OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
DAVLAT KADASTRLARI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, kadastrga doir axborotni toʻplash va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
2-modda. Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Davlat kadastri tushunchasi
Davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xoʻjalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat boʻladi.
4-modda. Davlat kadastrlari yagona tizimi
Davlat kadastrlarining yagona tizimi Oʻzbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini taʼminlashga moʻljallangan koʻp maqsadli axborot tizimi tarzida yaratiladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish tartibi davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi
Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi:
davlat yer kadastri;
foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar davlat kadastri;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat suv kadastri;
davlat oʻrmon kadastri;
oʻsimliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri;
hayvonot dunyosi davlat kadastri;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri;
(5-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278 sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
binolar va inshootlar davlat kadastri;
davlat shaharsozlik kadastri;
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;
tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat kadastri;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil yoʻllari davlat kadastri;
temir yoʻllar davlat kadastri;
transport quvurlari davlat kadastri;
aloqa obyektlari davlat kadastri;
energetika obyektlari davlat kadastri;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni koʻmib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri;
(5-moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
tabiiy xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri;
texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri;
kartografiya-geodeziya davlat kadastri;
hududlar davlat kadastri.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga qonun bilan belgilanadigan boshqa davlat kadastrlari ham kirishi mumkin.
6-modda. Davlat kadastrlari obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer, foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, suvlar, oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini koʻmib tashlash va utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining obyektlari hisoblanadi.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278 sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Qonunda davlat kadastrlarining boshqa obyektlari ham nazarda tutilishi mumkin.
7-modda. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari
Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
kadastr obyektlarining har bir turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini toʻla qamrab olish;
fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qoʻllash;
kadastrga doir axborotni shakllantirish uslubiyatining yagonaligi;
kadastrga doir axborotning aniqligi;
kadastrga doir axborotning hamma uchun ochiqligi.
8-modda. Davlat kadastrlarini yuritish sohasida davlat boshqaruvi
Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli organ va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat kadastrlarining yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ularni takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, moliyalashtirish va investitsiya masalalarini hal qiladi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastrga doir axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibini belgilaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Maxsus vakolatli organning davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
(10-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarni tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur boʻlgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Keyingi tahrirga qarang.
kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etadilar;
davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Davlat kadastrlarini yuritish
Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlarini yuritishga quyidagilar kiradi:
kadastr obyektlariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisida, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat kadastrlari yuritilishini moliyalashtirish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi va tasdiqlanishining yuridik hujjati hisoblanadi.
Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotlarni davlat reyestrlariga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Kadastr obyektlarini hisobga olish
Kadastr obyektlarini hisobga olish vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli boʻlinmalari tomonidan kadastr obyektlarining chegaralari doirasida, shuningdek aholi punktlari, tumanlar, mintaqalar, tabiiy va iqtisodiy tegralar hamda butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ularning amaldagi holati va ulardan foydalanilishiga koʻra olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Kadastr obyektlarini baholash
Kadastr obyektlarini baholash sifat va qiymat jihatidan baholashni oʻz ichiga oladi.
Kadastr obyektlarini sifat jihatidan baholash ularning tabiiy va jismoniy tavsiflari asosida amalga oshiriladi.
Kadastr obyektlarini qiymat jihatidan baholash ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Kadastr hujjatlari
Kadastr obyektiga boʻlgan mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, obyektning kadastr yigʻmajildi, kadastr xaritasi (plani), kadastr kitobi, kadastr obyektlarining holati haqidagi hisobot kadastr hujjatlarining asosiy turlaridir.
Kadastr yigʻmajildi kadastr obyektiga boʻlgan huquqni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻladigan kadastr obyektini kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlaridan iborat boʻladi.
Kadastr xaritasi (plani) kadastr obyektlari joylashgan yerni, ularning chegaralari, muhofaza tegralari, baholash, miqdor va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi grafik chizma hujjati boʻlib, u qogʻozda, magnit va boshqa vositalarda tuziladi.
Kadastr kitobi kadastr obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishning asosiy hujjati hisoblanib, u kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor hamda sifat jihatdan tavsiflari va bahosi haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Kadastr obyektlarining holati toʻgʻrisidagi hisobot davlat kadastrining har bir turi boʻyicha belgilangan tartibda tuziladi hamda kadastr obyektlarining alohida hududlar va butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha miqdor va sifat holati, bahosi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
17-modda. Davlat kadastrlariga doir axborotni taqdim etish
Davlat kadastrlariga doir axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi.
Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-dekabr,
171-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 19-modda; 2002-y., 9 (1317)-son, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)