O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Dori vositalari va tibbiy jihozlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi dori vositalari va tibbiy jihozlar shaxsiy foydalanish uchun olib kirilishi hamda olib chiqilishining belgilangan tartibiga jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 8-iyun,
191-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga muvofiq dori vositalari, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va tibbiy jihozlar shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi va olib chiqilishi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
shaxsiy foydalanish uchun tovarlar — bojxona chegarasi orqali o‘tadigan jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun shaxsiy, oilaviy, uy ehtiyojlari va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan tovarlar;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qo‘yish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab o‘tilgan jarayonlarni ta’minlash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda o‘zgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanishiga ruxsat etilgan, qo‘llanishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik ta’sir ko‘rsatmaydigan, ayrim holda majmua yoki tizimlar sifatida qo‘llanadigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy ta’minotlar;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llashga tayyor dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
shaxsiy foydalanish uchun dori vositalari va tibbiy jihozlarni olib kirish, olib chiqish — dori vositalari va tibbiy jihozlarni, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni boshqa davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan boshqa davlat hududiga olib o‘tish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
gomeopatik dori vositalari — bir — yoki ko‘p komponentli — har xil dori shakllari tarzidagi maxsus texnologiya bo‘yicha ishlab chiqariladigan peroral, inyeksiyali yoki mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan, qoidaga ko‘ra, tarkibida aktiv birikmalar mikrodozasi mavjud bo‘lgan preparatlar;
eritma — ichki va tashqi qo‘llash uchun, shuningdek inyeksiyalar uchun foydalaniladigan suyuq, qattiq yoki gazsimon moddalarni tegishli eritgichda eritish yo‘li bilan olinadigan suyuq dori shakli;
infuzion eritmalar — organizmga qon tomirlari orqali yuborish uchun mo‘ljallangan suyuq eritmalar;
inyeksiyalar uchun eritmalar — tegishli eritgichdagi dori vositalarining sterillangan suvli va (yoki) suvli bo‘lmagan eritmalari;
tashqi dorilar — malham dori, emulsiya, linimentlar, losonlar, jelelar, gellar, ko‘piklar, pastalar, eritmalar, aralashmalar, kukunlar, damlamalar, aerozollar va tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan dorilarning boshqa shakllari.
Oldingi tahrirga qarang.
II. Dori vositalari va tibbiy jihozlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqish tartibi
(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni quyidagi hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
mamlakatda bo‘lish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashab turgan oila a’zolarining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar ishtirokchilarini davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda dori vositalari va tibbiy jihozlar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirilishi va olib chiqilishida faqat ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun foydalanilishi va sotish uchun boshqa shaxslarga berilmasligi kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
5. Yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan quyidagilar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladi va olib chiqiladi:
turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy jihozlar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Bunda bir o‘ramda:
qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun — 100 birlikdan ortiq emas;
eritma tayyorlash uchun qo‘llaniladigan kukunlar uchun — 500 grammdan ortiq emas;
granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun — 50 grammdan ortiq emas;
infuzion eritmalar va oral (og‘iz orqali) qo‘llaniladigan eritmalar uchun — 500 millilitrdan ortiq emas;
inyeksiyalar uchun eritmalar — 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas;
tashqi dorilar uchun — 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchining o‘ramida bo‘lishi kerak.
(5-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mazkur bandda keltirilgan dori vositalarini olib o‘tishda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan dori vositalarining qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlash, ya’ni ularning miqdori, olib o‘tishning takroriyligi, safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jismoniy shaxslar tomonidan dori vositalari ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan me’yordan ortiq miqdorda bojxona chegarasi orqali olib kirishda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi bilan birga bojxona organlariga dori vositalari uchun bo‘lish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan bemor uchun mo‘ljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdori ko‘rsatilgan holdagi hujjatini hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsatnoma olmasdan olib kirishga ruxsat berilgan me’yordan ortgan biologik faol qo‘shimchalar uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli ruxsatnomasini taqdim etishi shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xalqaro qatnaydigan dengiz (daryo) kemalarida, samolyotlarda tibbiy dorilar qutichasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining cheklangan miqdorini olib kirish va olib chiqish tegishli transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatning qonunchilikda belgilangan nazorat choralariga rioya etilgan holda litsenziyasiz amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bo‘lgan dori vositalarini jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqish Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Giyohvandlik vositalarini 7 sutkalik ehtiyojdan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib chiqishga tibbiyot muassasasining davolash-maslahat komissiyasining muhri bilan tasdiqlangan xulosasi mavjud bo‘lganda ruxsat beriladi.
10. Giyohvandlik vositalarini 7 sutkalik ehtiyojdan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib kirishga yashash yoki bo‘lish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, davolash kursining tavsiya etiladigan soni ko‘rsatilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda ruxsat beriladi.
11. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun psixotrop moddalarni yashash yoki bo‘lish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan turli nomdagi 5 tagacha davolash preparatlarini va ulardan har birining ikkitadan ortiq bo‘lmagan o‘ramini davolash kursi doirasida olib kirish va olib chiqishda ruxsat beriladi.
12. O‘tkazish punktlarida bojxona chegarasini kesib o‘tishda jismoniy shaxslar ularda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar borligini deklaratsiyada qayd etishlari shart, bunda giyohvandlik vositalari uchun — bojxona organiga jismoniy shaxsning yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, dori vositasining nomi, uning dori shakli va davolash kursining tavsiya etiladigan soni ko‘rsatilgan hujjat taqdim etilishi kerak.
13. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatlar mavjudligini va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning jismoniy shaxsdagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning nomlariga va soniga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladilar.
14. Jismoniy shaxslar tomonidan tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatda va bojxona organiga bildirilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar nomlari va sonidan ortiq bo‘lgan taqdirda ortiqchasi olib qo‘yilishi va belgilangan tartibda yo‘q qilinishi kerak.
III. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
15. Jismoniy shaxs dori vositalari va tibbiy jihozlarni, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqishda taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 24-son, 283-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)