O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash obyektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Respublikaning sport va ta’lim muassasalarini sifatli sport asbob-uskunalari bilan ta’minlash, xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan zamonaviy sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari ro‘yxatiga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 14-iyun,
202-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 24-son, 290-modda)