Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 12.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2565-3
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrug‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2565-3]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir M. IKRAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 12-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114-mh-son

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-maydagi 114-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“69. Fuqarolarning mehnat huquqlariga taalluqli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi 1051-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1051. Rasmiy sharh berilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotganda, unga berilgan rasmiy sharh ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy sharhni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish rasmiy sharhni berish to‘g‘risidagi hujjat qanday tartibda qabul qilingan bo‘lsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 106 va 107-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“106. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hamda rasmiy sharhni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi buyruqlar yoki qarorlar “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hamda rasmiy sharhni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi buyruq yoki qarorning matni idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni qanday tartibda tarqatilgan bo‘lsa, shunday tartibda tarqatiladi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 19-son, 221-modda)