05.03.2016 yildagi PQ-2505-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016 — 2020-yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xom ashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan sifatli raqobatdosh oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlarini oshirish hamda turlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yangi ishlab chiqarishlarni qurish va amaldagilarini modernizatsiya qilish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy savdo-logistika markazlari va muzlatish quvvatlarini yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2016 — 2020-yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xom ashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish Dasturi ma’qullansin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaga* muvofiq, oziq-ovqat sanoatining xom ashyo bazasini rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarishning prognoz parametrlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovaga* muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalar qurish, amaldagilarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, tara-qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish investitsiya loyihalarining ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 — 3v-ilovalarga* muvofiq, meva-sabzavot, go‘sht-sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha yangi korxonalar qurilishining prognoz parametrlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ilovaga* muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun yangi zamonaviy muzlatish kameralari qurilishining prognoz parametrlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-ilovaga* muvofiq, oziq-ovqat sanoati uchun yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-ilovaga* muvofiq, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-ilovaga* muvofiq, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berishning maqsadli parametrlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi mazkur dasturda nazarda tutilgan, xom ashyo bazasi va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini rivojlantirishning prognoz parametrlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishini ta’minlasin.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2016-yil yakunlari bo‘yicha viloyatlar va tumanlar kesimida ekin maydonlari tarkibini maqbullashtirish natijalari, paxtadan bo‘shagan yerlarda boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish samaradorligi, hosildorligi, rentabelligi va eksport imkoniyatlariga alohida e’tibor bergan holda tanqidiy baholasin va uning natijalaridan kelib chiqib, 2017-2018-yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va ishlab chiqarish hajmlarining prognoz parametrlariga zarur tuzatishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta xom ashyosi yetishtirish hajmlari kamayishidan ko‘riladigan yo‘qotishlarni eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hisobiga albatta to‘ldirilishini nazarda tutib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari, ularning hosildorligi va eksport prognoz ko‘rsatkichlariga tegishli tuzatishlar kiritish ishlari har bir o‘tgan yil natijalari bo‘yicha amalga oshirib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyat va tumanlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishlab chiqarish xarajatlari va nobudgarchilikni maksimal darajada qisqartirishni ta’minlash maqsadida, meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini omborlar, muzlatish kameralari, qayta ishlash korxonalari, savdo-logistika markazlarining quvvatlari bilan chambarchas bog‘langan holda kompleks yondashuvga qat’iy rioya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 1 — 4-ilovalari bilan tasdiqlangan parametrlardan kelib chiqqan holda, xom ashyo bazasini rivojlantirish va yangi oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish hududiy maqsadli dasturlarni ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Meva-sabzavot mahsulotlarini yanada chuqur qayta ishlash va uning eksport salohiyatini oshirishni ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi 8-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 8-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelajakda yangi va qayta ishlangan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘ladigan talablarni aniqlash bo‘yicha tizimli asosda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, shuningdek yangi sotish bozorlarini o‘zlashtirishda mahalliy eksporterlarga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, birlamchi qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha ixtisoslashgan kompleks savdo-logistika markazlari, shuningdek muzlatish quvvatlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meva, sabzavot, poliz va ularni qayta ishlash mahsulotlarini transportda tashish, bojxona rasmiylashtiruvi va ularni yuklab jo‘natish bo‘yicha hisobot taqdim qilishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni tezkor ko‘rib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qilinadigan yangi va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ushbu qarorning 7-ilovasida ko‘zda tutilgan prognoz parametrlarining bajarilishi ustidan monitoring olib borishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalari ro‘yxatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika komissiyasi raisi (Sh. Mirziyoyev) “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasining tuzilmasi, unga yuklatilgan maqsad va vazifalarini tanqidiy ko‘rib chiqsin va bir oy muddatda uning tuzilmasi va eksportga yo‘naltirilgan faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda doimiy asosda:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki bozorda aholining haqiqiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari importi tarkibini tahlil qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor mahsulot importini qisqartirishga, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh oziq-ovqat mahsulotlari nomenklaturasi va turlarini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqib, amalga oshirishni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “2011 — 2015-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 7-apreldagi 105-sonli qarorining 5-bandi bilan taqdim etilgan imtiyozlarning amal qilishi 2021-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun yuklarni ortish joyidan O‘zbekiston Respublikasining chegarasigacha tashish haqi — temir yo‘l tariflari mahalliy tariflardan kelib chiqqan holda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorda ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun muntazam ravishda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etishni ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 5-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2505-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 580-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)