davlat dasturlarining ahamiyatini keng targʻib qilish, sohadagi mavjud imtiyozlarni rivojlantirish maqsadida berilgan imtiyozlar va imkoniyatlardan tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy va kommunal xoʻjalik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini aholining barcha qatlamlariga tushuntirib borish orqali uning huquqiy ongi va saviyasini oshirish, soha faoliyatiga oid maqolalar va tahliliy materiallar tayyorlash, aholi va mutasaddi mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida samarali muloqot tizimini tashkil etish va shu orqali respublika hududlarida aholi eʼtiboridagi dolzarb mavzularni izchil yoritib borishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik va arxitektura faoliyati, qurilish materiallari sanoati, uy-joy va kommunal xoʻjalik sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi haqida maʼlumotlar berib borish, mazkur sohalardagi yuqori texnologiyalar, konstruktorlik ishlanmalari va ilmiy-amaliy izlanishlarning natijalari, ularni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va istiqbollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, mutaxassislar, ayniqsa yosh avlod vakillari oʻrtasida ommabop tarzda targʻib qilish, shuningdek mazkur yoʻnalishlarda mehnat qilayotgan zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega yosh kadrlar faoliyatini yoritib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasi faoliyatini yuqori darajada tashkil etish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari matbuot xizmatlari, shuningdek oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorlik tizimini shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Nashriyot uyini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasining muntazam nashr etilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nashriyot uyi ustavi va “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasi nizomining ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasi davriyligi, uning tahririyat hayʼati hamda shtat jadvali belgilanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chop etiladigan maqolalar uchun mualliflik haqi toʻlashni tartibga soluvchi tegishli hujjat ishlab chiqilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nashriyot uyi faoliyati uchun boshqa zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nashriyot uyi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Toshkent shahar, Abay koʻchasi, 6-uyda joylashgan binosiga tekin foydalanish shartnomasi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nashriyot uyining daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantirilishi inobatga olinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasini sotishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Nashriyot uyi muassisligidagi “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasi ommaviy axborot vositasi sifatida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasining boʻlimlari va ruknlarini shakllantirishda, uning har bir sonini nashrga tayyorlashda, maqola va tahliliy materiallar bilan taʼminlashda doimiy ravishda tahririyatga amaliy yordam bersinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati va “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi Nashriyot uyi bilan birgalikda 2016-yildan boshlab “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasiga obuna boʻlishni tashkil etish, tarqatish va sotish masalalarini belgilangan tartibda hal etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 10-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
197-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 197-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassislarning “Oʻzbekiston bunyodkori” nashriyot uyi” MChJ ustav kapitalidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulushlari

Muassislar

Ulush hissasi (foizlarda)

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi*

55

“Oʻzqurilishmateriallari” AK

9

“OʻzGASHKLITI” DUK

9

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK

9

“OʻzgeorangmetLITI” DUK

9

“Qishloq qurilish invest” IK MChJ

9

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ustav fondiga ulush budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 285-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)