1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son Farmonini bajarish yuzasidan va Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, uzluksiz taʼlim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, buning uchun oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablari va xalqaro standartlarga javob beradigan zarur oʻquv va moddiy-texnik bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining (keyingi oʻrinlarda TDPU deb ataladi) asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika uzluksiz taʼlim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli pedagogik yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarni, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish, xorijiy taʼlim muassasalarining tajribasini va mamlakat taʼlim muassasalarining ehtiyojini hisobga olgan holda ilgʻor pedagogika texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining ilmiy-pedagogik va oʻquv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlar, oʻquv-metodik adabiyotlarni hamda elektron-taʼlim resurslarini yaratish va takomillashtirish, oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha pedagogik taʼlim muassasalari faoliyatini ilmiy-metodik taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va ilmiy-metodik taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-taʼlim jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy pedagogika oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oliy taʼlimning pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida respublikaning bazaviy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, TDPUning shtatdagi xodimlari soni va professor-oʻqituvchilar tarkibi oliy taʼlim muassasalari uchun amaldagi shtat normativlariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini qayta joylashtirish va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDPUning yangilangan ustavini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda Universitetning fakultetlari va kafedralarini shakllantirish, Universitetning tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmasiga muvofiq ularni yuqori malakali professor-oʻqituvchi kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda 2016-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlar parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent shahri hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 27-uy manzili boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1-Toshkent pedagogika kollejining Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 27-uy manzili boʻyicha joylashgan binolarini bepul asosda, tasarruf etish huquqisiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga berish-qabul qilishni bir oy muddatda taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2016-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining zarur qoʻshimcha binolari va infratuzilma obyektlarini qurish uchun zarur markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar ajratilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. TDPU uchun binolar qurish va uning balansiga berilayotgan tegishli binolarni rekonstruksiya qilish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻzshaharsozlikLITI” AJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qurilishbirlashmasi” AJ — bosh pudratchi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasiga 2017-yil 1-avgustgacha qurilish ishlari va jihozlash tugallanishini taʼminlagan, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda, qurilish-montaj ishlarini bir vaqtda loyihalashtirish shartlarida amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 13-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi 153-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini koʻchirish va uning faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bilan bogʻliq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, komissiya raisi
Zakirov B.I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
Vahobov A.V.
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Nabiyev D.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)
Xidoyatov D.A.
—
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi
Xoʻjayev B.A.
—
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
Qoʻchqorov J.A.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Sharipov Sh.S.
—
Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Kamilov M.M.
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining boshqarma bosh�igʻi
Onorboyev B.O.
—
Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi, komissiya kotibi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 20-son, 223-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/775/0051-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)