Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1847-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-sonli “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 38, 35/QQ, 01-276-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1847, 2008-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 352-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-iyun,
17-q/q-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-iyun,
51/qq-son
Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-iyun,
15/qq-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 273-modda)